cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Оққўрғон_зиёси

Республика Маънавият ва маърифат маркази Оққўрғон туман бўлинмаси телеграмм канали

Show more
Advertising posts
284Subscribers
-124 hours
-77 days
+2530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#иқтибос Аслида, ҳаётда бирор мақсад билан яшашнинг ўзи бахт! Мақсадсиз яшаш шундай кўргилик-ки, у ҳеч кимнинг бошига тушмасин! Кишида мақсад бўлса, унга эришиш йўлида курашиш, машаққат чекиш, таъна-дашномлар эшитиб куйиб-ёниш ҳам бахт! ✍Эркин Воҳидов Каналга уланиш: @oqqorgon_ziyosi
Show all...
Repost from Otabek Hasanov
Бугун Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан ташкил этилган “Умумтаълим мактабларида тарбиявий ишлар самарадорлигини ошириш, тизимли муаммолар ва уларни бартараф етиш, истиқболдаги режалар” мавзусидаги ўқув семинарининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Унда Ўзбекистон Республикаси Президенти маслаҳатчиси Хайриддин Султонов, Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси Ижтимоий ривожланиш департаментининг раҳбари Одил Абдураҳмонов, Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова, мактабларда маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосарлари иштирок етди.
Унда бугунги кунда барчамизни ташвишга солаётган, ўйлантираётган масала таҳликали замонда ёшлар тарбияси, таълими ҳақида фикрлашдик.
Бу борада Республика Маънавият ва маърифат маркази методик таъминотчи, фаолиятларида кўмакчи бўлиши айтилди. Тез орада мазкур йўналишдаги биргаликдаги ишларимиз амалиётга тадбиқ этилиб, мактабларга кириб боришни бошлайди. https://t.me/otabek_khasanov
Show all...
🔥 1
Repost from Otabek Hasanov
Mактаблардаги маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосарлари учун семинар-тренинг ўтказдик.
Унда тарбия борасидаги ишларимизни замонавийлаштириш ҳақида гаплашдик. Янги методикалар, ўқувчилар билан ишлашдаги муҳим омиллар ҳақида фикрлашдик.
https://t.me/otabek_khasanov
Show all...
👍 1
Siz ertani kutasiz lekin doimo BUGUN kelaveradi. Ertadan o‘zgarmoqchimisiz nega unda bugundan boshlamayapsiz?! Hayotingizni o‘zgartirish uchun eng qulay vaqt-BUGUN! Assalom alaykum Xayrli tong yaxshilar!
Show all...
👍 1
#Toshkent_viloyati #Oqqorgon_tumani #48_maktab #Xalq_qalbidagi_inson #Muhammad_Yusuf Quvroq bo‘l deyishdi. Yolg‘on ham kerak, Jindak xushomad ham, quloq solmadim. Oqni oppoq ko‘rdim, qorani - qora Men o‘z bilganimdan qolmadim. Hozirgi davr o‘zbek milliy adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad Yusufdir. U 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, Qovunchi qishlog’ida oddiy oilada tavallud topdi. Bugun maktabimizda o’zbek xalqining zabardast vakili,O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda o’quvchilar tomonidan shoirning yozgan she’rlari va undan yaralgan qo’shiqlarga raqs,sahna ko’rinishlarni taqdim etildi. Tadbirda o’quvchilar bilan birgalikda fan o’qituvchilari ham faol bo’lishdi. #MMIBDO_A_Rasulov
Show all...
26-aprel sanasida Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev "Yoshlar ijod saroyi"ga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Oqqoʻrgʻon tumani 8-maktab oʻquvchilari bilan suhbat oʻtkazib, Oqqoʻrgʻon tumanidagi kitobxonlik muhiti bilan tanishdilar. Jarayon yakunida Yoshlar ishlari agentligining "Mutolaa" ilovasi boʻlim boshligʻi Shohsanam Xolboyeva Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevga "Mutolaa" ilovasining ochilish marosimiga taklifnoma taqdim etdi. Toʻra Bobolov ham bu yoshlarning shijoatidan faxrlanib tumandagi kitobxonlik muhiti bir necha yillardan buyon davom etayotganini takidladilar. @oqqorgon_hokimligi
Show all...
#Oqqo‘rg‘on_tumani Milliy qadriyatlar - milliy ana'nalar Professional ta'lim tizimidagi Oqqo'rg'on tuman 2-son kasb - hunar maktabida "Milliy qadriyatlar - milliy an'analar" deb nomlangan tadbir sayil ko'rinishida tashkil etildi. Tadbirda o'quvchi-yoshlar milliy raqslari, milliy taomlarni tayyorlashlari, milliy o'yinlarni musobaqa tarzida o'tkazishlari bilan milliy an'analarimizga bo'lgan muhabbatini yana bir bor namayon etdilar. ✍🏻RMMM tuman bo‘linmasi
Show all...
#Oqqoʻrgʻon_tumani #Ma'rifat_soati Bugun tumandagi korxona va tashkilotlarda “Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi” mavzusida "Ma'rifat soati" tashkil etildi. Tumandagi Madaniyat boʻlimi, "Ishga marhamat" monomarkazi, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, tuman Saniped boʻlimi, 2-son kasb-hunar maktabida o‘tkazilgan "Ma'rifat soati"da tashkilotlardagi ma'naviy-ma'rifiy ishlarga mas'ul xodimlar tomonidan xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarimizning ta’sirchanligini kitob o‘qish orqali kuchaytirish to‘g‘risida so‘z yuritildi. Zero, xodimlarni kitobxonlikka keng jalb etish, xodimlarni mustaqil fikr egasi sifatida har tomonlama komil inson bo‘lishlariga ko‘maklashish oldimizda turgan vazifamizdir. ✍🏻RMMM tuman bo‘linmasi
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
#Muhammad_Yusuf #70_yilligi Shoir Muhammad Yusufning e'lon qilinmagan suratlari Mazkur havola orqali qolgan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin: https://manaviyat.uz/posts/102 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
#Muhammad_Yusuf #70_yilligi Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kunga 70 yil to‘ldi. Shoir she’rlarini yod olmagan, qo‘shiqlarini sevib ting­lamagan inson kam bo‘lsa kerak. Uning sodda, ravon va xalqchil she’rlarida kattayu kichik o‘z dardu tashvishi, quvonchu shodligini his etadi, shuning uchun ham har bir satrini yuragiga jo qiladi. E'tiboringizga shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlab tasvirga olingan hujjatli filmni havola etamiz. Mazkur havola orqali hujjatli filmni to‘liq tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=Fg2BbgVG2CE Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...