O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti
Open in Telegram
O'zDJTU Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi kanali
Show more4 371
Subscribers
+12724 hours
+4247 days
+54630 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+480
in 0 channels
August '26
+223
in 0 channels
Get PRO
July '26
+34
in 0 channels
Get PRO
June '26
+39
in 1 channels
Get PRO
May '26
+40
in 2 channels
Get PRO
April '26
+53
in 0 channels
Get PRO
March '26
+42
in 2 channels
Get PRO
February '26
+85
in 3 channels
Get PRO
January '26
+36
in 0 channels
Get PRO
December '25
+52
in 2 channels
Get PRO
November '25
+99
in 9 channels
Get PRO
October '25
+143
in 2 channels
Get PRO
September '25
+1 362
in 1 channels
Get PRO
August '25
+81
in 1 channels
Get PRO
July '25
+41
in 3 channels
Get PRO
June '25
+34
in 11 channels
Get PRO
May '25
+37
in 5 channels
Get PRO
April '25
+91
in 11 channels
Get PRO
March '25
+49
in 7 channels
Get PRO
February '25
+77
in 7 channels
Get PRO
January '25
+40
in 8 channels
Get PRO
December '24
+61
in 10 channels
Get PRO
November '24
+631
in 8 channels
Get PRO
October '24
+281
in 13 channels
Get PRO
September '24
+3 823
in 4 channels
Get PRO
August '24
+301
in 3 channels
Get PRO
July '24
+104
in 2 channels
Get PRO
June '24
+56
in 4 channels
Get PRO
May '24
+124
in 11 channels
Get PRO
April '24
+79
in 4 channels
Get PRO
March '24
+90
in 4 channels
Get PRO
February '24
+637
in 6 channels
Get PRO
January '24
+109
in 7 channels
Get PRO
December '23
+92
in 3 channels
Get PRO
November '23
+65
in 10 channels
Get PRO
October '23
+188
in 3 channels
Get PRO
September '23
+285
in 0 channels
Get PRO
August '23
+93
in 0 channels
Get PRO
July '23
+177
in 0 channels
Get PRO
June '23
+19
in 0 channels
Get PRO
May '23
+75
in 0 channels
Get PRO
April '23
+73
in 0 channels
Get PRO
March '23
+72
in 0 channels
Get PRO
February '23
+74
in 0 channels
Get PRO
January '23
+144
in 0 channels
Get PRO
December '22
+145
in 0 channels
Get PRO
November '22
+244
in 0 channels
Get PRO
October '22
+271
in 0 channels
Get PRO
September '22
+503
in 0 channels
Get PRO
August '22
+728
in 0 channels
Get PRO
July '22
+62
in 0 channels
Get PRO
June '22
+32
in 0 channels
Get PRO
May '22
+123
in 0 channels
Get PRO
April '22
+262
in 0 channels
Get PRO
March '22
+677
in 0 channels
Get PRO
February '22
+13 055
in 0 channels
Get PRO
January '22
+6 728
in 0 channels
Get PRO
December '21
+197
in 0 channels
Get PRO
November '21
+106
in 0 channels
Get PRO
October '21
+2 154
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | +29 | |||
| 08 September | +131 | |||
| 07 September | +276 | |||
| 06 September | +8 | |||
| 05 September | +6 | |||
| 04 September | +13 | |||
| 03 September | +9 | |||
| 02 September | +6 | |||
| 01 September | +2 |
Channel Posts
+7
🏢 TALABALAR TURAR JOYIDA TALABALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
🎓 Talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning muammo va takliflarini tinglash, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy holatidan xabardor bo‘lish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetining “Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash” bo‘limi mutaxassisi Intizor Sa’diyeva tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.
🤝 Tashrif davomida talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etilib, ularning:
🏠 yashash sharoitlari;
📚 ta’lim jarayoni bilan bog‘liq masalalari;
💬 muammo, murojaat va takliflari;
🌱 ijtimoiy-ma’naviy holati bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
✨ Suhbatlar davomida talabalarga odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, TTJning ichki tartib-qoidalariga amal qilish, xonalar va umumiy foydalanish joylarini ozoda saqlash hamda universitet sha’niga munosib xulq-atvor namoyon etish yuzasidan zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
🎨⚽📖 Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni 5 ta muhim tashabbus doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy, sport, madaniy va ijodiy tadbirlarga faol jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💙 Talaba — e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida!
🌿 Bunday ochiq muloqot va uchrashuvlar talabalarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, zarur ko‘mak ko‘rsatish hamda universitetda sog‘lom, do‘stona va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
🏢 Rus filologiyasi fakulteti
🤝 Talabalar bilan birga, talabalar uchun!
| 2 | 🔵 YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
9 sentyabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti dekani A.Xalillayev 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuv talabalar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning ta’lim jarayoniga oid fikr va takliflarini tinglash hamda mavjud muammolarni hal etish maqsadida tashkil etildi. Unda nafaqat ilmiy va ta’lim masalalari, balki talabalar o‘rtasidagi ijodiy va madaniy salohiyatni namoyon etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
📎Shuningdek, TTJ ichki-tartib qoidalariga, sanitariya-gigienaga rioya qilish, binoda mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv yakunida, fakultet dekani A.Xalillayev talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning fikr va tashabbuslarini inobatga olishga tayyorligini ta’kidladi. | 259 |
| 3 | O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti dekan muovini S. Manazarov, 7-sonli TTJ komendanti N. Abdurahmanova hamda fakultet tyutori D. Sharopovalar boshchiligida 7-sonli TTJ talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalar bilan yaqindan muloqot qilinib, o‘zaro tanishuv va do‘stona muhitni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, TTJda amal qilinadigan odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizom va talabalarning majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: t.me/uswluangren | 385 |
| 4 | 📚 “Zakovat” — bilim va tafakkur bellashuvi!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti 1-bosqich talaba qizlari o‘rtasida guruhlarga bo‘lingan holda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbir talabalarning o‘zaro tanishuvi, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda universitet hayotiga moslashishiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.
O‘yin davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, topqirligi, zukkoligi va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Shu bilan birga, tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish va bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Yakunda g‘olib jamoa hamda o‘yinda faol ishtirok etgan talabalar kitoblar bilan taqdirlandilar.
Bunday intellektual bellashuvlar talabalarning bilim salohiyatini oshirish, erkin fikrlashini rivojlantirish va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling!
📱Telegram 🧐 Instagram | 368 |
| 5 | 🎬 Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari madaniy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar
👥Tyutorlar M. Abdullayeva hamda Sevara Ochilova boshchiligida Xalqaro jurnalistika fakultetining 1-bosqich talabalari O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Sharafli yo‘l” mavzusidagi videoroliklar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda “Jurnalist” badiiy filmi namoyishiga tashrif buyurdilar.
📚Tadbir davomida talabalar jurnalistika sohasining tajribali vakillari bilan uchrashib, kasbning sharafli va mas’uliyatli jihatlari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, namoyish etilgan “Jurnalist” badiiy filmi talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir talabalarning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish, jurnalistikaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda kelajakdagi faoliyatlari uchun muhim tajriba vazifasini o‘tadi. | 407 |
| 6 | 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
1-kurs talabalari bilan uchrashuvlar davom etmoqda
🇺🇿Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani A Matyakubov, f.f.d., DSc, professor A.Karimov va tyutor S.Xolmurodov barcha talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
✅ 1-kurs maktabi doirasida :
✅ Talabalarni universitet, fakultet va kafedralar faoliyati bilan tanishtirish.
✅ O‘quv jarayonida elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berish.
✅ Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazish.
✅ Talabalar turar joyi qoidalari bilan tanishtirish, sharoitlarni yaxshilash.
✅ Psixologlar va guruh rahbarlari bilan moslashtiruvchi suhbatlar o‘tkazish.
✅ To‘garaklar, sport va jamoatchilik ishlariga jalb qilish ishlari olib borildi.
📕Uchrashuv davomida talabalar rahbariyat a’zolari bilan yaqindan tanishib, fakultet faoliyati va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. | 320 |
| 7 | 🎯🎯🎯🎯🎯
🇺🇿“VATAN — MUQADDAS, VATANGA XIZMAT — ULUG‘ MAQSAD!”
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida Mustaqillik bayrami munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Ona Vatanimning buyuk farzandlari”, “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”, “Vatanga xizmat qilish – buyuk maqsadim” mavzularida maqolalar tanlovi tashkil etildi.
✅Tanlov davomida talabalar o‘z maqolalarida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, ajdodlarimizning boy merosi hamda yurt ravnaqi uchun xizmat qilish kabi ezgu g‘oyalarni yoritib berdilar.
🇺🇿Tanlov natijalariga ko‘ra:
✅1-o‘rin — Raximova Charos Otabekovna
📌“Ona Vatanimning buyuk farzandlari”
✅2-o‘rin — Elboyeva Feruza Ulug‘bek qizi
📌“Ona Vatanimning buyuk farzandlari”
✅ 3-o‘rin — Xolmatova Umidaxon Lazizbek qizi
📌“O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”
🇺🇿G‘oliblarimizni samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
🇺🇿Vatan ravnaqi — yoshlar qo‘lida!
#MaqolalarTanlovi #Mustaqillik35Yil #InglizTili3Fakulteti
#UzSWLU | 312 |
| 8 | 🎭 1-kurs talabalari “Ko‘chki” spektakli premyerasida
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-estetik dunyoqarashini boyitish hamda teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Ingliz tili 1-fakulteti tyutorlari N.Masadikova, Y.Tadjiyeva hamda F.Mag'zimovlar boshchiligida 1-kurs talabalari O‘zbekiston Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar Tunjer Jo‘jan o‘g‘lining asari asosida, O‘zbekiston xalq artisti Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan “Ko‘chki” spektaklining premyerasini tomosha qildilar.
🎬 Mazkur spektakl orqali yoshlar insoniy qadriyatlar, hayotiy tanlovlar, jamiyat va shaxs munosabatlari kabi muhim mavzular haqida chuqurroq mushohada yuritish imkoniga ega bo‘ldilar.
Teatr muhiti, jonli ijro va aktyorlarning mahorati talabalarda katta taassurot qoldirib, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun unutilmas kecha bo‘ldi.
✨ San’at — qalb tarbiyasi. Teatr esa insonni fikrlashga, his qilishga va hayotni teranroq anglashga chorlaydi!
#UniversitetHayoti #Tyutorlar #1Kurs #Talabalar #Teatr #KoChki #MadaniyTadbir | 314 |
| 9 | 🏢 Talabalar turar joyida talabalar holidan xabar olindi.
📌Talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda ijtimoiy-ma’naviy holatidan xabardor bo‘lish maqsadida Universitet IPMBIB mutaxassislari N.Israilova, O.Artiqova hamda D.Matyakubovalar tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.
📚Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, o‘qish jarayoni bilan bog‘liq masalalari hamda murojaat va takliflari tinglandi.
📎Shuningdek, suhbat davomida Talabalar turar joyida belgilangan ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, xonadoshlar va boshqa talabalar bilan o‘zaro hurmat va hamjihatlikda bo‘lish, umumiy foydalanish joylarini ozoda saqlash hamda universitet sha’niga munosib xulq-atvor namoyon etish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
📚 Intizom va odob — talabalik madaniyatining muhim mezoni! | 370 |
| 10 | 📚 BIRINCHI KURS MAKTABI: ADABIYOT VA TARIX BILAN YUZMA-YUZ
9-sentabr kuni Rus filologiyasi fakulteti tyutorlari Izzatullayeva Dilnoza va To‘rayeva Saida boshchiligida 1-bosqich talabalari uchun Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga amaliy tashrif tashkil etildi.
🌿 Tashrifning asosiy maqsadi — talabalarga o‘zbek va rus adabiyoti o‘rtasidagi o‘ziga xos ko‘prik bo‘la olgan, ijodi orqali O‘zbekistonni o‘ziga xos mehr bilan tarannum etgan atoqli shoir Aleksandr Fayenberg hayoti va ijodi haqida yaqindan ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
✍️ Sayohat davomida talabalarga shoirning ijodiy merosi, uning O‘zbekiston adabiy-madaniy hayotidagi o‘rni, she’riyatining o‘ziga xos jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Faynenbergning o‘zbek zaminiga bo‘lgan mehri, Toshkent bilan chambarchas bog‘liq ijodiy faoliyati alohida e’tirof etildi.
🎓 Shuningdek, talabalar uchun Aleksandr Fayenberg nomidagi stipendiya haqida ham ma’lumot berilib, mazkur stipendiyaning joriy etilishidan ko‘zlangan maqsad, uning yoshlar uchun ahamiyati hamda ilmiy-ijodiy izlanishlarga bo‘lgan e’tibor haqida tushunchalar berildi.
✨ Adiblar xiyobonidagi ushbu tashrif talabalarga adabiyot namoyandalarining hayoti va ijodini faqatgina kitob sahifalaridan emas, balki ularning nomi abadiylashtirilgan maskanlarda his etish imkonini berdi.
🌱 Zero, adabiyotga bo‘lgan qiziqish — avvalo adiblar hayoti va ijodini yaqindan anglashdan boshlanadi.
#RusFilologiyasi #BirinchiKursMaktabi #AdiblarXiyoboni #AleksandrFaynenberg #TalabalikHayoti #Adabiyo | 338 |
| 11 | 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🧠ZAKOVAT — BILIM VA ZUKKOLIK MAYDONI!
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida talabalar o‘rtasida bilim, mantiqiy fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
🇺🇿Tadbir fakultet tyutori M. Murodullayeva tomonidan o‘tkazilib,
🇺🇿fakultet yoshlar yetakchisi J. Sayliyeva boshchiligida tashkil etildi.
✅Musobaqa davomida talabalar turli qiziqarli va mantiqiy savollar orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, jamoaviy hamkorlik va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
✅Bilim — kuch, zakovat esa g‘alaba sari yo‘l!
#Zakovat
#InglizTili3Fakulteti #YoshlarYetakchisi #IntellektualOyin
#UzSWLU
#TalabaYoshlari | 358 |
| 12 | 🎯🎯🎯🎯🎯
🇺🇿“VATAN — MUQADDAS, VATANGA XIZMAT — ULUG‘ MAQSAD!”
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida Mustaqillik bayrami munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Ona Vatanimning buyuk farzandlari”, “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”, “Vatanga xizmat qilish – buyuk maqsadim” mavzularida maqolalar tanlovi tashkil etildi.
✅Tanlov davomida talabalar o‘z maqolalarida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, ajdodlarimizning boy merosi hamda yurt ravnaqi uchun xizmat qilish kabi ezgu g‘oyalarni yoritib berdilar.
🇺🇿Tanlov natijalariga ko‘ra:
✅1-o‘rin — Raximova Charos Otabekovna
📌“Ona Vatanimning buyuk farzandlari”
✅2-o‘rin — Elboyeva Feruza Ulug‘bek qizi
📌“Ona Vatanimning buyuk farzandlari”
✅ 3-o‘rin — Xolmatova Umidaxon Lazizbek qizi
📌“O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”
🇺🇿G‘oliblarimizni samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
🇺🇿Vatan ravnaqi — yoshlar qo‘lida!
#MaqolalarTanlovi #Mustaqillik35Yil #InglizTili3Fakulteti
#UzSWLU | 121 |
| 13 | 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida fakulteti tyutori M. Murodullayeva tomonidan talabalar o‘rtasida fakultet odob-axloq kodeksi, ichki tartib-qoidalar va intizom me’yorlariga rioya qilish yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
✅Talabalarga universitet va fakultet hududida belgilangan odob-axloq qoidalariga amal qilish, dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelish, ichki tartib-intizomga rioya qilish hamda
✅professor-o‘qituvchilar va boshqa talabalar bilan hurmat asosida munosabatda bo‘lish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. | 374 |
| 14 | 🇺🇿1-KURS MAKTABI — TALABALIK SARI MUHIM QADAM!
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida 1-kurs talabalarining universitet hayotiga moslashuvini ta’minlash, ularga ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar hamda talabalik imkoniyatlari haqida ma’lumot berish maqsadida “1-kurs maktabi” tashkil etildi.
🇺🇿Tadbir fakultet tyutori Gulmira Mardonova tomonidan olib borilib, yangi talabalar bilan samimiy muloqot va foydali suhbatlar tashkil etildi.
✅Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda universitetdagi faol talabalik hayoti, imkoniyatlar va jamoat ishlarida ishtirok etish bo‘yicha zarur tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
✅ Yangi bosqich — yangi imkoniyatlar! Talabalik hayotingiz muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
#1KursMaktabi #InglizTili3Fakulteti #YangiTalabalar
#Talabalik
#UzSWLU #Yoshlar | 388 |
| 15 | 🎓 TALABALIKKA ILK QADAM: HUQUQ, MAS’ULIYAT VA MADANIYAT
Rus filologiyasi fakultetida 1-bosqich talabalarining universitet hayotiga moslashuvi, o‘z huquq va majburiyatlarini anglashi hamda ta’lim muhitida o‘zini munosib tutishiga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi.
👥 Tadbir fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F. Sultonov, IPMBIB mutaxassisi I. Sa’diyеva, fakultet tyutorlari D. Izzatullayeva hamda A. Abduraxmonov ishtirokida o‘tkazildi.
📖 Uchrashuv davomida talabalarga universitet hayotida amal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy me’yorlar haqida atroflicha tushuncha berildi. Xususan, “Odob-axloq qoidalari”ning mazmun-mohiyati sodda va tushunarli tarzda yoritib berildi.
💬 Shuningdek, talabalik davrida rioya qilinishi zarur bo‘lgan odob va muomala madaniyati, ta’lim muassasasidagi xulq-atvor me’yorlari, ustoz va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, shuningdek, talabalarning huquq va majburiyatlari haqida fikr almashildi.
🌱 Mazkur uchrashuv 1-bosqich talabalariga universitetning ichki muhitini yaxshiroq anglash, o‘z mas’uliyatini his qilish va talabalik hayotining dastlabki bosqichidanoq belgilangan qoidalarga ongli ravishda amal qilishlari uchun muhim yo‘nalish berdi.
✨ Yaxshi talabalik — bilim, odob va mas’uliyat uyg‘unligidan boshlanadi!
#RusFilologiyasi #BirinchiKurs #TalabalikHayoti #YoshlarBilanIshlash #OdobAxloq | 508 |
| 16 | 🟦🟦
OʻzDJTUda 1-kurs talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi
🇺🇿 Bugun, 9-sentabr kuni, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetining 1-kurs talabalari bilan o’tkazilgan uchrashuvdan videolavha!
Bizni kuzatib boring ;
📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram | 379 |
| 17 | OʻzDJTUda 1-kurs talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi
🇺🇿 Bugun, 9-sentabr kuni, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetining 1-kurs talabalari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Uchrashuvda OʻzDJTU rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, universitet Yoshlar yetakchisi Sevinch Islomova, Roman-german filologiyasi fakulteti Yoshlar yetakchisi Shahzoda Matlabxonova hamda fakultet Kengashi a’zolari ishtirok etdilar.
💬 Uchrashuv davomida talabalarga universitet hayotiga moslashish, ta’lim jarayonida faol ishtirok etish, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda jamoat ishlarida faol boʻlish yuzasidan muhim tavsiya va maslahatlar berildi.
✨ Samimiy muloqot va ochiq suhbat tarzida oʻtgan uchrashuv 1-kurs talabalarining universitet hayotiga yanada tezroq moslashishi, oʻz oldilariga aniq maqsadlar qoʻyishi va faol talabalik davrini mazmunli oʻtkazishlariga xizmat qildi.
Bizni kuzatib boring ;
📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram | 380 |
| 18 | 🔹🔹🔹🔹
1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv seminar darslari o‘tkazildi
Ingliz tili 2-fakultetining 1-bosqich talabalariga ilmiy ishlar, innovatsiyalar va iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘nalishlari bo‘yicha tanishtiruv seminar darslari tashkil etildi.
🎓 Seminar mashg‘ulotlarini fakultetning Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Begmatova Sohiba Mustafoyevna olib bordi.
Seminar davomida talabalarga:
🔹 ilmiy-tadqiqot faoliyatining mazmun-mohiyati va ahamiyati;
🔹 ilmiy maqola va tezislar tayyorlash hamda ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish;
🔹 innovatsion g‘oyalar va loyihalarni ilgari surish imkoniyatlari;
🔹 iqtidorli talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar;
🔹 tanlovlar, olimpiadalar, grantlar va ilmiy loyihalarda ishtirok etish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💡 Shuningdek, talabalarning ilmiy izlanishlarga qiziqishini oshirish, o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishlari hamda yangi innovatsion g‘oyalarini amalga oshirishlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌱 Ilm sari ilk qadam — katta yutuqlar sari yo‘l!
Ingliz tili 2-fakultetida talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash va iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling!
📱Telegram 🧐 Instagram | 478 |
| 19 | 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
😊Ingliz tili ikkinchi fakultetida 1-bosqich talabalari uchun tushuntirish va moslashuv darslari boshlandi.
Kredit-modul haftaligi doirasida talabalarga o‘quv jarayonini tashkil etish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, universitetning ichki tartib-qoidalari hamda ijro intizomi haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat, ta’lim sifati, o‘quv-uslubiy ishlar va fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan tushuntirishlar olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi talabalarning universitet hayotiga tez moslashishi hamda ta’lim jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlashdan iborat.
😊 Ingliz tili 2 fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling!
📱Telegram 🧐 Instagram | 548 |
| 20 | 📚 Talabalarga universitet qoidalari tushuntirildi
🇺🇿 8-sentabr kuni 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori L.Raxmatullayeva va O.Keldiboyev tomonidan fakultetning 1-kurs talabalari uchun universitet Ustavi, Ichki tartib-qoidalari hamda “Odob-axloq qoidalari”ning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbir davomida talabalarga universitetda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, talabalik odobi va madaniyati, ta’lim muassasasida o‘zini tutish me’yorlari hamda talabalarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bizni kuzatib boring ;
📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram | 529 |
