Fayzli hayot🌙
Open in Telegram
Fayzli Hayot – yuragingizga ilhom, hayotingizga ma’naviy nur ✨ Har qadamda umid, har nafasda hayot go‘zalligi 😇 📆 O‘zgarish Sari Yo‘l – sizni yangi imkoniyatlarga yetaklaydi! 📥 Hozir qo‘shiling, hayotingizni nur bilan to‘ldiring: 👉 @ReklamaMarket24
Show more514
Subscribers
-124 hours
-137 days
-4130 days
Posts Archive
Allohumma solli a'la sayyidina va habıbına Muhammad
Jumʼa muborak..!
Jumaning fayzu barokati bizga boʻlsin..
🍃🩵
Istalgan vaqtda yakun topishi mumkin bo'lgan hayot uchun haddan tashqari ko'p siqilamiz...
🍃🩵
"Ba’zi insonlar hayotingizga dars bo‘lib kiradi, ba’zilari esa duo bo‘lib qoladi." ✨
Juma muborak, do'stlarim. Alloh erkaklarni erkaklik sifatidan, ayollarni ayollik sifatidan ayro qilmasin. Gunohlarimiz ko'p, Alloh mag'firat qilsin.
🍃🩵
Bu hayotda hamma ham yonimizda qolavermaydi. Ayrim insonlar ketadi, ayrim quvonchlar ortda qoladi, ayrim armonlar esa qalbda jim yashaydi. Lekin shunday kunlar borki, inson qo‘lini duoga ochib, hammasini Allohga topshiradi...
Qurbon hayiti sizning ko‘nglingizdagi og‘riqlarni yengillikka, ko‘z yoshlarga sabab bo‘lgan dardlarni sabrga, kutgan orzularingizni esa xayrli nasibaga aylantirsin.
Yo‘qotganlaringiz o‘rnini yaxshiliklar to‘ldirsin, duo qilib kutgan insonlaringiz omon bo‘lsin. Ota-onangizning soyasi boshingizdan arimasin, dunyodan o‘tgan yaqinlaringizning joylari jannatdan bo‘lsin...
Bugun hayit — kimdir yonidagisini mahkam quchsin, kimdir ota-onasining qo‘lini o‘psin, kimdir esa duolarida sog‘ingan insonlarini eslasin...
Alloh qalblarga tinchlik, xonadonlarga baraka, ko‘zlarga quvonch yoshlarini nasib etsin.
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin...
🍃🩵
ARAFA KUNIGA YETKAZDI YANA
Qalblarga jo bo‘lib mustahkam iymon,
Haq degan qo‘llarga sof duo to‘lsin.
Musulmon dindoshim, do‘st-u qadrdon,
Arafa kuningiz muborak bo‘lsin!!! 🤲✨
🍃🩵
Sen: “Agar dengiz Robbim kalimalariga siyoh boʻlsa-yu, unga oʻz mislicha madad keltirsak ham, Robbim kalimalari tugashidan oldin dengiz tugab qolur”, - degin.
Kahf: 109
Juma muborak, dindoshlarim!
🍃🩵
• Ushbu she'rim bir yigitning yurakdagi dardlari ya'ni sevganiga yetolman bir oshiq Yigit satrlari...))🥹💔
Osmonlarda uchgan qushchalar...
Sevaman deb aldagan sizlar,
Men sevsam u sevmagan qizlar.
Yuragimni ezmang bunchalar,
Osmonlarda uchgan qushchalar...
Soya bòlib yetolmadim men,
Ket desalar ketolmadim men,
Axir jondan sevgan edim men,
Òzgasiga uchgan qushchalar...
Baxtlimisiz òshal yor bilan,
Kibri baland xudbin boy bilan.
Qolib ketdim kòzda yosh bilan,
Sevgim arzon sotgan qushchalar...
Xor qilganlar xor bòlar bir kun,
Zor qilganlar zor bòlar bir kun.
Afsus qilsang kech bòlar u kun,
Òzgasiga uchgan qushchalar...
Allohimga sòyladim bugun,
Kòzda yosh yòq yiğladim bugun.
Yurak dardim kuyladim bugun,
Osmonlarda uchgan qushchalar.
Sevaman deb aldagan sizlar,
Men sevsam u sevmagan qizlar.
Yuragimni ezmang bunchalar,
Osmonlarda uchgan qushchalar...
✍Boburjon
"Ba’zan eng katta davolovchi narsa — bu kimningdir sizni tushunib tinglashidir. Shuning uchun insonlarga mehr bilan quloq tuting." 🍃
Erkak bu - umrining yarmini ayol izlashga, yarmini esa undan qochishga sarflaydigan mavjudot) 🙂
"Har bir insonning hayotida qorong‘i kunlar bo‘ladi. Muhimi — o‘sha zulmat ichida ham umid chirog‘ini o‘chirib qo‘ymaslik." 🕯️
"Qalbni bezaydigan eng go‘zal narsa — bu samimiyatdir. Soxta tabassumlar unutiladi, ammo chin yurakdan chiqqan mehr inson xotirasida abadiy qoladi." 🤍
