cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi rasmiy telegram kanali Murojaat uchun👇👇 +998976148850 Sherali Iskandarov

Show more
Uzbekistan33 565The language is not specifiedNature & Animals7 426
Advertising posts
898
Subscribers
+624 hours
+217 days
+6130 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
🚯 Qachon chiqindi tashlash madaniyatini o‘rganamiz? Paxtachi tumani Sardoba MFY hududidagi mahalliy ko‘chasi yoqasining belgilanmagan yeriga shu mahallada yashovchi fuqaro J.Sh kundalik turmush jarayonida hosil bo‘lgan qattiq va qurilish chiqindilarni keltirib tashlatganligi holati kuzatildi. Holat Paxtachi tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan hududda olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida aniqlandi. Shu bois, fuqaro J.Shga nisbatan MJtKning 91-moddasi prim1-qismiga muvofiq 680 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Shuningdek, atrofda tozalash ishlari olib borildi. 🔶 Hurmatli yurtdoshlar atrof-muhit muhofazasiga, uning orastaligiga barchamiz birdek masʼulmiz. Shunday ekan siz ham o‘z masʼuliyatingizni aslo UNUTMANG! Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
2263Loading...
02
#Munosabat Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Toyloq tumani “Xo‘jayuz”ning yuzi “pampersxona”(mi?)” mazmunida tarqalgan video murojaat yuzasidan Toyloq tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari o‘rganish ishlarini olib bordi. Maʼlum bo‘lishicha, haqiqatda ham tumanning Hujayuz MFYga olib boruvchi mahalliy yo‘l chetlariga yaqin atrofda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi tomonidan kundalik turmush jarayonida hosil bo‘lgan maishiy va qattiq chiqindilarni keltirib tashlashi oqibatida hududda sunʼiy chiqindixona paydo bo‘lganligi maʼlum bo‘ldi. Shu bois, davlat inspektorlari tomonidan maxsus texnikalar jalb etilgan holda hududda obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, chiqindilar olib ketildi. Shuningdek, Xo‘jayuz MFY masʼullari va fuqarolari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilganligini maʼlum qilamiz. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
2342Loading...
03
🌳🪓Daraxtni ruxsatsiz kesigani o‘ziga zarar keltirdi Kattaqo‘rg‘on tumani hududida reyd kuzatuvi olib borish jarayonida, Mullako‘rpa mahallasida yashovchi fuqaro E.M tomonidan mahalla hududidagi o‘sib turgan ikki tup tuya archa daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlaganligi maʼlum bo‘ldi. Holat yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 10 mln. 200 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, kompensatsiya tarzida 10 tubdan manzarali daraxtlar ekish va 3 yil davomida parvarishlash vazifasi yuklatildi. 👉 Eslatma; bugungi kunda Respublikamizda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy etilishi munosabati bilan daraxtlarni tegishli ruxsatlarsiz kesish qatʼiyan man etiladi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
4236Loading...
04
💦🚘 Avtomobillarni yuvish shoxobchalari o‘rganilmoqda Narpay tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tuman hududlarda joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchalarida o‘rganish va xatlovdan o‘tkarish ishlarini olib bormoqda. O‘rganishlar davomida avtomobillarni yuvish shoxobchalarining Ekologik meʼyoriy hujjatlari va suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalari mavjudligi kuzdan kechirilib, kamchiliklar yuzasidan ko‘rsatmalar berib o‘tilmoqda. Shuningdek, davlat inspektorlari tomonidan avtomobillarni yuvish shoxobchalari sohiblariga ogohlantirish xatlari ham berilmoqda. Bugun, 6-may kuni ham tuman hududidan o‘tuvchi markaziy va ichki yo‘l bo‘ylarida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida ham 10 ga yaqin avtomobillarni yuvish shoxobchalari ko‘zdan kechirilib, ekologik talab va tartib normalariga amal qilmay faoliyat olib borilayotganligi kuzatilgan shoxobchalar masʼullariga qonun talablariga muvofiq choralar ko‘rilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Manba: Matbuot xizmati
3703Loading...
05
#Munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda qadimiy masjid oldidagi ko‘kargan daraxtning kesib ketilganligi to‘g‘risida maʼlumot tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi shuni maʼlum qiladiki, Samarqand shahri Namozgoh MFYda yashovchi fuqaro U.Babayevning arizasiga muvofiq, mahalla hududidagi ikki tup chinor daraxtlarining biri batamom qurib qolganligi, ikkinchisi esa qisman quriganligi bois, 2024-yil 3-mayida xulosa xatiga muvofiq, 1 tup 50 sm chinor daraxti batamom qurib qolganligi bois tak qismidan va uning yonida turgan 1 tup 55 sm chinor daraxtini faqat yuqori qismi qurib qolganligi bois ustki qismi obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda kesib olinganligini maʼlum qilamiz. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
3251Loading...
06
#Munosabat Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Oqdaryo tumani Zarafshon daryosidan. Ko‘prikdan unchalik uzoq emas. Hozirda baliq ovlash taqiqlanganiga qaramay, brakonyerlar taqiqlangan usullardan foydalangan holda kunduzi baliq tutadilar” mazmunida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Oqdaryo tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari tashkil etildi. Aniqlanishicha, haqiqatda ham Samarqand tumani Ohalik MFYda yashovchi fuqaro A.Sh tomonidan qo‘lbola yasalgan to‘r bilan Qoradaryo daryosida yangidan qurilgan suv to‘g‘oni atrofida noqonuniy tarzda baliq ovlayotgan ekan. Shu bois huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1- qismiga binoan, BHMning 10 barobarida jarima qo‘llanilib, ov mavsumi taqiqlangan davrda ov qilish mumkin emasligi to‘g‘risida ogohlantirishlar berilganligini maʼlum qilamiz. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
63310Loading...
07
#Munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar “Yoshlik” Istirohat bog‘i hududidagi manzarali daraxtlar kesilganligi to‘g‘risida maʼlumot tarqaldi. Holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Samarqand shahar bo‘limi shuni maʼlum qiladiki, o‘rganish ishlari olib borilganda, bog‘ hududidagi hech bir archa kesilmagan, biroq  nomaʼlum shaxslar tomonidan istirohat bog‘i hududidagi vaqtincha saqlash chiqindixonasiga manzarali daraxtlarni kesilgan shoxlarini olib kelib tashlab ketganligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha tarzda surishtiruv o‘rganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilamiz. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
3433Loading...
08
#Jarayon 🌱Kattaqo‘rg‘on tumanida kanal va zovur yoqalarida yashil belbog‘lar tashkil etiladi Bu haqda tuman hokimi J.Tulqinovich Kadan va Mundiyon mahalla hududidan oqib o‘tuvchi Jumagul kanalida qurilishi taʼmirlash ishlarini kuzdan kechirish davomida taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, kuzatuvlar chog‘ida hududda olib borilgan qurilish, taʼmirlash ishlari jarayonida hosil bo‘lgan qurilish chiqindilarni bartaraf etilishi hamda kanalning muhofaza hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida yangidan mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi va yashil belbog‘lar tashkil etilishi yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida masʼullarga topshiriqlar berildi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
4483Loading...
09
#Tungi_reyd Samarqand viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatning Urgut, Toyloq, Bulung‘ur va Jomboy tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi. “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida daryo o‘zanidan 2 nafar fuqarolar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan ekskavatorlarda tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olayotganligi aniqlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatdan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi Qonunlari talablarini buzganligi sababli MJtKning 70-pr1-moddasi 1-qismiga asosan, har biriga 10 mln. 200 ming so‘mdan maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
81916Loading...
10
Ekologiya 24 #4may #uzbekiston24 Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
4054Loading...
11
🌎Bugun, 5-may - Xalqaro sayg'oqlar kuni! Bu kunga 2010-yilda O'zbekiston, Qozog'iston va Rossiya vakillari Uralsk shahrida “SOS Sayg'oq!” loyihasi doirasida tashkil etilgan seminarda asos solingan. Sayg'oq - g'ayrioddiy dasht antilopasi bo’lib, 50-70 ming yil oldin paydo bo'lgan mamontlar va muzlik davridan omon qoldi. Biroq, bunday uzoq tarix uning zamonaviy dunyoda omon qolishiga yordam bermadi - tur yo'qolib ketish xavfi ostida deb hisoblanadi. Sayg‘oqlar populyatsiyasini ko‘paytirish maqsadida 2016-yilda Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlarida umumiy maydoni 628,3 ming gektar, muhofaza zonasi 219,8 ming gektar bo‘lgan “Saygachiy” majmuasi (landshaft) qo‘riqxonasi tashkil etildi. Instagram | Telegram | Facebook | X |YouTube
3670Loading...
12
🚙💨Samarqandda “Toza havo” tadbiri o‘tkazilmoqda ⚡️Ayni paytda “Toza havo” oyligi doirasida Samarqand viloyatining barcha hududlarida Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi va viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda ko‘chma ekologik postlar tashkil yetilib, barcha turdagi avtotransport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazib, ulardan chiquvchi "is” gazi va tutun miqdorlarini o‘lchash ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun Samarqand viloyatiga kirish nuqtasi Bulungʻur tumanidagi o‘tkazish posti hisoblangan Yuqori nuqta post hizmati patrul xizmat maskanida “Toza havo” oyligi doirasida nazorat tadbiri amalga oshirildi. 🚔Mazkur tadbirlar doirasida harakatdagi avtotransport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ulardan chiquvchi "is” gazi va tutun miqdorlarini o‘lchash ishlari amalga oshirish bilan bir qatorda haydovchilarga tavsiya va tushunchalar berib o‘tilmoqda. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 https://t.me/econewssamarqand
75217Loading...
13
📍Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda 👉Batafsil o'qing Ko‘rgazma 22 maygacha davom etadi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
4612Loading...
🚯 Qachon chiqindi tashlash madaniyatini o‘rganamiz? Paxtachi tumani Sardoba MFY hududidagi mahalliy ko‘chasi yoqasining belgilanmagan yeriga shu mahallada yashovchi fuqaro J.Sh kundalik turmush jarayonida hosil bo‘lgan qattiq va qurilish chiqindilarni keltirib tashlatganligi holati kuzatildi. Holat Paxtachi tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan hududda olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida aniqlandi. Shu bois, fuqaro J.Shga nisbatan MJtKning 91-moddasi prim1-qismiga muvofiq 680 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Shuningdek, atrofda tozalash ishlari olib borildi. 🔶 Hurmatli yurtdoshlar atrof-muhit muhofazasiga, uning orastaligiga barchamiz birdek masʼulmiz. Shunday ekan siz ham o‘z masʼuliyatingizni aslo UNUTMANG! Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Show all...
👍 3
#Munosabat Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Toyloq tumani “Xo‘jayuz”ning yuzi “pampersxona”(mi?)” mazmunida tarqalgan video murojaat yuzasidan Toyloq tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari o‘rganish ishlarini olib bordi. Maʼlum bo‘lishicha, haqiqatda ham tumanning Hujayuz MFYga olib boruvchi mahalliy yo‘l chetlariga yaqin atrofda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi tomonidan kundalik turmush jarayonida hosil bo‘lgan maishiy va qattiq chiqindilarni keltirib tashlashi oqibatida hududda sunʼiy chiqindixona paydo bo‘lganligi maʼlum bo‘ldi. Shu bois, davlat inspektorlari tomonidan maxsus texnikalar jalb etilgan holda hududda obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, chiqindilar olib ketildi. Shuningdek, Xo‘jayuz MFY masʼullari va fuqarolari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilganligini maʼlum qilamiz. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Show all...
🌳🪓Daraxtni ruxsatsiz kesigani o‘ziga zarar keltirdi Kattaqo‘rg‘on tumani hududida reyd kuzatuvi olib borish jarayonida, Mullako‘rpa mahallasida yashovchi fuqaro E.M tomonidan mahalla hududidagi o‘sib turgan ikki tup tuya archa daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlaganligi maʼlum bo‘ldi. Holat yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 10 mln. 200 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, kompensatsiya tarzida 10 tubdan manzarali daraxtlar ekish va 3 yil davomida parvarishlash vazifasi yuklatildi. 👉 Eslatma; bugungi kunda Respublikamizda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy etilishi munosabati bilan daraxtlarni tegishli ruxsatlarsiz kesish qatʼiyan man etiladi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Show all...
👍 1
💦🚘 Avtomobillarni yuvish shoxobchalari o‘rganilmoqda Narpay tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tuman hududlarda joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchalarida o‘rganish va xatlovdan o‘tkarish ishlarini olib bormoqda. O‘rganishlar davomida avtomobillarni yuvish shoxobchalarining Ekologik meʼyoriy hujjatlari va suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalari mavjudligi kuzdan kechirilib, kamchiliklar yuzasidan ko‘rsatmalar berib o‘tilmoqda. Shuningdek, davlat inspektorlari tomonidan avtomobillarni yuvish shoxobchalari sohiblariga ogohlantirish xatlari ham berilmoqda. Bugun, 6-may kuni ham tuman hududidan o‘tuvchi markaziy va ichki yo‘l bo‘ylarida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida ham 10 ga yaqin avtomobillarni yuvish shoxobchalari ko‘zdan kechirilib, ekologik talab va tartib normalariga amal qilmay faoliyat olib borilayotganligi kuzatilgan shoxobchalar masʼullariga qonun talablariga muvofiq choralar ko‘rilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Manba: Matbuot xizmati
Show all...
👍 2
#Munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda qadimiy masjid oldidagi ko‘kargan daraxtning kesib ketilganligi to‘g‘risida maʼlumot tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi shuni maʼlum qiladiki, Samarqand shahri Namozgoh MFYda yashovchi fuqaro U.Babayevning arizasiga muvofiq, mahalla hududidagi ikki tup chinor daraxtlarining biri batamom qurib qolganligi, ikkinchisi esa qisman quriganligi bois, 2024-yil 3-mayida xulosa xatiga muvofiq, 1 tup 50 sm chinor daraxti batamom qurib qolganligi bois tak qismidan va uning yonida turgan 1 tup 55 sm chinor daraxtini faqat yuqori qismi qurib qolganligi bois ustki qismi obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda kesib olinganligini maʼlum qilamiz. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Show all...
👍 1
#Munosabat Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Oqdaryo tumani Zarafshon daryosidan. Ko‘prikdan unchalik uzoq emas. Hozirda baliq ovlash taqiqlanganiga qaramay, brakonyerlar taqiqlangan usullardan foydalangan holda kunduzi baliq tutadilar” mazmunida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Oqdaryo tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari tashkil etildi. Aniqlanishicha, haqiqatda ham Samarqand tumani Ohalik MFYda yashovchi fuqaro A.Sh tomonidan qo‘lbola yasalgan to‘r bilan Qoradaryo daryosida yangidan qurilgan suv to‘g‘oni atrofida noqonuniy tarzda baliq ovlayotgan ekan. Shu bois huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1- qismiga binoan, BHMning 10 barobarida jarima qo‘llanilib, ov mavsumi taqiqlangan davrda ov qilish mumkin emasligi to‘g‘risida ogohlantirishlar berilganligini maʼlum qilamiz. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Show all...
#Munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar “Yoshlik” Istirohat bog‘i hududidagi manzarali daraxtlar kesilganligi to‘g‘risida maʼlumot tarqaldi. Holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Samarqand shahar bo‘limi shuni maʼlum qiladiki, o‘rganish ishlari olib borilganda, bog‘ hududidagi hech bir archa kesilmagan, biroq  nomaʼlum shaxslar tomonidan istirohat bog‘i hududidagi vaqtincha saqlash chiqindixonasiga manzarali daraxtlarni kesilgan shoxlarini olib kelib tashlab ketganligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha tarzda surishtiruv o‘rganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilamiz. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Show all...
#Jarayon 🌱Kattaqo‘rg‘on tumanida kanal va zovur yoqalarida yashil belbog‘lar tashkil etiladi Bu haqda tuman hokimi J.Tulqinovich Kadan va Mundiyon mahalla hududidan oqib o‘tuvchi Jumagul kanalida qurilishi taʼmirlash ishlarini kuzdan kechirish davomida taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, kuzatuvlar chog‘ida hududda olib borilgan qurilish, taʼmirlash ishlari jarayonida hosil bo‘lgan qurilish chiqindilarni bartaraf etilishi hamda kanalning muhofaza hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida yangidan mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi va yashil belbog‘lar tashkil etilishi yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida masʼullarga topshiriqlar berildi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Show all...
👍 1
#Tungi_reyd Samarqand viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatning Urgut, Toyloq, Bulung‘ur va Jomboy tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi. “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida daryo o‘zanidan 2 nafar fuqarolar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan ekskavatorlarda tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olayotganligi aniqlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatdan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi Qonunlari talablarini buzganligi sababli MJtKning 70-pr1-moddasi 1-qismiga asosan, har biriga 10 mln. 200 ming so‘mdan maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Show all...
👍 4
11:28
Video unavailableShow in Telegram