cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi rasmiy telegram kanali Murojaat uchun👇👇 +998976148850 Sherali Iskandarov

Show more
Uzbekistan33 152The language is not specifiedNature & Animals7 596
Advertising posts
856Subscribers
+324 hours
+107 days
+4030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

🍀 @ecogovuz_bot orqali ariza va takliflarni qabul qilamiz Siz yon-atrofingizda daraxt kesilishi, chiqindi tashlanishi va boshqa shu kabi atrof-muhitga zarar yetkazadigan holatlarga duch kelsangiz, bu haqda @ecogovuz_bot orqali matn, surat va video shaklida bizga ma'lum qilishingiz mumkin. Shuningdek, bot orqali o‘z fikr va takliflaringizni ham yuborish imkoniga egasiz. Muhim! Murojaatingiz barcha bosqichdan to‘liq o‘tganingizdan so‘ng qabul qilinadi. Qabul qilingan har bir murojaat e’tiborga olinadi. ___ 🍀 Принимаем заявки и предложения через @ecogovuz_bot Если вы столкнулись с незаконной вырубкой деревьев, накоплением отходов или другими подобными ситуациями, наносимые экологический ущерб, вы можете сообщить нам об этом, отправив фото или видео через @ecogovuz_bot, а также внести свои комментарии и предложения. Ваша заявка будет принята после того, как вы выполните все шаги. Каждая поступившая заявка будет рассмотрена специалистами. @ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring. 📱Facebook
Show all...
🪶Tabiat malikasi "Zarafshon qirg‘ovuli" Mana ov mavsumi joriy yilning 29 yanvaridan yopilganligi rasman eʼlon qilingan. Barcha ovchilik birlashmalari, ovchilik xo‘jaliklari va havaskor ovchilar ov mavsumi yopilganligi bilan ogohlantirilishiga qaramasdan Nurobod tumanida yashovchi havaskor ovchi N.Sh o‘ziga tegishli ov quroli bilan noqonuniy ravishda ov qilish taʼqiqlangan hududda O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi" ga kiritilgan kenja tur bo‘lgan ikki bosh “Zarafshon” qirg‘ovulini ovlaganligi aniqlandi va unga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, o‘ziga tegishli ov quroli olib qo‘yildi. Noqonuniy ovlangan “Zarafshon” qirg‘ovuli uchun Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabridagi 290-sonli qarorining "Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida"gi 14-ilovasiga asosan ikki bosh “Zarafshon” qirg‘ovuli uchun 4.460.000 ming so‘m miqdorida jarima solindi.
Show all...
👍 3
🚘🚿Kattaqo‘rg‘onda o‘tkazilayotgan reyd tadbirlarida suvni ifloslantirgan fuqarolar jarimaga tortilmoqda Shu kunlarda Kattaqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchalarida olib borilayotgan reyd tadbirlari jarayonida, qonun talablariga bo‘ysunmay, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay faoliyat olib borgan fuqarolarga maʼmuriy jarimalar belgilanmoqda. Kecha, 25-aprel kuni tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor kuzatuv reyd tadbirlari davomida Go‘zal MFY da yashovchi fuqaro A.R faoliyati davomida chiqindili oqova suvlarni mahalliy ariqqa oqizib qo‘yishi va suvni ifloslantirayotganligi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddasi 1-qismiga binoan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 020 000 so‘m miqdoridan jarima qo‘llanildi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Show all...
👍 1
Davlat ekologik ekspertizasi markazi davlat muassasai tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat ekologik ekspertizasi va atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilganini ma’lum qilamiz. Yangi qonun loyihasi bo‘yicha fikr va takliflarni ushbu havola orqali qoldirishingiz mumkin https://regulation.gov.uz/oz/d/97210. Сообщаем Вам, что на портале обсуждения проектов нормативно-правовых актов размещен проект закона Республики Узбекистан «О государственной экологической экспертизе и оценке воздействия на окружающую среду», разработанный государственным учреждением «Центр государственной экологической экспертизы». Комментарии и предложения к новому законопроекту можно оставить по этой ссылке https://regulation.gov.uz/oz/d/97210.Telegram💬Facebook
Show all...
#Munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda “Nurobod tumanida joylashgan Hazrati Dovud ziyoratgohi hududida mahalliy sayyohlar O‘zbekiston respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan lola o‘simligini uzib yurishganligi” haqida maʼlumot tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari o‘rganish ishlari olib bordi. Aniqlanishicha, haqiqatda ziyoratgohga keluvchi sayyohlar tomonidan tog‘li hududlarda tabiiy holda o‘suvchi hozirda qizil kitobga kiritilgan lola o‘simligini o‘zishi va payhon qilishayotganligi, bunga esa hudud masʼullari befarq qarab kelishayotganligi aniqlandi. Davlat inspektorlari tomonidan Oqsoy MFY ga joylashgan Hazrati Dovud ziyoratgohi masʼullari qatʼiy ogohlantirilib, bu maskanga keluvchi ziyoratchi va mahalliy sayyohlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilganligini maʼlum qilamiz. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Show all...
👍 1
🚙💨 Samarqandda "Toza havo" tadbirlari davom etmoqda Samarqand viloyatida o‘tkazilayotran "Toza havo” tadbirlari jarayonida avtomobillardan atmosfera havosiga tashlanadigan zararli SO gazi va tutun darajasini GOST standartlar talablariga mosligi o‘lchanib, belgilangan me‘yorlardan ortiq zararli tashlamanlarni atmosferaga tashlagan avtotranport haydovchilariga qonunda belgilangan tartibda ma‘muriy javobgarliklar qo‘llanilib kelinmoqda. 👉davomi bu erda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Show all...
👍 1
#munosabat Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahri Buxoro 2-berk koʻchasidan oqib oʻtuvchi zovurdagi holat boʻyicha takroriy murojaat tarqalgan. Mazkur murojaat yuzasidan shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi inspeksiyasi shuni maʼlum qiladiki, oʻrganish davomida ochiq kollektor zovuri suvi namunasi shahar SEO va JS boʻlimi mutaxassislari tomonidan tahlil qilinib, sizot suvi tarkibiga mosligi va qo’shimcha kimyoviy birikmalar yo’qligi aniqlangan. Suningdek, shahar hududidan oqib o’tuvchi ochiq kollektor (zovur) lar holati tegishli ravishda nazorat qilib borilayotganligi hamda sizot suvlarni chiqib ketish holatini yaxshilash uchun 2024-yil va 2025-yilning birinchi yarim yilligida davlat dasturi asosida qazish ihlari amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lum qilinmoqda. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 https://t.me/econewssamarqand
Show all...
🐟Urchish davrida baliq ovlaganlarga tеgishli chora ko'rildi Hozirda rеspublika miqyosida tabiiy suv havzalarida baliq urchish davri davom etayotganligi sababli baliqlarni ovlash ma'lum muddatga qadar ta'qiqlangan. Kattaqo'rg'on tuman Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi davlat inspеktorlari, Milliy gvardiya va jamoatchi inspеktorlar tomonidan joylarda kuchaytirilgan rеyd tadbirlari olib borilmoqda. Rеyd davomida baliqlarni urchish davrida baliq ovlagan fuqarolarga nisbatan tеgishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 https://t.me/econewssamarqand
Show all...
👍 3
#Matbuot_anjumani - Samarqand shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi tomonidan joriy yilning bugungi kuniga qadar Milliy gvardiya va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tumanda doimiy kuzatuv reydlar olib borilmokda, - deydi navbatdagi matbuot anjumanida shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi inspeksiyasi davlat inspektori Esirgapov Akmal. 👉Batafsil o'qing Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Show all...
1
🌍 22-aprel Xalqaro ona Yer kuni Bugun, 22-aprel Xalqaro ona Yer kuni munosabati bilan Jomboy tumani 23-maktabi o‘quvchilari va Zarafshon milliy tabiat bog‘i xodimlari tomonidan milliy bog‘ hududida atrof-muhitni muhofaza qilish, sayyoramizni ko‘kalamzorlashtirish zarurligi haqida amaliy ekologik ma‘rifiy soati tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan ona yer sayyorasi haqida ko‘rgazmali tushuntirishlar olib borildi. Shundan so‘ng maktab o‘quvchilari milliy bog‘ning birinchi bo‘limi hududiga borib, xodimlar bilan birgalikda oq tol va terak qalamchalarini ekishdi. Ko‘chatlar ekilganidan so‘ng bog‘ hududida o‘quvchilar uchun ekskursiya uyushtirildi. Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling👇👇 🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Show all...
👍 1