cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Kimyo_biologiya Samarqand

Kimyo va Biologiyaga oid mahsus kanal. Murojat uchun: ✔️+998 99 585 64 91 @Kimyoabdulatif ✔️+998 99 447 84 91 @Zikrulloyevna Manzil: Samarqand shahar, Umar bank orqa tomoni, "Medic school" o'quv markazi.

Show more
Advertising posts
362
Subscribers
No data24 hours
+27 days
+930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Elementlarning ma'nolari✔️✅✅ #FOYDALI 📎H—Suv hosil qiluvchi 📎Na—ko'piruvchi 📎K—kul 📎Rb—qizil 📎Cs—havorang 📎Mg—Shotlandiyadagi  Magneziya shahari nomiga atab 📎Ca—ohak 📎Ba—og'ir tanakor 📎Al—achchiqtosh 📎Ga—galit 📎In—"indigo"-zangori chiziq 📎Tl—"taloss"-yashil novda 📎C—ko'mir 📎Si—chaqmoqtosh 📎N—hayot uchun yaroqsiz 📎P-nur taratuvchi 📎As—kuchli 📎O—kislota tug'diruvchi 📎S—och sariq 📎F—kuydiruvchi 📎Cl—och yashil 📎Br—qo'lansa hidli 📎J—binafsha 📎He—quyosh 📎Ne—yangi 📎Ar—yalqov 📎Kr—yashirin 📎Xe—begona 📎Ra—shu'la sochuvchi 📎Cu—Kipr orollar nomiga qo'yilgan 🔗Malaxit(CuOH)2CO3—Gulxayri 🔗AzuritCu3(CO3OH)2—lojuvard havorang 📎Ag—oq kukun 📎Au—shafaq 📎Zn—nemischa Zink so'zi bo'lib XVI asrdagi olimlar asarlarida uchragan termin 📎Hg—kumush suv 📎Sc—Skandinaviya joyiga atab qo'yilgan 📎Cr—bo'yoq Ruteniy-atirgul Rodiy- vatan(Rossiya nomiga) Selen- oy
Show all...
👍 4
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi. Sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi. Bunda: — abiturientlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; — oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda: 1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash; 2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi. Amalda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va ushbu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirildi Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi: ➖ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ➖ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi; (Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi)Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...
👍 1
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️ OTMlarning 2024-25-o‘quv yili qabuliga oid asosiy yangiliklar Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilingan asosiy yangiliklar 👉 Magistratura va doktoranturaga xorijiy til bilish sertifikati talabi pasaytirildi Batafsil 👉 O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o'zgardi Batafsil 👉 Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi Batafsil 👉 Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi Batafsil 👉 Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi BatafsilTa’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...
👍 1
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️ Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda talabalar qabul qilishni kamaytirib, bo‘shagan kvotalarni muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlarga o‘tkazish taklif etilyapti. Shuningdek, kvotalarni oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi, qabul parametrlarini oliygohlarning o‘zi belgilaydi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o'zgardi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball); ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkin Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan endilikda umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar berilishi belgilangan. Yangi Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqilgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimi jonli muloqotda maʼlum qildi. Ayni vaqtda amaldagi hujjatlariga oʻzgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqib, Adliya vazirligiga kiritilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda. Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi: “70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja; 65 — 69,9 ball olganlarga A daraja; 60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja; 55 — 59,9 ball olganlarga B daraja; 50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja; 46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...
👍 2
A T M 📚📚📚📚📚📚📚 7-sinf kimyo olimlar 1.Shtal-flogiston nazariyasi 2.Lomonosov-element va korpuskulalar 3.Dalton-atomistik nazariya 4.Butlerov-organik moddalarning tuzilish nazariyasi 5.Lavuazye-yonish va oksidlanish 6.Mendelyeyev-1869-yil Davriy jadval 7.Broun-1827 molekula 8.Bersilius-kimyoviy belgi element lotincha nomining bosh harfi bn belgilanishi 9.Prust-1808 tarkibning doimiylik qonuni 10.Dalton-1803 karrali nisbatlar qonuni 11.Lomonosov-1748-1760massaning saqlanish qonuni 12.Avogodro-1811 Avogodro qonuni 13.Pristli-1774 O2 14.Van Marum-1875 O3 15.Kavendish-1766 ,,yonuvchi havo" H2 16.Lavuazye-vodorod deb nom beradi 17.Yuriy-1932 deytriy D2 18.Olifamta-1934 tritiy T3 19.Volloston-1820 ekvivalent tushunchasi                 📚📚📚📚📚📚📚 8-Sinflar kimyo olimlari 1.Franklend 1853 - valentlik 2.Berselius 1814 - 46 elementdan iborat davriy jadval 3.Kekule 1858 - C atomi 4 valentli ekanini 4.Debereyner 1817-29 triadalar nazariyasi      5.Shankurtua 1862 silindr shaklidagi jadval 6.Nyulends 1865 oktavalar qonuni 7.Rezerford 1911 atomning planetar modeli 8.Bekkerel 1896 radioaktivlik 9.M.S.Kyuri va P.Kyuri 1898 radiy va poloniy ni kash etadi 10.Rezerford 1899 radioaktivlik nurlarni 11.Uilard 1900 gamma nurlarni 12.F.J.Kyuri va I.Kyuri 1934 suniy radioaktivlik 13.Arrenius 1887 elektrolitik dissotsialanish nazariyasi 14.Shveyger 1811 galogen tushunchasini 15.Fersman P-hayot va tafakkur elementi 16.Libix- agrokimyo ga asos solgan 17.Nabiyev - qoraqat fosfatlari asosida superfosfat olish
Show all...
⚡️Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni sanasi o‘zgardi ✅ Xabaringiz bor, 2024-yil birinchi yarimyillik uchun e'lon qilingan taqvimga muvofiq joriy yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. ✍️Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda, imtihon o‘tkazish sanasiga o‘zgartirish kiritildi ✅ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 26-may kuni o‘tkaziladi. 📱Imtihon o‘tkazish smenasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Show all...
👍 5🔥 3