😘DARDLARIM😘
Open in Telegram
🕋بِسْـــــــــــــــمِ اللّٰهِ الرَّ حْمَنِ الرَّ حِيم🕋 Assalomu Alaykum Va Rahmatullohi Va Barokatuh ☪️ ✍She'rlar hikoyalar 🗒Aforizimlar 📽️Videolar 🎙Monologlar 🎛️New mp3lar 📸Rasmlar Rahbar:👇 @ABDULLOH666
Show more2 317
Subscribers
-324 hours
-157 days
-8730 days
Posts Archive
2 317
faxrlanaman...
sun'iy go'zallik urf bo'lgan zamonda, men tabiiyligimni or qilmaganimdan.
faxrlanaman...
chunki yaratganim meni qanday bo'lishim kerak bo'lsa, shunday yaratgan.
faxrlanaman...
labim yupqaroq bo'lsa ham, yolg'on tabassumdan begona...
faxrlanaman...
burunim "ideal" qolipga sig'masa ham, Alloh bergan har nafasim barakali.
faxrlanaman...
yuzim omma istagan qolipga sig'maydi, lekin yaratganim bergan suratga to'liq mos.
faxrlanaman...
qoshlarim yasama, har bir tolasida fitrat bor. ularni chizmadim.. Alloh allaqachon chizib bo'lgan edi..
faxrlanaman...
tanasini o'zgartirganlar orasida, o'zini saqlab qolganlar safida turish jasorat! men ana shu jasoratman.
faxrlanaman...
o'zini yo'qotganlar orasida, o'zimni topib yashayotganimdan.
faxrlanaman...
tana o'zgargan davrda, fitratni o'zgartirmaslikni tanlaganimdan.
faxrlanaman chunki bu qiyofa - men emas, meni yaratgan Zotning mukammal asari...🩷
