cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov. ,,TWIN LAWYERS" jamoasi.

Yurist blogger Hasan Mamayusupovning shaxsiy kanaliga xush kelibsiz. Amaliy huquqiy yordam va reklama masalasida @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov ga murojaat qiling Kanal: № 0001707431-conli guvohnoma asosida faoliyati yuritadi. Yaratildi: 09.07.2021.

Show more
Advertising posts
1 769
Subscribers
+1824 hours
+967 days
+15730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

❗️Maktabgacha taʼlim agentligi  tugatildi. Endi bogʻchalar bilan kim shugʻullanadi? Agentlik tugatildi, degan xabarni xuddiki “bogʻchalar yopildi, endi bogʻchalar bilan hech kim ishlamaydi” deb tushunmoqda ayrimlar. Ushbu holatni Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev quyidagicha batafsil tushuntirib berdi. Yoʻq, bu notoʻgʻri tasavvur. Bu yerda hech qanaqa afsuslanadigan yoki vahima qiladigan narsa yoʻq. Agentlik shunchaki davlat organi sifatida tugatilyapti, lekin uning vazifalari va xodimlari vazirlik tasarrufiga oʻtyapti. Bogʻchalar bilan shugʻullanish oldingidek davom etaveradi. Oʻzi shundoq ham Bogʻcha agentligi vazirlik huzurida edi, endi katta ehtimol bilan vazirlikdagi boshqarma shaklida boʻladi. Boz ustiga, vazirlikning nomi — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, nomida ham bogʻcha bor. Bir paytlar yodingizda boʻlsa, Davlat xizmatlari agentligi (DXA) boʻlardi, oʻsha agentlik ham tugatilib, Adliya vazirligidagi boshqarma boʻlgandi. Intellektual mulk agentligi bilan ham xuddi shunaqa qilishgan, tugatilib, boshqarmaga aylangan. Lekin bu degani bugungi kunda davlat xizmatlari markazlari ham yopib yuborildi, ular bilan hech kim shugʻullanmayapti, degani emas-ku. Bir maromda ishlab turibdi, Xudoga shukr. Bogʻchalar bilan ham shunaqa boʻladi, degan umiddamiz. Boshqacha aytganda Agentlikning tugatilishi uning direktori, oʻrinbosarlari, ularning kotibalariyu yordamchilari, ularning xizmat mashinalari tugatilyapti, degani xolos. Ilgari taʼlimga oid 3 ta vazirlik bor edi: bogʻcha, maktab va oliy taʼlim. Doim mana shu vazirliklar oʻrnida yagona Taʼlim vazirligi tuzib, uchalasini ham tugatish, yaʼni ularni ixchamroq qilish haqida gapirib kelganmiz. Hozir shu vazirliklardan 2 ta qoldi. Menga qolsa, shu ikkalasini ham birlashtirib yuborgan boʻlardim. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
❗️MAʼMURIY QAMOQ MUDDATI 📃 Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 29-moddasiga koʻra, ➖ maʼmuriy qamoqqa olish uch sutkadan oʻn besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — oʻttiz sutkagacha muddatga qoʻllaniladi. ➖Maʼmuriy qamoqqa olish jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshligʻi tomonidan belgilanadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
Direktor jamgʻarmasi hisobidan beriladidan ustamalar yozda ham yaʼni iyun-avgust oylari uchun ham toʻlanadimi? Yuqoridagi savol boʻyicha Ustozlardan koʻplab murojaatlar keldi! Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga 1-ilova “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 21-bandiga koʻra, umumtaʼlim muassasalari psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga 1-ilova “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 24-bandiga koʻra, oʻquv yili umumtaʼlim muassasalarida 2-sentyabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etadi va toʻrtta chorakka boʻlinadi. Nizomning 26-bandiga koʻra esa, oʻquv yili davomidagi taʼtillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi: 👉 kuzgi taʼtil — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun; 👉 qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun; 👉 bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun; 👉 yozgi taʼtil — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha. Shunga koʻra umumtaʼlim muassasalarida oʻquv yili sentyabr oyidan boshlanishi va yozgi taʼtil 1-sentyabrgacha davom etishini inobatga olib, oʻqituvchining direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili boshlangunga qadar belgilanadi. Aynan shu masala yuzasidan quyida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosarini javob xatini ilova qildik 👉@professional_yuristlar- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
❗️VAQTINCHA MEHNATGA LAYOQATSIZLIK NAFAQASI BERILADIGAN HOLATLAR 📃 Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024-yil kungi 314-son qaroriga asosan, ➖ vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi: ✅ vaqtinchalik mehnat layoqatini yoʻqotish bilan bogʻliq kasallik vaqtida (shikastlanishda); ✅ sanatoriy va sogʻlomlashtirish muassasalarida davolanganda; ✅ kasallangan oila aʼzosini parvarishlash zarur boʻlganda; ✅ karantinda; ✅ sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilganda; ✅ mehnat layoqatini tiklash yoki yasama aʼzo (protez) qoʻydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
👍 1
00:58
Video unavailableShow in Telegram
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 57-maslahat. ⭕️ Diqqat: Soqol qoʻyib yurganlik uchun javobgarlik yoʻq. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
Show all...
12.74 MB
❗️AYRIM YoSHLARGA TIL OʻRGANGANLIGI UCHUN PUL BERILADI 📄 Prezidentning 27.06.2024-yil kungi PQ-239-son qaroriga asosan, ➖imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida S1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qoʻshimcha ravishda oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi; ➖2024-yil 1-sentyabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari boʻyicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan ballning (sertifikat darajasining) minimal koʻrsatkichi bir pogʻona pasaytiriladi. ✅ Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining sinf xonalarini taʼlim jarayonidan boʻsh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini amalga oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy oʻquv markazlariga berishga ruxsat etiladi. ➖ Bunda tegishli umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
👍 4
❗️XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI OLISH UCHUN TOʻLOV QANCHA ? 📄 “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi xizmatlar uchun quyidagi miqdorlarda boj undiriladi: ✅ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini berganlik uchun — BHMning 1 baravari; ✅ Oʻzbekiston Respublikasining oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasport berganlik uchun — BHMning 80 foizi; ✅ Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsga, shu jumladan oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga xorijga chiqish uchun harakatlanish hujjatini berganlik uchun — BHMning 1 baravari; ✅ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni, shu jumladan yoʻqotib qoʻyilganlarining oʻrniga yangilarini berganlik uchun — BHMning 5 foizi; ✅ Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish haqidagi arizalarni koʻrib chiqqanlik uchun— BHMning 2 baravari; 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
👍 2
01:10
Video unavailableShow in Telegram
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 57-maslahat. ⭕️ Diqqat: Siz davlatdan shunchaki, har oyda 787 ming sum miqdorida pul olishingiz mumkin. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
Show all...
15.48 MB
❗️Kredit tarixi qarzdorning soʻnggi 5 yil ichidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz ichiga oladi! Kredit axboroti subyektining bajarilish sanasidan eʼtiboran besh yildan koʻp vaqt oʻtgan pul summasini toʻlash majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kredit tarixiga kiritilmaydi. 👆kredit axboroti subyekti — kredit bitimi boʻyicha tegishincha qarz oluvchi (qarzdor), lizing oluvchi, kafil, kafolat beruvchi, garovga qoʻyuvchi, shuningdek sugʻurtalovchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. 📌Asos: OʻRQ-301-son 5-modda ☑️Quyidagi portallar orqali oʻz kredit tarixingizni elektron shaklda olishingiz mumkin: 👉 portal.infokredit.uz/reports (xizmat narxi 17 000 soʻm – xizmatdan 1 yilda 1-marta foydalanish bepul); 👉 my.gov.uz/uz/service/411 portali orqali (xizmat narxi 15 300 soʻm ). 👉 my.gov.uz/oz/service/938 — Kredit tarixi oʻrganilganligi boʻyicha ogohlantiruvchi “SMS-xabarnoma” olish xizmati. 👉 portal.infokredit.uz portali orqali yuridik shaxslar ham kredit tarixini olishlari mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
Show all...
❗️21 YoSHGA TOʻLMAGAN SHAXSLARGA SIGARET SOTISH TAQIQLANADI! 📃 24.05.2023-yil kungi OʻRQ-844-son “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan ⚡️Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish bilan bogʻliq munosabatlar, shuningdek, sohaga masʼul organlarning vakolatlari belgilanib, mazkur sohaga bir qancha cheklovlar kiritilgan. ❌ Belgilangan cheklovlardan biri, 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga va ular tomonidan alkagol va tamaki maxsulotlarini sotish taqiqlanadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.