cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Paramadaniy 📣

Men — san'atshunos, madaniyatshunos va mutaxassis emasman, shunchaki zamonaviy madaniyatni yaxshi ko'raman. Kuzataman, qiziqaman, o'qiyman... endilikda esa bular haqida shu yerga yozaman ✍🏼 Канал на русском: @paracultural Hamkorlik: @profsoyuz_influence

Show more
Advertising posts
2 497
Subscribers
-324 hours
-277 days
-14630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:56
Video unavailableShow in Telegram
Sun'iy intellektdan qo'rqish emas, balki undan foydalanish kerak! 27-30 iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida Jahon yoshlar festivali doirasida "Orzu" nomli noyob ko'rgazma-auksioni bo'lib o'tadi Ko'rgazmada ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalarning tasavvurlari asosida sun'iy intellekt yordamida yaratilgan va rassomlar tomonidan chizilgan kartinalar namoyish etiladi. Loyihada sun'iy idrok haqidagi АйPulatov kanali muallifi va We Digital agentligining SI-laboratoriyasi qatnashgan Xayriya auksioni esa 29 iyun kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi. Sotuvdan qolgan mablag‘lar ko‘zi ojiz bolalar ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun operatsiyalarga yo‘naltiriladi Juda qiziq va muhim loyiha 🙏🏼 Albatta borinshni tavsiya qilaman @paramadaniy
Show all...
IMG_1217.MP419.09 MB
👍 9🔥 1
REVERSE Dam olish kunlari uchun siz so‘ramagan tavsiya 👊🏼 Ilhom teatrining foyesida Diyor Roziqovning «Reverse» nomli rangtasvir ko‘rgazmasi davom etmoqda. Institutda o‘qigan davrlarimdan beri uning rang va shakl bilan bo‘lgan eksperimentlarini qiziqish bilan kuzatib boraman Afsuski, ko‘rgazma qachongacha davom etishi haqidagi ma’lumotni topa olmadim. Shuning uchun shoshilishni tavsiya etaman. Kirish bepul. Lekin teatrda spektakl boshlanganicha ulgurib qolishingiz kerak Har doimgidek qisqa video ham oldim. Mana bu yerda 👇🏼 https://www.instagram.com/reel/C78jL64KWZa @paramadaniy
Show all...
🔥 4
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
8-iyun shanba kuni kutubxonada Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali bilan hamkorlikda kino kuni bo‘lib o‘tadi. Dramatik burilishlarni qanday yasash va film ssenariysini qay tarzda vizuallashtirishni tahlil qilib, yosh rejissyorlarning qisqa metrajli filmlarini tomosha qilamiz. Tadbirlar dasturi: 11:00–12:30 – O‘smirlar va kattalar uchun ssenariy ustaxonasi. Xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Odelsha Agishev ishtirokida g‘oyalarni hikoyalarga aylantirishni o‘rganamiz. 12+ 13:00–14:30 – O‘smirlar va kattalar uchun kadrlar ketma-ketligini yaratish ustaxonasi. Erkin Xushmatov hamda Umid Malikov bilan birgalikda rejissyorga bo‘lajak filmni ko‘rishga yordam beruvchi suratlar ketma-ketligini yaratishni o‘rganamiz. 19:30–21:00  Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti kino to‘garagining kutubxonadagi ilk yig‘ilishi. Yusup Roziqov ustaxonasidagi yosh rejissyorlarning filmlarini tomosha qilamiz.  16+ Joylar soni cheklangan. Iltimos, acdflibrary.uz’da roʻyxatdan oʻting. ~~~ В субботу, 8 июня в библиотеке пройдет день кино совместно с Ташкентским филиалом ВГИКа Разберемся, как строить драматические повороты и визуализировать сценарий фильма и посмотрим короткие метры молодых режиссеров. Программа мероприятий: 11:00–12:30 — Сценарная мастерская для подростков и взрослых. Учимся превращать идеи в истории с заслуженным деятелем искусств Одельшой Агишевым. 12+ 13:00–14:30 — Мастерская раскадровок для подростков и взрослых. Учимся создавать последовательности рисунков, которые помогают режиссеру увидеть будущий фильм с Эркином Хушматовым и  Умидом Маликовым. 12+ 19:30–21:00 — Первая встреча киноклуба ВГИКа в библиотеке. Смотрим фильмы молодых режиссеров мастерской Юсупа Разыкова. 16+ Количество мест ограничено, пожалуйста, зарегистрируйтесь на acdflibrary.uz
Show all...
👍 2
KOMOLON O‘tkazib yiborgim kelmagan yana bir ko‘rgazma. Mualliflar — Daima va Maksim Vardanyan. Aslida fotoko‘rgazma, lekin rangtasvir ham qo‘shilgan. Eksperimental desa ham bo‘ladi HLMRDV gallereyasida ochildi, iyul oxirigacha davom etarkan. Borib ko‘rishni tavsiya qilaman, chunki ishlar shisha tagida turgani sabab foto va videoda yaxshi ko‘rinmaydi Lekin video ham terib qo‘ydim, mana bu yerda ko‘rsa bo‘ladi 👇🏼 https://www.instagram.com/reel/C7opsjRK4DW @paramadaniy
Show all...
2🤩 2
Bobur Ismoilov, Apostrof Afsuski, oxirgi vaqt ko‘rgazmalarga borishga bo‘sh vaqt bo‘lmayapti. Lekin hozirda Toshkentda ochilgan ikkita ko‘rgazmani o‘tkazib yuborgim kelmadi. Biri — Bobur Ismoilovning “Apostrof” nomli rangtasvir ko‘rgazmasi. Ilhom teatrining zalida ochildi Juda sifatli ijod. Qachongacha davom etishini hech qayerdan topolmadim, shuning uchun tezroq borib ko‘rishni tavsiya qilaman Har doimgidek qisqa video ham tayyorladim. Mana bu yerda ko‘rsa bo‘ladi 👇🏼 https://www.instagram.com/reel/C7hFSnTqFMv @paramadaniy
Show all...
😍 6👍 5
Juda qiziq loyiha bo‘libdi 👌🏼 Madaniy merosni saqlash ishlarini boshlashdan oldin uni to‘liq ro‘yhatini tuzib foto-videolarga olib qo‘ygan yaxshi. Ilovasi ham bor ekan, yuklab oldim, o‘rganyapman 🙌🏼
Show all...
👍 9
01:11
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 154-sonli qaroriga kiritilgan mozaika va pannolarni himoya qilish sohasida qo‘shma ishlarni davom ettirmoqda. Sifatli axborotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi onlayn platformani mosaic.tashkent.uz ishga tushirdi. Platformada onlayn obyektlar katalogini o‘z ichiga olgan, smartfon ilovasi yordamida mozaikalarni jonlantirish uchun Kaleydoskop funksiyasi va AR filtrlari mavjud. Toshkent mozaikasi haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun onlayn katalogga o‘ting, shahar bo‘ylab sayr qiling va ularni smartfonlaringiz kameralari bilan jonlantiring. Kelajakda Tashkent Modernism loyihasi obyektlari mosaic.tashkent.uz platformasiga ham joylashtiriladi. — Фонд развития культуры и искусства Узбекистана и хокимият города Ташкент продолжают совместную работу в области защиты мозаик и мозаичных панно, внесенных в постановление №154 Кабинета Министров Республики Узбекистан. Для качественной информационной поддержки, хокимият города Ташкент запустил онлайн-платформу mosaic.tashkent.uz, в которую вошел онлайн-каталог объектов, доступны функция «Калейдоскоп» и AR-фильтры для оживления мозаик с помощью приложения для смартфона. Переходите в онлайн-каталог, чтобы узнать о ташкентских мозаиках больше, гуляйте по городу и оживляйте их при помощи камер своих смартфонов. В будущем, объекты проекта Tashkent Modernism будут внесены на mosaic.tashkent.uz
Show all...
IMG_4156.MP45.23 MB
👍 12 2
5+1 Nihoyat, kecha 5+1 ijodiy guruhining “Sinaps” ko‘rgazmasini ko‘rdim. Sizlarga ham borishni tavsiya qilmoqchi edim, lekin ko'rgazma hali ochiq bo'ladimi-yo'qmi bilmayman 🤷🏻‍♂️ Umuman olganda, ko‘rgazma 19-martdan 19-aprelgacha davom etishi kerak edi, lekin kecha menga uning o‘rniga boshqa ko‘rgazma ochilishini aytishdi. Yana ustiga NBU galereyasi yakshanba kunlari ishlamaydi (boshqa kunlari esa 17:00gacha), shuning uchun mening o‘zim ham boshqa kunlarda ish bilan band bo‘lganim uchun bu ko‘rgazmaga avvalroq kela olmadim Bundan tashqari kecha (shanba kuni) ham meni galereya qayta ekspozitsiya tufayli yopilganligi haqidagi xabar kutib oldi. Xodimlarga katta rahmat, tezgina ko‘rib chiqishga ruxsat berishdi 🙏🏼 Bu shikoyat emas. Albatta, ular xohlagancha ishlashga haqli 🙌🏼 Toshkentdagi eng yirik galereyalrdan biri dam olish kunlari ishlamasligidan afsusdaman xolos Ko‘rgazma haqida tayyorlangan qisqa video esa shu yerda 👈🏼 @paramadaniy
Show all...
👍 4🔥 2👏 2🤣 1
Mozaikali binolardan reklama olib tashlanmoqda 👏🏼 Butun respublika boʻylab mozaika va pannolar milliy madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 154-son qaroriga muvofiq mozaikali binolarga reklama bannerlarini o‘rnatish taqiqlanadi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Madaniy meros agentligi bu borada chora-tadbirlarni amalga oshirib, bugun Mirobod ko‘chasida joylashgan binodan reklama banneri olib tashlandi Agar siz milliy ro‘yxatga hali kiritilmagan mozaika yoki pannolar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, marhamat, [email protected] elektron pochtasi orqali xabar bering Manba @paramadaniy
Show all...
👍 12 6🔥 2
Savitskiy kundaliklari “O‘zekspomarkaz”ning 5-pavilyonida “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” nomli XX asr Markaziy Osiyo tasviriy sanʼatiga bagʻishlangan yangi multimedia ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi Ko‘rgazmada ham XX asr boshlarida ijod qilgan rassomlarning asarlarini, ham Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi sara to‘plamlarida saqlanayotgan zamonaviy asarlarini yangi talqinda koʻrsa boʻladi. Loyiha nafaqat mintaqaning an’analari va madaniyatini aks ettiradi, balki o‘tgan asr boshlarida mintaqa qiyofasini o‘zgartirib yuborgan tarixiy voqealarni ham qamrab olgan Ko‘rgazma 7-iyunga qadar davom etadi Pavilyon har kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha ishlaydi. Juma kuni — kirish bepul, boshqa kunlarda — 20 ming so‘m. Maktab o‘quvchilari, talabalar va pensionerlar uchun 50 foizlik chegirma mavjud. Maxsus maktablar va maktab-internatlar o‘quvchilari va 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa kirish bepul Dam olish kuni men ham borib ko‘rdim, juda yoqdi. Har doimgidek ko‘rgazma haqida qisqa video tayyorladim 👇🏼 https://www.instagram.com/reel/C4-t1wSKcn7 @paramadaniy
Show all...
👍 10🥰 3 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.