en
Feedback
QQR_TAXTAKÓPIR QÁNIGELESTIRILGEN MEKTEP RÁSMIY KANALÍ

QQR_TAXTAKÓPIR QÁNIGELESTIRILGEN MEKTEP RÁSMIY KANALÍ

Open in Telegram

Taxtakopir rayonı qánigelestirilgen mektebiniń kanalı Murajaat ushın: @Taxtapimabot

Show more
458
Subscribers
-124 hours
-17 days
-2730 days
Posts Archive
🏢 Taxtakópir rayon qánigelestirilgen mektebinde "Bilimler kúni" múnásibeti menen "Bir watan, bir xalıq bolıp jańa turmıs hám
+4
🏢 Taxtakópir rayon qánigelestirilgen mektebinde "Bilimler kúni" múnásibeti menen "Bir watan, bir xalıq bolıp jańa turmıs hám keleshek jaratamız" súreni tiykarında "Birinshi qońıraw" ilajlları dawamında "Keleshek saatları" ótkerildi."Keleshek saatları" mektep direktorı Sh.Berdieva, Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi sekratariatı baslıǵı T.Jusipov, mektep direktorınıń oqıw isleri boyınsha direktor orınbasarı N.Djubanishov alıp bardı. Oqıwshılarǵa Ǵárezsziligimizdiń qanshelli dárejede qádirli ekenin hám aldaǵı waqıtlarda onıń qádirine jetiw kerek ekenligi túsindirilip ótildi. Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń. Telegram Instagram Facebook

#Bilimler_kúni_Ǵárezsizlik _kúni_35 #Taxtakópir_rayonı_QM 🏢Taxtakópir rayonı qánigelestirilgen mektepte Ózbekstan Respublika
#Bilimler_kúni_Ǵárezsizlik _kúni_35 #Taxtakópir_rayonı_QM 🏢Taxtakópir rayonı qánigelestirilgen mektepte Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizligimizdiń 35 jıllıǵı hám «Bilimler kúni»qatnası menen «Birden-bir watan, birden-bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız! » uranı astında «Birinshi qońıraw 🔔»ilaj ótkerildi. 🔰Ilajda Jańa Ózbekstannıń pidayı ustazı biologiya pán múǵállimi Talxanbaeva Baxıtgúl Keńesbaevna Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizligimizdiń 35 jıllıǵı kókirek nıshanı menen sıylıqlandı. Bizde óz náwbetinde kásiplesimizge aldaǵı jumıslarında tabıslar tileymiz. Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń Telegram Instagram Facebook

🏢Búgin Taxtakópir rayonı qánigelestirilgen mektepbinde "Bilimler kúni" múnásibeti menen jańa oqıw jılınıń dáslepki qońırawla
+8
🏢Búgin Taxtakópir rayonı qánigelestirilgen mektepbinde "Bilimler kúni" múnásibeti menen jańa oqıw jılınıń dáslepki qońırawları qaǵıldı. 🔰Bayram keshesin mektep direktorı Sh.Berdieva ashıp berdi. Bunnan soń Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi sekratariatı baslıǵı T.Jusipov jıynalǵanlardı eń ullı hám eń áziz bayram - Ǵárezsizligimizdiń 35 jıllıǵı, sonday-aq, búgingi umıtılmas kún - jańa oqıw jılınıń baslanıwı múnásibeti menen qutlıqladı hám Prezident qutlıqlawın oqıp esittirdi. Bunnan soń bir qatar miymanlar oqıwshılarǵa jıllı tileklerin bildirdi hám Birinshi qońıraw qaǵıldı. Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń Telegram Instagram Facebook

Repost from E’zoza Karimova
Qadrli o‘quvchilar! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Muhtaram ota-onalar! Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yi
Qadrli o‘quvchilar! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Muhtaram ota-onalar! Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan uyg‘un holda kirib kelgan yangi o‘quv yili — Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Ayniqsa, bugun “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida qalbi hayajon va orzularga to‘lib, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlarimizni hamda ularning ota-onalarini ushbu unutilmas kun bilan alohida qutlayman. Davlatimiz rahbari boshchiligida ta’limni rivojlantirish, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarimizning qiyofasi va mazmuni yangilanib, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarning kirib kelayotgani yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bu imkoniyatlarning amaliy natijasini o‘quvchilarimiz erishayotgan yutuqlarda yaqqol ko‘rib turibmiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sport va ijodiy bellashuvlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgani, bitiruvchilarimizning yurtimiz va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritayotgani barchamizga katta faxr bag‘ishlaydi. Ishonamanki, yangi o‘quv yilida ham ustozlarimizning fidokorona mehnati, ota-onalarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi va o‘quvchilarimizning bilimga intilishi yangi yutuqlarga zamin yaratadi. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, E’zoza Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabri
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi
Aziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar! Hurmatli ota-onalar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman. Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin! Hurmatli bayram ishtirokchilari! Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir. Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir. Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz. Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang! Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling! Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman. Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim!   Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Mustaqillik_shukuhi #YagonaVatan35 🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! Hurmatli yurtdoshlar! 🇺🇿 Sizlarni
#Mustaqillik_shukuhi #YagonaVatan35 🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! Hurmatli yurtdoshlar! 🇺🇿 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz! Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

Taxtakópir rayonı qánigelestirilgen mektebi 2026-2027-oqıw jılına tayarlıqtı juwmaqladı. ✅Oqıwshılarımızdı 2026-jıl 2-sentyabrde mektebimiz imaratında kútip qalamız.

#diqqat_eʼlon 🔴 OTA-ONALAR DIQQATIGA! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan ma
#diqqat_eʼlon 🔴 OTA-ONALAR DIQQATIGA! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning 2026–2027-o‘quv yili I choragida o‘qishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish bo‘yicha arizalar 19–27-avgust kunlari qabul qilinadi. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakillar arizalarni hududlardan turib transfer.piima.uz platformasi orqali elektron shaklda yuborishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish muddati yakunlangach, murojaatlarga 10 ish kuni davomida platforma orqali javob beriladi. 🖌 Ariza topshirishda quyidagi ma’lumot va hujjatlar talab etiladi: ✔️ ota-ona yoki qonuniy vakilning F.I.O. va telefon raqami; ✔️ o‘qishni ko‘chirish sababi; ✔️ o‘quvchining F.I.O. si, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriyasi va raqami; ✔️ o‘quvchi tahsil olayotgan maktab, sinf, yo‘nalish hamda o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktab to‘g‘risidagi ma’lumot; ✔️ o‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi hujjatning PDF formatdagi nusxasi. 🔴 ESLATIB O‘TAMIZ! 🟢 Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisining davlat tashkilotida ishlaydigan ota-onasi boshqa hududga ishga o‘tgan taqdirda, o‘quvchini tegishli hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabga, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda, ko‘chirishga ruxsat etiladi. 🟢 Joriy yilda qabul e’lon qilingan maktablarning tegishli sinflariga o‘quvchilarni ko‘chirish imkoniyati mavjud emas. Mazkur sinflarga qabul qilingan o‘quvchi o‘qishni davom ettirmagan taqdirda, uning o‘rniga kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha navbatdagi eng yuqori ball to‘plagan talabgor taklif etiladi. 🟢 Platforma orqali ariza yuborilgandan so‘ng avtomatik tarzda taqdim etiladigan KALIT SO‘ZNI saqlab qo‘yish zarur. Ushbu kalit so‘z orqali ariza holatini kuzatish mumkin.
❗️ Belgilangan hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan taqdirda, ariza rad etilishi mumkin.
☎️ Murojaat uchun: +998 71 207-20-17 (180)
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

Qaraqalpaqistan Respublikası Ministrler Keńesiniń 2026-jıl 25-iyundaǵı "Davraga kel dugonajan" atamasındaǵı 01-08/12-06/585-s
+4
Qaraqalpaqistan Respublikası Ministrler Keńesiniń 2026-jıl 25-iyundaǵı "Davraga kel dugonajan" atamasındaǵı 01-08/12-06/585-sanlı bayanınıń orınlanıwın támiyinlew boyınsha hámde Taxtakópir rayonı hákiminiń 2026-jıl 29-iyundaǵı 01-08⁄234-sanlı Qararı menen belgilep berilgen wazıypalardıń orınlanıwın támiyinlew maqsetinde Taxtakópir rayonı qánigelestirilgen mektebiniń 7-10-klass oqıwshı qızlar arasında "Davraga kel,dugonajon"ruwqıy-aǵartıwshılıq ilájları shólkemlestirildi. Bul ilajǵa Taxtakópir rayon hákimi orınbasarı, shańaraq hám hayal-qızlar bólimi baslıǵı G.Seytnazarova qatnastı. Ilaj reje–grafik tiykarında hár túrli jumıslar ámelge asırılıp bunda oqıwshı qızlardıń intellektual, dóretiwshilik hám fizikalıq potencialın júzege shıǵarıw, sonday-aq, olardı milliy qádiriyatlar, gózzal úrp-ádetler hám joqarı ádep-ikramlılıq normaları ruwxında tárbiyalawda úgit-násiyat jumıslar, seminar trenińler ótkerildı. Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń Telegram Instagram Facebook

#imtihon_natijalari_2026 🎓 PREZIDENT MAKTABLARINING ASOSIY IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! ✔️ Joriy yilning 17-iyul kun
#imtihon_natijalari_2026 🎓 PREZIDENT MAKTABLARINING ASOSIY IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! ✔️ Joriy yilning 17-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy natijalari Cambridge Assessment International Education xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilinmoqda. Talabgorlar o‘z natijalari bilan Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali tanishishlari mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-results-J26/ Shuningdek, imtihon natijalarini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy platformasi orqali ham ko‘rish mumkin: ariza.piima.uz — Prezident maktablari imtihon natijalari
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bi
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying.
Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang!
🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

📢 DIQQAT, E'LON! Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🎓 2026-yil
📢 DIQQAT, E'LON! Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🎓 2026-yil 6–7-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat hududlar va fanlar kesimida bo‘lib o‘tadi. Suhbat davomida nomzodlarning: ✅ kasbiy bilim va ko‘nikmalari; ✅ pedagogik mahorati; ✅ muloqot madaniyati; ✅ psixologik tayyorgarligi; ✅ egallashi rejalashtirilgan lavozimga mos kompetensiyalari baholanadi. Baholash tartibi: ✅ har bir bilet 4 ta savoldan iborat; ✅ maksimal ball — 100; ✅ zaruratga ko‘ra, suhbat komissiyasi tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Suhbat bosqichida har bir vakant o‘rin uchun test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod ishtirok etadi.
⚠️ Eslatma: Test bosqichida to‘plangan ballar suhbat natijalariga qo‘shilmaydi. Biroq yakuniy natijada ballar teng bo‘lgan taqdirda, ustunlik test bosqichida yuqoriroq ball to‘plagan nomzodga beriladi.
Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga ta’lim muassasasi tomonidan vacancy.piima.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tilgan mobil telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilinadi hamda SMS-xabarnoma yuboriladi.
✅Fanlar va hududlar kesimidagi suhbatlar jadvali ilova qilinadi. ✅Barcha nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#apellatsiya_2026 🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI. 🖱️ Tay
#apellatsiya_2026 🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI. 🖱️ Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli. 🖱️ Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi. 🖱️ Apellatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi. 🖌 Apellatsiya arizalarini maktablar kesimida ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar
#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon n
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-s
🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida hududlar kesimida pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi bosqichi – test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🖱️ Test sinovlari: 🖱️ 21–22-iyul, 2026-yil 🖱️ Reja-grafikda belgilangan sana va soatlarda 🖱️ Test sinovlari quyida ilova qilingan reja-grafikda ko‘rsatilgan manzillarda tashkil etiladi. Hurmatli nomzodlar! Test sinoviga kelishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni o‘zingiz bilan olib kelishingiz so‘raladi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH B
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA! Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida
#qabul_2026 #imtihon_natijalari 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi! Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari Marshall Cavendish Education xalqaro taʼlim tashkiloti tomonidan eʼlon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini Marshall Cavendish Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.mceducation.com/examination-results-under-the-agency-for-specialized-educational-institutions-for-uzbekistan
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#Imtihon_2026 #Nukus 🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#30_iyun_Yoshlar_kuni 💐 30-iyun – Yoshlar kuni muborak! Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin qalbimizdan
#30_iyun_Yoshlar_kuni 💐 30-iyun – Yoshlar kuni muborak! Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz! 🇺🇿Bugungi Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi — bilimli, tashabbuskor, vatanparvar va yuksak marralarni ko‘zlagan yosh avloddir. Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim olishi, iste’dodi va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar bugun o‘zining yorqin natijalarini bermoqda.
🎓 Joriy o‘quv yilida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 34 nafar bitiruvchisi dunyoning TOP-300 talik oliy ta’lim muassasalariga 100 foizlik grant asosida muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi. Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Elbek Zohidjonov va Asilbek Sunnatov dunyoda 1-o‘rinda turuvchi MIT universitetiga, Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Dilafro‘z Sobirova esa Garvard universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilindi. Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Muxtorjon Mo‘ydinov xalqaro SAT imtihonida maksimal 1600 ball natijani qayd etdi, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Botirjon Xolmatov esa University College London (UCL) universitetining 180 ming AQSh dollari miqdoridagi to‘liq grantini qo‘lga kiritdi.
🇺🇿 Shuningdek, Prezidentimizning joriy yilgi qarorlari bilan Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari vakillari ham yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi, 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo‘mitasi a’zosi Daler Rahimov va Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Paxlavon G‘ulomov «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Bu — bilim, mehnat va fidoyilik munosib qadrlanayotganining yana bir yorqin ifodasidir. ✅ Bu yutuqlar Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning bilim va salohiyati, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ota-onalarning ishonchi samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Aziz yoshlar!
Kelajakka ishonch bilan intiling, bilim olishdan hech qachon to‘xtamang, yurt ravnaqi yo‘lida dadil qadam tashlang. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi yutug‘idir.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor