en
Feedback
Emrico's Blog || C1

Emrico's Blog || C1

Open in Telegram

📘 Ingliz tili: Reading ‱ Writing ‱ Speaking ‱ Listening 🎯 IELTS / CEFR C1 đŸ‘šâ€đŸ« Natijaga yo‘naltirilgan darslar va real metodika @Emricoresults @Emrico Asoschisi...

Show more
7 702
Subscribers
-624 hours
-747 days
-23930 days
Posts Archive
Juda
Juda

MULTI-LEVEL WRITINGDA ENG KATTA XATO ❌ Fikrni yozib, uni rivojlantirmaslik. Ko‘pchilik shunday yozadi: I think online education is beneficial because it is convenient. Bu faqat IDEA. Examiner esa fikringizni qanday tushuntirishingiz va rivojlantirishingizni ham kutadi. Kuchliroq variant: I think online education is beneficial because it is convenient. Students can attend lessons from home without wasting time commuting to educational institutions. As a result, they can use this saved time for studying or other important activities. Esda tuting: IDEA → EXPLANATION → EXAMPLE → RESULT Bitta yaxshi rivojlantirilgan fikr — uchta yuzaki fikrdan kuchliroq. @EmricoBlog

WRITING UCHUN C1 GRAMMATIK 3 TA QOLIP
1. Not only + auxiliary + S + V, but + S + also + V Nafaqat..., balki... ham Not only does technology save time, but it also improves productivity. 2. Were + S + to + V, S + would + V Agar ... qilinsa edi... Were governments to invest more in education, society would benefit considerably. 3. The more + S + V, the more + S + V Qanchalik..., shunchalik... The more people rely on technology, the less independent they may become.
Shu 3 ta qolipni Writingda to‘g‘ri ishlatsangiz, yuqori natija olishiz aniq ancha kuchaytiradi. @EmricoBlog

Men doim Writingda Shu Fillerlardan foydalanaman: It is worth noting that... → Shuni ta’kidlash joizki... From my perspective,... → Mening nuqtayi nazarimdan... One possible explanation is that... → Buning mumkin bo‘lgan sabablaridan biri... This can be attributed to... → Buni ... bilan izohlash mumkin. It should also be taken into consideration that... → Shuni ham hisobga olish kerakki... Siz ham foydanalaning.. Yuqori natija olasiz. @EmricoBlog

Yangilik aytishdan oldin sizlarga jamoamni tanishtirmoqchiman.. Ilk ta'lim soxasiga qadam qo'yganimda na bir metodika na bir qobilyat bor edi. Ustozim esa menga tuganmas bilim manbayi edi. Ishonavering kuniga yangi yangi bilimlar oqib kelaverdi. Kanalda yozgan yoki kimlargadur o'tgangan bilimlarm ustozning bilimlarini 1 foizi.. Yana ancha narsa o'rganishim kerak.. aytgancha ustozda 8.5 IELTS bor va har bir guruhdan kamida 5 ta 7.5 va 2 ta 8.0 chiqadi. Ishonmasangiz kirib ko'ring. Yana bir a'zo bor Bahodir. Grammatika bo'yicha toj kiygan. Har qanaqa grammatik testni chatgptidan oldin undan so'raymiz. Eng kuchli tomoni shu General english ni qoyillatadi. Yana bir a'zo Javohir. Kamandamiz kenjatoyi erkatoyi. Darsni umuman Yevropa usulida o'tadi. Bizam darslariga kirib o'tirgimiz keladi. Mediadayam u bizni boshqaradi. Har kuni xar xil g'oya bilan keladi. Bu ustozlar sizlar uchun yangi Loyiha ustida ishlashmoqda. Shu loyiha tez kunda boshlanadi.. Aytgancha biz gastrol boshlashimiz mumkin. Qaysi tumanga borishni reja qilyapmiz. U yerda hammamiz eng kuchli usullarni o'rgatib kelmoqchimiz.. Manzilingizni yozing.. Biz tez kunda sizga sovg'a bilan boramiz... @cullenschool @EmricoBlog

Yangilik bor

Kutilmaganda hayotingga shunday bir inson kirib keladiki, uni deb yaxshiroq inson bo‘lishga, o‘zingni o‘zgartirishga harakat qilasan.

Yolg‘iz qolish — muvaffaqiyatning narximi? Ba’zan inson muvaffaqiyatga erishish uchun yolg‘iz qolishi kerakdek tuyuladi. Do‘stlardan uzoqlashish, ortiqcha suhbatlarni kamaytirish, ijtimoiy hayotni cheklash va o‘z dunyosiga sho‘ng‘ish
 Lekin bir savol bor: muvaffaqiyat haqiqatan ham yolg‘izlardan keladimi? Ilmiy tadqiqotlar bunga oddiy javob bermaydi. Psixologik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yolg‘izlik va yolg‘iz qolish bir xil narsa emas. Yolg‘iz qolish — ongni tartibga solish uchun tanlangan vaqt. Yolg‘izlik esa — inson aloqaga ehtiyoj sezib, lekin uni topa olmayotgan holat. Masalan, 2017-yilda K. D. Nguyen va hamkasblari o‘tkazgan tadqiqotlarda qisqa muddatli yolg‘iz qolish insonning hissiy qo‘zg‘alishini pasaytirib, o‘zini boshqarish va ichki holatini tartibga solishga yordam berishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Demak, ba’zan hammadan uzoqlashish kerak. Lekin hammadan uzilish emas. Faylasuf Aristotle insonni “ijtimoiy mavjudot” deb ta’riflagan. Ya’ni inson tabiatan boshqalar bilan munosabatda yashaydi. Friedrich Nietzsche esa yolg‘izlikni boshqacha ko‘rgan: inson ba’zan o‘z fikrini yaratish va o‘zligini topish uchun olomondan uzoqlashishi kerak. Bu ikki qarash aslida bir-biriga zid emas. Inson boshqalar bilan yashaydi, lekin o‘zini yolg‘izlikda taniydi. Muvaffaqiyatli odamlarning hayotida ham shunga o‘xshash narsa bor. Ular hamma bilan birga yugurmaydi. Boshqalar uxlayotganda o‘qiydi. Boshqalar gapirayotganda tinglaydi. Boshqalar vaqtini sarflayotganda o‘z maqsadi bilan shug‘ullanadi. Ammo bu ularning yolg‘iz ekanini anglatmaydi. Hatto uzoq muddatli Harvard Study of Adult Development tadqiqotlari insonning uzoq muddatli farovonligi va hayotidan qoniqishida sifatli insoniy munosabatlar juda katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatgan. Shu sababdan xozir uxlayvering sizni baribir xech kim eslamayadi. Chunki siz Muvaffaqiyat yo'lidasiz. Ayni paytda o'zingizga o'zingiz keraksiz. O'zingizni qutqaring bu oddiy hayotdan. O'zingizni millionerlar ro'yxatiga qo'shing. @EmricoBlog

Markazga tez kelinglar ertagayoq. Shu bilan qolib ketasiz.... @EmricoBlog

Rejalaringizni nega hammaga aytmaslik kerak? Ba’zan inson biror katta reja tuzadi: yangi ish boshlash, kitob yozish, imtihondan yuqori ball olish, biznes ochish, munosabat qurish yoki hayotini butunlay o‘zgartirish. Va eng katta xatolardan biri — hali amalga oshmagan narsani hammaga e’lon qilish. Psixologiyada bunga qiziq bir hodisa bor: “social reality” — ijtimoiy reallik hissi.
2009-yilda Peter Gollwitzer va uning hamkasblari tomonidan o‘tkazilgan tajribalarda odamlarning maqsadlarini boshqalarga aytishi ularning maqsadga erishishdagi harakatlariga ta’sir qilishi o‘rganilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, ayrim hollarda inson o‘z maqsadini boshqalarga bildirganda, maqsadga yaqinlashgandek psixologik qoniqish olishi mumkin. Natijada haqiqiy harakat uchun motivatsiya pasayishi ehtimoli bor.
Ya’ni: “Men buni qilaman” deyish ba’zan miyaga “men buni qiladigan odamman” degan signal beradi. Ammo hali hech narsa amalga oshmagan. Shuning uchun katta reja haqida gapirishdan ko‘ra, uni amalga oshirish ko‘pincha foydaliroq. Faylasuflar ham sukutni qadrlagan
Pifagorga nisbat beriladigan mashhur qarashlardan biri — sukut insonning donolikka boradigan yo‘llaridan biri ekanligi. Seneka esa inson o‘z hayotini boshqalarning fikriga emas, o‘zining maqsadlariga mos qurishi kerakligini ta’kidlagan. Stoiklar uchun insonning ichki qarori tashqi olqishdan muhimroq edi. Mark Avreliy esa kundaliklarida juda sodda fikrni ilgari suradi: yaxshi inson bo‘lish haqida gapirishdan ko‘ra, yaxshi ish qilish muhim.
Bu fikrni bugungi hayotga ko‘chirsak: Rejangiz haqida 100 kishiga gapirishdan ko‘ra, rejangiz uchun 100 marta harakat qiling. Chunki gapirganingizda sizga savollar keladi: — Qachon boshlaysan? — Nima bo‘ldi? — Natija chiqdimi? — Hali ham qilmadingmi? Va ba’zan siz rejangizni amalga oshirish uchun emas, odamlarga “men buni qilyapman” deb ko‘rsatish uchun yashay boshlaysiz. Ammo bitta muhim istisno bor Har qanday rejani sir tutish shart emas. Mas’uliyat, maslahat yoki qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lsa, ishonchli odam bilan bo‘lishish foydali bo‘lishi mumkin. Muammo — rejaning o‘zi emas, uni kimga va nima uchun aytayotganingizda. Jim turib erishing va keyin buni aytsangiz boshqacha xissiyot bo'ladi.. @EmricoBlog

Online Kurs so'raganlar ko'payib ketdi: Vaqt muammo bo'lishi mumkin. Shu sabab sizga online dars qaysi vaqtda qulay shuni yozing. Men shunga qarab rejalarimni tog'irlayman.. @EmricoBlog

Kim uyg'oq

Online Online ONLINE Shu boshlashim uchun bitta inson juda ta'sirli gap yozibdi: "
Boshqalarga yordam berolmasangiz nima qilardingiz CEFR kanal ochib "
Hech narsa deya olmadim. Shu sabab video darslarmdan har kuni ketma ketlikda tashlab turmoqchiman.. Online kurs ham ochaman yaqin kunlarda Oktabrchilar uchun. Faqatgina 7 ta talaba olaman va C1 ga tayyorlayman. @EmricoBlog

KUTISH O‘LDIRADI Biz faqat insonlarni emas, hamma narsani kutamiz. Yaxshi kunlarni. Pulni. Sevgini. Omadni. Natijani. Kimningdir qo‘ng‘irog‘ini. Hayotimiz «iziga tushadigan» kunni. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, noaniqlikni kutishning o‘zi stress va xavotirni kuchaytirishi mumkin. Ba’zan voqeaning o‘zi emas, «qachon bo‘ladi?» degan savol odamni ko‘proq qiynaydi. Faylasuf Epiktet esa insonning xotirjamligi ko‘p jihatdan nimani nazorat qila olishi va nimani qila olmasligini ajrata bilishiga bog‘liq, deb hisoblagan. Ammo biz ko‘pincha aksini qilamiz: Nazoratimizdagi bugunni tashlab, nazoratimizdagi bo‘lmagan kelajakni kutamiz. «Pulim ko‘paysa, yashayman». «U qaytsa, baxtli bo‘laman». «Ishim yaxshilansa, xotirjam bo‘laman». «Hammasi joyiga tushsa, boshlayman». Va shu «keyin»lar orasida bugunimiz o‘tib ketadi. Eng achinarlisi — hayot biz kutayotgan narsani kutmaydi. Vaqt o‘tadi. Odamlar o‘zgaradi. Imkoniyatlar ketadi. Shuning uchun kuting, lekin hayotingizni kutishga topshirmang. Ba’zi narsalar kelishini kutish kerak. Ammo yashashni boshlash uchun hech narsani kutish shart emas. @EmricoBlog

Vaqting ketdi, Naxting Ketdi... Shu speaking savoli fit filyon marta tushyapti, ko`rib qo`ying sizga ham tushishi mumkin. Yo`
Vaqting ketdi, Naxting Ketdi... Shu speaking savoli fit filyon marta tushyapti, ko`rib qo`ying sizga ham tushishi mumkin. Yo`q reaksiya bosishingiz shart emas.😏 @EmricoBlog

Xiyonat kanal azolaridan bo'ladi.. Men sizlarni boshqa kanallarda reaksiya bosganilarni kordimmm... Bevafolar...

Task 2 Sentabrchilar alooooo?
"Nowadays, many people prefer to watch movies and series online rather than go to the cinema."
What are the advantages and disadvantages of this trend? Give reasons for your answer and include any relevant examples from your own knowledge or experience @EmricoBlog .

Kanal sotaman: https://t.me/+IXJLJlx3qzU2YmZi @emrico ga yozing narxini kelishamz

Video message00:13

Reading... --Readingda asosan qaysi partda qiynalyapsiz? -- Mock ishlasangiz nechta chiqadi? -- Tarjima qilib ishlaysizmi? -- Taxlil qilishga erinasiza? Savollarga javob berinchi foydam tegar...