cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

INNO Technopark

INNO-innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki

Show more
Advertising posts
1 522
Subscribers
-324 hours
-167 days
-3930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

📌Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan "INNO" innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrifi davomida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig'ilishida sohani rivojlantirish masalasi ilgari surilgan edi. Yig'ilishda berilgan topshiriqlarga ko’ra, joriy yilning 10-iyul kuni Toshkent shahridagi Belarus O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori A.Baxodirov boshchiligidagi o'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i, fakultet dekanlari va kafedralari mudirlaridan iborat ishchi guruh "INNO" innovatsion o’quv-ishlab chiqarish texnoparki direktori M.Sultanov tomonidan texnopark faoliyati va u yerdagi imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Tashrif davomida ikki tomonlama Memorandum tuzish orqali texnoparkda talabalar amaliyotini tashkil qilish, hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish,birgalikda xalqaro ilmiy-innovatsion loyihalarda ishtirok etish kabi masalalar ko’rib chiqildi.
Show all...
👍 4

1
"Inno" innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda texnopark bosh direktori Mansurbek Sultanov, “Yashnobod innovatsion texnopark” direktori Abdulxamidov Shoxjaxon, Protokol xizmati boshlig'i Otaxonov Rasulbek hamda Ozarbayjan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi raisi Jeyhun Salmonov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari Turana Gasimova bilan o'zaro hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borildi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat vakillari kelgusida innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida o'zaro fikr almashish, hamda iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida stajirovkalar tashkil etish bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi. Ilmiy - texnikaviy, innovatsion sohani rivojlantirish bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi, rejalar belgilab olindi.
Show all...
👍 3
01:42
Video unavailableShow in Telegram
💡Haftaning eng muhim yangiliklari sharxi: 📌Hafta davomidagi "Inno" innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkidagi muhim yangiliklarni biz bilan kuzatishda davom eting! Bizga obuna bo’ling👇🏼 Telegram| Instagram| Facebook| Web
Show all...
IMG_7437.MP479.43 MB
1🔥 1
📌”INNO” innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida rezidentlar faoliyatini tashkil etish bo'yicha ichki komissiya guruhi bo’lib o’tdi ✅08.07.2024 kuni INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida ichki komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ushbu komissiya texnoparkning rivojlanishi uchun muhim bo'lgan yangi rezidentlarni qabul qilish tartibi va mezonlarini ishlab chiqish va takomillashtirish maqsadida tashkil etildi. ▶️Yeg’ilishda bosh direktor Mansurbek Sultanov, Rezidentlar bilan ishlash boʻlimi hodimlari Shoxruh Toshmatov, Xamidulla Mahamatov, Azizjon Akramov hamda bir qancha rezidentlikka nomzod tadbirkorlar qatnashdilar. 📃Yig'ilish yakunida mavjud rezident maqomini olish tizimini yaxshilash bo'yicha tavsiyalar qabul qilindi va kelgusida rezident maqomini olishga bo’lgan tadbirkorlarni faoliyati bilan tanishish va ular bilan istiqbolli hamkorlikda ishlash hamda soliq imtiyozlaridan to’g’ri foydalanish bo’yicha ma’lumotlar berildi. Bizga obuna bo’ling👇🏼 Telegram| Instagram| Facebook| Web
Show all...
📌 INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida oliy ta'lim muassasalari talabalari amaliyot jarayonlarini amalga oshirmoqda. Talaba - yoshlar Ishlab chiqarish zonasidagi dastgohlarda ishlash bilan bir qatorda nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo'llamoqda. ▶️ Davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilab berilgan qator topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar doirasida texnoparkda talaba - yoshlar uchun barcha shart- sharoitlar yaratilgan. ♻️ Shuningdek, “tarmoq – korxona oliygoh” zanjiri asosida har bir oliygoh sanoat hamkorini topish va dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasida Toshkent Traktor zavodi hamda Uzautomotors bilan hamkorlik o'rnatilgan. Bizga obuna bo’ling👇 Telegram| Instagram| Facebook| Web
Show all...
👍 2
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.