𝐡𝐚𝐥𝐨𝐯𝐯𝐚𝐭
Closed channel
• Lahzalar 📷 • Biroz kitoblar haqida 🦋 • Bu yerda avvalo kaminaga eslatma, keyin esa sizga boʻladi✨ • Kanaldan biror foyda olayotgan boʻlsangiz qoling, vaqtingizni bekorga ketkazmang :)
Show more196
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-130 days
Posts Archive
196
Ba’zan eng katta quvonch – seni hech kim eshitmayotgandek tuyulgan orzularingni kimdir sezganida bo‘lar ekan)
It turned out to be the most precious gift I received this Ramadan. May Allah reward them with goodness)
196
Ba’zan inson uzoqda yurganida eng oddiy narsalarning ham qadri boshqacha bilinarkan. Sal betob bo‘lib qolsang ayniqsa… Onangning “Issiqroq kiyindingmi?”, “Biror narsa yedingmi?” degan gaplari qanchalik katta mehr ekanini yanada chuqurroq his qilar ekansan.
Ota-onaning mehri o‘rnini hech narsa bosa olmaydigan mehr boʻlar ekan. Yonida bo‘lganingda odatiy tuyulgan g‘amxo‘rlik, uzoqda eng katta sog‘inchga aylanadi.
Shunda tushundim: uy degani devorlar emas, seni o‘ylab yashaydigan qalblar ekan)
196
Keraksiz deyish oson.
Axir ular bu narsalar bilan yashamagan.
Bu qutida oddiy qog‘ozlar emas – kulgilar yashiringan, aytilmay qolgan gaplar, o‘sha paytdagi hislar bor. Qurigan gullar hamon bir davrning hidi bilan turibdi, eski lentalar esa vaqt bir paytlar qanchalik go‘zal bo‘lganini eslatadi.
Shuning uchun ham ayrim xotiralar saqlanadi – ular qaytmaydi, lekin unutishga ham qo‘l bormaydi.
196
Ba’zan kuchli bo‘lish – o‘zingga ishonish emas,
balki senga ishongan insonning umidini oqlash boʻlar ekan)
196
Opani xarizmalari, xarakterlari haqiqattan juda zoʻrakan. Opa kuldirib kuldirib syomkani qande tugaganini ham bilmay qolibmiz. Bunday insonlar bilan qayta qayta ishlagisi keladida odamni)
Shu kungacha birorta face bilan bunchalik oson ishlamagandim❤️
196
Bugun shu sabab Hasanxon Yahyo ustoznikida boʻldik🥹. Uylari oddiy, lekin juda bir fayzli va rossayam shinam uy ekan. Mehmonlarga toʻla)
Ilmli insonlarning uylari barbir boshqacha boʻladida))) Alloh ustozlarimizdan rozi boʻlsin. Omin.
196
+5
Ramazonning ilk kunlari, quyoshli juma tongi, nikoh belgilangan sana, ustoz va yaqinlarning duolari, unutilmas kun…🤍
