Tepaga
Closed channel
- jack-of-all-trades, master of none - light up the learning brain - otrovert - IELTS 8.0
Show more399
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-1130 days
Posts Archive
400
“Hammasi yaxshi bo‘ladi.”
Chiroyli gap. Lekin ba’zan bu gap bizga umid berishdan ko‘ra, kerakli haqiqatni ko‘rmaslikka yordam beradi. Muammo ko‘zimizga ko‘rinib turadi, lekin biz undan boshqa natija kutamiz. Vaziyat o‘zgarmagan bo‘lsa ham, “balki…” deymiz.
Balki u o‘zgarar.
Balki bu safar boshqacha bo‘lar.
Balki hammasi o‘z-o‘zidan joyiga tushar.
Va ba’zan biz umid qilayotgan narsa umid emas, haqiqatni qabul qilishni ortga surish bo‘ladi.
Mana shu narsa ingliz tilida blind optimism deyilar ekan.
Tanish holatmi?
tepaga_up
400
+2
Qachonlardir mani ham eng yaxshi ko'rgan o'qituvchim boshqa ustozga tashab ketganlar. Ularni esa endi tushunyabman...
Charos teacher mani ingliz tiliga qiziqishimga sabab bo'lganlar. 3 yil davomida agar man ham kimgadir ozgina bo'lsa ham inspiration bera olgan bo'lsa, bundan faqatgina xursand bo'laman.
🌷
tepaga_up
400
mana bugun HeadStartdagi hikoyam nihoyasiga yetdi.
3 yil. Ko’plab o’quvchilar, xotiralar, yaxshi insonlar… Ustozim Dilmurod Isakulovga ham katta rahmat. Tajribam yo’q bo’la turib imkon berganlariga, qiyin holatlarda ham hech qanday negativ aralashtirmasdan muammolarni hal qilganlariga.
To’g’risi nima deyishni ham bilmayman. Har bir ishni boshi bo’lgani kabi oxiri ham bo’ladi.
Man uchun har doim eng yaxshisi bo’lib qoladi 🇺🇸
Sincerely, Madina 🍃
400
+1
How lucky I am to have something that makes saying goodbye so hard...Assalomu alaykum. Biroz passiv bo'lib qoldik. Katta o'zgarishlardan oldingi jimjitlik edi bu🌚 ularni aytib bergunimcha rasmdagi quoteni o'zbekcha tarjimasini topib turing🧸
400
Avgustni tugashi sal boshqacharoq keladi man uchun. Yangi o’quv yili, yangi tajribalar. Bir tarafdan hayajonli, lekin sal qo’rqinchli…
Sizlarda qanaqa o’zgarishlar?
400
Yaponiya haqida qiziq fakt. Yaponlar o’zlarini dunyoni o’rtasida joylashgan deb o’ylaydi. Rasmda ularni xaritasi. Buni yaqinda yapon elchixonasiga kirganimda bildim. Jurnallarida bor ekan.
Reject oldim 🌝
400
Assalomu alaykum,
Hozir eski kitoblarimni tartibga keltirayotganimda e’tibor bersam, endi ularni ko’pini boshqa ishlatmas ekanman. Ma’lumot uchun, IELTS olgunimgacha ingliz tili bilan 4-yil shug’ullanganman. Shu vaqt ichida juda ko’p grammar Va vocabulary kitoblar bilan ishlaganman.
Hozir esa ularni nima qilishni o’ylayabman. Ingliz tili o’qiyotgan o’quvchilarga kerakligini berish eng yaxshi variant bo’lib turibdi hozircha. Agar kimgadir kerak bo’lsa, kitoblar ro’yxatini tashlayman.
Any ideas?
400
Center of Islamic Civilization 🌙
https://www.instagram.com/reel/DcDXlq5C8lE/?igsh=bTcyc3F1emdmcmZl
tepaga_up
400
+2
Islom Sivilizatsiyasi Markazida ushbu suratga ko'zim tushdi. Bu o'sha mashhur "Bag'dod imtihoni"ni aks ettirgan rasm ekan.
Imom Buxoriyning hadis ilmida naqadar kuchli xotira va ulkan bilim sohibi ekanliklarini sinash maqsadida u zot Bag‘dod shahriga kelganlarida mashhur bir imtihon uyushtirilgan: 💙Bag‘dodlik muhaddislar Imom Buxoriyni sinab ko‘rish uchun 100 ta hadisni tanlab, ularning sanadlarini, ya’ni roviylar zanjirini ataylab boshqa hadislarning matnlari bilan almashtirib qo‘yishadi. Ular yig‘ilishda bu hadislarni Imom Buxoriyga o‘qib berib, u zotning qanday javob berishlarini kuzatishadi. Imom Buxoriy har bir hadisni eshitganlaridan so‘ng: “Bu hadisni bilmayman”, deb javob beradilar. Yig‘ilganlar esa u zot hadislarni bilmagan deb o‘ylashadi. 💙Keyin Imom Buxoriy o‘sha 100 ta hadisning barchasini to‘g‘ri sanadlari va matnlari bilan birma-bir tiklab, roviylari almashtirib qo‘yilganini ko‘rsatib beradilar. Ya’ni qaysi sanad qaysi hadisga tegishli ekanini aniq aytib beradilar. 💙Shu tariqa Imom Buxoriyning hadislarni shunchaki yodlabgina qolmay, balki ularning sanadlari va roviylarini ham nihoyatda mukammal bilishlari namoyon bo‘ladi.Yaqinda o'qigan kitobdan bir parchani ko'rib xursand bo'ldim) tepaga_up
