cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

T.SODIQOV NOMLI 7-MIMI RASMIY KANALI

Ushbu kanal orqali siz, Andijon tumanidagi 7-Musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida olib borilayotgan ijodiy jarayonlardan xabardor bo'lasiz

Show more
Advertising posts
336
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Yurtimizda ijod qilayotgan xonanda, kompozitor va bastakorlar diqqatiga! Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi barchamiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram – yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan qo‘shiqlar tanlovini e'lon qiladi. Tanlovda havaskor va professional xonandalar, shoirlar, kompozitor hamda bastakorlar Vatan, istiqlol, tinchlik va farovonlik, ona yurtga muhabbat va sadoqat, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro mehr-oqibat kabi yuksak insoniy tuyg‘ular tarannum etilgan yangi qo‘shiqlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan ijodkorlar o‘z qo‘shiqlarini “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining @mustaqillik2024 telegram manziliga yo‘llashlari mumkin. G‘olib deb topilgan xonandalar mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadilar va pul mukofotini qo‘lga kiritadilar. 🥇-o‘rin uchun (bitta) – 50 mln. so‘m. 🥈-o‘rin uchun (bitta) – 40 mln. so‘m. 🥉-o‘rin uchun (bitta) – 30 mln. so‘m. Qadrli yurtdoshlar! Vatan tuyg‘usi ijodkor uchun chinakam ilhom manbaidir. Shunday ekan, ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z iqtidoringizni namoyish qilishga shoshiling. Ijodiy ishlar 2024-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari 2024-yil 1-avgust kuni e'lon qilinadi. Murojaat uchun telefon: +99871 234-24-28 ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...
#XushKelibsiz #Andijon #YoshlarTV 📢 "XUSH KELIBSIZ!" ko'rsatuvi 📍 Bugungi manzil: Go'zal va betakror Andijon viloyati ➡️ Andijon bo'ylab sayohat qiling! Ko'rsatuv sizga manzur kelishiga ishonamiz! @yoshlar_tv
Show all...
👏 8👍 1
⚡️ 3-may kuni O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi Bosh direktori Svetlana Chupsheva boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. ✅ Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi - Federatsiya tizimida muhim rol egallashi, davlat, biznes va jamiyat o‘rtasidagi aloqa va hamkorlik platformasi bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, Federatsiya mintaqalarida ilg‘or tajribalarni amalga oshirishga hissa qo‘shishi bilan birga jahon hamjamiyatida ham muhim rol o‘ynashi haqida ta’kidlandi hamda so'nggi yillarda ikki davlat o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotganligi haqida aytib o‘tildi. ✅ Uchrashuv davomida agentlik Bosh direktori Svetlana Chupsheva keyingi yillarda ikki mamalakatning madaniyat sohasidagi o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida takliflarini bildirdi. ✅ Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida tajriba almashish va ijodiy iqtisodiyotni o‘rganish bo‘yicha O‘zbekistonning ishtiroki doirasida yangi loyihalarni ilgari surish bo‘yicha strategik tashabbuslar agentligining ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish markazi ishlab chiqaruvchilar klubi, ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish markazining ijodiy maydonlar tarmog‘i loyihasi, ijodiy sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar hamda O‘zbekiston vakillarining Moskvada bo‘lib o‘tadigan xalqaro ijodiy Iqtisodiyot forumidagi ishtirokini ta’minlash haqida fikr almashildi. ✅ Shu bilan birga, Bosh direktor hozirda Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shgan ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalar va tashabbuslar haqida ma’lumot berdi. ✅ Uchrashuv yakunida vazir Ozodbek Nazarbekov Rossiya bilan bugungi kundagi madaniyat sohasidagi hamkorlik holatini yuqori baholab, hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda bu kabi strategik loyihalar institutlari, loyiha offislari, "think tank"lar muhim o'rin egallashini bildirdi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...
👍 1
#qaror_ijrosi_amalda 2024-yil 2-may kuni T.Sodiqov nomli 7-musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati "Puflama va zarbli cholg'ular ijrochiligi" bo'limining yillik "Hisobot" konserti bo'lib o'tdi. Konsertda har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zlarining chiqishlari bilan konsert tomoshabinlariga birdek manzur bo‘ldi. Konsert yakunida maktab-internati direktori T.Bilimjonov so‘zga chiqib konsert tashkilotchilariga maktab-internati tashakkurnomasi hamda "San‘at G‘unchalari" Respublika tanlovida faxrli I-II- III-o‘rindi egallagan o‘quvchilarni diplom va estalik sovg‘alarini topshirdilar. Sahifalar: Telegram | Instagram | Facebook
Show all...
👍 5👏 2
#qaror_ijrosi_amalda 2024-yil 2-may kuni T.Sodiqov nomli 7-musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati "Puflama va zarbli cholg'ular ijrochiligi" bo'limining yillik "Hisobot" konserti bo'lib o'tdi. Konsertda har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zlarining chiqishlari bilan konsert tomoshabinlariga birdek manzur bo‘ldi. Konsert yakunida maktab-internati direktori T.Bilimjonov so‘zga chiqib konsert tashkilotchilariga maktab-internati tashakkurnomasi hamda "San‘at G‘unchalari" Respublika tanlovida faxrli I-II-III-o‘rin egallagan o‘quvchilarni diplom va estalik sovg‘alarini topshirdilar. Sahifalar: Telegram | Instagram | Facebook
Show all...
👍 5👏 1
Boysun tumani “Bibishirin” mahallasida joylashgan turizm kompleksida har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida milliy taomlar ko‘rgazmalari, folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari, hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi, xorijdan tashrif buyurgan folklor jamoalar chiqishlari boʻlib oʻtmoqda. #boysun_bahori #no_comment ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...
👍 1👏 1
⚡️ Ayni kunlarda O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri Adil Kerimli taklifiga ko'ra, “Tinchlik va global xavfsizlik yo'lidagi muloqot: hamkorlik va o'zaro ta'sir” mavzusidagi oltinchi Butunjahon madaniyatlararo muloqot forumiga qatnashish uchun Ozarbayjonning Boku shahrida bo'lib turibdi. ✅ 1–may kuni forum doirasida O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov YUNESKO Bosh direktorining ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha yordamchisi Gabriela Ramos bilan uchrashdi.
"So‘ngi yillarda O‘zbekistoning YUNESKO bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilgani, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi obro‘sini yanada oshirish va mustahkamlashda, ikki va ko‘p tomonlama hamkorliklarni kengaytirishda YUNESKO muhim platforma vazifasini o‘tab kelyapti. Yaqindagina, 25–30-aprel kunlari Xiva shahrida 2019-yilda Insoniyat nomoddiy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan “Lazgi” raqsini targ‘ib qilishga qaratilgan II Xalqaro Lazgi raqs festivali YUNESKO shafeligi ostida o‘tkazildi. Bundan tashqari, xabaringiz bor, 2025-yilda Samarqand YUNESKOning navbatdagi anjumaniga mezbonlik qiladi. U 1985-yildan beri ilk bora Parijdan tashqarida o‘tkaziladi."
- dedi vazir Ozodbek Nazarbekov Gabriela Ramos bilan uchrashuv davomida. ✅ Shuningdek, vazir Ozodbek Nazarbekov quyidagi takliflarni ilgari surdi: “Sharq taronalari”, Baxshichilik san’ati, Hunarmandchilik festivali, Maqom san’ati anjumani kabi qator yirik xalqaro tadbirlarni YUNESKO shafeligi ostida tashkil etish. 🔂 Bizni kuzatishda davom eting forum tafsilotlari bilan tanishtirib boramiz. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
Show all...
👍 5
27–30-iyun kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi. Anjuman davomida xalqaro musiqa yarmarkasi, maqom san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, jumladan, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, fotosuratlar namoyishi hamda yarmarkalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tadbir doirasida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, II Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atimizga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kamol toptirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt |📹 Youtube
Show all...
👍 6