MIGRATIONuzkr
Open in Telegram
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi facebook.com/migrationuzkr1 https://www.instagram.com/migration.uz.kr/ Murojaat uchun telefon: 02-2285-1341
Show more2 894
Subscribers
No data24 hours
-197 days
-8330 days
Posts Archive
2 894
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida navbatdagi guruhdan iborat vatandoshlarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi.
📞Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiya agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari:
📞070-4252-2772
📞062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
📍Manzil: 광주광역시 광산구 사암로 359 (월곡동) (3 층)
359, Saam-roo, Kvansan-gu, Kvangju (Volgok-dong) (3-qavat)
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook |📹 Instagram
2 894
#Sōragan_edingiz
Men xorijda ishlab kelayotgan korxona faoliyatini to‘xtatdi. Shu sababli, ishsiz va yashash joysiz murakkab moliyaviy vaziyatda qoldim. Bunday holatda qayerga murojaat qilishim kerak?
📞 Murojaat uchun:
070-4252-2772
062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
🔻Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
📹TikTok
2 894
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida navbatdagi guruhdan iborat vatandoshlarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi.
Yurtdoshlarimiz, Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.
Vakolatxona jamoasi hamyurtlarimizning kelgusi faoliyatiga omad tilaydi va qonuniy tartibli mehnat olib borishga chaqiradi!
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook |📹 Instagram
2 894
Repost from XORIJDA ISH
9 may – Xotira va qadrlash kuni!
Vatanimiz ozodligi va xalqimizning baxtu saodati uchun hayotini qurbon qilgan insonlarni doimo xotirlaymiz va qadrlaymiz!
Hech bir xonadonni tinchlik-farovonlik, qut-baraka va osoyishtalik tark etmasin!
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
2 894
Xorijda ishlash uchun xohish-istakning o‘zi yetarli emas...
👉 Batafsil O‘zbekiston Milliy axborot agentligida
📞 Murojaat uchun:
070-4252-2772
062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
🔻 Kanalga obuna bo'lish:
💬 Telegram | Facebook | 📹Instagram
Uza.uz
Хорижда ишлаш учун хоҳиш-истакнинг ўзи етарли эмас...
Жанубий Корея давлатига меҳнат муҳожирлигига бориш фаолияти 2007 йиллардан
2 894
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni kafolatlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 23-modda.
🇰🇷Bugungi kunda ko'plab fuqarolarimiz Koreya Respublikasining turli hududlarida E-9, H-2, F-4 kabi vizalar asosida turli sohalarda mehnat faoliyatini olib bormoqda.
🇰🇷Tahqi mehnat migratsiya agentligining ushbu davlatdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan hamyurtlarimizning muammolari telefon qo'ng'irog'i orqali va lozim bo'lganda joylarga chiqib o'rganilmoqda.
🇰🇷Koreyaning ko'plab salohiyatli ish beruvchilari bilan mehnat migratsiyasi sohasida muzokaralar olib borilib, yurtdoshlarimizning mehnat salohiyati borasida keng targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
🇰🇷Vatandoshlarimizdan Koreya Respublikasida mehnat faoliyati davomida yuzaga keladigan savol va takliflar, muammolar yuzaga kelganda Vakolatxonaning ishonch telefon raqamlariga yoki elektron pochtasi orqali murojaat qilishlarini so'rab qolamiz.
📞 Murojaat uchun:
070-4252-2772
062-962-02-01
🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com
🔻Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
✅Xizmat ko'rsatish sohasi haqida qisqacha ma'lumot
🇰🇷Korea-O‘zbekiston o'rtasida xizmat ko'rsatish sohasiga mehnat migrantlarini jalb qilish yuzasidan memorandum imzolangan.
🇰🇷E-9-5 Xizmat ko'rsatish sohasi bo'yicha taklif qilingan sohalarga quyidagilar kiradi:
-foydalanilgan mahsulotlarni yig'ish va tashish;
-qayta ishlash va xom ashyoni qayta ishlash;
-yangi turdagi va oddiy qayta ishlangan oziq-ovqatlar ulgurji savdosi;
-oziq-ovqat va tamaki mahsulotlari sohasi;
-muzxona ishlari;
-havo va quruqlikdagi yuklarni tashish;
-kitob, jurnal hamda audio materilallarni chop etish.
🇰🇷E-9-5 xizmat ko'rsatish sohasi vizasining amal qilish muddati ishlab chiqarish sohasi bilan bir xildir.
(4yil 10oy + 4yil 10oy)
🇰🇷E-9-5 viza turidagi xizmat ko'rsatish sohasidan ishlab chiqarish va boshqa sohalarga hamda E-7 viza turiga o‘tib bo'lmaydi.
📞 Murojaat uchun:
070-4252-2772
062-962-02-01
🔻Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
Repost from XORIJDA ISH
🇰🇷 Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!
2023-yil 14-martdan 7-aprelgacha Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan tashkil etilgan EPS-Topik test imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar uchun 2023-yil 9-13-may kunlari malaka testi (Skill test) bo‘lib o‘tadi.
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan 3428 nafar fuqarolar joriy yil 9, 10, 11,12 va 13-may kunlari Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi binosida bo‘lib o‘tadigan malaka (Skill test) imtihoniga kelishlari talab etiladi.
🔹Imtihonga kirish vaqti va sanasini ko‘rish
👉 Manzil: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.
Nomzodlardan faqatgina fuqarolik va xorijga chiqish pasportlari talab etiladi:
📍Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:
1. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
2. Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
3. Belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
4. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya Skill testi o‘tkazilmaydi.
5. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
6. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning imtihon natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 2 yil muddatga cheklov qo‘yiladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
2 894
🇰🇷2023 yil boshidan bugunga qadar O'zbekistondan Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida kirib kelgan fuqarolar soni 1482 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 1244 nafari ushbu mamlakatga ilk marotaba kirib kelgan fuqarolar hissasiga to'g'ri keladi.
😄Jumladan:
-yanvar oyida 228 nafar
-fevral oyida 464 nafar
-mart oyida 528 nafar
-aprel oyida 262 nafar
😄Qayd etish joizki, Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) tashkiloti tomonidan belgilangan kvotaga ko'ra joriy yilda 110 000 nafar mehnat migrantlari 16 ta davlatdan aynan E-9 vizasi asosida kirib kelishi kutilmoqda.
😄Davlatlar kesimida ajratilgan kvotalar soni koreys ish beruvchilarining talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Koreya davlatiga ishchilarni yuboruvchi 16 davlatning har biriga o'rtacha 6875 nafar fuqaro to'g'ri keladi.
😄Koreys ish beruvchilari o'rtasida yurtdoshlarimizga bo'lgan talabning ortishi fuqarolarimizning bir ish beruvchi bilan uzoq muddat qonuniy tartibda mehnat munosabatlarida bo'lish kabi holatlarga bevosita bog'liqdir.
😄Shu munosabat bilan Koreya Respublikasida bo'lib turgan va kirib kelishi kutilayotgan hamyurtlarimizdan koreys ish beruvchilari bilan yaxshi munosabatda bo'lishi, sababsiz mehnat shartnomasini muddatdan avval bekor qilmasligi so'raladi. Bu esa yurtimizdan ko'plab vatandoshlarimizning E-9 vizasi asosida kirib kelishiga zamin yaratadi.
📞 Murojaat uchun:
070-4252-2772
062-962-02-01
🔻 Kanalga obuna bo'lish:
😎Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
🇰🇷 Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!
Xizmat ko'rsatish sohasi uchun fuqarolar tomonidan kelib tushgan talab va takliflarni inobatga olgan holda 3-may kuni 1000 nafar fuqaroga qo'shimcha onlayn ro'yxatdan o'tish jarayonlari bo'lib o'tadi.
ESLATMA: 3-may soat 09:00 dan 18:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida soatidan qatiy nazar 1000 nafar fuqaro onlayn ro'yxatdan o'tishi bilan jarayon to'xtatiladi.
📞 Murojaat uchun: 71 202-33-55
🔻 Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
😄2023 yil 10 may kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali yuboriladigan 100 nafar fuqarolarimiz KE-992 reysi orqali Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida kirib kelishi kutilmoqda
Yurtdoshlarimiz, Inchon aeroportida Agentlikning mazkur davlatdagi Vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olinishi rejalashtirilgan.
Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini olib borish davomida huquqlaringiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi.
📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari:
070-4252-2772
062-962-0201
Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
Repost from Markaziy saylov komissiyasi
✅ Ўзбекистон Республикасининг рефередумида овоз бериш тартиби
🔹 Батафсил: Ўзбек (кирилл) |Oʻzbek (lotin) |Русский
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
2 894
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 - 2️⃣0️⃣2️⃣3️⃣
KOREYA RESPUBLIKASIDA BO‘LIB TURGAN FUQAROLAR DIQQATIGA
‼️HURMATLI YURTDOSHLAR!
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan Referendumga tashrif buyurishingiz va ovoz berishingizni so‘rab qolamiz.
🇺🇿 Referendum o‘tkazish joyi:
Tashqi mehnat migratsiya agentligining
Kvangju shahridagi vakolatxonasi:
🇺🇿Manzil: 광주광역시 광산구 사암로359
월곡동488-3, (3층)
(Navigatsiya uchun: 0629620201)
🇺🇿Referendumga ovoz berish jarayoni 2023 yil 30 aprel soat 08.00 dan - 20.00 gacha bo'lib o'tadi
📞Ma‘lumot uchun:
010-4837-1988 (Vakolatxona xodimi X.Kushakov)
2 894
#Sōragan_edingiz
Koreya Respublikasiga ishga ketayotgan fuqarolar qaysi turdagi mahsulotlarni o‘zlari bilan aeroport hududidan olib o‘tishlari mumkin?
🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Какие виды продуктов могут провезти с собой через аэропорт граждане, направляющиеся в Республику Корея?
🔻 Kanalga obuna bo'lish:
💬Telegram | Facebook | 📹Instagram
2 894
2 894
Repost from XORIJDA ISH
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jamoasi yurtimizdagi barcha moʻmin-musulmonlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaydi!
Xonadoningizdan tinchlik- xotirjamlik, quvonch va qut-baraka arimasin.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
