en
Feedback
MIGRATIONuzkr

MIGRATIONuzkr

Open in Telegram

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi facebook.com/migrationuzkr1 https://www.instagram.com/migration.uz.kr/ Murojaat uchun telefon: 02-2285-1341

Show more
2 894
Subscribers
No data24 hours
-197 days
-8330 days
Posts Archive
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 66 nafar vatandoshlarimiz Koreya Respublikasiga yetib k
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 66 nafar vatandoshlarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi Yurtdoshlarimiz, Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi. Vakolatxona jamoasi vatandoshlarimizning kelgusi faoliyatida omad tilaydi va qonuniy tartibli mehnat olib borishga chaqiradi! Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasi Kvanju shahridagi Vakolatxonasi tomonidan o'tkazilgan monitoring tadbiridan lavhalar Kanalga obuna bo'lish: Telegram | Facebook | Instagram

Koreya Respublikasida joylashgan ish beruvchi kompaniya va tashkilot rahbarlari hamda o'zbekistonlik fuqarolar bilan uchrashu
Koreya Respublikasida joylashgan ish beruvchi kompaniya va tashkilot rahbarlari hamda o'zbekistonlik fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agetnligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan "Hansong Gold Panel Co., Ltd." tashkiloti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Ish beruvchi tashkilot mutasaddilariga Vakolatxona faoliyati haqida atroflicha ma'lumotlar berilib, o'zbekistonlik mehnat migrantlarining afzalliklari targ'ib qilindi. Ayni paytda, yurtdoshlarimizning yashash hamda ish sharoitlari yuzasidan monitoring o'tkazildi. Yuzaga kelgan savol va takliflar tinglanib, vakillar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, bir ish beruvchi bilan qonuniy tartibda uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borish kelgusida vatandoshlarimizning Koreya davlatiga kirib kelishi kvotasining yanada oshishiga ta'sir qilishi haqida tushuntirish targ'ibot ishlari olib borildi. Kanalga obuna bo'lish: Telegram | Facebook | Instagram

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi barchangizni Navro'z bayrami bilan samimiy qutlaydi!

Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 120 nafar fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga yetib kel
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 120 nafar fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi Hamyurtlarimiz Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas'ul vakillari hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi va tibbiy ko'rikdan o'tash manzillariga kuzatib yuborildi. Vakolatxona vakillari hamyurtlarimizning kelgusi ish faoliyatiga omad tilaydi hamda qonuniy tartibda mehnat faoliyatini olib borishga chaqiradi. Kanalga obuna bo'lish: Telegram | Facebook | Instagram

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan Shihen shahrida joylashgan "Soul Hal
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan Shihen shahrida joylashgan "Soul Hal Songtanso" korxonasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz hamda ularning ish beruvchi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi Mazkur korxona mas'ullari tomonidan hamyurtlarimizning mehnatlari ijobiy baholanib, ishga nisbatan intizomi, mehnatsevarligi alohida e'tirof etildi. Bundan tashqari, ish beruvchi tomonidan yurtdoshlarimiz bilan kelgusida qayta shartnoma asosida ish faoliyatini davom ettirishdan manfaatdor ekanligi ma'lum qilinib, koreys tilini mukammal o'rganish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish so'raldi. Vakolatxona vakillari tomonidan fuqarolarimizga koreys tilini puxta o'rganish uchun o'quv qo'llanma kitoblari taqdim qilinib, Koreya Respublikasida joylashgan o'quv markazlariga murojaat qilish tartibi tushuntirildi va onlayn darslar olish imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi. Kanalga obuna bo'lish: Telegram | Facebook | Instagram

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari tomonidan "Damool Plastic Ind. Co., Ltd " tashkilotida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarimizning ish sharoitlari yuzasidan monitoring o'tkazildi. Kanalga obuna bo'lish: Telegram | Facebook | Instagram

Koreya Respublikasining turli hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o'zbekistonlik fuqarolarning ish va yashash
Koreya Respublikasining turli hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o'zbekistonlik fuqarolarning ish va yashash joylari yuzasidan doimiy ravishda monitoring o'tkazilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi Vakolatxonasi vakillari tomonidan E-9 vizasi asosida "Sangil Hitech" korxonasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi. Fuqarolarimizning mehnat jarayoni davomida yuzaga kelgan savollariga mas'ullar tomonidan javob berilib, qonuniy tartibda bir ish beruvchi bilan uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borishning afzalliklari tushuntirildi. Ayni paytda ish beruvchi tomonidan mazkur korxonaga o'zbekistonlik fuqarolarni yanada ko'proq jalb qilish rejasi borligi ma'lum qilinib, mehnat sohasida doimiy hamkorlikka tayyor ekanligi ma'lum qilindi. Kanalga obuna bo'lish: Telegram | Facebook | Instagram

Эртага, 14 мартдан Корея Республикасида ишлаш истагидаги фуқаролар ўртасида EPS-Topik UBT тест имтиҳони бошланади. Батафсил “UzReport TV” телеканалида. Каналга обуна бўлиш 👇🏼👇🏼👇🏼 https://t.me/migratsiyamatbuotkotibi

Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz hamda ish beruvchi tashkilot va
Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz hamda ish beruvchi tashkilot vakillari bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari "Hansung Shiropl" korxonasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning ish va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Monitoring davomida tashkilot mehnat hafvsizligi talablariga javob berishi, qulay yashash va taomlanish sharoitlari bilan ta'minlanganligi ma'lum bo'ldi. Ish beruvchi tashkilot rahbarlari yurtdoshlarimizning mehnatlarini e'tirof etib, ular bilan mehnat faoliyatini olib borishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Shuningdek, o'zbekistonlik yana besh nafar fuqarolar bilan mehnat shartnomasi imzolangani va yaqin kunlarda ularning ish faoliyatini boshlashi kutilayotgani ish beruvchilar tomonidan mamnuniyat bilan qayd etildi. Kanalga obuna bo'lish: Telegram | Facebook | Instagram

Koreya Respublikasida Е-9 vizasi asosida ish faoliyatini boshlayotgan fuqarolarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchras
Koreya Respublikasida Е-9 vizasi asosida ish faoliyatini boshlayotgan fuqarolarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari ish beruvchi tashkilot mas'ullari hamda fuqarolar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki davlat o'rtasidagi mehnat migratsiyasi jarayonlari, Vakolatxona tomonidan mehnat migrantlarini qo'llab-quvvatlashda amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma'lumot berildi. Shu bilan birga, fuqarolarga qonuniy tarzda bir ish beruvchi bilan ish joyini o'zgartirmasdan uzoq muddatli mehnat munosabatlarida bo'lishning afzalliklari tushuntirildi. Bundan tashqari, fuqarolarimiz tomonidan kelgusida ish jarayoni bilan bog'liq masalalar hamda Agentlikning Koreyadagi Vakolatxonasi faoliyatiga doir berilgan savollarga javob berildi. Kanalga obuna bo'lish: Telegram | Facebook | Instagram

Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 121 nafar fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga yetib kel
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 121 nafar fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi Vatandoshlarimiz Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas'ul vakillari hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi va tibbiy ko'rikdan o'tash manzillariga kuzatib yuborildi. Vakolatxona vakillari hamyurtlarimizning kelgusi ish faoliyatiga omad tilaydi hamda qonuniy tartibda mehnat faoliyatini olib borishga chaqiradi. Kanalga obuna bo'lish: Telegram | Facebook | Instagram

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ish va yash
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ish va yashash sharoitlarini muntazam monitoring qilib borish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Koreya Respublikasining Ansan shahridagi "UNI CHEM" avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish korxonasida mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari hamyurtlarimizning ish joyi va mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Fuqarolarimiz bilan muloqot davomida ularning yashash sharoitlari va tashkilot vakillari bilan mehnat munosabatlaridan mamnun ekanliklari ma'lum bo'ldi. Shuningdek, kelgusida mehnat jarayonida savol, taklif va mulohazalar yuzaga kelganda mas'ullarga murojaat qilishlari yuzasidan tavsiyalar berilib, aloqa raqamlari taqdim qilindi. Telegram | Facebook | Instagram

Koreya Respublikasining Pyontek shahrida yashayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Batafsil Батафсил Telegram | F
Koreya Respublikasining Pyontek shahrida yashayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Batafsil Батафсил Telegram | Facebook | Twitter| YouTube |Telegram (на русском)

Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 110 nafar fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga yetib kel
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 110 nafar fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi Vatandoshlarimiz Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas'ul vakillari hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi va tibbiy ko'rikdan o'tash manzillariga kuzatib yuborildi. Vakolatxona vakillari hamyurtlarimizning kelgusi ish faoliyatiga omad tilaydi hamda qonuniy tartibda mehnat faoliyatini olib borishga chaqiradi. Kanalga obuna bo'lish: Telegram | Facebook | Instagram

Koreya Respublikasining turli hududlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimizning ish va yashash sharoitlari
Koreya Respublikasining turli hududlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimizning ish va yashash sharoitlari o'rganilmoqda Jumladan, O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan Kyongido provinsiyasida joylashgan "SAM MI" plastik mahsulotlarni qayta ishlash korxonasida fuqarolarimiz bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi. Yurtdoshlarimiz tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan mazkur kompaniya vakillari bilan muzokaralar olib borilib, kelgusida ushbu masalalar bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi. Monitoring natijalariga ko‘ra, tashkilotdagi sharoitlar mehnat xavfsizligining barcha talablariga javob beradi. Oylik ish haqi o‘z vaqtida to‘liq to‘lanmoqda. Kanalga obuna bo'lish: Telegram | Facebook | Instagram

📢ОБЪЯВЛЕНИЕ! 🏢Представительство Агентства по внешней трудовой миграции в городе Кванджу Республики Корея объявляет вакансию! 🔹Вакантная позиция: Квалифицированный переводчик 🔹Место работы: город Кванджу 🔹График работы: с 9:00 до 18:00, 5 дней в неделю 🔹З.п.: обговаривается во время собеседования 🔹Мед. страховка: предоставляется Требования для кандидатов: 🔸Сертификат владения корейским языком от 5 🔸Опыт работы переводчиком 🔸Возраст от 20 до 35 лет 🔸Гражданин Республики Узбекистан с постоянной или долгосрочной визой, позволяющей работать на территории Республики Корея 🔸Умение грамотного перевода с русского на корейский и с корейского на русский 🔸Иметь место жительства в городе Кванджу 🔸Готовность к командировкам по территории Республики Корея 🔸Владение навыками работы на компьютере Кандидаты будут отбираться посредством проведения собеседования. Если у Вас есть желание работать в нашей организации и соответствуете поставленным требованиям, обращайтесь по следующему телефону до 24 февраля: 070-4252-2772 С уважением, команда Представительства Для подписки: Telegram | Facebook | Instagram

📢 DIQQAT E‘LON! 🏢Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasi Kvanju shahridagi vakolatxonasi bo‘sh ish o‘rni uchun tanlov o‘tkazmoqda! 🔹Bo‘sh ish o‘rni: Malakali tarjimon 🔹Ish joyi: Kvanju shahri 🔹Ish grafigi: Haftada 5 kun, 9:00dan 18:00ga qadar 🔹Oylik maoshi: Suhbat davomida kelishiladi 🔹Tibbiy sug‘urta: mavjud Talablar: 🔸Koreys tilini bilish darajasi 5 dan yuqori 🔸Tarjimonlik tajribasiga ega bo’lish 🔸Yosh chegarasi: 20-35 🔸Koreya Respublikasida doimiy yashash yoki uzoq muddatli vizaga ega bo’lgan O’zbekiston fuqarosi bo’lishi; 🔸O’zbek tilidan koreys tiliga va koreys tilidan o’zbek tiliga sifatli tarjima qilishi; 🔸Kvanju shahrida yashash joyiga ega bo’lishi; 🔸Koreya hududi bo’yicha xizmat safarlariga borish noqulaylik tug’dirmaslik 🔸Kompyuterda ishlash malakasiga ega bo’lishi. Nomzodlar bevosita suhbat asosida tanlab olinadi. Agar siz Vakolatxonada tarjimon bo’lib ishlashni istasangiz va o’zingizni yuqoridagi talablarga to’liq javob bera olaman, deb hisoblasangiz joriy yil 24 fevralga qadar quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 070-4252-2772 Hurmat bilan, Vakolatxona jamoasi Kanalga obuna bo'lish: Telegram | Facebook | Instagram

photo content

VATANDOSHLAR BILAN UCHRASHUV! Mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju s
VATANDOSHLAR BILAN UCHRASHUV! Mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi va "Koreyadagi o'zbekistonliklar" uyushmasi Yoju Chet elliklar markazi bilan hamkorlikda Yoju shahrida vatandoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil etmoqda! Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz! Tadbir vaqti: 2023 yil 18 fevral 11:00 dan 13:00ga qadar Manzil: 경기도 여주시 여흥로 109번길 15 동방빌딩 6층 Ma’lumot uchun: 070-8873-6250 010-6780-5101 Yoju Chet elliklar markazi Kanalga obuna bo'lish: Telegram | Facebook | Instagram