en
Feedback
MIGRATIONuzkr

MIGRATIONuzkr

Open in Telegram

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi facebook.com/migrationuzkr1 https://www.instagram.com/migration.uz.kr/ Murojaat uchun telefon: 02-2285-1341

Show more
2 894
Subscribers
No data24 hours
-197 days
-8330 days
Posts Archive
🇰🇷TMMANING KOREYADAGI VAKOLATXONASI VAKILLARI MAZKUR DAVLATDA E-7-4 MALAKALI ISHCHI VIZASINI OLGAN VATANDOSHLARIMIZNI TABRI
🇰🇷TMMANING KOREYADAGI VAKOLATXONASI VAKILLARI MAZKUR DAVLATDA E-7-4 MALAKALI ISHCHI VIZASINI OLGAN VATANDOSHLARIMIZNI TABRIKLAYDI! ✅Ma'lumki, joriy yil 25 sentabrdan K-point E-7-4 dasturi kuchga kirdi. Fuqarolarimiz ushbu dastur imkoniyatlaridan foydalangan holda o'z oila a'zolarini Koreyaga taklif qilishlari mumkun. ✅Bugungi kunda Koreyada ishchi vizasi asosida bo'lib turgan fuqarolarimizdan Vakolatxonaga kelib tushayotgan murojaatlar asosida ushbu jarayonda amaliy yordam ko'rsatilib, yurtdoshlarimizning oila a'zolarini taklif qilish uchun hujjatlarni tayyorlashda bepul xizmatlar ko'rsatilmoqda. ✅Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki malakali ishchi vizasiga (E-7-4) o'zgartirish uchun ariza bergan va tasdiqlangan shaxslar viza turi o'zgargandan so'ng kompaniyada ikki yil yoki undan ko'proq vaqt davomida mehnat faoliyatini davom ettirishi mumkin. 😄E-7-4 ga vizasiga o'tgandan so'ng: -yillik daromadi 26 000 000 koreys voni va undan yuqori bo'lgan ishchilar; -koreys tilini bilish to'g'risidagi sertifikatga ega; -soliq qonunchiligini buzmagan; -noqonuniy mehnat faoliyatida bo'lmagan; -1 million koreys vonidan ortiq jarima to'lamagan fuqarolar F-2 uzoq muddat yashash maqomini beruvchi yoki F-5 doimiy yashash vizasini olish huquqiga ega bo'ladi. Malakali ishchi viza turiga o'tish uchun Vakolatxonaga ko'plab murojaatlar kelib tushmoqda. Ammo aksariyat hollarda vatandoshlarimizning koreys tilini bilish darajasi sertifikati mavjud emas. Shu sababli fuqarolarimizdan koreys tilini o'rganishi va "Topik" hamda KIIP sertifikatiga ega bo'lishini tavsiya etamiz. 😄JORIY YIL 20 DEKABRGA QADAR E-9 VIZA ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN FUQAROLARIZMI E-7-4 VIZA TURIGA O'TISH UCHUN ARIZA TOPSHIRISH MUMKUN EKANLIGINI ESLATIB O'TAMIZ! Batafsil ma'lumot uchun: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇺🇿🇰🇷Koreyadan chiqib ketgan vatandoshlarimizning ushbu davlatdagi ish beruvchisi tomonidan to'lab berilmagan oylik ish ha
+1
🇺🇿🇰🇷Koreyadan chiqib ketgan vatandoshlarimizning ushbu davlatdagi ish beruvchisi tomonidan to'lab berilmagan oylik ish haqi maoshlarini undirish. Koreys tilini hamda qonunlarni bilmaslik yoki vijdonsiz ish beruvchiga ortiqcha vaqt sarflashni istamaslik ish haqining to'liq yoki qisman to'lanmasligiga sabab bo'lishi mumkin. TMMAning Kvanju shahridagi vakolatxonasiga kelib tushgan murojaat asosida bankrotlik munosabati bilan ish beruvchi tomonidan to‘lanmagan ish haqi va ishdan bo‘shatish nafaqasini olish yuzasidan Chonan shahri bandlikka ko'maklashish boshqarmasi mas'ullari bilan muzokaralar olib borildi. Ushbu jarayonga ish beruvchi jalb qilinib, xodimning ishtirokisiz ish haqi to‘lanmaganligi to‘g‘risida tegishli organlarga arizalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Qayd etish joizki Janubiy Koreyada ishchi avvalo huquqiy himoya ostida ekanligini bilish bilan bir qatorda ish beruvchi tomonidan to'lanmagan ish haqini undirish uchun ish haqi to'g'risida tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. Chunki korxona bankrot bo'lgan taqdirda Janubiy Koreya qonunchiligiga ko'ra mazkur mablag' davlat tomonidan qoplanadi. 🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari: 070-4252-2772 062-962-0201 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷🇺🇿Koreys ish beruvchilari o'rtasida bo'sh ish o'rinlari uchun o'zbekistonlik fuqarolarga qiziqish va talabning oshishi
🇰🇷🇺🇿Koreys ish beruvchilari o'rtasida bo'sh ish o'rinlari uchun o'zbekistonlik fuqarolarga qiziqish va talabning oshishi hamda yurtdoshlarimizni ushbu davlatga ishchi vizasi asosida faol kirib kelishini ta'minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ushbu davlatdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan fuqarolarimiz ish salohiyati doimiy tarzda targ'ib qilinmoqda. Vakolatxona mas'ullari tomonidan ushbu davlatda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizga huquqiy maslahatlar berish, muammo va takliflarga javob berish maqsadida muloqotlar tashkil qilinib, Vakolatxona faoliyati hamda vazifalari haqida ma'lumotlar berilmoqda. JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA! 🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari: 070-4252-2772 062-962-0201 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

👎KOREYA RESPUBLIKASIDA NOQONUNIY HOLATDA (NOLEGAL) BO’LIB TURGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA! SIZ JORIY YILNING 31-DEKABIRIGA
👎KOREYA RESPUBLIKASIDA NOQONUNIY HOLATDA (NOLEGAL) BO’LIB TURGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA! SIZ JORIY YILNING 31-DEKABIRIGA QADAR "YASHIL YO'LAKCHA" IMKONIYATIDAN FOYDALANIB KOREYA RESPUBLIKASI HUDUDIDAN CHIQIB KETISHINGIZ MUMKUN! 😎Koreya Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan berilgan ma'lumotg ko'ra joriy yil 10-noyabrga qadar 11 mingdan ortiq noqonuniy mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar mazkur davlatning huquq tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan. 😎Jumladan noqonuniy tartibda ishlayotgan 6114 nafar chet ellik hibsga olingan, 5482 nafari deportatsiya qilingan va mamlakatni tark etishga majbur bo'lgan. 142 nafari esa jarimaga tortilgan va qolgan fuqarolar bilan hozirda tergov jarayonlari amalga oshirilmoqda. 😎Eslatib o'tamiz, "Yashil yo'lakcha" shu yilning 31 dekabriga qadar davom etadi. Mazkur davrda o'z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishni istagan fuqarolar chiqib ketish sanasidan 3 ish kuni oldin immigratsiya xizmati idorasiga borgan holda ketish to'g'risida ixtiyoriy ariza shaklini to'ldiradi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) hamda aviachiptani mas'ul xodimga taqdim etadi. Immigratsiya xodimi tomonidan berilgan tasdiqnoma orqali fuqarolar vatanga muammosiz qaytib ketishlari mumkun. Havolani bosish orqali onlayn xabar berishingiz mumkin. https://www.hikorea.go.kr/cvlappl/SelfLeaveOnlinePreNotiInfo.pt Batafsil ma'lumot uchun: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷2023 yil yanvar-oktabr oylari mobaynida O'zbekistondan Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida kirib kelgan fuqarolar so
🇰🇷2023 yil yanvar-oktabr oylari mobaynida O'zbekistondan Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida kirib kelgan fuqarolar soni 3781 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 3000 nafari ushbu mamlakatga ilk marotaba kirib kelgan fuqarolar hissasiga to'g'ri keladi. 📊Jumladan: -yanvar oyida 228 nafar -fevral oyida 464 nafar -mart oyida 528 nafar -aprel oyida 262 nafar -may oyida 446 nafar -iyun oyida 496 nafar -iyul oyida 361 nafar -avgust oyida 399 nafar -sentabr oyida 331 nafar -oktabr oyida 266 nafar 😄Qayd etish joizki, Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) tashkiloti tomonidan belgilangan kvotaga ko'ra joriy yilda 110 000 nafar mehnat migrantlari 16 ta davlatdan aynan E-9 vizasi asosida kirib kelishi kutilmoqda. 😄Davlatlar kesimida ajratilgan kvotalar soni koreys ish beruvchilarining talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Koreya davlatiga ishchilarni yuboruvchi 16 davlatning har biriga o'rtacha 6875 nafar fuqaro to'g'ri keladi. 😄Koreys ish beruvchilari o'rtasida yurtdoshlarimizga bo'lgan talabning ortishi fuqarolarimizning bir ish beruvchi bilan uzoq muddat qonuniy tartibda mehnat munosabatlarida bo'lish kabi holatlarga bevosita bog'liqdir. 😄Shu munosabat bilan Koreya Respublikasida bo'lib turgan va kirib kelishi kutilayotgan hamyurtlarimizdan koreys ish beruvchilari bilan yaxshi munosabatda bo'lishi, sababsiz mehnat shartnomasini muddatdan avval bekor qilmasligi so'raladi. Bu esa yurtimizdan ko'plab vatandoshlarimizning E-9 vizasi asosida kirib kelishiga zamin yaratadi. 📞 Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari: 070-4252-2772 062-962-02-01 🔻 Kanalga obuna bo'lish: 😎Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷🇺🇿Har qanday korxonada xodim va ish beruvchi o'rtasida ish jarayoni bilan bog'liq nizolar yuzaga kelishi tabbiy holat.
🇰🇷🇺🇿Har qanday korxonada xodim va ish beruvchi o'rtasida ish jarayoni bilan bog'liq nizolar yuzaga kelishi tabbiy holat. Janubiy Koreyada ish beruvchi va xodim o'rtasidagi nizolar ushbu davlatning amaldagi mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Mehnat nizolarining kelib chiqish sabablari turlicha bo'lib, amalda eng ko'p uchraydiganlari quyidagilardan iborat: 😐xodim tomonidan yuqori haq to'lanadigan boshqa ishga o'tkazish to'g'risidagi asossiz talab; 😐 koreys tilini yaxshi o'zlashtirmaslik natijasida o'zaro tushunmovchilik; 😐 ish haqining kamayishi va boshqalar. 🇰🇷Yurtdoshlarimizning murojaatlari asosida Agentlikning Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilib, hal etilmoqda. “Woosu wood industrial Co.Ltd” kompaniyasi direktori va xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi muammolar ijobiy hal etildi. Mazkur korxonada mehnat qilayotgan fuqarolarimizga bir ish beruvchi bilan uzoq muddat qonuniy tartibda mehnat faoliyatini olib borishning afzalliklari, ish haqi bilan bog‘liq holatlar tushuntirilib, xodim tomonidan mehnat shartnomasi majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari haqida ma'lumotlar berildi. Korxona vakillari bilan mehnat sohasida doimiy hamkorlik qilishga kelishilib, ish beruvchi tomonidan joriy yilning 20-noyabridan 30-noyabriga qadar O‘zbekistondan yangi ishchilarni jalb qilish bo‘yicha ariza taqdim qilinishi bildirildi. 😄Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari: 📞070-4252-2772 📞062-962-0201 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

Repost from XORIJDA ISH
#Sōragan_edingiz Xorijda ishlab qaytgan fuqarolarga ham pensiya tayinlanadimi? 🔹 🔹 🔹 Будет ли назначена пенсия гражданам, работавшим зарубежом? 🔻 Следите за нашими новостными каналами Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

🇰🇷🇺🇿Vatandoshlarimizning murojaatlari asosida muammolar Agentlikning Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan joyl
🇰🇷🇺🇿Vatandoshlarimizning murojaatlari asosida muammolar Agentlikning Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan joylarga chiqqan holda o'rganilib, hal qilinmoqda. Xususan, "Heechang Mulsan Jushighesa Co., Ltd." korxonasi mas'ullari hamda ushbu tashkilotda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil qilindi. Korxona vakillari bilan mehnat sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga qonuniy tarzda mehnat faoliyiatini olib borishning afzalliklari tushuntirilib, mehnat sohasiga doir masalalarda fuqarolarimizni qiziqtirgan savollariga Vakolatxona mas'ullari tomonidan javob berildi. 😄Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari: 📞070-4252-2772 📞062-962-0201 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

Repost from MIGRATIONuzkr
🇰🇷Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati statistik yilnomasiga ko'ra 2022 yil mobaynida 16 ta davlatdan Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida jami 88 012 nafar mehnat migranti kirib kelgan bo'lib, ular quyidagicha taqsimlangan. -Nepal - 14 495 nafar -Indoneziya - 11 545 nafar -Kambodjia - 10 438 nafar -Vetnam - 8 909 nafar -Myanma - 7621 nafar -Filippin - 7 307 nafar -Shrilanka - 6 639 nafar -Bangladesh - 5 891 nafar -Tailand - 5 158 nafar -O'zbekiston - 4 238 nafar -Pokiston - 1 941 nafar -Sharqiy Timor - 1 249 nafar -Mongoliya - 914 nafar -Qirg'iziston - 888 nafar -Laos - 611 nafar -Xitoy - 168 nafar 😄Ko'rinib turganidek ushbu davlatga kirib kelish ko'lami jihatdan yurtimiz 10-o'rindan joy olgan. Shu o'rinda savol tug'iladi. Fuqarolarning E-9 vizasi asosida kirib kelishi yuzasidan kvotalar soni nimalarga bog'liq va qanday jihatlar inobatga olinadi? -koreys ish beruvchisi bilan ish jarayonidagi munosabatlar. Bunda xodimning tartib intizomi, ishga mas'uliyatli bo'lishi inobatga olinadi. -bir ish beruvchi bilan qonuniy tartibda uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borish. 😄Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va  Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan yurtimizdan keladigan ishchilarga beriladigan kvotaning oshishi uchun qilinayotgan say-harakatlarga qaramay, afsuski bugungi kunda yurtdoshlarimiz turli vajlarni bahona qilib ish beruvchidan mehnat shartnomasini bekor qilishni so'rayotgan yoki talab qilayotgan holatlar ko'plab uchramoqda va bu esa o'z-o'zidan koreys ish beruvchilarning aynan o'zbek mehnat muhojirlariga bo'lgan ishonchi yo'qolib, norozilik kayfiyatini keltirib chiqarmoqda va kvotaning oshishiga asosiy to'siqlardan biri bo'lmoqda. 😄Namunali tarzda mehnat munosabatida bo'lish, koreys ish beruvchilari o'rtasida o'zbekistonlik ishchilarga talabning ortishiga olib kelishi mumkinligini eslatib o'tamiz va ko'p jihatdan kvota sonining ortishi fuqarolarimizga bog'liq bo'lib qolmoqda. Kanalga obuna bo'lish: 😎Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷Koreya Respublikasida 31 nafar yurtdoshlarimizning 174 ming dollar miqdoridagi pullari undirib berildi 💸Tashqi mehnat mi
🇰🇷Koreya Respublikasida 31 nafar yurtdoshlarimizning 174 ming dollar miqdoridagi pullari undirib berildi 💸Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari tomonidan 2023-yilning oktabr oyida 5 nafar yurtdoshimizning murojaatlari asosida 20 526 310 koreys voni (15 180 AQSH dollari) miqdorida oylik ish haqi va sug‘urta mablag‘larini olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. 😐Maʼlumot uchun taʼkidlash joiz, joriy yilning o‘tgan davrida Vakolatxona tomonidan yuridik tashkilotlar bilan hamkorlikda Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning jami 174 496 AQSH dollari miqdoridagi sug‘urta, kompensatsiya hamda oylik ish haqi mablag‘larini undirib berilishiga ko‘maklashilgan. 🇰🇷JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA! 😄ish beruvchi tomonidan o'z vaqtida to'lanmayotgan oylik ish haqlarini olish; 😄"Samsung" sug'urta kompaniyasidan vatanga qaytishda olinadigan 13-oylik hamda sug'urta mablag'larini olishda ko'rsatiladigan bepul xizmatlar; 😄4 yil muddatdan ortiq E-9 vizasi asosida qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz uchun E-7-4 vizasiga o'tishda amaliy yordam ko'rsatish; 😄Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilishi bilan bog'liq masalalar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷Quyidagi ishchi viza turidagi fuqarolar o'z viza turlarini K-Point E-7-4 vizasiga o'zgartirishi mumkin: ✅E-9-1 (ishlab ch
🇰🇷Quyidagi ishchi viza turidagi fuqarolar o'z viza turlarini K-Point E-7-4 vizasiga o'zgartirishi mumkin: ✅E-9-1 (ishlab chiqarish); ✅E-9-2 (qurilish); ✅E-9-3 (qishloq xo'jaligi va chorvachilik) ✅E-9-4 (baliqchilik). ⚠️E-9-5 (xizmat ko'rsatuvchi ishchi vizasi) vizasiga ega bo'lgan chet ellik ishchilar K-Point E-7-4 vizasiga o'zgartirish imkoni mavjud emas. 🇰🇷JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA! Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari: 070-4252-2772 062-962-0201 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

Repost from XORIJDA ISH
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EP
+2
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi rahbariyati o'rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik rivojlanayotgani, joriy yilda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida 3 marotaba EPS-Topik test imtihonlari o‘tkazilganligi ta’kidlandi. Koreya tomoni ayni paytda O‘zbekiston fuqarolari uchun kemasozlik sohasida ham alohida kvotalar ajratilganligi va kelgusida ushbu soha uchun ham test imtihonlari o‘tkazilishini ma’lum qildi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

🇰🇷1. Immigratsiya nazorati to'g'risidagi qonun 35-modda: Ma'lumotlarni ro'yhatga olishdagi o'zgartirishlar ❤️‍🔥Agar siznin
🇰🇷1. Immigratsiya nazorati to'g'risidagi qonun 35-modda: Ma'lumotlarni ro'yhatga olishdagi o'zgartirishlar ❤️‍🔥Agar sizning shaxsiy ma'lumotlaringizga o'zgartirishlar kiritilgan bo'lsa (familyangiz, jinsingiz, tug'ilgan sanangiz, passpor berilgan yoki tugash muddati o'tganda, E-9 va H-2 ishchi vizasidagi fuqarolar ish joyi o'zgarganda), ma'lumot o'zgartirilgan kunidan boshlab 15 kun ichida Immigratsiya bo'limiga murojaat qilishingiz kerak. 2. Immigratsiya nazorati to'g'risidagi qonuning 36-moddasi: Yashash manzilini o'zgartirish ❤️‍🔥Agar fuqaro yashash manzilini o'zgartirmohchi bo'lsa, yangi manzilga o'tgan kundan boshlab 15-kun ichida tuman hokimligiga (시ּ∙군∙구청 yoki읍∙면∙동사무소) xabar qilishi yoki yashash joyidagi Immigratsiya xizmatiga xabar berishi kerak. Batafsil ma'lumot uchun: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷E-7-4 vizasiga ariza berish uchun jami mehnat faoliyati haqida ma'lumot! Umumiy mehnat faoliyati bilan bog'liq ko'plab mu
🇰🇷E-7-4 vizasiga ariza berish uchun jami mehnat faoliyati haqida ma'lumot! Umumiy mehnat faoliyati bilan bog'liq ko'plab murojaatlar kelib tushayotganligi sababli, ushbu masala yuzasidan tahliliy ma'lumot berishga qaror qildik. E-9 malaka talab etilmaydigan viza turidan E-7-4 vizasiga o'tish uchun ariza berishning asosiy shartlaridan biri bu fuqaro Koreya Respublikasida 4 yildan ortiq muddatda mehnat faoliyatini olib borayotgan bo’lishi yoki qayta shartnoma asosida tashkilotda 1-yil davomida yoki undan ortiq muddat ishlab kelayotgan bo’lishi kerak. "1 yil va undan ortiq" ishlagan davr nimani anglatadi? Masalan, fuqaro D. 2020 yilda "A" tashkilotda 6 oy davomida ishlagandan so'ng mehnat sharntomasini bekor qilgan holda ish joyini "B" korxonaga o'zgartiridi. Agar fuqaro ma'lum bir davrdan so'ng avvalgi "A" tashkilotga qaytib kelsa uning ish davriga avvalgi ish davri qo'shiladi. E-7-4 viza turiga o'tish uchun ariza berish jarayonida bir korxonada jami ishlagan davri ko'rsatiladi. Batafsil ma'lumot uchun: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

E-9 vizasi asosida Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimiz diqqatiga! Koreya Adliya vazirligin
E-9 vizasi asosida Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimiz diqqatiga! Koreya Adliya vazirligining oltinchi KIIP imtihonini o'tkazishni rejalashtirmoqda, arizalarni faqat ro'yxatdan o'tgan E-9 (malakasiz ishchi vizasi) toifasidagi chet elliklar topshirishlari mumkin. Arizalar 2023-yil 31-oktabrdan 4-noyabrgacha qabul qilinadi. Imtihon sanasi: 18-noyabr Natijalar e'lon qilinadigon sana: 29-noyabr, soat 16:00. ※ Nomzodlar soni va o'tkaziladigan joy o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Agar qo'shimcha arizalar qabul qilinsa, alohida oldindan ogohlantirish e'lon qilinadi. Batafsil ma'lumot uchun: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

Repost from XORIJDA ISH
Koreyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Din ishlari bo‘yi
+4
Koreyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida shu kunlarda ishchi guruh Koreya Respublikasida bo‘lib turgani haqida xabar berilgan edi. Ishchi guruh aʼzolari Tejon, Pusan va Ulsan shaharlaridagi ishlab chiqarish korxonalari rahbariyati va mehnat migrantlari bilan uchrashuv o'tkazib, ularning ish va yashash sharoitlarini o‘rgandi. Ish beruvchi mazkur korxonada mehnat qilayotgan o'zbekistonlik ishchilarning ish samaradorligi yuqoriligi, mehnat munosabatlarida intizomli hamda mas'uliyatli ekanligini e'tirof etdi. Yurtdoshlarimizga qonuniy tartibda bir ish beruvchi bilan uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borish kelgusida yurtimizdan ushbu davlatga ishchi vizasi asosida kirib kelishi kutilayotgan fuqarolar kvotasiga ijobiy ta'sir qilishi tushuntirildi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt