en
Feedback
MIGRATIONuzkr

MIGRATIONuzkr

Open in Telegram

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi facebook.com/migrationuzkr1 https://www.instagram.com/migration.uz.kr/ Murojaat uchun telefon: 02-2285-1341

Show more
2 894
Subscribers
No data24 hours
-197 days
-8330 days
Posts Archive
Repost from XORIJDA ISH
#Eslatma 🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida ishlayotgan fuqaro uch tomonlama shartnoma talablarini buzgan taqdirda O'zbekistonga deportatsiya qilinadi hamda ushbu fuqaro yoki uning kafili har oy uchun 1500 AQSH dollari miqdorida jarima to'laydi! 🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

🇺🇿🇰🇷KOREYADA E-9 VIZASI ASOSIDA VAQTINCHALIK MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA! Tashqi mehnat
🇺🇿🇰🇷KOREYADA E-9 VIZASI ASOSIDA VAQTINCHALIK MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA! Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi Vakolatxonasi Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan joriy yilning 28-dekabr kuni soat 19:00da telegram tarmog'i orqali onlayn muloqot o'tkazish rejalashtirmoqda! Unda siz o'z sohangizga doir bo'lgan va sizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislarimiz tomonidan javob olishingiz mumkin! Hurmat bilan, TMMAning Koreyadagi Vakolatxonasi! 📞070-4252-2772 📞062-962-0201 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷🇺🇿Har qanday korxonada xodim va ish beruvchi o'rtasida ish jarayoni yoki boshqa jarayonlar bilan bog'liq nizolar yuzaga
+2
🇰🇷🇺🇿Har qanday korxonada xodim va ish beruvchi o'rtasida ish jarayoni yoki boshqa jarayonlar bilan bog'liq nizolar yuzaga kelishi mumkun. Janubiy Koreyada E-9 hamda E-7 vizasi asosida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning beruvchsi bilan o'zaro nizolar Tashqi mehnat migratsiyasi Agentligining Koreyadagi vakolatxonasi vakillari tomonidan joylarga chiqqan holda o'rganilib, hal etilmoqda. Jumladan, Inchon shahrida joylashgan "AUTEL" korxonasi vakillari hamda ushbu korxonada mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuv tashkil etilib, fuqaro murojaati ish beruvchi mas'ullari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida bartaraf etildi. 🇰🇷JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA! Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞070-4252-2772 📞062-962-0201 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷Koreya mehnat vazirligi vakillari hamda ushbu davlatga ishchi kuchi yuboruvchi 16 davlat Vakolatxonalari rahbarlari o'rta
+2
🇰🇷Koreya mehnat vazirligi vakillari hamda ushbu davlatga ishchi kuchi yuboruvchi 16 davlat Vakolatxonalari rahbarlari o'rtasida 2024 yil uchun ajratilayotgan ishchi kuchi kvotasi hamda ushbu mavzuga doir masalalar yuzasidan seminar uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida kelgusi yilda E-9 vizasi uchun kvotalar soni jami 165 000 nafar etib belgilanishi va ushbu viza asosida yangi yo'nalishlar jumladan, restoranlar, o‘rmon xo‘jaligi va tog‘-kon sanoatida ishlash imkoniyatlari ta'kidlandi. Bundan tashqari E-9 vizasi asosida Koreyaga kirib kelgan chet ellik ishchilar uchun koreys tilini mukammal o'rganish uchun har bir hududda o'quv kurslari tashkil etilishi ma'lum qilindi. Shuningdek, Chet ellik ishchilarni qo'llab-quvvatlash markazlari faoliyati 2024 yil 1 yanvardan to'xtatilishi, uning funksiya hamda vazifalari mehnat vazirligining hududiy boshqarmalari zimmasiga yuklanishi ma'lumot o'rnida qayd etildi. ⬅️Koreya Respublikasida ish jarayonida yuzaga keladigan savollar yuzasidan TMMAning Koreyadagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari: 📞070-4252-2772 📞062-962-0201 Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram  | Facebook  | 📹Instagram

🇺🇿Konstitutsiya – jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi,
🇺🇿Konstitutsiya – jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko‘p millatli xalqimiz xohish-irodasining qonuniy ifodasidir. Mamlaktimiz bosh qomusi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi Vakolatxonasi jamoasi yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi. 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 😎Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇺🇿Konstitutsiya – jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi,
🇺🇿Konstitutsiya – jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko‘p millatli xalqimiz xohish-irodasining qonuniy ifodasidir. Mamlaktimiz bosh qomusi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi Vakolatxonasi jamoasi yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi. 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 😎Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷🇺🇿E-9 VIZA TURIDAN E-7-4 MALAKALI ISHCHI VIZASIGA O'TISH ISTAGIDA BO'LGAN FUQAROLAR DIQQATIGA!!! 😎Ma'lumki, viza maqom
🇰🇷🇺🇿E-9 VIZA TURIDAN E-7-4 MALAKALI ISHCHI VIZASIGA O'TISH ISTAGIDA BO'LGAN FUQAROLAR DIQQATIGA!!! 😎Ma'lumki, viza maqomini E-9 dan E-7-4 malakali ishchi vizasiga o'tkazishning asosiy shartlaridan biri bu—til bilish darajasidir (Topik yoki KIIP). 😎Hurmatli fuqarolar, E-9 vizasidan E-7-4 vizasiga o'zgartirishni istayapsiz-u ammo, sizda til bilish darajasini aniqlovchi sertifikat bo'lmasa, 2024 yilda rejalashtirilgan "Ijtimoiy integratsiya" (KIIP) dasturi orqali imtihondan ro'yxatdan o'tish muddatini kuzatib borgan holda o'z vaqtida ro'yxatdan o'tishingiz tavsiya etiladi. 😎Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimiz KIIP imtihoni uchun ro'yxatdan o'tishda Agentlikning mazkur davlatdagi Vakolatxonasi tomonidan amaliy yordam olishlari mumkun. 😄Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 😎Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷Koreya Mehnat vazirligi tomonidan Bandlikka ruxsat berish (EPS) tizimi doirasida E-9 vizasi bilan Koreya Respublikasiga i
🇰🇷Koreya Mehnat vazirligi tomonidan Bandlikka ruxsat berish (EPS) tizimi doirasida E-9 vizasi bilan Koreya Respublikasiga ishlash uchun keluvchilar soni 2021-yilda 52 ming nafar, 2022- yili 69 ming, joriy yilda esa 110 ming nafar etib belgilangan bo’lsa, kelgusi 2024-yilda Koreya rasmiylari ushbu kvota hajmini 165 mingta qilib belgilashni rejalashtirmoqda. Bu esa ishchi kuchini yollash bo’yicha mamlakat tarixidagi eng katta ko‘rsatkichdir. Ajratilgan kvotalar soni quyidagicha taqsimlanadi: • Ishlab chiqarish sohasida - 95 000 nafar; • Qishloq xo'jaligi va chorvachilikda - 16 000 nafar; • Xizmat ko'rsatish sohasida - 13 000 nafar; • Baliqchilik sohasida - 10 000 nafar; • Qurilish sanoatida - 6 000 nafar; • Kemasozlik - 5 000 nafar; • Qoʻshimcha 20 000 nafar talabdan kelib chiqqan holda taqsimlanadi. Rasmiylar tomonidan, “noprofessional ishchi” vizasi egalari uchun faoliyat turlarini bosqichma-bosqich kengaytirish kutilmoqda. Xususan, kelgusi yildan boshlab 16 davlatdan kelayotgan E-9 ishchi vizasi egalari qo’shimcha ravishda sanoatning uchta tarmog‘ida, jumladan, restoranlar, o‘rmon xo‘jaligi va tog‘-kon sanoatida ishlashga ruxsat berish tizimi orqali ishchilarni yollash rejalashtirilmoqda. Qayd etish joizki koreys ish beruvchilari o'rtasida yurtdoshlarimizga bo'lgan talabning ortishi fuqarolarimizning bir ish beruvchi bilan uzoq muddat qonuniy tartibda mehnat munosabatlarida bo'lishi kabi holatlarga bevosita bog'liqdir. Shu munosabat bilan Koreya Respublikasida bo'lib turgan va kirib kelishi kutilayotgan hamyurtlarimizdan koreys ish beruvchilari bilan yaxshi munosabatda bo'lishi, sababsiz mehnat shartnomasini muddatdan avval bekor qilmasligi so'raladi. Bu esa yurtimizdan ko'plab vatandoshlarimizning E-9 vizasi asosida kirib kelishiga zamin yaratadi. Koreya Respublikasida ish jarayonida yuzaga keladigan savollar yuzasidan TMMAning Koreyadagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari: 📞070-4252-2772 📞062-962-0201 Kanalga obuna bo'lish: 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram

Repost from XORIJDA ISH
#Sōragan_edingiz Xorijda ishlab qaytgan fuqarolarga ham pensiya tayinlanadimi? 🔹 🔹 🔹 Будет ли назначена пенсия гражданам, работавшим зарубежом? 🔻 Следите за нашими новостными каналами Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

🇰🇷Koreys ish beruvchilari o'rtasida o'zbekistonlik ishchilarning mehnat salohiyati keng targ'ib qilinmoqda. 😐Xususan TMMAn
+1
🇰🇷Koreys ish beruvchilari o'rtasida o'zbekistonlik ishchilarning mehnat salohiyati keng targ'ib qilinmoqda. 😐Xususan TMMAning Koreyadagi vakolatxonasi vakillari tomonidan "Century Corporation Co. Ltd." korxonasi mas'ullari bilan uchrashuv tashkil etildi. 😐Uchrashuv davomida yurtdoshlarimizning mehnat salohiyati keng targ'ib qilinib, ish beruvchi tomonidan kelajakda mazkur korxonada mavjud bo'sh ish o'rinlariga o'zbekistonlik fuqarolarni ishga jalb qilishga kelishildi. 😐Shuningdek, Vakolatxona mas'ullari tomonidan korxona ish sharoitlari o'rganilib, mazkur tashkilotda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizga Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi faoliyati hamda vazifalari haqida ma'lumotlar berildi. 😄Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 😎Telegram | Facebook | 📹Instagram

Repost from XORIJDA ISH
🇰🇷 Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga! Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida kemasozlik sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar 2023-yil 27-28-noyabr kunlari anketa to'ldirib, ushbu anketa raqami bilan Milliy bankning mobil ilovasi yordamida (bank shoxobchalariga bormasdan) 28$ miqdorodagi toʻlovni amalga oshirgan holda onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. ❗️ Ro’xatdan o’tish jarayoni 27-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:00da boshlanadi. 👉 Milliy bank mobil ilovasi 👉 Ro’xatdan o’tish Eslatma! Kemasozlik sohasi uchun ajratilgan kvota soni 1221 ta ekanini inobatga olgan holda ro'yxatga olish jarayoni nomzodlar sonining 3 barobari, ya'ni 3663 nafarga yetganidan so‘ng to‘xtatiladi. ☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

✔️ 2023-yil Dekabr oyida 760 nafar fuqarolarimiz E-9 vizasi asosida Koreya davlatiga kirib kelishi kutilmoqda. Dekabr oyida r
+2
✔️ 2023-yil Dekabr oyida 760 nafar fuqarolarimiz E-9 vizasi asosida Koreya davlatiga kirib kelishi kutilmoqda. Dekabr oyida rejalashtirilgan reyslar bo'yicha ma'lumot! ➡️2023 YIL 5 DEKABR OZ-574 - 130 nafar ➡️2023 YIL 11 DEKABR KE-992 - 120 nafar ➡️2023 YIL 12 DEKABR OZ-574 - 120 nafar ➡️2023 YIL 18 DEKABR KE-992 - 130 nafar ➡️2023 YIL 21 DEKABR OZ-574 - 130 nafar ➡️2023 YIL 26 DEKABR OZ-574 - 130 nafar ➡️(Qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi mumkin) ‼️Fuqarolarimizdan Koreya Respublikasiga kirib kelish tartib qoidalariga amal qilishlarini so'rab qolamiz‼️ 😄Qayd etish joizki, Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) tashkiloti tomonidan belgilangan kvotaga ko'ra joriy yil uchun jami 110 000 nafar kvota ajratilgan bo'lib, ushbu kvota doirasida mehnat migrantlari 16 ta davlatdan aynan E-9 vizasi asosida kirib kelishi kutilmoqda. 😄Davlatlar kesimida ajratilgan kvotalar soni koreys ish beruvchilarining talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Koreya davlatiga ishchilarni yuboruvchi 16 davlatning har biriga o'rtacha 6875 nafar fuqaro to'g'ri keladi. (Ma'lumot uchun bu raqam O'zbekiston kesimida 2022 yilda 4238 nafarni tashkil qilgan) 😄Koreys ish beruvchilari o'rtasida yurtdoshlarimizga bo'lgan talabning ortishi fuqarolarimizning bir ish beruvchi bilan uzoq muddat qonuniy tartibda mehnat munosabatlarida bo'lishi kabi holatlarga bevosita bog'liqdir. 😄Shu munosabat bilan Koreya Respublikasida bo'lib turgan va kirib kelishi kutilayotgan hamyurtlarimizdan koreys ish beruvchilari bilan yaxshi munosabatda bo'lishi, sababsiz mehnat shartnomasini muddatdan avval bekor qilmasligi so'raladi. Bu esa yurtimizdan ko'plab vatandoshlarimizning E-9 vizasi asosida kirib kelishiga zamin yaratadi. 📞Ma'lumot uchun TMMAning Koreya Respublikasidagi Vakolatxonasi a'loqa raqamlari: 📞070-4252-2772 📞062-962-0201 Kanalga obuna bo'lish: 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram

O'zbekiston vakili Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligining mukofoti bilan taqdirlandi Batafsil Батафсил Telegram
O'zbekiston vakili Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligining mukofoti bilan taqdirlandi Batafsil Батафсил Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube

🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasining Kimpo shahrida joylashgan "Dongshin Tech Co., Ltd." korxonasida E-7-4 malakali ishchi va E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimiz hamda mazkur korxona vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. 🇰🇷TMMAning Koreyadagi vakolatxonasi mas'ullari ushbu korxonada mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning ish sharoitlari bilan yaqindan tanishib, fuqarolarimizga mehnat sohasiga oid masalalar yuzasidan ma'lumotlar berilid. 🇰🇷Shuningdek, ish beruvchi vakillarga Vakolatxona faoliyati hamda vazifalari haqida ma'lumotlar berildi. Ish beruvchi rahbariyati tomonidan yurtdoshlarimizning mehnat salohiyati ijobiy baholanib, bugungi kunda fuqarolarimizning mehnat jarayonidagi malakasini inobatga olgan holda bosqichma-bosqich E-7-4 ishchi vizasiga o'tkazish yuzasidan korxona rahbariyati tomonidan tashabbuslar ko'rsatilayotgani e'tirof etildi. 🇰🇷Jumladan ushbu tashkilotda mehnat qilayotgan yurdoshimiz A.Komilov E-9 malaka talab etilmaydigan ishchi vizasidan E-7-4 malakali ishchi vizasiga o'tgani, bu orqali ushbu fuqaro Koreya davlatiga oila a'zolarini taklif qilish va birgalikda yashash imkoniyatini qo'lga kiritgani alohida qayd etildi. Koreya Respublikasida ish jarayonida yuzaga keladigan savollar yuzasidan TMMAning Koreyadagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷Koreya Mehnat vazirligi namunali tarzda mehnat faoliyatini olib borgan 5 nafar migrantlarni muvaffaqiyatga erishgan ishch
+1
🇰🇷Koreya Mehnat vazirligi namunali tarzda mehnat faoliyatini olib borgan 5 nafar migrantlarni muvaffaqiyatga erishgan ishchilar deb baholadi va mukofotladi. Ular orasida o'zbekistonlik yurtdoshimiz ham bor. Joriy yilning 22 noyabr Chorshanba kuni Novotel Ambassador Seul Dongdaemun mehmonxonasi anjumanlar saroyida bo'lib o'tgan tadbirda O'zbekistonning Koreyadagi elchixonasi hamda TMMAning mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi. Koreya Mehnat vaziri Li Jung-Sik o'zining tabrik so'zida Bandlik va mehnat vazirligi Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) bilan birgalikda Koreyada ishga joylashish uchun ruxsatnomalar tizimi (EPS) bo‘yicha ishlab o‘z vatanlariga qaytgan 15 nafar chet ellik ishchilarni taklif qilib, ulardan besh nafarini bu yerda ish tajribasiga ko‘ra muvaffaqiyatli ish ko‘rsatgani uchun taqdirlandi. EPS - migratsiya mehnati dasturi boʻlib, unga asosan Osiyoning 16 mamlakati — Filippin, Moʻgʻuliston, Shri-Lanka, Vetnam, Tailand, Indoneziya, Oʻzbekiston, Pokiston, Kambodja, Xitoy, Bangladesh, Qirgʻiziston, Nepal, Myanma, Sharqiy Timor va Laosdan E-9 vizasi asosida malaka talab qilinmaydigan ishchilar jalb etiladi. Vazirlikning xabar berishicha 2004 yilda kichik va o'rta kompaniyalarning ishchi kuchi etishmasligini bartaraf etish uchun boshlangan EPS kelgusi yilda amalga oshirilganiga 20 yil to'ladi. Hozirgacha 940 000 ga yaqin ishchi Koreyaga ushbu tizim asosida ishlash uchun kirib kelgan. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷TMMANING KOREYADAGI VAKOLATXONASI VAKILLARI MAZKUR DAVLATDA E-7-4 MALAKALI ISHCHI VIZASINI OLGAN VATANDOSHLARIMIZNI TABRI
🇰🇷TMMANING KOREYADAGI VAKOLATXONASI VAKILLARI MAZKUR DAVLATDA E-7-4 MALAKALI ISHCHI VIZASINI OLGAN VATANDOSHLARIMIZNI TABRIKLAYDI! ✅Ma'lumki, joriy yil 25 sentabrdan K-point E-7-4 dasturi kuchga kirdi. Fuqarolarimiz ushbu dastur imkoniyatlaridan foydalangan holda o'z oila a'zolarini Koreyaga taklif qilishlari mumkun. ✅Bugungi kunda Koreyada ishchi vizasi asosida bo'lib turgan fuqarolarimizdan Vakolatxonaga kelib tushayotgan murojaatlar asosida ushbu jarayonda amaliy yordam ko'rsatilib, yurtdoshlarimizning oila a'zolarini taklif qilish uchun hujjatlarni tayyorlashda bepul xizmatlar ko'rsatilmoqda. ✅Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki malakali ishchi vizasiga (E-7-4) o'zgartirish uchun ariza bergan va tasdiqlangan shaxslar viza turi o'zgargandan so'ng kompaniyada ikki yil yoki undan ko'proq vaqt davomida mehnat faoliyatini davom ettirishi mumkin. 😄E-7-4 ga vizasiga o'tgandan so'ng: -yillik daromadi 26 000 000 koreys voni va undan yuqori bo'lgan ishchilar; -koreys tilini bilish to'g'risidagi sertifikatga ega; -soliq qonunchiligini buzmagan; -noqonuniy mehnat faoliyatida bo'lmagan; -1 million koreys vonidan ortiq jarima to'lamagan fuqarolar F-2 uzoq muddat yashash maqomini beruvchi yoki F-5 doimiy yashash vizasini olish huquqiga ega bo'ladi. Malakali ishchi viza turiga o'tish uchun Vakolatxonaga ko'plab murojaatlar kelib tushmoqda. Ammo aksariyat hollarda vatandoshlarimizning koreys tilini bilish darajasi sertifikati mavjud emas. Shu sababli fuqarolarimizdan koreys tilini o'rganishi va "Topik" hamda KIIP sertifikatiga ega bo'lishini tavsiya etamiz. 😄JORIY YIL 20 DEKABRGA QADAR E-9 VIZA ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN FUQAROLARIZMI E-7-4 VIZA TURIGA O'TISH UCHUN ARIZA TOPSHIRISH MUMKUN EKANLIGINI ESLATIB O'TAMIZ! Batafsil ma'lumot uchun: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇺🇿🇰🇷Koreyadan chiqib ketgan vatandoshlarimizning ushbu davlatdagi ish beruvchisi tomonidan to'lab berilmagan oylik ish ha
+1
🇺🇿🇰🇷Koreyadan chiqib ketgan vatandoshlarimizning ushbu davlatdagi ish beruvchisi tomonidan to'lab berilmagan oylik ish haqi maoshlarini undirish. Koreys tilini hamda qonunlarni bilmaslik yoki vijdonsiz ish beruvchiga ortiqcha vaqt sarflashni istamaslik ish haqining to'liq yoki qisman to'lanmasligiga sabab bo'lishi mumkin. TMMAning Kvanju shahridagi vakolatxonasiga kelib tushgan murojaat asosida bankrotlik munosabati bilan ish beruvchi tomonidan to‘lanmagan ish haqi va ishdan bo‘shatish nafaqasini olish yuzasidan Chonan shahri bandlikka ko'maklashish boshqarmasi mas'ullari bilan muzokaralar olib borildi. Ushbu jarayonga ish beruvchi jalb qilinib, xodimning ishtirokisiz ish haqi to‘lanmaganligi to‘g‘risida tegishli organlarga arizalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Qayd etish joizki Janubiy Koreyada ishchi avvalo huquqiy himoya ostida ekanligini bilish bilan bir qatorda ish beruvchi tomonidan to'lanmagan ish haqini undirish uchun ish haqi to'g'risida tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. Chunki korxona bankrot bo'lgan taqdirda Janubiy Koreya qonunchiligiga ko'ra mazkur mablag' davlat tomonidan qoplanadi. 🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari: 070-4252-2772 062-962-0201 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷🇺🇿Koreys ish beruvchilari o'rtasida bo'sh ish o'rinlari uchun o'zbekistonlik fuqarolarga qiziqish va talabning oshishi
🇰🇷🇺🇿Koreys ish beruvchilari o'rtasida bo'sh ish o'rinlari uchun o'zbekistonlik fuqarolarga qiziqish va talabning oshishi hamda yurtdoshlarimizni ushbu davlatga ishchi vizasi asosida faol kirib kelishini ta'minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ushbu davlatdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan fuqarolarimiz ish salohiyati doimiy tarzda targ'ib qilinmoqda. Vakolatxona mas'ullari tomonidan ushbu davlatda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizga huquqiy maslahatlar berish, muammo va takliflarga javob berish maqsadida muloqotlar tashkil qilinib, Vakolatxona faoliyati hamda vazifalari haqida ma'lumotlar berilmoqda. JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA! 🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari: 070-4252-2772 062-962-0201 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

👎KOREYA RESPUBLIKASIDA NOQONUNIY HOLATDA (NOLEGAL) BO’LIB TURGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA! SIZ JORIY YILNING 31-DEKABIRIGA
👎KOREYA RESPUBLIKASIDA NOQONUNIY HOLATDA (NOLEGAL) BO’LIB TURGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA! SIZ JORIY YILNING 31-DEKABIRIGA QADAR "YASHIL YO'LAKCHA" IMKONIYATIDAN FOYDALANIB KOREYA RESPUBLIKASI HUDUDIDAN CHIQIB KETISHINGIZ MUMKUN! 😎Koreya Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan berilgan ma'lumotg ko'ra joriy yil 10-noyabrga qadar 11 mingdan ortiq noqonuniy mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar mazkur davlatning huquq tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan. 😎Jumladan noqonuniy tartibda ishlayotgan 6114 nafar chet ellik hibsga olingan, 5482 nafari deportatsiya qilingan va mamlakatni tark etishga majbur bo'lgan. 142 nafari esa jarimaga tortilgan va qolgan fuqarolar bilan hozirda tergov jarayonlari amalga oshirilmoqda. 😎Eslatib o'tamiz, "Yashil yo'lakcha" shu yilning 31 dekabriga qadar davom etadi. Mazkur davrda o'z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishni istagan fuqarolar chiqib ketish sanasidan 3 ish kuni oldin immigratsiya xizmati idorasiga borgan holda ketish to'g'risida ixtiyoriy ariza shaklini to'ldiradi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) hamda aviachiptani mas'ul xodimga taqdim etadi. Immigratsiya xodimi tomonidan berilgan tasdiqnoma orqali fuqarolar vatanga muammosiz qaytib ketishlari mumkun. Havolani bosish orqali onlayn xabar berishingiz mumkin. https://www.hikorea.go.kr/cvlappl/SelfLeaveOnlinePreNotiInfo.pt Batafsil ma'lumot uchun: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷2023 yil yanvar-oktabr oylari mobaynida O'zbekistondan Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida kirib kelgan fuqarolar so
🇰🇷2023 yil yanvar-oktabr oylari mobaynida O'zbekistondan Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida kirib kelgan fuqarolar soni 3781 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 3000 nafari ushbu mamlakatga ilk marotaba kirib kelgan fuqarolar hissasiga to'g'ri keladi. 📊Jumladan: -yanvar oyida 228 nafar -fevral oyida 464 nafar -mart oyida 528 nafar -aprel oyida 262 nafar -may oyida 446 nafar -iyun oyida 496 nafar -iyul oyida 361 nafar -avgust oyida 399 nafar -sentabr oyida 331 nafar -oktabr oyida 266 nafar 😄Qayd etish joizki, Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) tashkiloti tomonidan belgilangan kvotaga ko'ra joriy yilda 110 000 nafar mehnat migrantlari 16 ta davlatdan aynan E-9 vizasi asosida kirib kelishi kutilmoqda. 😄Davlatlar kesimida ajratilgan kvotalar soni koreys ish beruvchilarining talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Koreya davlatiga ishchilarni yuboruvchi 16 davlatning har biriga o'rtacha 6875 nafar fuqaro to'g'ri keladi. 😄Koreys ish beruvchilari o'rtasida yurtdoshlarimizga bo'lgan talabning ortishi fuqarolarimizning bir ish beruvchi bilan uzoq muddat qonuniy tartibda mehnat munosabatlarida bo'lish kabi holatlarga bevosita bog'liqdir. 😄Shu munosabat bilan Koreya Respublikasida bo'lib turgan va kirib kelishi kutilayotgan hamyurtlarimizdan koreys ish beruvchilari bilan yaxshi munosabatda bo'lishi, sababsiz mehnat shartnomasini muddatdan avval bekor qilmasligi so'raladi. Bu esa yurtimizdan ko'plab vatandoshlarimizning E-9 vizasi asosida kirib kelishiga zamin yaratadi. 📞 Murojaat uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi vakolatxonasi a'loqa raqamlari: 070-4252-2772 062-962-02-01 🔻 Kanalga obuna bo'lish: 😎Telegram | Facebook | 📹Instagram