en
Feedback
MIGRATIONuzkr

MIGRATIONuzkr

Open in Telegram

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi facebook.com/migrationuzkr1 https://www.instagram.com/migration.uz.kr/ Murojaat uchun telefon: 02-2285-1341

Show more
2 894
Subscribers
No data24 hours
-197 days
-8330 days
Posts Archive
🇺🇿🇰🇷Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) vitse prezidenti janob Kim Sung Je hamda ushbu tashkilot mas'
🇺🇿🇰🇷Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) vitse prezidenti janob Kim Sung Je hamda ushbu tashkilot mas'ul vakillari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan yurtimizdan E-9 vizasi asosida kirib kelayotgan ishchilar kvotasini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi. Tomonlar o'rtasida bildirilgan taklif va mulohazalar o'rtaga tashlanib, bugungi kunda koreys ish beruvchilari hamda E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizning mehnat jarayoniga doir o'z yechimini kutayotgan masalalalar atroflicha muhokama qilindi. HRD Koreyaning mas'ullari oxirgi vaqtlarda E-9 vizasi asosida O'zbekistondan kelayotgan fuqarolarning kirib kelganiga hech qancha vaqt o'tmay mehnat shartnomasini bekor qilish va ish o'zgartirish holatlari ko'payib borayotganligi va bunday holatlar koreys ish beruvchilarning bizning fuqarolarga bo'lgan talabi va ishonchi kamayib borayotganligiga asosiy sabab bo'layotganligini ta'kidlab o'tishdi. Yuqoridagilarni inobatga olib Agentlik tomonidan tashkiliy tarzda E-9 vizasi asosida Koreyaga kelgan va kelishi kutilayotgan fuqarolarimizdan bir ish beruvchi bilan uzoq muddat murosa qilgan holda mehnat faoliyatingizni olib borishlarini so'rab qolamiz! Sizning ish beruvchilar bilan bo'lgan munosabatingiz va ish jarayonidagi salohiyatingiz korxonangizdagi mavjud bo'sh ish o'rinlariga aynan yurtdoshlarimiz jalb qilinishi va kvota sonining yanada oshishi uchun muhim rol o'ynashini eslatib o'tamiz! 🇺🇿Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingizni ma'lum qilamiz. 😎070-4252-2772 😎062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram |Facebook|📹Instagram

Hurmatli Vatandoshlar! O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi hamda Wayu_Korea Muborak Ramazon oyi
Hurmatli Vatandoshlar! O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi hamda Wayu_Korea Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan vatandoshlarimizga muqaddas Islom dinining asl mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish va ularning diniy-ma’rifiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida sizlarni O‘zbekiston Musulmonlar idorasining mas’ul vakillari bilan bo'lib o'tadigan ilmiy-ma’rifiy ma’ruzalarga taklif qiladi.

Hurmatli Vatandoshlar! O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi hamda Wayu_Korea Muborak Ramazon oyi
Hurmatli Vatandoshlar! O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi hamda Wayu_Korea Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan vatandoshlarimizga muqaddas Islom dinining asl mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish va ularning diniy-ma’rifiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida sizlarni O‘zbekiston Musulmonlar idorasining mas’ul vakillari bilan bo'lib o'tadigan ilmiy-ma’rifiy ma’ruzalarga taklif qiladi.

Aynan Geoje shahri va Geoje atrofidagi hududlarda joylashgan korxonalarda E-9 vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar diqqatiga! Hurmatli yurtdoshlar! Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Geoje Universiteti o'rtasida fuqarolarimizga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 6-mart kuni Hamkorlik memorandumi imzolanganligini ma'lum qilamiz.  Memorandumga asosan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan tashkiliy tarzda jo'natilib Koreyada E-9 vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizning Geoje Milliy Universitetida 2 yillik  bakalavr yo'nalishida onlayn~offlayn (hafta kunlari davomida ishdan keyin onlayn, haftaning har yakshanba kuni offlayn) tarzda tahsil olish imkoniyati yaratildi. O'qishni yakunlagan va Bakalavr diplomini qo'lga kiritgan fuqarolarni Universitet kemasozlik komplekslarida ish bilan ta'minlaydi va bir vaqtning o'zida vizangizni E-7 yoki F-2-R vizasiga o'zgartirishda amaliy yordam ko'rsatadi.  Fuqarolarimiz F-2-R vizasini qo'lga kiritib belgilangan hududlarda 5 yil faoliyat olib borsa F-5 vizasi ya'ni doimiy yashash imkoniyati beriladi. F-2-R vizasiga o'tishning sharti Koreya hukumati tomonidan belgilangan aholi soni kamayib ketayotgan hududlarda 5 yil yashab o'sha hududda ishlash sharti bilan berilishini eslatib o'tamiz. Bahorgi o'quv semestri uchun qabul yakunlanganligi sababli joriy yilning kuzgi o'quv semestriga o'qishga hujjat topshirmoqchi bo'lgan fuqarolar quyidagi keltirilgan hujjatlarni oldindan tayyorlab qo'yishni tavfsiya etamiz. Qabul uchun zaruriy shartlar 1. Kollej diplomi va ilovasini koreys tiliga tarjima va Apostil qildirish 2.O'zbekistonda Qirol Sejong o'quv markazi yuqori bosqichlarida o'qiganligi bo'yicha maxsus sertifikatni qo'lga kiritgan bo'lishi yoki TOPIK 2-darajasidan yuqori bo'lishi (amal qilish muddati bo'lishi shart) yuqorida keltirilgan sertifikatlardan biri bo'lmasa Koreya madaniyati va tili bo'yicha maxsus kurslar KIIP 2 (41 baldan yuqori) bo'lishi 3. Vizaning kamida 2 yillik amal qilish muddati bo'lishi 4. Universitetning talabidan kelib chiqib suhbat tashkil etilishi mumkin Quyidagi havola orqali qolgan to'ldirilishi kerak bo'lgan hujjatlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin; https://shorturl.at/cCHUW Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

photo content

🇰🇷🇺🇿Koreyada E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar diqqatiga! 😄E-9dan E-7 vizasiga o'zgart
🇰🇷🇺🇿Koreyada E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar diqqatiga! 😄E-9dan E-7 vizasiga o'zgartirmoqchi bo‘lgan, biroq koreys tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lmaganlar, 28-fevraldan boshlab koreys tilini bilish darajasiga (KIIP) hujjat topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganligini ma’lum qilamiz. 😄Shuni ta'kidlash kerakki, E-9 vizasini E-7-4 malakali ishchi viza turiga o'zgartirish uchun KIIP 2 darajasi - 42 balldan yuqori ball to'plashingiz lozimligini eslatib o'tamiz. 😄KIIP imtihonini muvaffaqiyatli topshirganingizdan so'ng, TMMAning Koreyadagi vakolatxonasi arizalarni topshirishda hamda E-7-4 vizasiga o'zgartirish uchun ish beruvchi bilan muzokaralarda mutlaqo bepul yordam beradi. Batafsil ma'lumot uchun: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇺🇿🇰🇷Koreys tilini o'rganish istagida bo'lgan fuqarolar uchun ajoyib yangilik!!! Koreya Respublikasining Inson Resurslarin
🇺🇿🇰🇷Koreys tilini o'rganish istagida bo'lgan fuqarolar uchun ajoyib yangilik!!! Koreya Respublikasining Inson Resurslarini rivojlantirish xizmati tashkiloti tomonidan xorijlik ishchilarni koreys tiliga bepul o'qitish yuzasidan qabul boshlanganligini ma'lum qilamiz. - Ishtirok etishi mumkin bo’lgan nomzodlar: E-9 va H-2 viza turidagi xorijlik ishchilar - O’qish muddati : 3 oy; Umumiy 48 soat (haftaning yakshanba kunlari) - O’qitish darajasi va yo’nalishlari : koreys tili boshlang’ich darajasi va Topik - O’qish mutlaqo bepul tarzda tashkillashtiriladi Koreys tilini o'rganish istagida bo'lgan yurtdoshlarimiz quyidagi telefon raqamiga telefon qilib, darslarga ro'yxatdan o'tishingiz so'raladi Tel: 1577-0071 Quyidagi havola orqali o'zingizga yaqin hududga murojaat qilishingiz mumkin. https://shorturl.at/cehX2 🇺🇿Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingizni ma'lum qilamiz. 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇺🇿🇰🇷E-9 vizasidan E-7-4 malakli ishchi vizasiga o’tgan yoki viza o’zgartirish istagida yurgan fuqarolar diqqatiga! E’tibo
🇺🇿🇰🇷E-9 vizasidan E-7-4 malakli ishchi vizasiga o’tgan yoki viza o’zgartirish istagida yurgan fuqarolar diqqatiga! E’tibor bering!!! Hurmatli yurtdoshlar, Sizda viza maqomingizni E-7-4 malakali ishchi vizasiga o’zgartirganingizdan so’ng, Koreya Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 25-sentyabrdagi K-Point E-7-4 qaroriga asosan, viza o’zgartirgan kuningizdan boshlab 2 yil muddat ish joyini o’zgartirish (atkaz olish) huquqiga ega bo’lmaysiz! Faqatgina korxona aybi (oylik maoshni 2 oydan ortiq kechiktirish yoki bermaslik, moliyaviy qiyin holatda korxonaning yopilishi yoki boshqa holatlar) bilan shartnoma bekor bo’lsa bunday holatlar bundan mustasno! 🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingizni ma'lum qilamiz. 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida E-9 vizasi bilan ikkinchi marotaba mehnat shartnomasi (VIP) asosida mehnat qilayotgan fuqarolar
🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida E-9 vizasi bilan ikkinchi marotaba mehnat shartnomasi (VIP) asosida mehnat qilayotgan fuqarolarimiz diqqatiga!!! Siz vizangizni E-9 dan E-7-4 malakali ishchi vizasiga o'zgartirishingiz mumkin. Viza maqomini o'zgatirishning amaldagi tartibga ko'ra quyidagi talablar asosiy hisoblanadi - 4 yildan ortiq E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirgan bo'lishi; - yillik daromad 26 000 000 vondan yuqori bo'lishi; - koreys tilini bilish darajasi TOPIK 2 yoki KIIP 2-daraja yoki undan yuqori bo'lishi kerak; - ariza berish paytidagi yosh. E-9 vizasidan E-7-4 vizasiga o'tish istagida bo'lgan xorijlik ishchilar uchun Koreya Adliya vazirligi 2024-yil uchun kvota hajmini 35000 etib belgiladi. Keyinchalik E-7-4 vizasidan F-2 vizasiga, soʼngra F-5 vizasiga ham almashtirish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin. E-7-4 vizasiga ega boʼlganingizdan soʼng 3-oydan boshlab oila aʼzolaringizni ham taklif etish yuzasidan yordam koʼrsatiladi. Agar siz yuqoridagi talablarga mos kelib, viza maqomini o'zgartirish istagida bo'lsangiz TMMAning Koreyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

👎KOREYA RESPUBLIKASIDA NOQONUNIY HOLATDA (NOLEGAL) BO’LIB TURGAN FUQAROLAR DIQQATIGA! 😎Siz joriy yilning 29-Fevraliga qadar
👎KOREYA RESPUBLIKASIDA NOQONUNIY HOLATDA (NOLEGAL) BO’LIB TURGAN FUQAROLAR DIQQATIGA! 😎Siz joriy yilning 29-Fevraliga qadar "Yashil Yo'lakcha" imkoniyatidan foydalanib Koreya Respublikasi hududidan chiqib ketishingiz mumkin! 😎 Mazkur davrda o'z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishni istagan fuqarolar chiqib ketish sanasidan 3 ish kuni oldin immigratsiya xizmati idorasiga borgan holda ketish to'g'risida ixtiyoriy ariza shaklini to'ldiradi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) hamda aviachiptani mas'ul xodimga taqdim etadi. Immigratsiya xodimi tomonidan berilgan tasdiqnoma orqali fuqarolar vatanga muammosiz qaytib ketishlari mumkun. 😎Koreya Respublikasi Immigratsiya xizmatining ma'lum qilishicha, agar siz ushbu imkoniyatdan foydalangan holda o'z xoxishingiz bilan chiqib ketsangiz, ushbu holatda chiqib ketish davrida sizga deport urilmasligini va kelgusida qayta kirib kelishingizda muammo tug'dirmasligini ma'lum qilamiz. Havolani bosish orqali onlayn xabar berishingiz mumkin. https://www.hikorea.go.kr/cvlappl/SelfLeaveOnlinePreNotiInfo.pt Batafsil ma'lumot uchun: 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷Koreya Respublikasining Geoje shahrida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan va Geoje Universitetida o'qi
🇰🇷Koreya Respublikasining Geoje shahrida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan va Geoje Universitetida o'qish istagida bo'lgan fuqarolar diqqatiga! Hurmatli fuqarolar agar sizda Topik yoki KIIP sertifikatining 2 va undan yuqori darajasi bo'lsa hamda vizangizning amal qilish muddati 2 yil va undan ortiq bo'lsa: O'zingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan Geoje Universiteti Xalqaro aloqalar bo'limiga tashrif buyurib yoki Universitetning quyidagi aloqa raqamlariga joriy yil 14-fevralga qadar murojaat qilishingizni so'raymiz. Murojaat uchun aloqa raqami: 📞055-680-1563 (김효민 선생님) Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇺🇿🇰🇷Koreyaning Geoje shahrida joylashgan Geoje Milliy Universiteti rektori janob Heo Jeong Seok va Universitetning boshqa masʼullari bilan uchrashuv oʼtkazildi. Uchrashuvda, Universitet va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻrtasida ikki tomonlama Hamkorlik Memorandumi imzolashga kelishib olindi va mazkur yoʻnalishda ishlar boshlandi. Hamkorlik Memorandumi imzolash quyidagi imkoniyatlarni beradi: - E-9 vizasi bilan Koreyada ishlayotgan fuqarolarimiz koreys tilini bilish darajasi TOPIK 2 boʻlgan taqdirda Universitetning bakalavriatiga oʼqishga qabul qilinadi va bunda: - fuqaroga bir vaqtning oʻzida onlayn oʻqish va ishlash imkoniyati yaratiladi; - oʻqish muddati 2 yil boʻlib, oʻqishni tugatishi bilan Bakalavr diplomi beriladi (Bakalavr diplomini olgan fuqaro F-2-Rezident vizasiga ega boʻladi) Maʼlumot uchun: Koreyaning Geoje-do oroli aynan kemasozlikka ixtisoslashtirilgan shahar boʼlib, unda Koreyada kemasozlik sanoatida eng yirik korxonalaridan “Samsung Heavy Industries” va “Daewoo Heavy Industries” komplekslari joylashgan va ushbu hududda joylashgan Geoje Universiteti aynan ushbu gigant korxonalarga ishchi kuchini yetkazib berish boʼyicha yetakchi Universitet hisoblanadi. Universitet faoliyati aynan kemasozlikka yoʼnaltirilgan Bugungi kunda Geoje shahrida kemasozlik sohasida E-9 vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan va bir vaqtning o'zida Geoje Universitetida bakalavriatda o'qish istagida bo'lgan fuqarolarimiz joriy yilning 10-fevraliga qadar Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishingizni so'raymiz. 📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari: 070-4252-2772 062-962-0201 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

Koreya Respublikasi Mehnat vazirligi 2024-yil uchun EPS ishga ruxsat berish tizimi asosida xorijiy ishchilarni ishga olishni
Koreya Respublikasi Mehnat vazirligi 2024-yil uchun EPS ishga ruxsat berish tizimi asosida xorijiy ishchilarni ishga olishni xohlovchi ish beruvchilar uchun joriy yilning 29-yanvaridan 8-fevral kunigacha arizalarni qabul qiladi. Birinchi bosqichda beriladigan mehnat ruxsatnomalarining umumiy soni 16 mamlakatdan kirib keluvchilar uchun jami 35 mingtani tashkil etadi va bu o‘tgan yilning birinchi bosqichga nisbatan 73,6 foizga ko‘pdir. Sanoat boʻyicha kvotalar ishlab chiqarish sanoatida 23232 kishi, kemasozlikda 1500 kishi, qishloq va chorvachilikda 4209 kishi, baliqchilik tarmogʻida 2595 kishi, qurilishda 1632 kishi, xizmat koʻrsatish sohasida 1297 kishi etib belgilangan. Hurmatli hamyurtlar, ushbu tanlovlarda o‘zbekistonlik fuqarolarning qanchalik ko‘proq yoki kamroq tanlanishi bugungi kunda E-9 vizasi asosida Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimizning ish joyida o‘zini tutishi, muomilasi va mehnat salohiyatiga ko‘p jihatdan bog‘liqligini eslatib o‘tamiz!!! 🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com

🇰🇷Koreya Respublikasida bo'sh ish o'rinlariga belgilangan kvotalar uchun o'zbekistonlik ishchilarni ko'proq kirib kelishini
+3
🇰🇷Koreya Respublikasida bo'sh ish o'rinlariga belgilangan kvotalar uchun o'zbekistonlik ishchilarni ko'proq kirib kelishini ta'minlash maqsadida koreys ish beruvchilari o'rtasida keng targ'ibot ishlari olib borilmoqda 😄Xususan, "Heechang C&F Co., Ltd." korxonasi boshqaruv direktori Kang Hee Dae hamda vakillar bilan uchrashuv tashkil etilib, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi. 😄Janob Kang tomonidan ushbu tashkilotda mehnat qilayotgan o'zbekistonlik ishchilarning korxona ish samaradorligiga hissa qo'shayotganligi, mehnat munosabatlarida intizomli hamda ishga mas'uliyat bilan yondashuvi kabi ijobiy hislatlari bilan ajralib turishi e'tirof etildi. Kelgusida mazkur korxonada bo'sh ish o'rinlariga talab bo'lganda o'zbekistonlik ishchilarni jalb qilishiga kelishildi. 🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari: 070-4252-2772 062-962-0201 📬Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakola
Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari: 070-4252-2772 062-962-0201 Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan sayyor uchrashuvlar tashk
+3
🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan sayyor uchrashuvlar tashkil qilinib fuqarolarimizni xorijdagi mehnat faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar hal etib berilmoqda Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari hamda Kyongsangnamdo provinsiyasida joylashgan korxonalarda E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi bekor bo'lgan va hozirda ishsiz yurgan fuqarolarimizning bandligini ta'minlash maqsadida ish beruvchilar va bandlik boshqarmasining mas'ullari bilan uchrashuv tashkil qilindi va hozirda qayta ishga tiklash choralari ko'rilmoqda. JANUBIY KOREYADA ISHCHI VIZASI ASOSIDA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA! 🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞Ma'lumot uchun a'loqa raqamlari: 070-4252-2772 062-962-0201 Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

🇰🇷🇺🇿Barcha E-9 vizasidan E-7-4 vizasiga o'tgan hamyurtlarimizni Vakolatxonamiz jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz! Siz
🇰🇷🇺🇿Barcha E-9 vizasidan E-7-4 vizasiga o'tgan hamyurtlarimizni Vakolatxonamiz jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz! Siz aziz yurtdoshlarimizga oz bo'lsa ham manfaatimiz tegayotganidan xursandmiz. Hurmatli E-7-4 vizasiga o'tganligi tasdiqlangan fuqarolar! Sizlardan hujjatlaringiz tasdiqlangan sanadan boshlab 2 hafta ichida yashash hududingiz bo'yicha Immigratsiya xizmati ofisiga tashrif buyurib, (tashrif kunidan oldin Hi Korea sahifasida online joy belgilash tartibi belgilangan) quyidagi hujjatlarni taqdim etishingizni so'raymiz: 1. Xorijga chiqish pasporti (Zagran Pasport) 2. ID Karta 3. Yashash joyi ijara shartnomasi 4. E-7 ga o'tganlik bo'yicha hujjatlaringiz tasdiqlanganligi haqidagi hujjatni Hi-Korea sahifasidan printerdan chiqarib hujjatlaringizni rasmiylashtirishingizni so'raymiz! E-9 vizasidan E-7-4 vizasiga o'tish istagida bo'lgan xorijlik ishchilar uchun Koreya Adliya vazirligi 2024-yil uchun kvota hajmini 35000 etib belgiladi. Hurmatli Koreyadagi hamyurtlar ushbu imkoniyatdan o'z vaqtida foydalaning! 🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

photo content

🇰🇷🇺🇿Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ish va yashash sharoitlarini muntazam monitoring qilib borish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Koreya Respublikasining Kyongido pronvinsiyasi kichik Kvangju shahridagi "SKO Trading Co., Ltd." tekstil mahsuloltlarini qayta ishlash korxonasida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz va ularning ish beruvchi vakillari bilan uchrashuv tashkil etilib, mazkur korxonada mavjud muammo hamda takliflar atroflicha muhokama qilindi. Olib borilgan muzokaralar jarayonida ushbu korxonada vaqtincha mehnat faoliyati davomida yuzaga kelgan muammolar yuzasidan Vakolatxonaga murojaat qilgan fuqaro B.O.ning masalasi ijobiy hal etish choralari ko'rilib, amaliy yordam berildi. Korxona rahbari bilan kelajakda mavjud bo'sh ish o'rinlariga o'zbekistonlik fuqarolarni ishga jalb qilishga kelishildi. 🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat jarayonida huquqingiz buzilsa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so'raladi. 📞070-4252-2772 📞062-962-02-01 🕸Elektron manzil: migrationuzkr@gmail.com Kanalga obuna bo'lish: 💬Telegram | Facebook | 📹Instagram

photo content