🎼🎶🎤🔥AFSONA-ᵗᵐ🎸🎺🎻🔥
Open in Telegram
🤍Sizlar uchun mahsus https://t.me/Afsona_tm 🔥Eng yangi Rasmli statuslar 📛Sher aytish taqiqlanadi❗❗❗ ☝️Unutmang biz faqat siz uchun ijoddamiz...🎙️
Show more420
Subscribers
-124 hours
+47 days
-830 days
Posts Archive
Repost from Sobitjon Eshtemirov she‘rlari
Sog‘inmaysizmi?
Og‘ir botib sunggi so‘zlarim,
Endi yo‘qlab hech kelmaysizmi?
Yo‘lingizga intiq ko‘zlarim,
Sog‘indim men sog‘inmaysizmi?
Kechiring-da bo‘lmangda zolim.
Netay har dam sizda hayolim.
Oshkor aylab bir sizga holim.
Sog‘indim men sog‘inmaysizmi?
Ayriliqqa qanday beray dosh.
Intiq yo‘lda ko‘zim to‘la yosh.
Ming yashirmay bari bo‘lar fosh.
Sog‘indim men sog‘inmaysizmi?
Sog‘indim deng yo biror so‘zmi.
Bahor aylang xazonli kuzni.
Yurak degan bir parcha muzmi.
Sog‘indim men sog‘inmaysizmi?
Yolg‘izlikda holim parishon.
Iqror bo‘ldim har lahza har on.
Oxir bo‘lib pushmonga nishon.
Sog‘indim men sog‘inmaysizmi?
Aritgancha dildan g‘amlarni.
To‘ldirgancha kelib kamlarni.
Qumsab o‘tgan shirin damlarni.
Sog‘indim men sog‘inmaysizmi?
Qaytaqoling kech bo‘lar keyin.
Siz bo‘lsangiz sog‘inch bir tiyin.
Men yomonni unitish qiyin.
Sog‘indim men sog‘inmaysizmi?
( Holim so‘rab hech kelmaysizmi? )
✍ Sobitjon Eshtemirov. 24.04.2023.
@sevgisherr
Qadamlari qutlug‘, qutlug‘,
Yor keladi xonadoniga.
Baxt gullari ochilsin bugun,
Sevgi kirsin oshyoniga.
Ko‘zlarida quvonch, tabassum,
Nur taralar nigohlaridan.
Yangi hayot boshlanar bugun,
Baxt yog‘ilar yo‘llaridan.
Qutlug‘ qadam bilan kelding yor,
Quvonch to‘ldi bu xonadon.
Ko‘ngillarda yashasin sevgi,
Baxtga to‘lsin har bir zamon.
Yor-yor ayting, do‘stlar bugun,
Gullar sochsin ona zamin.
Bir umrga baxtli bo‘linglar,
Porlab tursin sevgi taxti.
Oq yo‘llar yor bo‘lsin sizlarga,
Baxt hamroh bo‘lsin har qadamga.
Ikki yurak birga urib,
Yetishsinlar ezgu orzuga.
Qutlug‘ bo‘lsin kelgan kunlar,
Kulgu to‘lsin xonadonga.
Mehr bilan qurilgan uylar,
Hech bo‘shamasin muhabbatdan.
Yor kelganda uylar bezanar,
Gullar sochar go‘yo bahorlar.
Bir umrga baxt tilayman,
Porlab tursin bu diydorlar.
✍NODIRBEK
ABDUHOSHIMOV
@Nodirbek_Shoir
@Afsona_tm
Raiskiy ugalok Sankt-Peterburg
https://www.instagram.com/reel/DcPACr8CGOC/?igsi=MW0zN3V1ZTN6eW95aQ==
@Afsona_tm
