cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Mashxurlar hoyoti va ijodi haqida

Siz bu kanalda mashxur insonlarni hayoti haqidagi ma'lumotlarni bilib borasiz biz faqat Òzbek yulduzlari emas balki chet eldagi taniqli insonlar haqidagi ma'lumotlarni ham tashlab boramiz va shu bilan birgalikda musiqalar ham. Murojaat uchun: @kryesor

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
251Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Abe suiqasddan keyin vafot etdi. 67 yoshli Sindzo Abe suiqasddan keyin koma holatiga tushdi va hushiga kelmasdan shifoxonada vafot etdi.
Show all...
Hatice Tuba Buyukustyun (turkcha: Hatice Tuba Büyüküstün; tugʻ. 1982 -yil 5-iyul, Istanbul, Turkiya) — taniqli turk teatr va kino aktrisasi, model.
Show all...
POMPIDU (Pompidou) Jorj (1911.5.7, Monbudif — 1974.2.4, Parij) — Fransiya davlat va siyosat arbobi. Qarshilik koʻrsatish harakatiga qoʻshilgan (1940). Charles de Gaulle bilan birgalikda "Fransuz xalqini birlashtirish" partiyasini tuzishda katnashgan (1947). 1962—68 yillarda bosh vazir. 1969—74 yillarda Fransiya Prezidenti. Tashki siyosat bobida P., asosan, general de Goll tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillarga tayangan, jumladan, Fransiyaning xalqaro keskinlikni yumshatish, qurollanish poygasiga chek qoʻyish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ishiga muhim hissa qoʻshishi lozimligini taʼkidlagan. 1970-yil P. SSSRga rasmiy tashrif bilan kelib, Oʻzbekistonda ham boʻlgan.
Show all...
James Mirrlees (1936.5.7, Minnigeffe, Shotlandiya) — ingliz iqtisodchisi. Edinburg universitetini tugatgan (1957). Kembrij universitetining xalqaro muammolar markazida maslahatchi (1962—63), Oksford universiteti iqtisodiyot professor (1968), Shveysariya hukumati maslahatchisi (1963), 1968—86 yillarda Kembrij universiteti va Berklidagi Kaliforniya universitetlarida professor Mirrleesning ilmiy ishlari monetar va soliqqa tortish nazariyalari, institutsional iqtisodiyot muammolariga bagʻishlangan. Mirrlees asimmetrik axborotlar nazariyasida soliqqa tortish va ijtimoiy sugʻurta muammolariga bagʻishlangan ishlari bilan katta muvaf-faqiyatlarga erishdi. Kichik mamlakatlarning ochiq iqtisodiyotida chet el tovarlariga tariflar koʻllashning maqsadga muvofiq emasligini, mehnat va kapitalga solinadigan soliqning isteʼmolchilarga yuklatilishini asoslab berdi. Nobel mukofoti laureata (1996; William Vickrey bilan birgalikda).
Show all...
Ixtiyor Karimovich Navroʻzov (5-iyul 1989-yil, Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR ) — oʻzbek erkin kurashchisi, 2012 va 2016 yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, 2015-yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, qitʼa chempionatlarining koʻp marotaba sovrindori, xalqaro toifadagi sport ustasi. Ixtiyor kurashni oʻn yoshida boshlagan. Navroʻzovni erkin kurashga uning amakivachchalari olib kelishgan . U 2001-yilda yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionida ishtirok etdi. Kichik yoshdagi muvaffaqiyat Ixtiyorga Respublika olimpiya zaxiralari kollejida oʻqish imkoniyatini berdi. 2008-yilda Navroʻzov oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza medaliga sazovor boʻldi. 2010-yilda Navroʻzov Yozgi Osiyo oʻyinlarida medal olishga yaqin edi, ammo uchinchi oʻrin uchun kurashda qozogʻistonlik Leonid Spiridonovga yutqazdi. 2012-yil mart oyida Ixtiyor Osiyo saralash turnirida katta gʻalabani qoʻlga kiritdi va London Olimpiadasida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.
Show all...
Horacio Manuel Cartes Jara (5-iyul 1956[1] - Paragvay Prezidenti (2013-yildan)
Show all...
5-iyul — Grigoriy taqvimida yilning 186- (kabisa yilida 187-) kuni. Yil yakuniga 179 kun qoladi. 🗓5-iyul voqealari 🔹️1811 — Venesuela Janubiy Amerikada birinchi boʻlib mustaqilligini eʼlon qildi. 🔹️1954 — Elvis Presley birinchi qoʻshigʻini yozdi 🔹️1994 — Xitoyda bolalar mehnati taqiqlandi. 🔹️1909 — Aleksandr III haykali (tasvirda) ochildi Murojaat uchun: @kryesor Doʻstlarga ulashamiz @Mashxurlar_hayoti_va_ijodi
Show all...
Ryuichi Sugiyama (yaponcha: 杉山 隆一; 4-iyul 1941) — yaponiyalik futbolchi.
Show all...
Yermek Bekmuhamedovich Serkeboyev (1926.4,7, Petropavlovsk — 2013.16.11, Olmaota) — qozoq xonandasi (lirik bariton). Xalq artisti (1959), Mehnat Qahramoni (1986). Olmaota konservatoriyasini tugatgan (1951). 1947-yildan Qozoq davlat opera va balet teatrida yakkaxon xonanda, 1973-yildan Olmaota konser-vatoriyasida oʻqituvchi, professor (1982-yildan). Yoqimli, mayin ovoz sohibi. S. qozoq va mumtoz operalarda asosiy partiyalarni ijro etgan: Omongeldi (Tuleboyev, "Omongeldi"), Er Targʻin, Artyom (Ye. Brusilovskiy, "Er Targʻin", "Dudaray"), Alpamis (Ye.Rahmadiyev, "Alpamis"), Yevgeniy Onegin, Yeletskiy, Mazepa, Robert (P.Chaykovskiy, "Yevgeniy Onegin", "Mazepa", "Iolanta") va boshqa Repertuaridan shuningdek, kamer va estrada asarlari oʻrin olgan. Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Qozogʻiston Davlat mukofoti laure-ati (1972).
Show all...
Austin Richard Post (4-Iyul 1995-yilda tugʻilganlar)[1] — amerikalik qoʻshiqchi, reper, qoʻshiqnavis va aktyor.
Show all...