cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Abdulloh's blog

Abdulloh_blog_01

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedPsychology14 356
Advertising posts
221
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Katta natijalar vaqt talab qiladi Hozirgi davr iste’molchilar davri. Nima yeyishni, kiyish yoki minishni xohlasangiz telefoningizdagi 1 tugma orqali buni amalga oshira olasiz Va oradan hech qancha o’tmay buyurtmangiz yetib keladi(GMning bu gapga aloqasi yo’q:)) Manimcha bu ajoyib imkoniyat va rivojlanish, biroq afzalliklari bilan birga yomon tarafi ham mavjud Hozirda ko’pchilik(ayniqsa yoshlar orasida keng tarqalgan) o’z maqsadlari va katta orzulariga bir zumda erishishni xohlashni boshlagan 40yoshimgacha milliarder yoki millioner, 2oyda bodybuilder, 1yilda tengsiz dasturchi bo’lish va hokazolar Shu sababdan ham 1-2oyni ichida qilayotgan ishi ozroq yoqmay qolsa(qiyinchiliklar sabab)boshqa ish izlashga tushishmoqda. Vaholanki katta natijaga faqat uzoq muddatda erishish mumkin. Katta natikaga erishish esa ko’pincha odamga qoniqish xissini beradi Ko’pchilik muvaffaqiyatli odamlar(moliyaviy tomonlama) katta natijalarga 40yoshdan keyin erishishgan. Isbot tariqasida Forbesning milliarderlar ro’yxatini ko’rishingiz mumkin. 40yoshdan kichik milliarder(o’zi 0dan milliardga chiqqan)lari deyarli yo’q Yana bir misol, Warren Buffetning 30yoshigacha umumiy boyligi 1mln dollardan oshmagan. 56yoshida 1mlrd ga kotarilgan va hozirgi kunda 121mlrd dollarni tashkil qiladi, dunyodagi eng boy odamlar qatorida 5-da(Forbesga ko’ra) @abdulloh_blog_01
Show all...
Telefon ko’ngil ochar vosita emas! 1 necha yil avval telefonni pichoqga o’xshatar edim. Pichoq orqali ovqat tayyorlash ham mumkin, yoki kimgadir zarar yetkazish ham agar noto’g’ri foydalanilsa Rostdan ham telefon shunaqami? Yo’q. Telefon ishlab chiqaruvchi va yirik ijtimoiy tarmoq kompaniyalari(Instagram, Facebook, TikTok) millionlab(agar milliardlar bolmasa)dollarlarni inson xulq-atvori va psixologiyasini chuqur biladigan, etiboringizni jalb qilishni barcha “tryuk”larini biladigan eng zo’r mutaxasislarga va shu yo’nalishning o’ziga sarflashadi Telefonni nimaga ishlatmoqchiligingiz ahamiyatsiz, sizni e’tiboringizni baribir o’zlariga qaratib olishaveradi Nimaga telefonga o’yinchoq, yoki ko’ngil ochar videolar manbai sifatida qaramaslik kerakligining asosiy sababi, nazoratni yo’qotasiz. Ya’ni siz o’zingizni boshqarmaysiz, nima qilayotganingizni, nimaga o’sha videolarni ko’rayotganingizni bilmaysiz lekin ko’rishda davom etasiz Shu sababdan ham telefondan foydalanayotganda hech bir “qadam”ni kichik hisoblamaslik kerak 1martta ko’z yugurtirib chiqaman degan paytingizni o’zida “tuzoq”qa tushgan bo’lasiz Buni anglaganingizda esa oradan 2-3soat o’tgan bo’ladi @abdulloh_blog_01
Show all...
O’zingizga yoqqan ishlarning zarari Post yozmaganimga ham ancha vaqt bo’lib qolibdi. Bunga asosiy sabab IELTS imtihonimdan avval e’tiborimni faqat 1narsaga qaratishni istaganim edi 23-kuni imtihonga kirdim va o’zim istagan natija(7.5)ni qo’lga kiritdim Shundan keyin ozroq chalgib qoldim, bo’sh vaqtimni samarasiz o’tkazdim 1necha kunlarni you tube va instagramda video korib otkazdim, dam olyapman, energiya yigyapman deb oylagandim Youtube dagi videolardan birida dopaminni qanday ishlashi haqida podcast eshitdim(bu mavzuda ozroq bilimingiz bolmasa eshitmagan maqul) Shundan so’ng tushundimki, qancha qiziqarli, rohatbaxsh ishni qilsangiz undan keyingi his qiladigan narsangiz dopamin(miyyadagi ishtiyoq, motiv manbai)ning keskin tushishi bolar ekan Bu esa o’z navbatida ishlashga, o’qishga bo’lgan muhabbatning “o’lishiga” sabab bo’ladi Hech kimga sir emaski youtubedagi “short videos” va instagramdagi videolar dopamin ko’rsatkichini notabiiy tarzda ko’tarib yuboradi Bu degani bo’sh vaqtingizda dam olish maqsadida qiziqarli, ozingizga yoqadigan video ko’rsangiz bu energiyangizni ko’tarishga emas buni aksiga xizmat qiladi. —————————————————— Bu ma’lumotlarni avval bilarmidingiz? Postning foydasi tegdimi? Comments⬇️ @abdulloh_blog_01
Show all...
Kutilmalar Adashmasam so'ngi yildagi eng asosiy hayotdan olgan saboglarimdan biri bu kutilmalarni katta qilmaslik va reklamaga ishonmaslik boldi) Harvard, MIT va yana boshqa universitetlarni talabalari "geniy"lar boladi deb oylardim You tubedan ayrim talabalaridan olingan intervyularni korib fikrim ozgardi 1nechta kurs sotib oldim, sotib olishimdan oldinga oquvchilarni fikrlarini oqib(kurs tomonidan korsatilinganlarinigina xolos) juda zor bolsa kerak deb oylagandim Lekin amaliyotda bu oz tasdiqini topmadi, oddiy kurs ekan. Faqatgina reklamasi yaxshi ekan xolos Shunga oxshash yana bir nechta holatlarga tushdim, va olgan sabogim shu boldi: "Sirli masalliqni ozi yoq, mohiyat oddiylikda". Yani oddiy yollar, oddiy kurslar orqali natijaga erishsa boladi faqat bu narsa sizni harakatingizga bogliq Qoshimcha tarzda, hech qachon reklamalarga ishonmaslikni aytgan bolardim. Chunki kop hollarda borttirib korsatishadi, asliga nisbatan @abdulloh_blog_01
Show all...
"Bilmaganni sorab organgan olim..." Hayotda mukammal bolish imkonsiz Istang istamang baribir deyarli har bir sohada ozingizdan yaxshiroq natija korsatayotgan odamlarni korasiz Man tushunmaydigan narsalardan biri xatto bazan yoningizda ozingiz bilmaydigan lekin organmoqchi bolgan narsangizni zor biladigan odam turgan boladi Lekin u odamdan hech nersa soramaslik, bu xuddi siz xazina izlayapsiz, osha xazinalardan 1ini topgan odamni uchratdingiz Undan qanday qayerdan osha xazinani topish mumkinligini soramasdan yurishga oxshaydi. Sorash orqali 5-10martta maqsadingizga tezroq yetib borishingiz mumkin Qancha kop va aqlli savollarni sora olsangiz shuncha yaxshi. @abdulloh_blog_01
Show all...
Mohiyatni unutib qoyish Biror bir kursga qatnashamiz Nimanidir organib maqsadimizga tezroq erishish uchun Lekin 1 qancha vaqtdan keyin, vazifalarni faqat ustoz bersagina qilamiz(ko'p hollarda qilmaymiz ham) Asosiy masuliyatni ustozga yuklab qoyamiz, xuddi natija bizga kerak emasdek Telefon sotib olamiz Vaqtimizni tejash maqsadida Lekin u ham biroz vaqt otishi bian vaqtimizni eng kop isrof bolishiga sabab boluvchi vositaga aylan Agarda mohiyatni unutsangiz harakatlaringizdagi samaradorlik yo'qoladi Yaxshi narsa yomonga aylanadi Shu sabab bazan jarayondan bir on to'xtab mohiyatni izlash juda foydali bo'ladi Buni yashashingizdagi mohiyatni izlashdan(yodga olishdan) boshlang @abdulloh_blog_01
Show all...
#Tushunmayman Nimaga odamlar o'zgarmoqchi yoki nimaga erishmoqchi bolsa kamroq uxlashdan boshlashga qilishadi?🤔
Show all...
Bahs Odatda bahslashadigan insonlar 2turda bo'ladi. Haqiqatni isbotlamoqchi bo'lganlar va o'zini fikrini isbotlamoqchi bo'lganlar O'zini fikrini o'tkazishga urinadiganlar juda ko'p ,deyarli har 10tadan 8ta bahslashayotgan odam shunaqa To'g'risi unaqa insonlar bilan umuman tortishishni foydasi yo'q(hozircha man foyda olmaganman har holda) Fakt keltirasizmi, misol keltirasizmi, yoki fikrlashga chaqirasizmi baribir foydasiz Qarshi fikr aytsangiz ular uchun dushmanga aylanasiz qolasiz U turdagi insonlarni rivojlanishi juda qiyin Haqiqatni aniqlashni istaydigan insonlarga keladigan bo'lsak Ular bilan bahslashish orqali faqat foyda olasiz. Bilmaganingizni o'rganasiz, bilganingizni o'rgatasiz Va bahs dushmanlikka emas do'stlikka olib boradi Afsuski haqiqatni izlovchilar juda kam Ular eshitishni biladigan insonlardir Ular har doim o'sishga rivojlanishga harkat qiladiganlardir Ular o'zgalarni hurmat qiladiganlardir @abdulloh_blog_01
Show all...
Diqqatni yo'qotish Har kuni airpodsimni ishlatib turli joylarga qo'yib qo'yaman, va ertasiga yoki birozdan keyin uni topolmay qidirishga tushaman Ba'zida soatimga qaraymanu soat nechiligiga etibor qaratmay, qaytatan yana nechi bolganini bilish uchun yana qarayman 20 minut dars qilganimdan keyin xayollarim chalgiyveradi Bunga o'xshash misollar hayotimiz ko'plab topiladi, har xolda telefoni qo'lidan tushmaydigan insonlar orasida bu normal vaziyat Chunki telefonimizdagi ijtimoiy tarmoqlar diqqatni oziga tortishga va bo'lishga asoslanib ishlaydi Qancha ko'p hayotingizda chalgituvchilar ko'p bolsa diqqatni jamlay olish qobilyatingiz shunga qarab pasayib boraveradi, xatto umuman bu qobiliyatdan ajralib qolishingiz ham mumkin Shu sabab ham iloji boricha telefon va ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlashishingiz kerak @abdulloh_blog_01
Show all...
Xissiyotlar kuchli Tasavvur qiling: Biror bir yaqin insoningiz, juda yaxshi ko’radigan insoningizni tobi yo’q Ana shu kasalini davolash uchun bir uzoq joydan dori olib kelish kerakligini aytishdi sizga va siz bunga masulsiz Shunaqa paytda siz dangasamisiz yoqmi, moliyaviy tomondan muammo bormi umuman qandayligingizni ahamiyati yoq. Zudlik bilan borib imkonini qilib osha dorini albatta olib kelasiz Sizni harakatga keltiradigan eng kuchli narsa bu hissotlaringiz. Agar dangasalikdan nafratlanganingizda dangasa bo’lmas edingiz. Agar rostan Qur’on o’qishni istaganingizda buni kechiktirmagan bo’lardingiz @abdulloh_blog_01
Show all...