ZakovArt
Open in Telegram
Art, kino va musiqa. 📅Kanal yaratilgan sana: 20. 08. 2022 Donat uchun: – https://www.tirikchilik.uz/zakovart – 9860010123225889 Reklama: @zakovart_reklama Shaxsiy kanal: https://t.me/+u6r4u3J0sno1NDli
Show more6 173
Subscribers
No data24 hours
+707 days
-12030 days
Posts Archive
6 170
+1
Tandirdan yangi uzilgan kitob. Book.uzda bugundan boshlab Gomerning "Odisseya"si sotuvga chiqibdi. Birinchisini oʻzim olaqoldim)
Tarjimon Qodir Mirmuhamedov. U yana "Martin Iden", "Dekameron", "Usta va Margarita" hamda "Iliada"ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Muqovasi qattiq, dizayn yaxshi, sahifalar oppoq.
Topshiringlar.
🎨 ZakovArt
6 170
Sevgi oʻzgacha hissiyot, lekin sen erta tongda sovuq qotganingda bagʻringa mushuk kelib, murillaganmi?)
6 170
"Aql bilan ish tutish uchun shunchaki aqlli bo'lishning o'zi kamlik qiladi." – DostoyevskiySulaymon paradoksi — bu o'zimizning muammolarimizga qaraganda boshqa odamlarning muammolari haqida yaxshiroq mulohaza yuritish moyilligi. U muqaddas kitoblardagi Shoh Sulaymon sharafiga nomlangan. U o'zining odilona va oqilona hukmlari bilan mashhur bo'lgan, ammo umrining oxirgi yillarida o'z shaxsiy va siyosiy hayotida koʻplab noto'g'ri qarorlar qabul qilgan kishi sifatida tasvirlanadi. Ushbu atama 2014-yilda Igor Grossmann va Etan Kross tomonidan kiritilgan. O'zaro munosabatlardagi nizolar bo'yicha o'tkazgan tadqiqotlarida ular shuni aniqlashdiki: odamlar o'zlarining emas, balki boshqa birovning muammosi haqida o'ylashayotganda turli nuqtai nazarlarni inobatga olishga, o'zlari bilmagan narsalarni tan olishga va murosaga kelishga ko'proq moyil bo'lishadi. Ular, shuningdek, buning oldini olish yolini ham topishdi: oʻziga chetdan baho berish (self-distancing). Agar siz o'zingizning vaziyatingizga tashqi kuzatuvchi sifatida qarasangiz yoki o'zingizga: "Agar do'stim ayni shu ahvolda bo'lganida, unga nima maslahat bergan bo'lardim?" deb savol bersangiz, yanada aniqroq va xolisroq fikrlash osonlashadi. 🎨 ZakovArt
6 170
Zakovart kanalidan keldim desangiz 20% chegirma qilib beradi, shunda 700 ming emas 560 ming to'laysiz.
6 170
🚀 Noyabr–Dekabr IELTS topshiruvchilar uchun zo‘r imkoniyat!
📚 4 soatlik offline darslar
📍 Everest Navoi 2
🚇 Paxtakor / Alisher Navoiy metrosi yaqinida
🎓 Avval IELTS topshirganlar uchun 50% gacha chegirma mavjud! 🔥
Qo'shimcha ma'lumot uchun: @Normuminoff
6 170
Bixeviorizm nima?
Biror-bir harakat amalga oshirilganda mukofot berilsa oʻsha harakat kuchayadi deb biladigan nazariya. Ya'ni natijaga erishish uchun ragʻbat berish kerak. Masalan, ustoz Shifu Po mashq qilishni xohlamagani uchun uni shugʻullantirishda qiynaladi. Ovqat uchun 3 quloq balandlikda, tayoq uslubida oʻtirganini koʻrganidan soʻng esa mantilar orqali uni professional jangchiga aylantiradi.
Ha, bilardim - 🏆
Yoʻq, bilmasdim - 🍓
🎨 ZakovArt
6 170
Men senga kimman-u bilmadim,
Sen menga hozircha allakim.
O, seni suhbatga chorlayman,
Assalom, eng so‘nggi ilinjim!
Tinmayin savollar yog'dirgum,
Kulgichim ko'zingda ko'rgan payt.
Sevdiging kim va yo ne desam,
Siz dema, iltimos, so‘z deb ayt!
Yoqtirgan faslingni so‘ray so‘ng,
O‘ylanma, ortadi dilg‘ashlik.
Men uchun to'rt fasl kuz, degin
Baxtlanay: "Naqadar o'xshashlik!"
Sen shunday javob ber — yig‘lay men,
Nafasing oshiqqa xos bo‘lsin.
Ming yillab hammadan voz kechib
Ming yillab kutganim rost bo'lsin!
Aldama demayman, aldayver
Faqat fosh bo'lmasin qachondir.
Sen aytgan aldovlar baxt bersa,
Yolg'onga million yil ishontir!
Men seni hech kimga o‘xshatmay,
Eng bo‘lgin,
men uchun eng bo‘lgin!
Muhabbat ne degan savolga
Bir umr javobim sen bo'lgin!
(c) Muattar Mamatkarimova
🎨 ZakovArt
