Another me
Open in Telegram
Shaxsiy Twitterim. Bu yerdagi fikrlar umumqabul qilingan standartlarga toʻgʻri kelmasligi mumkin va bu normal holat. If you don't like the channel, you can leave. I don't blame. Sincere. 😊
Show more188
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-430 days
Posts Archive
188
Samarqandga yo‘l oldik. 2 soatda borilar ekan. Yo‘lkira narxi esimdan chiqib qoldi. Borganda so‘rayman qayta. )
Yo‘llar yaxshi. ) Hozircha. )
Qashqadaryoga rahmat. Qishloq odamlaridek beg‘ubor odamlar yo‘q. Ularni oldida o‘zimni vaxshiylashib ketgandek his qilaman.
18-19 yoshli bolachalar bilan gaplashib qoldim. Gapga juda usta bolalar. ) Kishi bilmas 18+ hazillarni ham qistirib ketishadi. Kulib yubormaslik uchun o‘zimni zo‘rg‘a tiydim. Bu yerga ham yozmoqchi edim, endi eslolmayapman. ) Aksarida CEFR bor ekan. Xursand bo‘ldim.
188
Oldin odamlarni, xususan oddiy ishchilarni oylik maoshi qanchaligini so‘rashga uyalardim. Hozir atayin taqqoslash uchun so‘rayapman. 2 million so‘mga yetmaydigan oyliklar ham bor ekan. 5-6 milliondan ko‘pini esa eshitmadim. Hatto qishloq sharoitida ham kam bu pullar.
Bittasidan yana so‘radim, bu kam-ku. Oila qanday boqiladi, deb. Javob berdi: 4 yil Rossiyada ishlab kelgan ekan. Shu puldan uyini ko‘tarib, mashina olgan. Keyin kelib, quruq oylikka oila boqayotgan ekan. Tasavvur qiling, bu yerda ishlab biri ikki bo‘lmagan. Nimaiki topgan bo‘lsa Rossiyada ishlab kelgani sabab.
Og‘riqli man uchun. Bilmadim, bilmadim.
188
G‘or ekan. Shu yerdan sel ham kelarkan. Kiramizmi dryishgandi vaqtim kamligi uchun rad etdim.
188
Shu mani ham tirnayapti. Bekorga borib kelgandek. Qancha zo‘r kontentlar qilsa bo‘lardi.
188
Safarda koʻp boʻlasiz, vlog olishni oʻrgansez blogʻerlik faoliyatiz yangi levelga chiqardi, oka)
188
Gurjistonga borganimda aytilgandi. Maktablarda birinchi va ikkinchi xorijiy til tushunchasi bor ekan. Birinchi xorijiy til hammaga majburiy - ingliz tili. Ikkinchi xorijiy til - rus, nemis, fransuz, ispan, xitoy kabi tillardan biri tanlanilib, o‘rganilar ekan. Bizda ham ingliz tilidan tashqari hozircha faqat nemis tili ba'zi maktablarda - ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitilayotgan ekan.
Rus tilining mavqei esa arosat. Na xorijiy til, na mahalliy til. Uni ham maqomini ikkinchi xorijiy til deb belgilash kerak, menimcha.
188
G‘uzordagi ilk taassurotlar - cho‘l, issiq, dim. Xuddi Vegasdek. )
G‘uzor daryosi o‘zanlarida esa suv yo‘q. Qurg‘oqchilik. Rasmga olishga urgurmadim.
188
G‘uzor bu - o‘zimizni Las Vegas. )
Bunaqa daraxtlar o‘sha yerlarda o‘sadi-ku o‘zi faqat. )
188
Feysbukda Yoshlar Ittifoqidan ko‘ra Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati yaxshiroq edi, degan gaplar yurgandi. Surxondaryoda kam Kamolotda ham, Ittifoqda faoliyat yuritgan bir odam bilan gaplashib qoldim. Ayni shu savolni berdim: Qaysi biri yaxshiroq edi?
U odamni javobi: Kamolta bizda ishonch, kuch bor edi. Biror ishni o‘zimizni kuchimiz, harakatimiz bilan mehnat qilib qilardik. Biror ish qo‘limizdan kelganida bizdanda o‘zini kuchli his qiladigan odam bo‘lmasdi. Keyin esa Ittifoq keldi. Hamma yerni imtiyoz bosib ketdi va dangasa bo‘lib qoldik.
Manimcha, chiroyli ta'rif bo‘ldi. Yana bilmadim.
188
Avtobusdagi ahmoqona odat bu yerda ham paydo bo‘libdi. Qulog‘ingni tagiga qo‘shiq qo‘yib qo‘yish.
