en
Feedback
Another me

Another me

Open in Telegram

Shaxsiy Twitterim. Bu yerdagi fikrlar umumqabul qilingan standartlarga toʻgʻri kelmasligi mumkin va bu normal holat. If you don't like the channel, you can leave. I don't blame. Sincere. 😊

Show more
188
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-430 days
Posts Archive
Va shu she'rni ham juda yaxshi ko‘raman. ) _ Qoraqalpoqni ko‘p maqtama ko‘zimcha Qoraqalpoqni ko‘p maqtama ko‘zimcha, Qarmoqqa tez tushadigan baliqman. Har kimning bor ojiz joyi o‘zicha, Cho‘rtanimga sal o‘xshashroq xalqman. Bu kishini ko‘zga maqtashdan ko‘ra, Yaxshisi so‘k, topib nafli nuqsonin. “Qoraqalpoq yaxshi xalq-da!” deganda, Bobom yechib berib ketgan chakmonin. Yolg‘iz otin so‘yib berib qo‘noqqa, Yayov qolib bu el talay bo‘lgan zor. Shuni aytib agar yana maqtasang, Muruvvatlar qilib tashlar ustuvor. Bekligi ko‘p jo‘shib ketsa bu millat, Dostonlarni to‘qir go‘yo matodan. Barcha xalqni qoraqalpoqdan chiqazib, O‘z tarixin boshlar Odam Atodan! Mehnat desa yeng shimargan polvonday, Aravada tog‘ keltir de, keltirar. Do‘stlik desa, yulduz topib olganday, Oq ko‘kragin ezgulikka to‘ldirar. Yomon ko‘rsa, “seni yomon ko‘rdim!” deb, To o‘zingga aytmaguncha tinmaydi. Bir pul topsa, “mana, men boy bo‘ldim” deb, Barin yumshab qaytmaguncha tinmaydi. Shumlik qilsa sir oldirar boladay, Ko‘ngilchanlik, bo‘shligiga kuyaman. Lekin uning poyoni yo‘q daladay, Azamatlik keng fe’lini suyaman. Toyin maqtab, otin minsang sinamas, Men bu elning xush xulqiga bergum tan. Mening qalbim Jayhun bilan hamnafas, Sal narsaga jo‘shadigan xalqman. Yaxshi so‘z jon ozig‘idir, naql bor, Xushomadga har kim havas o‘zincha. Shundayam, bir o‘tinchim bor, odamlar: Qoraqalpoqni ko‘p maqtamang ko‘zimcha. (c) Omon Matjon, Yangiboy Qo‘chqorov tarjimasi (c) Ibroyim Yusupov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri P. S. She'rining birinchi to‘rtligiga qo‘shilmayman.

Yangi ochilgan ko‘prikdan o‘tdik. 2 soatcha davom etadigan yo‘lning narxi mashinaning turiga qarab 60 000 - 70 000 so‘m ekan.
Yangi ochilgan ko‘prikdan o‘tdik. 2 soatcha davom etadigan yo‘lning narxi mashinaning turiga qarab 60 000 - 70 000 so‘m ekan. Bugun havo changroq ekan. Lekin bu doim shunday degani emas. Yangi ochilgan ko‘prikdan o‘tdik. Qoraqalpoqlarni oldida ortiqcha takalluflarsiz, iymanmay, dangan-dangal gapirish kerakligi yoqadi. )

Nukusdan o‘tadigan Amudaryo havzasi. Suvni yo‘q desa ham bo‘ladi. Uni ustiga chang.

Qoraqalpog‘iston madhiyasi.
Qoraqalpog‘iston madhiyasi.

Oldin Taxiatosh va Kegayliga borgandim. Endi esa Xo‘jayli ekan. Xo‘jalar yurti - Xo‘jayli, deyishdi. )
Oldin Taxiatosh va Kegayliga borgandim. Endi esa Xo‘jayli ekan. Xo‘jalar yurti - Xo‘jayli, deyishdi. )

Nukusga ham YandexTaxi kelibdi. Qoyil.
Nukusga ham YandexTaxi kelibdi. Qoyil.

Qoshg‘arimiz. Sharqiy Turkistonimiz. 💚 https://youtu.be/udAD0hdwBu8?si=c-YUk5u_O_yyiBp9

Universitetda dars beradigan (ona tomondan) dodam aytib bergandilar. Katta qizlarini (onamni) uzatganlaridan keyin, va ular farzandli bo‘lganlaridan (man tug‘ilganimdan) keyin, ayol talabalarni, bo‘lib ham oilali, farzandli talabalarni yaxshiroq tushunadigan, baholarini qo‘yish uchun vazifalariga yengillik beradigan, qo‘shimcha vaqt beradigan bo‘lganman, degandilar. (O‘zi xorijdagi aksar universitetlarda ham rasmiy ravishda ayol talabalar uchun shunaqa imtiyozlar mavjud.) Shunda erkak talabalar, ayollarga imtiyoz berayotganlaridan nolib va ularga ham berishligini so‘rashganida "sanlar ham bittadan tug‘ib bersalaring sanlarga ham shu imtiyozni beraman", degan ekanlar. ) O‘zini yoki biror yaqin odamini boshiga biror ish tushganidan keyin odam boshqalarni yaxshiroq tushunishni boshlar ekan. Biroz uzoqdan olib keldim. Menda ham deyarli shunday holat. Men ham ko‘chada chaqoloqli, yosh bolali ayolarni ko‘rib qolsam yuragim hapqirib ketyapti. Avtobusda bo‘lsam, tezroq joy berishga, yuki bo‘lsa ko‘tarishib yuborishga, Toshkentdagi kalyaskaga moslanmagan yo‘llardan ko‘tarilib, tushishga qiynalayotgan bo‘lsa qarashib yuborishga intilyapman, shoshyapman. O‘zi oldindan ham, shundoq ham qarashar edim. Lekin endi bu shoshish va intilish biroz boshqacharoq. Shunaqa vaziyatlarni darrov bolam hayolimga kelyapti. Kecha ham Gulistondan Toshkentga kelishda er-xotin bir qizchasi bilan kelishdi. Qizcha ota-onasini tizzasiga yotib olgan. Oyoqchalari bilan yo‘l bo‘yi, naqd ikki soat meni tepib keldi. Ota-onasi sezmadi ham. Agar boladan boshqasi bo‘lganda, 2 soat nima 2 daqiqa ham toqat qilmay, qattiqroq ham gapirib yuborgan bo‘lardim, balki. Lekin bolalik, beg‘uborlik hurmati g‘ing demay keldim. Va o‘sha paytda ham yana seni o‘yladim, bolam. Hali ham shu ahvol. Ishdan, ko‘chadan kelishim bilan va meni ko‘rishing bilan tipirchilab, yig‘lay boshlayapsan. Bu esa ko‘tar degani. Hali ham ko‘tarib yuraverib, charchab qolyapman. O‘sha payt ko‘tarib, hali tushunmasang ham sahobalarni hayotlarini aytib beryapman, ba'zida esa Anvar Obidjon, Po‘lat Mo‘min, Tursunboy Adashboyevlarni she'rlarini o‘qib beryapman. Birga Anvar Obidjonni bir to‘plamini ham tugatdik. ) Hozir seni bag‘rimda uxlatib, shularni yozayotgan edim, katta singlim kelib qolib, yaxshi sizni ham hidingizga o‘rgangan ekan, indamay uxlayverarkan, deb ketdi. Xursand bo‘lib ketdim. ) Katta bo‘lyapsan, sekin-sekin. Baxtimizga sog‘ bo‘l, chirog‘im. )

Layklarga qaraganda qo‘llab-quvvatladinglar. ) Bir oyda bir marta yozaman. 30-sanada. O‘tgan oy yozmaganim uchun, u oyni hisobini to‘ldirishga bu oy ikki marta yozaman. ) Biroz uzun bo‘lib ketishi mumkin.

Aytganimdek tarmoqlarda bunaqa narsalarni yozish uncha yoqmaydi. Lekin har oyda bir martagina bolam bilan bog‘liq taassurotlarimni yozsam nima deysizlar?) Shunchaki qayergadir yozgim kelyapti. Eng yaxshi varinat shu yer ekan. )

Sirdaryo. Odamlardan maoshini so‘raganimda bergan javobligi: 1 600 000, 1 700 000, 2 000 000, 2 100 000. Shaharda ko‘rishga mutloq hech vaqo yo‘q. Mutloq. Odamlardan nima bor deb so‘rasam, nuqul restoranlarni nomini aytishadi. Odamlarni majburiy kreditlar abgor qilgan. Kambag‘allikdan chiqarish uchun kredit berilib, qashshoq qilingan taqdirlar bor. Bitta alkash bilan janjallashib ketdim. O‘zi kelib tashlab qoldi. Boshida o‘zimni bosdim, qarasam boshimga chiqyapti. Men ham o‘shqirib, baqirib tashladim. Ichimdagi shallaqi hali tirik ekan. ) Shundan keyin qochib ketdi. Anchadan beri bunaqa maza qilib baqirmagandim. Somsasi go‘shtli, mazali va arzon. Yeging sari yeging keladi. Qisqasi shu.

Uzoqdan dementrlar tushib kelyapti. )
Uzoqdan dementrlar tushib kelyapti. )

Bo‘ron 🖤
Bo‘ron 🖤

Sirdaroyoda yomg‘ir. )
Sirdaroyoda yomg‘ir. )

Hashamatli qilib qurishibdi. Ichidan Bog‘doddagi saroylardan birimi deb o‘ylabman. Rostdan chiroyli. ) O‘zi Urgutdagi masjidl
+2
Hashamatli qilib qurishibdi. Ichidan Bog‘doddagi saroylardan birimi deb o‘ylabman. Rostdan chiroyli. ) O‘zi Urgutdagi masjidlarni ham ta'mirsizi qolmagandi. Hammasini xalq birlashib qilyapti. Endi sekin maktablarga ham o‘tish kerak. Faqat chiroyli tushuntirib. Musulmon musulmonga tushubtirishi kerak shunda ham, boshqa toifalar aralashmay. Maktablarni ahvoli yaxshi emas.

Moboda vaqtim bo‘lib qolsa Gulistonda aylanib ko‘radigan nima bor? Guliston shahrida ham Navoiydek biror nima bo‘lmasa kerak. ) U ham yangi shaharlardan-ku. )

O‘tgan safar Boyovut va Oqoltinga borgandim. Endi Mirzaobodga ekan. Sirdaryo. )
O‘tgan safar Boyovut va Oqoltinga borgandim. Endi Mirzaobodga ekan. Sirdaryo. )

Bir bola shaxmat doskaga figuralarni tahlayotgan edi. Hindlar kelib, o‘ynaylik deb qoldi. Hozir o‘ynab ketishyapti. Juda ochiq odamlar. Kim yutar ekan ko‘ramiz. )

Janubiy Osiyoliklar kelib hayotimiz biroz rangbarang bo‘ldi. ) Ham $5000 to‘lasa ro'mol va soqol mumkin ekanligini bilib oldik. )

Afrosiyobdan boshqasiga ham chiqib ko‘raylik. Sharq tezyurar poyezdi. Bu yerda ham hindlar.
Afrosiyobdan boshqasiga ham chiqib ko‘raylik. Sharq tezyurar poyezdi. Bu yerda ham hindlar.