Another me
Open in Telegram
Shaxsiy Twitterim. Bu yerdagi fikrlar umumqabul qilingan standartlarga toʻgʻri kelmasligi mumkin va bu normal holat. If you don't like the channel, you can leave. I don't blame. Sincere. 😊
Show more188
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-430 days
Posts Archive
188
+3
Shunday tarixiylik ufitib turadigan masjid ekan. Hozirgi ta'mirlanganlardek bir xil emas. Juda chiroyli. Man rasmga xunukroq oldim.
188
Daryoning narigi tomoni Qirg‘iziston ekan.
Chegarachilarni ham uchratish mumkin.
Umid qilamizki tez orada bu yerlarda ham chegara punktlari ochiladi.
Uchqo‘rg‘on ham Chortoqdek turistik zona bo‘lishga potensiali bor hudud ekan. )
188
Juda o‘rinli savol berildi.
Haqiqatan masjidlarni xalqni o‘zi quradi. Masjidlar biz musulmonlarni jamiyatdagi muhim markazlarimiz hisoblanadi. Doim shunday bo‘lib qoladi.
To‘g‘ri maktablar yaxshilash budjetdan, to‘lagan soliqlarimizdan bo‘lishi kerak. Lekin mustaqillikdan beri maktablarni yaxshilash uchun birorta tayinli harakat qilinmadi va hozirda ham bu ishlar juda sekin qilinyapti. Tan olish kerak hozirgi harakat bilan mas'ullar bu islohotlarni yakunlash tugul, yarmiga ham kelolmasa kerak. Musulmon, vatandosh sifatida esa bizga maktablar ham masjidlardek muhim hisoblanadi.
Shu sabab vatandosh sifatida biz ham yordam berishimiz kerak, deb o‘ylayman. Bu yordam kimlarnidir cho‘ntagini ishirish uchun emas, o‘zimizni kelajagimiz uchun, tirik qolishimiz uchun juda muhim. Shu bilan birga biz ham o‘z huquqlarimizni tinimsiz talab qilaverishimiz kerak.
Adashmasam, yo‘l, maktab kabi ijtimoiy loyihalarni yaxshilaganlar ba'zi soliqlardan to‘liq yoki qisman ozod qilinar edi. Shuni ham surishtirib ko‘rish kerak.
188
O‘zbekistonda WIUTdan boshqa yana bir varinat shakllanayotgani quvonarli.
https://t.me/musofir_iqtisodchi/65
188
Bu avtobusni yo‘nalish liniyasi qanday? Bormoqchi bo‘lgan manzilimga qanchada boradi? Qanchada qo‘zg‘aladi? Hech qanday ma'lumot yo‘q. Ma'lumotsizlik yomon. Lekin Atto ishlarkan.
188
+5
Najot Ta'lim Urganch filiali.
Markaz va Xorazm xalqi uchun bu qadam qutlug‘ va xayrli bo‘lsin. Juda ham xursand bo‘ldim. 💚
188
+3
Urganchdagi ko‘ngilochar markaz ekan. Kinoteatr, yemakxonalar va bolalar uchun o‘yingoh bor. Toshkentdagi Megaplanetga o‘xsharkan. )
Sun'iy muz maydoni, bovling kabi kattalar hordiq chiqaradigan joylar yo‘q ekan.
188
Urganchda Taxi Fortuna nomli xizmat bor ekan. Yaxshi ishlarkan. O‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida. Shahar kichik bo‘lgani uchun manzillar yaqin va yo‘l haqi ham qimmat emas.
188
Urganchga keldim. "Najot Ta'lim"ni yangi filialiga borib, aylanib kelaymikin deyapman. ) Instagramda Temur akaga boraman, deganimda, kutamiz, degandilar. ))
Bugun kech bo‘ldi endi. Ertaga borsam kerak. ))
