Gippokamp
Open in Telegram
Tibbiy platforma gippokamp.uz instagram.com/gippokamp facebook.com/gippokamp t.me/Gippokamp_uz_bot Savol va murojaatlar uchun: @rihkov14
Show more1 461
Subscribers
+124 hours
+77 days
+2530 days
Posts Archive
1 461
O’zingizni sinab ko’ring: 🤓
🇺🇸 AQShda shifokor bo’lib ishlash uchun dastlab mana shunday savollarga javob bera olish kerak bo’ladi. Ushbu savolga javob berish uchun sizda turli fanlar doirasida kompleks bilimlar shakllangan bo’lishi kerak (ya’ni Anatomiya, Fiziologiya va Gistologiya).
O’zbekiston va AQSh tibbiyotini solishtirib ko’rmoqchi bo’lsangiz savolga e’tiboringizni qarating va xulosa chiqaring 🤓
‼️ Savol USMLEga asoslangan xorijiy manbaadan olingan! 👇👇👇
1 461
#Kasallik
Jigar sirrozi:
Jigar sirrozi rivojlanishining asosiy etiologik omillari surunkali alkogol iste’mol qilish, gepatit C infeksiyasi va alkogolsiz yog’li gepatoz ekanligini bilarmidingiz?
Kasallikning kechish mexanizmi haqida tushunchaga egamisiz?
Kasallik haqida batafsil ma’lumotlar: 👉 «Jigar sirrozi»
(www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Etiologiyasi
• Patofiziologiyasi
• Klinik xususiyatlari
• Diagnostikasi
• Patologiyasi
• Davolash
• Asoratlari
• Prognoz
Yaqinlarga ham ulashing…
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃
1 461
#Anatomiya
#Oftalmologiya
Ko’z anatomiyasi
Ko’pchilik tushunib olishi va eslab qolishi qiyin bo’lgan anatomik tuzilmalardan biri 🤓
Ko’zning qavatlari:
Tashqi qavat (Fibroz parda)
• Shox parda
• Sklera
• Episklera
O’rta qavat (Tomirli qavat)
• Rangdor parda
• Kipriksimon tana
• Xususiy tomirli parda
Ichki qavat (To’r parda)
• Ko’ruv nervi diski
• Sariq dog’
Har bir qavatning xususiyatlari va vazifasi haqida batafsil ma’lumotlar: 👉 «Ko'z va ko'z kosasi»
(www.Gippokamp.uz) 😃
Yaqinlarga ham ulashing…
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃
1 461
#Kardiologiya
#Sindrom
O’tkir koronar sindrom:
O’tkir koronar sindrom (O’KS) miokard infarktining klinik ko’rinishi ekanligini bilarmidingiz?
Odatda ko’krak qafasida yangi paydo bo’lgan og’riq yurak ishemiyasi hisobiga yuzaga kelganligi shubha qilinganda, standart ravishda ushbu tashxis qo’yiladi.
O’KS ga shubha qilinganda zudlik bilan EKG o’tkaziladi.
• Xo’sh? EKG da qanday belgilar bilan namoyon bo’ladi?
• Qanday shoshilinch choralar ko’rish kerak?
Batafsil ma’lumotlar: 👉 «O’tkir koronar sindrom»
(www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Klinik xususiyatlari
• Diagnostikasi
• Xavf darajalariga ko’ra sinflash
• EKG dagi o’zgarishlar
• Davolash
• Shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish
• Davo rejasi
• Differensial diagnostikasi
Yaqinlarga ham ulashing…
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃
1 461
#Anatomiya
#Gistologiya
Buyrak usti bezining joylashuvi va mikroskopik anatomiyasi
Buyrak usti bezi poʻstloq qismi toʻqimasining mikrofotografiyasi (Ladevig trixrom boʻyogʻi; 100x kattalashtirilgan):
Buyrak usti bezi poʻstloq qismi uch qavatdan tashkil topgan:
• Donador qavat: bevosita kapsulaning ostida joylashgan; toʻplamlar koʻrinishida joylashadigan ovalsimon hujayralardan tuzilgan boʻlib, mineralokortikoidlar ishlab chiqaradi
• Tutamli qavat: tutamga oʻxshab joylashgan hujayralardan tuzilgan boʻlib, glyukokortikoidlar ishlab chiqaradi
• Toʻrsimon qavat: toʻrga oʻxshash ustunsimon joylashgan hujayralardan tuzilgan boʻlib, androgenlarni sintez qiladi.
Buyrak usti bezi magʻiz qismi esa katexolaminlar sintezlovchi hujayralardan iborat.
Batafsil ma’lumot: «Buyrak usti bezi»
(www.Gippokamp.uz) 😃
Yaqinlarga ham ulashing…
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃
1 461
#Farmakologiya
Homiladorlik davrida farmakoterapiya:
Bu davrda farmakoterapiyani amalga oshirishda diqqatli bo’lish muhim ahamiyatga ega, chunki ko’pchilik dorilar homila shakllanishida zararli ta’sir etishi mumkin. Bu zararlarni chetlab o’tish uchun yetarlicha bilim bilan masalaga yonashuv kerak bo’ladi.
Masalan: Homiladorlik davrida varfarinni o’rniga geparin qo’llanilishi lozim. Nega aynan shunday?
Yoki homiladorlikda tetrasiklin preparatlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Nega aynan shunday?
Shu va shunga o’xshash savollarga batafsil javob olish uchun: 👉 «Homiladorlik davrida farmakoterapiya»
(www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy tushuncha
• Homiladorlikda antibiotiklar bilan davolash
• Homiladorlikda boshqa dorilar bilan davolash
Yaqinlarga ham ulashing…
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃
1 461
#Anatomiya
Qorin poyasi (Truncus celiacus)ning tarmoqlari:
• Chap me’da arteriyasi (arteria gastrica sinistra)
• Taloq arteriyasi (arteria splenica)
• Umumiy jigar arteriyasi (arteria hepatica communis)
Lotin-Uzbek tilidagi variantini platformadan topishingiz mumkin: 👉 «Me’da»
(www.Gippokamp.uz) 😃
Yaqinlarga ham ulashing…
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃1 461
#Gematologiya
Anemiya diagnostikasi:
Rasmda ifodalangan diagnostik ko’rsatgichlar asosida kasallikka klinik yonashuv olib boriladi.
Klinik yonashuv haqida batafsil ma’lumot: 👉 «Anemiya»
(www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Etiologiyasi
• Klassifikatsiyasi
• Klinik belgilari
• Diagnostikasi
• Davolash
• Anemiya turlari
Yaqinlarga ham ulashing…
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃
1 461
#Diagnostika
EKG dagi asosiy komponentlar:
• P tishcha: sinoatrial tugun (SA tugun)dan hosil bo’luvchi bo’lmachalar depolyarizatsiyasini ifodalaydi.
• PR interval: SA tugundan hosil bo’lib, bo’lmacha, AV tugun va Giss-Purkinye tolalari bo’ylab tarqaluvchi depolyarizatsiyalanishni ifodalaydi.
• QRS kompleks: qorinchalar depolyarizatsiyasi
• ST segment: qorinchalar depolyarizatsiyasi va repolyarizatsiyasi orasidagi davomiylikni ifodalaydi
• T tishcha: qorinchalar repolyarizatsiyasi
• QT Interval: qorinchalar depolyarizatsiyasi va repolyarizatsiyasining umumiy vaqtini ifodalaydi
• U tishcha: T tishchadan keyin yuzaga keladi, qayerdan kelib chiqishi noaniq
EKGni yanada chuqur va batafsil o’rganish uchun: 👉 «Elektrokardiogarfiya, Elektrokardiogramma»
(www.Gippokamp.uz) 😃
• Interpretatsiya va natijalar
• Yurak qisqarishlar soni va ritmini anqilash
• Yurakning elektr o’qi
• EKG ning klinik qo’llanilishi
• Eng ko’p uchraydigan EKG o’zgarishlari
Yaqinlarga ham ulashing…
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃
1 461
#Daxshat #Tezkor #Tarqating ‼️
💥 Endilikda tibbiyotni yanada qiziqarli usulda o’rganishingiz mumkin. Ma’lumotlarni yanada qiziqarli tarzda eslab qoling! 🤓
💣 «Medkomiks» kitobidan lavhalar 👀
Kitobda 170 dan ziyod illustrativ rasmlar va izohlar mavjud bo’lib, 16 xil turli yo'nalishlarni o’zida jamlagan.
Agarda siz uchun qiziqarli bo'lsa, hoziroq kitobga buyurtma bering! 🛍
Yaqinlaringizga sovg'a qilib ham bersangiz bo'ladi!🎁
Kitob narxi: 150.000 so’m 💵
Buyurtma uchun murojaat: @rikhov
Tibbiyotga qiziqadigan yaqinlarga ham ulashing…
Kanalga obuna bo’lish 👉 @Gippokamp 😃
1 461
#Diagnostika
Oʻn ikki barmoq ichak yarasi: Forrest IIb daraja
Oʻn ikki barmoq ichak endoskopik koʻrinishi
Suratda oʻn ikki barmoq ichakning oldingi va orqa devorida ikkita fibrinoz yaralar koʻrinib turibdi (yashil rangda ajratilgan). Bir-biriga qarama-qarshi joylashgani tufayli ushbu yaralar koʻpincha oʻpishuvchi yaralar (kissing lesions) deb ataladi.
Rasmning yuqori qismidagi koagulyatsiyalangan qon rasmda koʻrinmagan yaradan hosil boʻlgan.
Batafsil ma’lumot: 👉 «Peptik yara kasalligi»
(www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Ta'rif
• Epidemiologiyasi
• Etiologiyasi
• Patologiyasi
• Klinik xususiyatlari
• Subtiplari va variantlari
• Diagnostika
• Differensial diagnoz
• Davolash
• Shoshilinch yibbiy yordam ko'rsatish ketma-ketligi
• Asoratlari
• Nazorat
• Profilaktikasi
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃1 461
#Diagnostika
Oʻn ikki barmoq ichak yarasi: Forrest IIb daraja
Oʻn ikki barmoq ichak endoskopik koʻrinishi
Suratda oʻn ikki barmoq ichakning oldingi va orqa devorida ikkita fibrinoz yaralar koʻrinib turibdi (yashil rangda ajratilgan). Bir-biriga qarama-qarshi joylashgani tufayli ushbu yaralar koʻpincha oʻpishuvchi yaralar (kissing lesions) deb ataladi.
Rasmning yuqori qismidagi koagulyatsiyalangan qon rasmda koʻrinmagan yaradan hosil boʻlgan.
Batafsil ma’lumot: 👉 «Peptik yara kasalligi» (www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Etiologiyasi
• Klinik xususiyatlari
• Patologiyasi
• Differensial diagnoz
• Diagnostika
• Davolash
• Asoratlari
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃1 461
#Soglomovqatlanish
Omega-3:
Omega-3 yarim to’yinmagan yog’ kislotalari guruhiga mansub bo’lib, ichki organlar hujayra membranasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Omega-3 organizmning o’sishi va shakllanishida muhim ahamiyatga ega mahsulotdir. Shu bilan birga nerv, immun, yurak qon-tomir tizimining normal faoliyati, garmonlar va prostaglandinlar sintezi hamda metabolizmi uchun maxsus mahsulot hisoblanadi. Bundan tashqari Omega-3 yallig’lanishga qarshi ta’sir effektiga ham ega, organizmni infeksiyaga qarshiligini va chidamliligini oshiradi.
Ushbu mahsulot «surunkali charchoq sindormi» holatlarida tavsiya etiladi.
Omega-3 ni organizm o’zi sintez qila olmaydi, shuning uchun organizmning bu mahsulotga bo’lgan talabi tarkibida Omega-3 saqlagan ozuqalar bilan ta’minlanishi kerak.
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃
1 461
#Gistologiya
Mushak tipdagi arteriya devori quyidagi uch qavatdan tashkil topgan:
• Ichki qavat (tunica intima): bir qavatli endoteliy hujayralari, endoteliy osti (aterosklerozga moyil) qavati va ichki elastik membranadan tashkil topgan.
• Oʻrta qavat (tunica media): elastik tipdagi arteriyalarga qaraganda koʻproq miqdorda silliq mushak hujayralaridan tashkil topadi. Elastik tipdagi arteriyalarning oʻrta qavati esa asosan elastindan iboratdir. Tashqi elastik membrana oʻrta qavatni tashqi qavatdan ajratib turadi.
• Tashqi qavat (tunica adventitia): siyrak biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan boʻlib, (yirik arteriyalardagi) vasa vasorum hamda nervi vasorum (silliq mushak qavatini qisqarishi va kengayishini boshqaruvchi vegetativ nervlar)ni oʻz ichiga oladi.
Batafsil ma’lumotlar: 👉 «Qon tomirlar»
(www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Yirik qon tomirlar
• Mayda qon tomirlar
• Klinik ahamiyati
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃1 461
#Anatomiya
Taloqning mikroskopik va makroskopik tuzilishini ko’rsatuvchi kesmalar:
Taloq oq pulpa va qizil pulpadan tashkil topgan va bu qismlar zona marginalis orqali ajralib turadi.
Taloqsiz (asplenik) bemorlar kapsulali mikroorganizmlarga qarshi vaksina olishlari shart!
Batafsil ma’lumotlar: 👉 «Taloq»
(www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Anatomiyasi
• Gistologiyasi
• Vazifasi
• Embriologiyasi
• Kilinik ahamiyati
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃1 461
#Anatomiya
Taloqning mikroskopik va makroskopik tuzilishini ko’rsatuvchi kesmalar:
Taloq oq pulpa va qizil pulpadan tashkil topgan va bu qismlar zona marginalis orqali ajralib turadi.
Taloqsiz (asplenik) bemorlar kapsulali mikroorganizmlarga qarshi vaksina olishlari shart!
Batafsil ma’lumotlar: 👉 «Taloq»
(www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Anatomiyasi
• Gistologiyasi
• Vazifasi
• Embriologiyasi
• Kilinik ahamiyati
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃1 461
#Farmakologiya
Renin-angiotenzin-aldosteron sistemasi (RAAS) ingibitorlarining ta’sir mexanizmi:
Glomerulyar filtratsiya tezligi va qaondagi erigan moddalar o’zgarishiga javoban renin ajralib chiqadi. Renin angiotenzinogenni angiotenzin I ga aylantiradi, angiotenzin I esa o’pkadagi angiotenzin-o’zgartiruvchi ferment (AO’F) ta’sirida angiotenzin II ga aylanadi. Angiotenzin II vazokstriksiya chaqiradi, natriy reabsorbsiyasi va ADG sintezini kuchaytiradi va natijada qon bosimi ortishiga olib keladi.
RAAS ingibitorlari spetsifik ta’sir nuqtalari qizil bilan ajratilgan.
Batafsil ma’lumotlar: 👉 «Renin-angiotenzin-aldosteron sistemasi ingibitorlari»
(www.Gippokamp.uz) 😃
• Umumiy ma’lumot
• Umumiy tushuncha
• Farmakodinamika
• Nojo’ya ta’sirlari
• Qarshi ko’rsatmalar
• Dorilar bilan o’zaro ta’siri
• Qo’shimcha tavsiyalar
Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃