en
Feedback
MATBUOT XIZMATI

MATBUOT XIZMATI

Open in Telegram

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi matbuot xizmati Admin: @SALIMOVNA_0128

Show more
674
Subscribers
-224 hours
+97 days
No data30 days
Posts Archive
“KELAJAK SOATI” DOIRASIDA O‘QUVCHILAR HOLIDAN XABAR OLINDI Har payshanba kuni ta’lim muassasalarida o‘tkazib kelinayotgan “Ke
+8
“KELAJAK SOATI” DOIRASIDA O‘QUVCHILAR HOLIDAN XABAR OLINDI Har payshanba kuni ta’lim muassasalarida o‘tkazib kelinayotgan “Kelajak soati” mashg‘ulotlari doirasida SamDCHTI akademik litseyida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy-ma’naviy holatini o‘rganish hamda tarbiyaviy muhitni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan akademik litsey direktori D. Islomov hamda rahbar xodimlar tomonidan TTJda istiqomat qiluvchi o‘quvchilarning holidan xabar olindi. O‘quvchilarning yashash sharoitlari, kundalik ehtiyojlari va muammolari o‘rganilib, ular bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, rahbariyat ovqatlanish jarayonida bevosita ishtirok etib, taomlarning sifati, ovqatlanish tartibi va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bilan yaqindan tanishdi. Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, ularning xavfsiz va qulay sharoitda ta’lim olishi hamda yaxshi yashashini ta’minlashga xizmat qilmoqda. @matbuot_info

❗️Senat “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartiris
❗️Senat “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni ma’qulladi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

“Mening oilam — Vatanning bir bo‘lagi” Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Mus
+5
“Mening oilam — Vatanning bir bo‘lagi” Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar “Mening oilam — Vatanning bir bo‘lagi” mavzusiga bag‘ishlanib, unda o‘quvchilarga oila — jamiyat va Vatan taraqqiyotining muhim asosi ekani, oiladagi mehr-oqibat, milliy qadriyatlar va Vatanga sadoqat tuyg‘ularining ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Darslar davomida o‘quvchilar o‘z oilasi, Vatan oldidagi burchi va kelajakdagi maqsadlari haqida fikr almashdilar. @matbuot_info

Qadrli 1-kurs o‘quvchilari hamda faoliyatini yangi ta’lim muassasamizda boshlagan ustozlar! Sizlarni Axborot-resurs markazi (
Qadrli 1-kurs o‘quvchilari hamda faoliyatini yangi ta’lim muassasamizda boshlagan ustozlar! Sizlarni Axborot-resurs markazi (ARM) a’zoligiga ro‘yxatdan o‘tish uchun ARMga tashrif buyurishingizni so‘raymiz.
O‘zingiz bilan quyidagi hujjatni olib kelishingiz kerak: 📌 3 dona 3×4 hajmdagi rasm.
Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ARM xodimlari bilan shaxsan uchrashishingiz so‘raladi. Hurmat bilan, ARM jamoasi.

#Bilimlar_kuni! Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35
+8
#Bilimlar_kuni! Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi — “Bilimlar kuni” munosabati bilan “Mustaqillik — buyuk ne’mat, bilim — buyuk kuch!” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” g‘oyasi asosida tashkil etilib, unda akademik litsey rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, mehmonlar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida akademik litsey direktori Dilshodxon Umarovich Islomov so‘zga chiqib, ustoz va o‘quvchilarni Mustaqillik bayrami hamda yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Muddatidan oldin oliygoh talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan, fanlardan yuqori darajadagi sertifikatlarga ega o‘quvchilarning yutuqlari alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida barcha o‘quvchilar yangi o‘quv yilidagi ilk mashg‘ulot — Mustaqillik darsiga taklif etildi. @matbuot_info

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini shunday tilaklar bilan yakunladi: – Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini al
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini shunday tilaklar bilan yakunladi:  
– Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!   Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!   Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!   Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan yana bir bor tabriklayman.   Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!   Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!   Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Davlatimiz rahbari xalqimizga bir fikrni ishonch bilan aytmoqchi ekanini ta’kidladi. – Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib
Davlatimiz rahbari xalqimizga bir fikrni ishonch bilan aytmoqchi ekanini ta’kidladi.  
Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz!   O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.   Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘qligi ta’kidlandi.   Yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot hamda buyuk kelajagimizni birgalikda barpo etishga da’vat qilindi.   Prezidentimiz matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetishiga ishonch bildirdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi Talabalar turar joyiga 2026/2027-o‘quv yilida boshqa viloyatlar va olis tumanlardan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining  joylashganligi RO‘YXATI 1-kurs 1 HikmatullayevQuvonchbek 2 Kuchimova Dilnavoz 3 Arslonova Emina 4 Qurbonov Shoxruz 5 Esirgapova Soxibjamol 6 Raxmatullayev Diyorbek 7 Abulqosimova Shaxzoda 8 ShamsiyevJasurbek 9 Baxtiyorova O‘g‘iloy 10 Nurmuhammadova Nargiza 11 Axmedov Zafar 12 Bekmirzayeva Iroda 13 Yaxshiliqova Umida 14 Nematova Dilnigor 15 Sherxonova Charos 16 Kamikov Behruzbek 17 Abdushopiyeva Orasta 18 O‘ktamov Abdulloh 19 Normurodov Asilbek 20 Nabijonova Ruxshona 21 Mamanazarova Nigina 22 Ro‘ziboyeva Charosxon 23 Kurbonboyeva Hilola 24 Murodova Zarina 25 Normurodova Shabnam 26 Abdunabiyeva Mijgona 27 Aliqulova Jasmina 28 Xoshimurodova Sevara 29 Toshtemirov Soxib 30 Qo‘rg‘onboyev Akromjon 31 Toshbekov Mehroj 32 Djuroqulova Asal 33 Sherqulova Yulduz 34 Toshpo’latova Jasmina 35 Husanov Javoxir 36 Islomov Saidislom 37 Olimova Chulponoy 38 Mahmudov Kamronbek 39 Zaribqulova Xumora 40 Isomiddinova Durdona 41 Qarshiyev Mustafo 42 Anorova Bahora 43 Ochilova Malika 44 Raxmatullayev Azizbek 45 Xolbekova Shabnam 46 Ubaydullayeva Nafisa 47 Mamasalayeva Dilnura 48 Abdujalilov Maxmudjon 49 Ko‘bayev Abdusamat 50 Raxmonova Muslimaxon 51 Shermamatova E’zoza 2-kurs 1 Raxmatullayeva Mashhura 2 Baxtiyorova Ozoda 3 Nortosheva Samira 4 Aminova Iroda 5 Ismoilova Gulizahro 6 Bekmurodova Gulizebo 7 Normurodova E’zoza 8 Usanova Shaxrizoda 9 Abduxalilova Zarnigor 10 Xasanova Muslima 11 Normamatova Maxliyo 12 Nuriddinov Abdulaziz 13 Bekmurodova Robiya 14 Muxtarova Mohinur 15 Abdunabiyeva Mahliyo 16 Absaitova Durdona 17 Turanova Sabina 18 Mansurova Norgul 19 Ergashova Umida 20 Mirzayeva Zilola 21 Nasrullayeva Uffora 22 Shakarov Javoxir 23 Abdurasulova Gulsevar 24 Qarshiboyeva Madina 25 Ismoilova Elnora Yuqorida nomlari ko'rsatilgan o'quvchilar 2026-yilning 1-sentabr kuni soat ertalabki 08:00dan kechgi 17:00gacha kelib Talabalar turar joyiga joylashishlari talab etiladi!!! @matbuot_info

photo content

Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoy
Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoyon"
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,
– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlanadi! O‘zbek kelayotir tarix qa’ridan! @matbuot_info

⚡️Darslar qachondan boshlanishi e’lon qilindi Oliy ta’lim tashkilotlarida: ✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan; ✅2-bo
⚡️Darslar qachondan boshlanishi e’lon qilindi Oliy ta’lim tashkilotlarida: ✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi. Akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi. 👉 @xushnudbek 👈

#Qabul_2026 #Muhim Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin Super-kontrakt miqdor
#Qabul_2026 #Muhim Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin Super-kontrakt miqdori quyidagicha: ➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi; ➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi; 👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa, tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin. 📢 Eslatma: Ushbu summalar bir necha yildan beri amal qilib keladi va yangi o'quv yili uchun o'zgarishi mumkin. ❗️ Ma'lumot uchun, Samarqand davlat chet tillar institutida Super kontrakt boʻyicha arizalar qabuli boshlangan. Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

❓Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? 2025-yil 24-dekabrda imzolangan “2026-yilda rasm
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? 2025-yil 24-dekabrda imzolangan “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan 2026-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.   📌Unga ko‘ra, 31-avgust — dushanba kuni barcha xodimlar uchun, ya’ni ish haftasining 5 yoki 6 kunligidan qat’i nazar, qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.   Shuningdek, 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram kuni sifatida dam olinadi.   Shu sababli:   — 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 29-avgust, shanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 4 kun dam oladi;   — 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 30-avgust, yakshanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 3 kun dam oladi.

Mehr faqat insonlarga emas, atrofimizdagi har bir jonzotga ham kerak Bir kosa suv, bir parcha ozuqa yoki shunchaki shafqatli munosabat — kim uchundir kichik ish boʻlishi mumkin. Ammo jonivor uchun bu hayotni saqlab qoluvchi mehr ifodasidir. Jamiyatning insonparvarligi eng avvalo ojizlarga boʻlgan munosabati bilan oʻlchanadi. Hayvonlarga mehr-shafqat koʻrsatish, ularni asrash va himoya qilish — nafaqat qonun talabi, balki har birimizning insoniy burchimizdir. Keling, mehr ulashaylik. Chunki ezgulik har doim kichik qadamdan boshlanadi. #MehrUlashing #JonivorlargaMehr #HayvonlarniAsraylik #EzguQadriyatlar #Yalpiz_Darxan Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

+2
Aniq fanlar.xlsx0.12 KB

#mandat #akademik_litsey ⚡️SamDCHTI akademik litseyiga kirish test natijalari tayyor! Tanishib chiqishingiz mumkin!
#mandat #akademik_litsey ⚡️SamDCHTI akademik litseyiga kirish test natijalari tayyor! Tanishib chiqishingiz mumkin!

#mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼl
#mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

💧Suvni asrashni bugundan boshlaylik
Suv – hayot manbai bo‘lib, uni asrash va oqilona foydalanish har birimizning muhim burchimizdir. Bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish, isrofning oldini olish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qabul2026 #Abituriyent2026
Akademik litseylarga qabul test sinovlari
📆 Avval xabar qilinganidek, 24-25-iyul kunlari Akademik litseylarga qabul test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 📊 Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 66 033 nafar abituriyentdan 57 ming nafardan ortig‘i ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari tartib-qoidani buzganligi sababli jarayondan chetlatildi. 📣 Eslatma, imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi. 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube