en
Feedback
SamDU Yoshlari

SamDU Yoshlari

Open in Telegram

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi BT tomonidan tashkil etilgan yangiliklar kanaliga xush kelibsiz! Murojaat uchun: +998939470051

Show more
9 034
Subscribers
+18024 hours
+2597 days
+31530 days
Posts Archive
Repost from SamDU Yoshlari
🔊🔊🔊🔊 📌 SIZ HAM O‘ZINGIZNI RIVOJLANTIRISHNI XOHLAYSIZMI? Unda shunchaki imkoniyatlarni kuzatib qolmang — o‘zingiz uchun ham yangi imkoniyatlar yarating! 🤩Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar kengashi o‘z safini faol, tashabbuskor va lider yoshlar bilan kengaytirmoqda. Agar siz o‘z ustingizda ishlashni, yangi tajribalar orttirishni va universitet hayotida faol ishtirok etishni istasangiz, Yoshlar kengashi hamda fakultet (institut) yoshlar koordinatori bo‘lish uchun o‘z nomzodingizni ilgari surishingiz mumkin. ❓Bu sizga nimalar beradi?
— Faol va maqsadli yoshlar jamoasi bilan ishlash; — Liderlik va jamoani boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish; — Muloqot, tashabbuskorlik va mas’uliyat kabi muhim kompetensiyalarni shakllantirish; — Viloyat va Respublika miqyosida tashkil etiladigan loyihalarda ishtirok etish; — O‘z g‘oyalaringizni ilgari surish va amalga oshirish imkoniyati; — Yangi tajriba va professional aloqalar orttirish; — Faoliyatingiz uchun moddiy rag‘batlantirilish.
🎯 Kimlar ishtirok etishi mumkin? Liderlik qobiliyatiga ega, jamoa bilan ishlashni biladigan, tashabbuskor, mas’uliyatli va o‘z ustida ishlashga intiladigan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalari va magistrantlari Yoshlar kengashi jamoasiga qo‘shilishlari mumkin. ✅ Sizning tashabbusingiz — yangi imkoniyatlar boshlanishi bo‘lishi mumkin. Murojaat uchun: @boliyevabaxora Arizalar qabul qilish oxirgi muddati: 10.09.2026 📲"SamDU Yoshlari"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | Facebook

Repost from SamDU Yoshlari
#Qalqon Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zoligiga qabul boshlandi. ⚡️"Qalqon" jamoatchilik guruhiga tashabbuskor, fidoiy, jamoat ishlarida faol bo'lgan talabalarni qabul qilamiz. "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zosi bo'lgan universitet talabalari ✔️ Universitet tomonidan moddiy rag'batlantirilib boriladi; ✔️ Maxsus ajratuvchi belgilarga ega bo'lgan kiyim (forma) va a'zolik guvohnomasi bilan ta’minlanadi. ❗️"Qalqon" jamoatchilik guruhiga a'zo bo'lish istagida bo'lgan talabalar murojaat qilishlari mumkin. 🕖"Qalqon" jamoatchilik guruhiga nomzod talabalarni ro'yxatga olish 2026-yil 10-sentabr, soat 00:00 ga qadar davom etadi. 📥Murojaat uchun: Boliyeva Baxora @boliyevabaxora 📲"SamDU Yoshlari"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | Facebook

Repost from Allayor Norboyev
Liderlar xaqida gap ketayapti.

🔎Tanishtiruv haftaligi davom etmoqda… ✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube

Insonning haqiqiy qadri uning boshqalarga qilgan yaxshiligida namoyon bo‘ladi. Atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lis
Insonning haqiqiy qadri uning boshqalarga qilgan yaxshiligida namoyon bo‘ladi. Atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish doimo katta kuch hisoblanadi. Usmonova Mashhura Zafarjon qizi LIDERLAR.UZ ensiklopediyasiga kirish uchun quyidagi havolani bosish orqali ariza qoldiring! Liderlar.uz | Instagram | @uzlye_rasmiy

📌Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlang
+6
📌Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi... ✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube

#tanishtiruv_haftaligi 🔰 Biokimyo institutida tanishtiruv haftaligi davom etmoqda! 📌 Biokimyo institutida 1-kurs talabalari
+8
#tanishtiruv_haftaligi
🔰 Biokimyo institutida tanishtiruv haftaligi davom etmoqda!
📌 Biokimyo institutida 1-kurs talabalari bilan navbatdagi tanishtiruv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yangi talabalarga institut va universitet hayoti, ta’lim jarayoni, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 📚 Uchrashuv davomida talabalarning yangi muhitga tezroq moslashishi, o‘quv jarayoniga faol kirishib ketishi hamda universitet hayotida o‘z o‘rnini topishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar uchun tashkil etilayotgan turli loyihalar, tanlovlar, tadbirlar va tashabbuslar haqida ham tushunchalar berildi. ⚡️ Yangi talabalar uchun yangi muhit, yangi tanishuvlar va yangi imkoniyatlarga boy ushbu uchrashuv iliq taassurotlar bilan yakunlandi. 📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | Facebook

“Harakat qiling o‘sing, ishoning — sizning chegarangiz faqat o‘zingiz qo‘ygan chegaradir.” Djurakulova Nilufar Nodirovna LIDE
“Harakat qiling o‘sing, ishoning — sizning chegarangiz faqat o‘zingiz qo‘ygan chegaradir.” Djurakulova Nilufar Nodirovna LIDERLAR.UZ ensiklopediyasiga kirish uchun quyidagi havolani bosish orqali ariza qoldiring! Liderlar.uz | Instagram | @uzlye_rasmiy

📌Samarqand davlat universitetining Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish institutida yangi o‘quv yili boshlan
+9
📌Samarqand davlat universitetining Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish institutida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. ✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube

#SamDU_yoshlari #tonggi_motivatsiya 📌“Fan — inson tafakkurini yoritadigan nurdir.” 🔆Bizni kuzatishda davom eting. Zero, eng
#SamDU_yoshlari #tonggi_motivatsiya
📌“Fan — inson tafakkurini yoritadigan nurdir.”
🔆Bizni kuzatishda davom eting. Zero, eng yaxshilari doim biz bilan❗️ 📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | Facebook

Katta o‘zgarishlar jasorat bilan tashlangan kichik qadamdan boshlanadi. Sizning g‘oyangiz, harakatingiz va ishonchingiz kelaj
Katta o‘zgarishlar jasorat bilan tashlangan kichik qadamdan boshlanadi. Sizning g‘oyangiz, harakatingiz va ishonchingiz kelajakni o‘zgartiradi. Raxmonqulova Sevinch Abror qizi LIDERLAR.UZ ensiklopediyasiga kirish uchun quyidagi havolani bosish orqali ariza qoldiring! Liderlar.uz | Instagram | @uzlye_rasmiy

🇺🇿 O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TANLOV E’LON QILINADI! Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabat
🇺🇿 O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TANLOV E’LON QILINADI! Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan ijodkor va faol yoshlar o‘rtasida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov tashkil etiladi: 📸 “ENG YAXSHI FOTOALBOM” 🎵 “ENG YAXSHI QO‘SHIQ” ✨ O‘z ijodingizni namoyish eting, iste’dodingizni ko‘rsating va munosib taqdirlaning! 📅 Tanlov muddati: 18-sentabr 📩 Murojaat uchun: 👉 @Ma_Zafarovna 📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | Facebook

Repost from SamDU Yoshlari
#Qalqon Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zoligiga qabul boshlandi. ⚡️"Qalqon" jamoatchilik guruhiga tashabbuskor, fidoiy, jamoat ishlarida faol bo'lgan talabalarni qabul qilamiz. "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zosi bo'lgan universitet talabalari ✔️ Universitet tomonidan moddiy rag'batlantirilib boriladi; ✔️ Maxsus ajratuvchi belgilarga ega bo'lgan kiyim (forma) va a'zolik guvohnomasi bilan ta’minlanadi. ❗️"Qalqon" jamoatchilik guruhiga a'zo bo'lish istagida bo'lgan talabalar murojaat qilishlari mumkin. 🕖"Qalqon" jamoatchilik guruhiga nomzod talabalarni ro'yxatga olish 2026-yil 10-sentabr, soat 00:00 ga qadar davom etadi. 📥Murojaat uchun: Boliyeva Baxora @boliyevabaxora 📲"SamDU Yoshlari"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | Facebook

📌Samarqand davlat universitetida 1-bosqich talabalar uchun “Kelajak soati” darslari o‘tkazilmoqda. ✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi
+8
📌Samarqand davlat universitetida 1-bosqich talabalar uchun “Kelajak soati” darslari o‘tkazilmoqda. ✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi Hukumat qarori (463
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (463-son, 04.09.2026-y.) bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 🏛 Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi. ⏳ Nizomga ko‘ra, tanlov har yili sentabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🤑 Tanlov 2 bosqichda tashkil qilinib, 1-bosqich barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zlarining talabalari uchun o‘tkaziladi. ✅ Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. 🧾 Ta’lim tashkilotlari har yili 10-sentabrda tanlovning 1-bosqichiga arizalar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon beradi. 🔘 Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi. ⭐ Tanlovda innovatsion g‘oyalar saralash va tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi: ➖ innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha; ➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha; ➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha. 💸 Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi: ▪️ 1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m; ▪️ 2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m; ▪️ 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m. ✉️ Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi: ▫️ 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m; ▫️ 2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m; ▫️ 3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn