en
Feedback
Gipsofila

Gipsofila

Open in Telegram

Sen eshitganlaringni eng yaxshilarini yozib ol, yozib olganlaringni eng yaxshisini yod ol.

Show more
The country is not specifiedReligion & Spirituality134 731
613
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-1230 days
Posts Archive
Men faqat insonlardan mardlik kutgandim xolos... so'zlarida amalida, xullas hayotida...

Bilasizmi siz qabih insonlarni deya hech ham o'zgargim yo'q. Siz aldasangiz bu sizning muammoyingiz men shunchaki samimiy holda ishona olaman. Mayli sizningcha "sodda" "laqma"ligimcha qolay lekin insonlarning so'zlariga ishonishda davom etaveraman, ishonamanki o'zini hurmat qilgan inson hayotida yolg'on ishlatmaydi)

"Men gapirsam" odamlar nima deydi axir💔

Har bir insonni tinglab ko'rsang hammaning o'z haqiqati bor. U ham haq bu ham anovi ham men ham sen ham. Hammamiz haqmiz. Ikki tarafni eshitsang ham ikkovi ham haq faqat o'rtada bir narsa yo'q u nima ekanligini bilmayman. Hamma haqgo'y bo'lgan bu zamonda men sukutni tanladim) Zotan sening haqiqatingning hech kimga qizig'i ham yo'q.

Repost from N/a
Ayni odam bo'ldim deganingdaaa...

Repost from N/a
«لا ، أنت لست وحدك! كنت مثل كتاب المتربة مع محتوى جيد جدا ، على أعلى الرف ، إلا أن الاهتمام سوف تلاحظ لك.» Yo'q, siz yolg'iz
«لا ، أنت لست وحدك! كنت مثل كتاب المتربة مع محتوى جيد جدا ، على أعلى الرف ، إلا أن الاهتمام سوف تلاحظ لك.» Yo'q, siz yolg'iz emassiz! Siz javonning eng tepasidagi yaxshi mazmunga ega bo'lgan va chang bosib yotgan kitobga o'xshaysiz, faqat diqqatli insonlargina sizni payqashadi. #tarjima

Ichikdim, kuzga...

Seni kutdim do'stim

Haqiqiy erkak va haqiqiy ayol... Har ikkalasiz musibatda, og'ir kuningda bilinadi. Haqiqiy erkak senibojizligingda tashlab qo
Haqiqiy erkak va haqiqiy ayol... Har ikkalasiz musibatda, og'ir kuningda bilinadi. Haqiqiy erkak senibojizligingda tashlab qo'ymaydi. Tashvishlar yelkangni bukib qo'yganda, tizzalaring bu og'irlikni ko'tara olmay qolganda sendan kuchli va sabrli bo'lishni emas, senga tirgak bo'lishni tanlaydi, qaddingni tik tutishing uchun qo'llaringni hech qo'yib yubormaydi. Sening g'amingga sherik bo'la oladi. Ojizligingni his qila oladi. Haqiqiy ayol esa har qanday vaziyatda seni qo'llab quvvatlaydi. Nochorligingda sabr qiladi. Butun olam boshingga qular darajaga kelganida shirin so'zi ila qo'llaringdan tuta oladi. Hamma sendan yuz o'girsada sen bilan birga tura oladi. Haqiqiy inson mazlumligingda bilinadi. "Urushdan keyin qahramon ko'p bo'ladi" deganlaridek urushdan keyin emas ayni jangda senga qalqon bo'la oluvchi insobgina haqiqiy erkak va ayoldir.

Repost from person's
Bu turdagi mavzular ixtilofli, munozarali. Imkon qadar shular haqida yozmayman, endi qo'shilmayman deyman-u, qo‘lim, tilim qichib turadi... Shaxsan men umuman erta turmushga qarshi bo'lmaganman, bo‘lmayman ham. Feminstmisiz deganlar ham bo'libdi. Men "izm-izmlarga" qandaydir "tenglik talab qiladiganlarga" tish-tirnog‘im bilan qarshiman, umuman ularning so'ngi jirkanch g‘oyalarigayam shu paytgacha tushunmaganman, qiziqmaganman ham. Turmush qurishga kelsak. Kim xohlasa, o'shanda oila qursin, sababi hamma o'zini boshidan qanday "bosimlar" qanday vaziyatlar o‘tayotganini faqat o'zi va Alloh biladi. Lekin, hayotida eng muhim qarorni qabul qilayotganda kimdir tepasida turib, "sen tengilar!" kabilarni aytib, shoshirishi to'g'rimi? Yana men farzandlarga achinaman. Men hozir eng oddiy 56 ballniyam ololmagan, minglab yoshlarning oila qurishi va ularni ota-ona bo‘lishi haqida gapiryapman. Men oilada hamma bir-birini tushunib, bir-biridan chindan rozi bo‘lib, sog'lom muhitdan quvonib yashashlarini istayman. Ota-ona muhim. Ular na'muna. Parallel tarzda o‘rganaman deydiganlar ham bor, eplashga ko'zingiz yetsa, Alloh ziyoda qilsin, marhamat. Meni fikrim shu.

"G'arbga ergashmang oila quring deya aytgan insonlar men oila qurmang deganim yo'q." Oila qurish kerak, oiladek farog'at yana jamil tushuncha bormikin dunyoda? Afsuski hozir bizda Rosululloh s.a.v zamonidek farosat, aql, zakovat yetishmaydi. Bu yashirin narsa emasku? Oisha Siddiqa r.a 9 yoshlarida yetishgan zakovat va farosatga 50 ga kirsak ham yetisha olishimiz dargumon. Bunga erisha olmaymiz ham. Iltimos, buni targ'ib deya bir narsalar o'ylab topmangiz. Maktabdagi o'quvchilar salohiyati hech birimizga sir emasku?

Va "Sen tenglilarning ikkita bolasi bor" deguvchilar, sizga bo'lgan "hurmatim" oshib boryapti. Qo'ying lutfan men ham yashay! Yo'q qiziqda bu jamiyatimizda qachon barcha faqatgina farzandlarini turmushga berib qutilsa bo'ldi, marra seniki degan qarash qachondan shakllandi ekan? Keyingi hayotchi bo'ldimi inson faqatgina nasl qoldirish uchun yashayaptimi shunda bu olamda? Eehhh💔

Xuddiki, oila qurib bir necha yil yashab qo'ygan onaxon kabi gapiribman-u, lekin ichimda bir nimalar chil-chil bo'lmoqda... Hech bo'lmasa yozib, saal o'ziga keltiray)

Yana bir gap men yosh turmush qurish tarafdoriman albatta. Lekin asosan farzand tarbiyalovchi ayollar ekanligini hisobga oladigan va maktabda o'rganganlarni hisobga oladigan bo'lsak mutlaqo maktabni bitiroboq turmush qurishga qarshiman. Inson o'zi tarbiyaga muhtoj bo'la turib birini go'zal tarzda tarbiya qila oladimi? Hali hech narsani bilmaydigan yosh bolalarga buni ravo ko'rish qanchalik to'g'ri. Turmushni faqat supur-sidir, ovqat qilishdan iborat qilib ko'rsatgan shu jamiyatni boshini borib yorgim keladi. To'g'ri bola o'zi ham katta bo'la oladi, unga yetarlicha vaqt ajratilmasa ham katta bo'laveradi, lekin u inson. Uni mustaqil bir shaxs sifatida tarbiyalash uchun inson avvalo o'zi mustaqillik nima ekanligini biliahi kerak. Birgina kasbni egallash uchun 11 yil maktabda, yana 4 yil Oliy talimda yana magistr doktoranturalarda o'qir ekanmiz, jamiyatning bosh asosi bo'lgan oila uchun nega o'qimaymiz? Aslida biz ayollarning asl vazifamiz bo'lgan er rizoligiyu, yana farzand tarbiyasi uchun o'qimay turib, o'rganmay turib o'qish oqil insonni ishimi? Faqatgina "Baxtiyor oila" ni o'qisam bo'ldi, hayotim baxtga to'ladi deydigan insonlar adashasiz...

Universitetda oxirgi yillarni hiirooz hisobga olmasa doimo yaxshi o'qishga, yaxshi baho olishga harakat qilganman. (aksar holda ataylab ro'molim uchun past ball qo'ygan o'qituvchilarni unutmadim ammo) Buning birinchi sababi ota-onamning menga bildirgan ishonchi bo'lsa, ikkinchidan mening mas'uliyatim deb hisoblayman. To'g'ri, har doim ham eng yaxshi bo'la olmasligim mumkin lekin bir muslima o'laroq dinimga "qoloq" sifatida qarashlarini istamayman. Shuning uchun ko'proq harakat qilishga intilaman, meni ko'rishsa din o'rganishdan iborat ekabligini aslida biz istayotgan "susambil" islomda ekanligini bildirishni istayman. (Alloh muvaffaq qilsin) Shuning uchun yaxshiroq o'qishga intilaman. Ba'zan juda jaxlim chiqadi bilasizmi ro'mol o'raganlar uchun shunday majlislar qilishadiki, xuddiki biz kitob nimaligini, hatto yozish, o'qish nima ekanligini bilmaydigan bir shaxsdek muomala qilishadi. Zamonaviy ilmlar, tillarni o'rganishga targ'ib qilishadi. Buni nimasi yomon deysizmi? Tushunyapsizmi bunday majlisni faqatgina o'ranganlar uchun qilishadi. Bizni shunga muhtoj, bilmaydi, o'rganmaydi deb bilishadi va ortidan "ma'naviyatini oshirish uchun" qilingan majlis deya ijtimoiy tarmoqqa joylashlari qanchalik og'ir ekanligini his qilyapsizmi? Shu qarashlarni sindirish, islom ummati qoloq emasligini bildirish, muslima opa-singillarni ko'rishsa "eskicha" emas eng ilmli inson o'laroq qarashlarini istayman. Balki bu qarashlarni o'zgartira olmasman, loaqal Ibrohim a.s uchun suv tashigan chumoli kabi bo'la olarman balki.

Qayerdan bilasan deysizmi? O'ylaysizki, faqat siz shunday muammoga, shunday muvaffaqiyatsizlikka uchradingiz. Axir biz bitta jamiyatda, hamma robotdek bir xil o'ylashi kerak bo'lgan jamiyat farzandlarimiz. Siz kabi men ham krasovka kiyganim uchun bir necha marta gap eshitgan, ro'molim uchun bir necha marta barchaning oldida tik turishga majbur bo'lganman. Shu tentakona zanjirni uza olish uchun ham ilm kerak bizga. Bu zanjirni ko'ra olayotgan biz ekanmiz uni uzuvchi ham biz emasmizmi? Bir necha yil oldin menga ham xuddi siz kabi o'qishga kirsang kirding yoki erga beramiz kabi gaplar bo'lgan. Bunaqa yo o'qish yo er kabi tanlovdan boshqa yo'llar borligini bilmaganman afsuski. Oldimda faqat shu ikki yo'lgina bor xolos deb o'ylaganman. Achinarli tuyuladi menga💔 Biz bundanda ko'proq yo'llar borligi, hayot faqatgina o'qish yoki turmushdangina iborat emasligini farzandlarimizga ko'rsata olish uchun ham ko'proq ilm olishimiz kerak. Shu ahmoqona ajdodlarimizdan beri o'tib kelayotgan mustahkam zanjirni uza olishimiz kerak. O'zimiz qila olmagandan keyin, "buyuk kelajakni yoshlar quradi" deya biqinib oladigan, barcha narsaning rasvosini chiqarib bo'lgach yoshlardan binnimalar kutadigan darajada xudbin emas, yo'l ko'rsata oluvchi biri bo'lishimiz kerak.

Birgina shamol esishidan yiqilib qoladigan bo'lsak bu gavdani nima deb ko'tarib yuribmiz? "Horton" multfilmda zo'r gap bo'lardi: "Muhimi yashab ketishingga ishon" Ishonch va umid bizni yuksaltira oladi

O'qishga kira olmagan do'stlar buuncha ezildingiz, shu bilan hayotingiz tugab qoldimi axir? Alloh nasib etsa bo'ladi yo'qsa yo'q. Bilaman, bilaman siz bir necha yil shu oliygoh uchun tunni tun kunni kun demadingiz. Lekin hali oxirgi bekatga yetib kelmadingiz. Sizni bundanda buyukroq yuksakroq marralar kutayotgandir balki?Aytgancha qizlar uchun alohida, o'qishga kirsang kirding yoki "turmush oliy ta'limi" kutmoqda qabilidagi gaplar ostida qolgan bo'lsangiz, unutmang insonlar, gaplar bir vositachi xolos har bir narsa Allohdandir) harakatdan to'xtamang, sizni qo'lingizdan keladi. Sizga ishonaman faqatgina siz ham ishoning. Sizga nisbatan ancha qiyinroq ekanligini ham bilaman. Ammo, "bo'l" desa osonlikcha bo'ladigan Zotning quli ekanligingizni unutmang🍀 Do'stim siqilib o'tiraversangiz sizga qarab o'tirmay vaqt ham zing'illab o'rmtaveradi. Shunchaki o'rningizdan turing bu yiqilishlar qayta kuchliroq bo'lishingizga bir yo'l xolos. Muhimi qayta tura olish)

Masalan meni kursdan kursga qoldirisharkanmish)

Masalan meni kursdan kursga qoldirisharkan) Menga Pushkin bir jahon...