cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

QMA Moynaq rayonı Qánigelestirilgen mektep

Prezident bilimlendiriw mákemeleri agentligine qaraslı Moynaq rayonı Qánigelestirilgen mektebi málimleme xizmeti Múráját jollaw ushın: @pbma_moynaq_bot

Show more
KazakhstanThe language is not specifiedEducation83 195
Advertising posts
304
Subscribers
-124 hours
-47 days
-1830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Ҳүрметли Ўатан қорғаўшылары! Қәдирли Ўатанласлар! Сизлерди, сизлер арқалы пүткил халқымызды Өзбекстан Республикасы Қураллы Күшлери шөлкемлестирилгенлигиниң 32 жыллығы ҳәм Ўатан қорғаўшылары күни мүнәсибети менен шын жүректен қутлықлаймыз. Бәршени дөретиўшилик ислерге руўхландыратуғын бийбаҳа байлығымыз – бул елимиздиӊ тынышлығы, миллетлер аралық дослық ҳəм халқымыздың абадан турмысы болып табылады. Солай екен, ата-бабаларымыздан бизге мийрас болып киятырған Ана-Ўатанымызды қәстерлеп-сақлаў, елимиздиң тынышлығын тәмийинлеўде сиз пидайы инсанлардың мийнетлериңиз айрықша. Биз сизлердиң тымсалыңызда миллий армиямызға таўдай таяныш болып турған уллы руўхый күшти көремиз. Әскерий тараўды раўажландырыў, оның күш-қудиретин арттырыў бағдарындағы жумыслар, халқымыз тынышлығын қорғаўдағы ийгиликли ислер "Халық пенен армия - бир пүтин" деген уллы идеяны әмелде тәмийинлеўге хызмет етпекте. Ҳүрметли Ўатан қорғаўшылары! Сизлерди және бир мәрте Өзбекстан Республикасы Қураллы Күшлери дүзилгенлигиниң 32 жыллығы ҳәмде Ўатан қорғаўшылары күни мүнәсибети менен қутлықлап, елимиз абадан, аспанымыз ашық, тынышлығымыз мәнги болыўын тилеп қаламыз. Аманбай Орынбаев Қарақалпақстан Республикасы Жоқарғы Кеңесиниң Баслығы Каналға ағза болыў: @joqargikenes Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Show all...
00:20
Video unavailableShow in Telegram
Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor. Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega. Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar. Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir. Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Show all...
14-yanvar — Vatan himoyachilari kun_.mp423.15 MB
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
00:11
Video unavailableShow in Telegram
4.27 MB
🔥 5
02:22
Video unavailableShow in Telegram
#Tabrik Yakunlanib borayotgan 2023-yil mamlakatimiz uchun barcha jabhalarda barakali yil boʻldi, deyishimizga barcha asoslarimiz bor. “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da ham Davlatimiz Rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Shu yil qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ham ta’lim sifati va o‘qituvchi maqomini oshirish masalasi Yangi O‘zbekistonda ortga qaytmas islohotlarning muhim bo‘g‘iniga aylanganidan dalolat beradi. Prezidentimizning sohaga qaratayotgan eʼtibori sababli Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlarning bir qismigina aks ettirilgan videolavhani eʼtiboringizga havola etmoqchiman. Erishilgan yutuq va natijalar bilan faxrlanish yaxshi, albatta. Lekin jonajon xalqimiz oldidagi hisobdorlik masʼuliyatni bir soniya ham esdan chiqarishga haqqimiz yoʻq. Bu yil ham oldimizga ulkan marralarni qoʻyganmiz, farzandlarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Ishonamanki, 2024-yil yakunlari boʻyicha ham siz azizlarning oldingizda yuzimiz yorugʻ boʻladi. Aziz hamyurtlar, muhtaram ustoz va murabbiylar, ilmga chanqoq oʻgʻil-qizlarimiz barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2024-yilingiz bilan tabriklayman! Barcha ezgu tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin! Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, yangi yutuq va zafarlar, oilaviy baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda ulkan yutuqlar, oʻqishlaringizda yuksak zafar va muvaffaqiyatlar olib kelsin! Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
Show all...
52.77 MB
👍 2
00:10
Video unavailableShow in Telegram
#Tabriknoma Aziz va muhtaram ustozlar, Qadrli hamkasblar! Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, barchangizga ulkan kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman. Yakunlanib borayotgan yilda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishda tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Shuningdek, tizim xodimlari chinakam katta ahil oilaga aylandik. Oldimizga qo‘yilgan murakkab vazifalarni sidqidildan bajarishga qodir mehnatsevar, ma’rifatparvar jamoa shakllandi. Bir necha soatlardan keyin boshlanajak yilda ham ta’lim islohotlari jadal davom etishiga, bu jarayonga katta-yu kichik hamkasblarimiz birdek mas’uliyat bilan hissa qo‘shishiga chin dildan ishonaman! O‘ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni o‘zaro hamjihatlik va g‘ayrat-shijoat bilan davom ettiramiz. Buyuk maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman! Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Show all...
IMG_1205.MP43.19 MB
👍 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.