en
Feedback
Abdurazzoq | Notes

Abdurazzoq | Notes

Open in Telegram

📈 Analytical overview of Telegram channel Abdurazzoq | Notes

Channel Abdurazzoq | Notes (@abdurazzoq_notes) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 15 828 subscribers, ranking 5 428 in the Religion & Spirituality category and 5 169 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 15 828 subscribers.

According to the latest data from 21 June, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 495 over the last 30 days and by -7 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 145.34%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 37.89% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 23 010 views. Within the first day, a publication typically gains 5 999 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 1 600.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Qaydlarda fikrlarim. @AbdurazzoqKhanov

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 22 June, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Religion & Spirituality category.

15 828
Subscribers
-724 hours
+247 days
+49530 days
Posts Archive
Ba'zi odamlar san'at ishlariga o'xshashadi. Qaraganingiz sari, ularni tushungingiz keladi.

Uzr so'rashni eplolmaymiz. Chunki uzr so'rash uchun avval aybdorligimizni tan olishimiz kerak.

Mahallangni hurmat qil, lekin butun dunyoga kerakli bo'l.

Har yili Ramazonda bir qiziq holatni kuzataman. Juda ko‘pchilik farz ibodatlarini qoldirib, nafl amallarga shoshiladi. Bomdodga turmaydi, lekin tarovehda oldingi qatorda bo‘ladi. Keyin e’tibor berib qarasam, hayotning boshqa jabhalarida ham xuddi shunday ekanmiz. Majburiyatlarimizni chetga surib, foydali, ammo muhim bo‘lmagan ishlar bilan o‘zimizni band qilib olamiz. O‘quvchilarim test ishlaydi, lekin uni tahlil qilmaydi. Biroq podkast eshitish va kino ko‘rishda hammadan oldinda. Uyda yaqinlarimizning bizga haqqi bo‘lib turadi, ammo biz do‘stlarga qarz berish bilan ovoramiz. Ba’zi qarzdorlar esa qo‘liga pul tushishi bilan sovg‘a va ehson tomon shoshadi. Haqdor esa yana kutib qoladi. Go‘yo fazilatli ishlar bilan shug‘ullanayotganimiz uchun o‘zimizni oqlaymiz. Holbuki, fazilat hech qachon majburiyatning o‘rnini bosa olmaydi. Majburiyatlarni qoldirib, fazilatlarni ustun qo‘yish ham bir turdagi zulmdir, balki.

Axlat bilan to'lgan miyadan hikmat chiqarmidi?

Solishtirish ham nafsning ishidir.

Reelslar, kinolar, kitoblar, odamlar, bloglar, musiqalar… Hammasi bizni chalg‘itadi. Lekin nimadan? Balki savolning o‘zi noto‘g‘ridir. Kimdan? O‘zimizdan. Ayniqsa, ichimizdagi savollardan. Biz qo‘rqamiz. “Men o‘zim xohlagan hayotda yashayapmanmi?” “Nima uchun harakat qilyapman?” “To‘g‘ri yo‘ldamanmi?” Shu kabi savollardan qo‘rqamiz. Chunki javoblarimiz hali tayyor emas. Yolg‘iz qolganimizda esa bu savollar eshigimizni taqillatishni boshlaydi. Shuning uchun ham sukutdan qochamiz. O'rniga esa o'zimizni keyingi reels, musiqa, uchrashuv, post, kino va kitobga otamiz... Hammasi o‘zimiz bilan yolg‘iz qolmaslik uchun.

Har besh daqiqada telegramni tekshirishni to'xtating. Baribir hech kim sog'inmaydi.

E'tibor bermasangiz, choy ham soviydi...

Tushunish uchun — Nega? Rejalash uchun — Qanday qilib? Boshlash uchun — Hozir nima qila olaman? Harakat uchun — Nimani kutyapman? Eng muhim savol — Endichi? U hech qachon tugamaydi.

Dunyo bizni ko'rishi uchun cho'qqiga chiqmaymiz. Dunyoni ko'rish uchun chiqamiz...

Niyatni to'g'irlasak, natijalar to'g'irlanadi.

Har bir boshlanishning yakuni bordir. Quyosh botishi esa yakunlar ham go'zal bo'la olishini isbotlaydi.

Paradokslar II — Arzimaydiganlar o'zini loyiq deb o'ylaydi. Loyiqlar esa arzimayman deb. — Seni tanqid qilganlar ko’pincha seni eng yaxshi ko’rganlardir. Befarqlar indamaydi. — Dardning cho'qqisi kulgu, baxtning cho'qqisi esa ko'z yoshdir. — Qancha ko’p o’rgansang, shuncha kam bilishingni anglaysan. — Kuchli g'oyalar band bo'lganda emas, zerikkanda keladi.

Rizq nimadur? Ko’pchilik rizqni faqat pul deb o’ylaydi. Aslida esa rizq ancha keng tushuncha: • Pul va mol-dunyo • Sog'liq • Ilm • Vaqt • Yaxshi turmush o'rtoq • Ota-ona va qarindoshlar • Solih farzandlar • Qalb xotirjamligi • Iymon va hidoyat • Hatto odamlarning sizga aytadigan gaplari ham rizq • Yana bir qancha sanalmagan sonsiz-sanoqsiz ne'matlar Ba’zan biz faqat yo’q narsamizga qaraymiz va rizqimiz tor deb o’ylaymiz. Holbuki, Alloh bergan ne’matlarning aksarini odatiy hol deb qabul qilib qo’yganmiz. Keyingi safar “rizqim nega tor?” degan fikr kelsa, avval qo’lingizdagi ne’matlarni sanab ko’ring. Balki rizqingiz o’ylaganingizdan ancha kengdir.

Sizning kutuvingiz sizning muammoyingiz.

Teng bo'lurmi? Ko'r bilan ko'zi ochiq teng bo'lmas. Zulmatlar bilan nur ham. Soya bilan jazirama ham. Xuddi shunday, bilgan bilan bilmagan teng kelmas. Mo'min bilan munofiq ham. Haq bilan botil ham.

Menimcha ishqdagi muvaffaqiyat — qalban ham, aqlan ham seva olishdir.

Yolg'on tasavvur uyg'otish ham yolg'on hisoblanadi.

Abdurazzoq | Notes - Statistics & analytics of Telegram channel @abdurazzoq_notes