en
Feedback
Asteroid B-612

Asteroid B-612

Open in Telegram

Har kimning o'z sayyorasi va unda kichkina shahzodasi bo'ladi Admin @oxunjonov_sardorr Reklama masalasida👇 https://t.me/reklama_paketlari t.me/reklamanatijalari_asteroid

Show more
4 543
Subscribers
-1024 hours
+1217 days
+17730 days
Posts Archive
Marina Tsvetayeva: Aytishlaricha, avgust kuzning hidini taratarmish. Bilmayman. Balki shundaydir... Ammo men yozning bu so‘ng
Marina Tsvetayeva:
Aytishlaricha, avgust kuzning hidini taratarmish. Bilmayman. Balki shundaydir... Ammo men yozning bu so‘nggi xayrlashuv salomini yaxshi ko‘raman. Bu mening oyim. Olmalar pishgan, kungaboqarlar hali dalalarda qad rostlab turibdi, asal ham tayyor bo‘ldi, georginalar esa to‘lib-toshib gullayapti... Quyoshning hali iliq nurlari rang-barang astralarni mehribonlik ila yengil quchoqlaydi, yulduzli yomg‘irlar qora osmonni yoritadi, polizlardan tarvuzlar keltirilmoqda. Kuz muqarrar yaqinlashayotgan bo‘lsa-da, avgust baribir hali yoz fasli...

Insonning xarakterini unga hech qanday naf keltira olmaydigan odamlar bilan, shuningdek, unga qarshilik ko‘rsata olmaydigan k
Insonning xarakterini unga hech qanday naf keltira olmaydigan odamlar bilan, shuningdek, unga qarshilik ko‘rsata olmaydigan kimsalar bilan qanday munosabatda bo‘lishiga qarab baholash mumkin.Ebigayl Van Beren

«Urug‘ tuproq bag‘rida zarraday sezilmay yotadi, biroq mahobatli daraxt ayni o‘sha ko‘rinmas zarradan ko‘karadi. Insoniy hayo
«Urug‘ tuproq bag‘rida zarraday sezilmay yotadi, biroq mahobatli daraxt ayni o‘sha ko‘rinmas zarradan ko‘karadi. Insoniy hayol va fikr ham shunday yashirin, ammo bashariyat tarixidagi eng ulkan hodisalarning barchasi aynan o‘sha mitti fikrdan unib-o‘sib bo‘y ko‘rsatadi.» Lev Nikolayevich Tolstoy

O‘z hayotimizni o‘zimiz tanlayapmizmi yoki tanlovlarimizning ko‘p qismini xarakterimiz, tarbiyamiz va atrof-muhitimiz belgilab qo‘yganmi? “Men shuni xohladim va tanladim”, deymiz. Lekin nega aynan shuni xohlaganimizni kim tanlagan? https://t.me/QuestionUz_Robot?start=ee9f02f2ea1943
Nega faqat men shunaqa narsalarni oʻylab uxlay olmasligim kerak?🌚

«Har bir bandaning o‘z nuqson-u kamchiliklari bor — kimdirda u ko‘proq, kimdirda kamroq. Shunday ekan, kishilar bir-biriga yo
«Har bir bandaning o‘z nuqson-u kamchiliklari bor — kimdirda u ko‘proq, kimdirda kamroq. Shunday ekan, kishilar bir-biriga yo‘l bermasa va moslashishni bilmasa, u yerda samimiy do‘stlik, ustoz-shogirdlik yoki sadoqatli birodarlik uzoq yashay olmaydi. Bir-birimizni tushunmog‘imiz va shuni unutmasligimiz shartki, atrofdagi odamlarni almashtirish bilan ularning illatlaridan qutulib bo‘lmaydi; ertaga yo o‘sha, yo undan-da og‘irroq fe’l-atvorga duch kelamiz. Shu bois, agar gap toqat qilsa bo‘ladigan yo unchalik ahamiyatli bo‘lmagan ikkinchi darajali masalalar haqida ketsa, bir-birimizning fe’limizga ko‘nikish va moslashishni o‘rganmog‘imiz lozim.»Franchesko Gvichchardini

Hazrat Abu Homid Gʻazzoliy “Mukoshafat ul-qulub” (Qalblar kashfiyoti) kitoblarida deydilarkim: “Bilki, Alloh bir bandasiga xa
Hazrat Abu Homid Gʻazzoliy “Mukoshafat ul-qulub” (Qalblar kashfiyoti) kitoblarida deydilarkim: “Bilki, Alloh bir bandasiga xayr ato etmoqchi boʻlsa, unga oʻz nafsining qusur va ayblarini koʻra oladigan basiyrat beradi. Kimningki basiyrati oʻtkir boʻlsa, qusur va ayblari oʻziga albatta koʻrinajak. Kishi oʻz ayblarini bilganda esa, ularni davolash imkoniga ega boʻladi. Lekin, afsuskim, insonlarning koʻpchiligi oʻz qusur va ayblarini koʻrmaydi. Ahvol shundayki, baʼzan kishi bir moʻmin qardoshining koʻzidagi tariqday kirni koʻradi-yu, ammo oʻz koʻzidagi yongʻoqday dogʻni koʻrmaydi. Kimki oʻz nafsining ayblarini koʻrmoqchi boʻlsa, toʻgʻri, basiyratli kishi bilan doʻst tutinmogʻi lozim. Toki, bu doʻst uning ahvolini, harakat va atvorlarini koʻz ostida tutsin. Zohiriy yoki botiniy xunuk bir feʼlini koʻrsa unga tanbeh bersin.”Tohir Malik 📚"Odamiylik mulki"

«Masalaning tub mohiyati shundaki, har kim o‘z tashvishi bilan shunchalar bandki, o‘zgalar haqida teranroq o‘ylashga ham hafs
«Masalaning tub mohiyati shundaki, har kim o‘z tashvishi bilan shunchalar bandki, o‘zgalar haqida teranroq o‘ylashga ham hafsala qilmaydi; odamlar sening o‘z-o‘zingga nisbatan qanday ehtirom ko‘rsatishingni ko‘rib, buni indamay, boricha qabul qiladilar. Kim bo‘lsang bo‘l, qanday xohlasang shunday umrbod yashayver, biroq o‘zingda dadil va mag‘rur g‘oliblik ruhini namoyon et, ijtimoiy ikkilanish va soxta tortinchoqlikka o‘rin qoldirma. Shundagina hech bir kimsada seni mensimay yerga urishga ma’naviy kuch va botillik topilmaydi.»Tomas Mann

Gift
telegram star500

Winners Selected!

5 winners of the Giveaway

Completion date

Abu Barada al Aslamiy Rasulullohga (s.a.v.) “Ya Rasululloh! Menga bir amal buyuring-ki, oʻshani qilgach, jannatga kirishga sa
Abu Barada al Aslamiy Rasulullohga (s.a.v.) “Ya Rasululloh! Menga bir amal buyuring-ki, oʻshani qilgach, jannatga kirishga sazovor boʻlay”, deb murojaat qildilar. Allohning elchisi marhamat qildilar: “Kishilar yuradigan yoʻldan ularga ozor beradigan narsalarni olib tashlasang, jannatga kirasan”. Boshqa bir holatda dedilarki: “Bir kishi koʻchada yotgan tikanni koʻrdi-da, bu tikan birorta musulmonning oyogʻiga kirib, ozor bermasin, deb chetga olib tashladi. Mana shu ishi tufayli uning gunohi kechiriladi”. Eʼtibor berdingizmi: “jannatga kirishni xohlasang, kambagʻalga saroy qurib ber yoki koʻprik bunyod et”, deb buyurmadilar. Ha, bu ishlar ham katta savob. Lekin bu ishlarga barcha ham qodir emas. Kim badavlat boʻlsa yoʻl qursin, koʻprik bunyod etsin, sadaqatul joriyaning goʻzal amalini bajarsin. Bunday ishlarga kuchi yetmaganlarga esa bitta tikanni olib tashlash ham kifoya. Shu oʻrinda yana bir gapki, masjid yoki koʻprik qurdirgan kimsa savobning kattasiga erishdim, deb kerilib yuravermay, oʻsha tikanga duch kelsa, u ham egilishi kerak boʻladi.Tohir Malik 📚"Halol nima-yu... harom nima?"

Abdulloh ibn Masʼuddan hikmatkim: “Yaxshi odam boʻlish uchun ibodat qilishning oʻzi kifoya emas. Balki yaxshi qalbli va yomon
Abdulloh ibn Masʼuddan hikmatkim: “Yaxshi odam boʻlish uchun ibodat qilishning oʻzi kifoya emas. Balki yaxshi qalbli va yomonlarni yomon koʻruvchi boʻlish kerak”. Yomonlarni yomon koʻrish – ularga gʻazab va nafrat oʻqlarini otishdan iborat emas. Hatto ulardan yuz oʻgirib ketish ham emas. Baʼzilar yomon odamni duoyibad qiladi, hatto oʻlim tilaydi. Yomon odam oʻlgani bilan dunyo birdan goʻzallashib ketmaydi. Agar biz uni xayrli duo qilsak, yaxshilar safiga qoʻshilishini Allohdan soʻrasak, dunyoda bitta yaxshining koʻpayishiga hissa qoʻshgan boʻlamizkim, bu yaxshi amal hisoblanadi. Birovdan yomonlik koʻrsak, darrov gʻazablanmasdan ularga insoniylik yoʻlini koʻrsatishga intilishimiz durustdir. Balki bizning soʻzlarimiz uni isloh qilar. Shifobaxsh dori kabi boʻlar. Hazrat Rumiy dedilarki: “Doʻstingdan bir jafo kelganda uning ming marta vafo qilganini unutma. Chunki yaxshilik gunoh oldida shafoatchi kabidir ”.Tohir Malik 📖"Halol nima-yu... harom nima?"

«Masalaning tub mohiyati shundaki, barchamiz baxtga intilamiz va azob-uqubatdan qochamiz. Shunday ekan, qanday mashg‘ulot bil
«Masalaning tub mohiyati shundaki, barchamiz baxtga intilamiz va azob-uqubatdan qochamiz. Shunday ekan, qanday mashg‘ulot bilan band bo‘lmaylik, karma yo reinkarnatsiya kabi tushunchalarga ishonamizmi-yo‘qmi, baribir yuksak axloqiy mezonlarga amal qilishimiz shart. Karmaning bor-yo‘qligi xususida qanday fikrda bo‘lmaylik, agar axloqni shart deb bilmasak, bu muqarrar ravishda g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarga, bu esa o‘z navbatida ruhiy va jismoniy azoblarga yetaklaydi. Bu kelajak hayot yoki karma haqidagi quruq falsafa emas, balki ayni shu bugungi turmushimizdagi fe’l-atvorimizga bevosita daxldor masaladir. Hatto dinsiz kishilar ham bag‘rikenglik va rahm-shafqatni ko‘ngillarida o‘stirmoqlari darkor. Xuddi shuningdek, bemazhablar ham odob-axloqni, ya’ni o‘zgalarga ozor bermaslikni o‘zlariga burch deb bilishlari lozim. Bu eng birlamchi va tayanch tamoyildir. Oqibatlarning u dunyodagi ajrini qo‘ya turaylik, hatto shu foniylikning o‘zida ham ozor bersak — u yomon nom, el orasida obro‘ning yo‘qolishi, quvg‘in va panjara ortidagi azoblar kabi mudhish oqibatlarga olib keladi. Har birimiz — iymonli bo‘laylik yo dinsiz — hayotimizni pokiza axloqqa asoslashimiz, ya’ni o‘zgalarga ziyon yetkazmasligimiz shart: jon olmaslik, yolg‘on so‘zlamaslik, o‘g‘rilik qilmaslik va hokazo. Bu — poydevor. Shundagina na biz va na o‘zgalar iztirob chekadi. Bizga nohaqlik qilinmasa, ko‘nglimiz tinch bo‘ladi, bu esa o‘zgalarga yanada ko‘proq yaxshilik qilishga imkon beradi. Natijada o‘zimiz ham, barcha yaqinlarimiz ham baxtiyorlikka erishadi. Biz atrofimizdagilarga, oilamizga, el-yurtimizga va butun bashariyatga beqiyos quvonch ulasha olamiz.»Lama Sopa Rinpoche 📚«Sadoqat quyoshi, baraka oqimi»

«Dard chekish ham yoqimli bir tuyg‘uga aylanadi — agar seni bu xastalikdan xalos bo‘lishingni xuddi uzoq kutilgan ayyomdek in
«Dard chekish ham yoqimli bir tuyg‘uga aylanadi — agar seni bu xastalikdan xalos bo‘lishingni xuddi uzoq kutilgan ayyomdek intizor kutuvchi qadrdonlaring borligini bilsang.»Anton Pavlovich Chexov

«Hammasi o‘tmishga yo‘l oladi. Sening ahmoqona qilmishlaring ham, arzimagan narsalar uchun oshiqcha g‘azablanishlaring ham va
«Hammasi o‘tmishga yo‘l oladi. Sening ahmoqona qilmishlaring ham, arzimagan narsalar uchun oshiqcha g‘azablanishlaring ham va sen aybdor bo‘lmaganing holda, boshqalar seni aybdor deb o‘ylagan o‘sha voqealar ham. Hammasi o‘tmishga ketadi. Avval u hajman kichrayib boradi — borgan sari kichikroq, borgan sari ahamiyatsizroq bo‘lib boradi, oxir-oqibat esa go‘yo umuman bo‘lmagandek butkul g‘oyib bo‘ladi. Va hech kim sening qanchalik ahmoqona yo‘l tutganingni, qanchalik o‘rinsiz shovqin solganingni eslamaydi, sen aybsiz bo‘la turib boshqalar seni ayblagan o‘sha narsa ham — barchasi ularning yodidan ko‘tariladi.»Aleksandr Volodin 📚«Kayfi chogʻ odamning yoziqlari»

«Inson shunchaki ikki qo‘l va ikki oyoq bilan tug‘ilgani uchungina inson bo‘lib qolmaydi. Odamni eng ko‘ngilni xira qiladigan
«Inson shunchaki ikki qo‘l va ikki oyoq bilan tug‘ilgani uchungina inson bo‘lib qolmaydi. Odamni eng ko‘ngilni xira qiladigan ibora — bu «o‘zing bo‘l» degan gapdir. Buni biror ablah yoki qotilga aytib ko‘ring-chi, bundan nima chiqarkin? Ibora aslida «inson bo‘l» shaklida aytilishi kerak. Ammo birdaniga inson bo‘lib qolinmaydi — bu o‘z ustida qilinadigan ulkan mehnatdir. O‘zingdagi mudhish, xunuk, tuban qusurlar ustida ishlashdir. Faqat mana shu qusurlar bilan kurashishgina insonga inson bo‘lib qolish imkonini beradi.»Aleksey Serebryakov

«Yolg‘izlikda sayr qilish, biror daraxt ostida — kitobsiz, hamrohsiz, mutlaqo osuda — o‘tirib, barg to‘kilishini kuzatish, su
«Yolg‘izlikda sayr qilish, biror daraxt ostida — kitobsiz, hamrohsiz, mutlaqo osuda — o‘tirib, barg to‘kilishini kuzatish, suvning shildirashi-yu baliqchi qo‘shig‘ini tinglash, qushlar parvozi va aql shaffofligida ketma-ket quyilib kelayotgan o‘y-xayollarni kuzatish nihoyatda muhim. Agar yolg‘izlikda qolib, bularning bariga sokin boqishni uddalasangiz, hech bir davlat soliq sololmaydigan, insoniy aralashuv yemirolmaydigan va hech qachon zavol bilmaydigan tengsiz bir boylikni kashf etasiz.»Djiddu Krishnamurti

"Har ne qilib bo‘lsa ham o‘zingizni qurbon ko‘rsatishdan qoching. Barcha a’zolaringiz ichida ko‘rsatkich barmog‘ingizga eng h
"Har ne qilib bo‘lsa ham o‘zingizni qurbon ko‘rsatishdan qoching. Barcha a’zolaringiz ichida ko‘rsatkich barmog‘ingizga eng hushyorlik bilan ko‘z-quloq bo‘ling, chunki u kimidir ayblashga talpinib turadi. Barmog‘ini birovga qaratish — G‘alaba (Victoria) belgisidan farqli o‘laroq, qurbonlik alomati hamda taslimiyat bilan tengdir. Ahvolingiz qanchalik ayanchli bo‘lmasin, bunda tashqi kuchlarni: tarixni, davlatni, kattalarni, irqni, ota-onani, oy fazasini yoki bolalikda tuvakka o‘z vaqtida o‘tirmaganlikni ayblashdan tiqiling. Bu bahonalar ro‘yxati shunchalar keng va zerikarliki, uning bamisoli bepoyonligi va bema’niligi aqlingizni bunday bahonalarga suyanishdan to‘xtatishga yetib ortadi. Aybni boshqa narsaga ag‘dargan lahzangizdayoq, nimadir o‘zgartirishga bo‘lgan shaxsiy irodangizni sindirasiz." ✍Iosif Brodskiy

«Odamlardan ko‘ngil qolishining oldini olish uchun xomxayollardan xalos bo‘lish kerak. Insonlarni qanday bo‘lsa, shundayligic
«Odamlardan ko‘ngil qolishining oldini olish uchun xomxayollardan xalos bo‘lish kerak. Insonlarni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilishni o‘rganing. Mukammal odamlar mavjud emas. Yaxshi insonlarni topish mumkin, ammo ular ham ba’zida xudbin, jahldor va badqovoq bo‘lib turishadi.»Abraham Maslou

Gift
telegram star500

Prizes of the draw

500 Stars will be distributed among 5 winners.

Completion date

«Bu yuksak donolik edi-mi yoki eng sodda beguborlik — har ne bo‘lganda ham, lahza bilan yashashni shunchalik uddalagan, hozir
«Bu yuksak donolik edi-mi yoki eng sodda beguborlik — har ne bo‘lganda ham, lahza bilan yashashni shunchalik uddalagan, hozirgi zamondan shunchalik zavq ola bilgan, yo‘l chetidagi birgina mitti gulni-yu, har bir onda yashiringan kichik bir quvonch imkonini shunchalar samimiy va avaylab qadrlagan inson uchun hayotdan qo‘rqadigan hech narsa qolmasdi.»Hermann Hesse 📚"Choʻl bo‘risi"