en
Feedback
DEBAT XOLL | Saylov 2024

DEBAT XOLL | Saylov 2024

Open in Telegram

«DEBAT XOLL» nodavlat teleradiokanallar media-markazi ✅ Bizga obuna bo’ling: https://taplink.cc/debatxoll

Show more
5 015
Subscribers
No data24 hours
-817 days
-49630 days
Posts Archive
Hurmatli do‘stlar 2024 yilgi saylovlarning yakuni bilan «Debat Xoll»dagi faoliyatimizni sarhisob qilamiz. Bu murakkab, ammo qiziqarli davrda biz 5 debat, 5 siyosiy partiya brifingi, 16 panel sessiyasi va 6 jurnalistlar uchun trening o‘tkazdik. Bu bizning jamoamiz uchun katta sinov bo‘ldi, ammo birgalikdagi mehnatimiz orqali maqsadlarimizga erishdik. «Debat Xoll» media-markazi siz uchun har kuni ishladi, to‘g‘ri va aniq ma’lumotlarni taqdim etishda, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishlariga yordam berdi. So‘z erkinligi, tezkor ma’lumot va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash – bizning faoliyatimizning asosi bo‘ldi. Biz bilan bo‘lgan barchagizga katta rahmat, bizga yordam berganingiz va maqsadlarimizga ishonganingiz uchun. Birgalikda muhim qadam tashladik va birlashish, hamkorlikda ish olib borish har qanday muammoni hal qila olishini ko‘rsatdik. Hurmat va minnatdorlik bilan, Debat Xoll jamoasi. ✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

+1
G‘alaba sadosi: ijtimoiy video roliklar tanlovi 1-oʻrin g‘olibi bilan suhbat Biz sizga ijtimoiy video roliklar tanlovi 1-oʻrin g‘olibini— haqiqiy ijodkorning sizni ilhomlantiradigan va o‘ylashga majbur qiladigan hikoyalarini tinglashni taklif qilamiz. Uning ishi ortida qanday orzular va intilishlar borligini va ularning dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishga qanday umid qilishlari haqida bilib oling. ✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

“Debat Xoll” hamkor tashkilotlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz! Ushbu tadbir qo‘shma loyihalar va yutuqlarga to‘la saylovoldi jarayonining yorqin xulosasi bo‘ldi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi oldidan saylov jarayonining xabardorligi, ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda hamkorlarimizning hissasi katta ekanini qayd etdik. Marosim qanday oʻtganini Reels videoimizni koʻrib bilib oling. ✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

“Saylov – 2024” jarayonlarini targ‘ib etuvchi videoroliklar tanlovi g‘olibi aniqlandi Demak, va’da qilinganidek quyidagilar t
+2
“Saylov – 2024” jarayonlarini targ‘ib etuvchi videoroliklar tanlovi g‘olibi aniqlandi Demak, va’da qilinganidek quyidagilar taqdirlandi: 1-o‘rin: Nurullayeva Nurjamol — “iPhone 16” 2-o‘rin: Shohsanam Komilova — Noutbuk 3-o‘rin: Sarvinoz Qurbonova — Zamonaviy planshet Qayd etish lozimki, videoroliklar mazmun va kreativ yondashuvlar asosida baholandi. ✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Jonli efir yakunlandi va biz siz bilan asosiy lahzalarni bo'lishishga tayyormiz! Bugun "Debat Xoll"da saylov natijalari va ularning O'zbekistonning yangi parlamentini shakllantirishiga qanday ta'sir qilishi muhokama qilindi. Mamlakatimizning kelajagini tahlil qilish va muhokama qilishga qo'shiling! ✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Sherzodxon Qudratxo‘ja: biz yashayotgan yangi O‘zbekiston uchun jadid bobolarimiz jon berishgan! “Debat Xoll”da bo‘lib o‘tgan
Sherzodxon Qudratxo‘ja: biz yashayotgan yangi O‘zbekiston uchun jadid bobolarimiz jon berishgan! “Debat Xoll”da bo‘lib o‘tgan maxsus sessiyada Milliy media birlashmasi raisi Prof. Dr. Sherzodxon Qudratxo‘ja:
— Xalqimiz bugungi siyosatni to‘laqonlicha tushunmasligi mumkin, lekin jadidlar buni tushungan bo‘lar edi. Chunki, jadid bobolarimiz mana shunday O‘zbekiston uchun yashashdi, mana shunday O‘zbekiston uchun jon berishdi. Ular O‘zbekistoning shunday mustaqil parlamenti, hurriyati, so‘z erkinligi bo‘lishini istashgan edi. O‘ylaymanki, oradan 100-150 yil o‘tib ham jadid bobolarimiz — Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy va boshqalarning nomlari, ular orzu qilgan yangi O‘zbekistonda jarang sochib turaveradi.
✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Sherzodxon Qudratxo‘ja: biz yashayotgan yangi O‘zbekiston uchun jadid bobolarimiz jon berishgan! “Debat Xoll”da bo‘lib o‘tgan maxsus sessiyada Milliy media birlashmasi raisi Prof. Dr. Sherzodxon Qudratxo‘ja: — Xalqimiz bugungi siyosatni to‘laqonlicha tushunmasligi mumkin, lekin jadidlar buni tushungan bo‘lar edi. Chunki, jadid bobolarimiz mana shunday O‘zbekiston uchun yashashdi, mana shunday O‘zbekiston uchun jon berishdi. Ular O‘zbekistoning shunday mustaqil parlamenti, hurriyati, so‘z erkinligi bo‘lishini istashgan edi. O‘ylaymanki, oradan 100-150 yil o‘tib ham jadid bobolarimiz — Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy va boshqalarning nomlari, ular orzu qilgan yangi O‘zbekistonda jarang sochib turaveradi.

Bu yil butun dunyo bo‘ylab saylovlar yili bo‘ldi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yangi parlamen
Bu yil butun dunyo bo‘ylab saylovlar yili bo‘ldi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yangi parlament shakllanishi” mavzusidagi maxsus sessiyada Parlament tadqiqotlari instituti direktor o‘rinbosari, Yuridik fanlar doktori, dotsent Valisher Davlatov:
– Bu yil butun dunyo bo‘ylab saylovlar yili bo‘ldi. Mamlakatimiz ham ushbu jarayonda faol ishtirok etib, yangi parlamentni tarkiblantirdi.
✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Bu yilgi saylovda jiddiy xato va kamchiliklar ko‘zga tashlanmadi — Mirshohid Aslanov “Debat Xoll”da bo‘lib o‘tgan maxsus sess
Bu yilgi saylovda jiddiy xato va kamchiliklar ko‘zga tashlanmadi — Mirshohid Aslanov “Debat Xoll”da bo‘lib o‘tgan maxsus sessiyada Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov:
— Bu yilgi saylov YXHT tomonidan avvalgi yillardagi kabi jiddiy tanqid ostiga olinmadi. Jiddiy xato va kamchiliklar ko‘zga tashlanmadi.
✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Bizning katta siyosiy madaniyatimizni G‘arbdan ham, Sharqdan ham kuzatishdi Bu so‘zlarni “Debat Xoll”da bo‘lib o‘lgan maxsus
Bizning katta siyosiy madaniyatimizni G‘arbdan ham, Sharqdan ham kuzatishdi Bu so‘zlarni “Debat Xoll”da bo‘lib o‘lgan maxsus sessiyada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo‘rayev ta’kidladi. ✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Saylov jarayonining ochiqligi, shaffofligi va sifati oshdi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yang
Saylov jarayonining ochiqligi, shaffofligi va sifati oshdi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yangi parlament shakllanishi” mavzusidagi maxsus sessiyada Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri, yu.f.f.d. Shohjahon Xo‘jayev:
– Kuzatuvlar natijasida saylov jarayonining ochiqligi, shaffofligi va sifati oshganligi ma’lum bo‘ldi.
✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Xorijiy ekspertlar saylovda nogironligi bor shaxslar uchun yaratilgan sharoitlarni ijobiy baholashdi “Debat Xoll”da bo‘lib o‘
Xorijiy ekspertlar saylovda nogironligi bor shaxslar uchun yaratilgan sharoitlarni ijobiy baholashdi “Debat Xoll”da bo‘lib o‘tayotgan maxsus sessiyada “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov:
— Xorijiy ekspertlar saylovlarimizda nogironligi bor shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ijobiy baholashdi.
✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Sessiyaning beshinchi, so‘ngi qismi "Xalqaro kuzatuvchilarning ishtiroki, saylov natijalari va deputatlik o‘rinlari" mavzusid
Sessiyaning beshinchi, so‘ngi qismi "Xalqaro kuzatuvchilarning ishtiroki, saylov natijalari va deputatlik o‘rinlari" mavzusida bo‘lib o‘tmoqda Bizni kuzatib boring! ✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

OAV faoliyati saylovchilarga tanlov uchun qulaylik yaratdi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yang
OAV faoliyati saylovchilarga tanlov uchun qulaylik yaratdi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yangi parlament shakllanishi” mavzusidagi maxsus sessiyada “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov: ✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Partiyalarimiz jonli efirlarda jasorat bilan o‘z so‘zini ayta oldi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahli
Partiyalarimiz jonli efirlarda jasorat bilan o‘z so‘zini ayta oldi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yangi parlament shakllanishi” mavzusidagi maxsus sessiyada siyosatshunos, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimi Nigora Umarova:
– Partiyalarimiz jonli efirlarda jasorat bilan o‘z so‘zini ayta oldi, o‘z g‘oyasi, tashabbusi va rejalarini aniq ochib bera olishdi.
✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Saylov jarayonlarini yoritishda mamlakatimizda juda katta media raqobat paydo bo‘ldi — Jaloliddin Usmonov “Debat Xoll”da bo‘l
Saylov jarayonlarini yoritishda mamlakatimizda juda katta media raqobat paydo bo‘ldi — Jaloliddin Usmonov “Debat Xoll”da bo‘lib o‘tayotgan maxsus sessiyada Xalqaro press-klub raisi Jaloliddin Usmonov: ✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Partiyalarimiz jonli efirlarda jasorat bilan o‘z so‘zini ayta oldi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahli
Partiyalarimiz jonli efirlarda jasorat bilan o‘z so‘zini ayta oldi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yangi parlament shakllanishi” mavzusidagi maxsus sessiyada O‘zXDP raisi o‘rinbosari To‘lqin To‘raxonov:
– Partiyalarimiz jonli efirlarda jasorat bilan o‘z so‘zini ayta oldi, o‘z g‘oyasi, tashabbusi va rejalarini aniq ochib bera olishdi.
✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Bu yilgi saylovlarni yoritish tizimi yaxshi ishladi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yangi parla
Bu yilgi saylovlarni yoritish tizimi yaxshi ishladi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yangi parlament shakllanishi” mavzusidagi maxsus sessiyada jurnalist Soatova Shahnoza:
– Bu yilgi saylovlarni yoritish tizimi yaxshi ishlagani uchun "fake"lar kamaydi va axborotlar tezkorlik bilan vaqtida berildi.
✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Prof. Sherzodxon Qudratxo‘ja: saylov insonlarni orzu qilgan jamiyat sari birlashtirdi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-20
Prof. Sherzodxon Qudratxo‘ja: saylov insonlarni orzu qilgan jamiyat sari birlashtirdi “Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yangi parlament shakllanishi” mavzusidagi maxsus sessiyaning ikkinchi qismida prof. Sherzodxon Qudratxo‘ja:
– Yangi O‘zbekistonning yangi parlamenti saylovda insonlar orzu qilgan jamiyat sari hammani birlashtira oldi.
✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

“Debat Xoll”da jarayonlar haqida: "spikerlarning tayyorgarliksiz javob berishi hayratlanarli bo‘ldi" “Debat Xoll”da bo‘lib o‘
“Debat Xoll”da jarayonlar haqida: "spikerlarning tayyorgarliksiz javob berishi hayratlanarli bo‘ldi" “Debat Xoll”da bo‘lib o‘layotgan maxsus sessiyada O‘zJOKU prorektori Nozima Muratova:
— Biz debatlarni avval ham tashkil etilganini ko‘rgandik, lekin jonli efirda, jonli auditoriya bilan dialog orqali debatlar biz uchun yangilik bo‘ldi. Spikerlar zaldan berilgan savollarga jonli efir muhitida, tayyorgarliksiz javob berishi barcha uchun hayratlanarli bo‘ldi.
✅ Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe