en
Feedback
db.chgk.info | 😎

db.chgk.info | 😎

Open in Telegram

Savol [+javob]

Show more
606
Subscribers
+324 hours
+27 days
+1830 days
Posts Archive
Javob: Aviator Izoh: Jon Kolferning "Aviator" romanining bosh qahramoni havo shari savatida tug'ilgan, bu uning sevimli mashg'ulotini oldindan belgilab bergan. "Aviator" filmining qahramoni – millioner va filantrop Govard Xyuz bir versiyaga ko'ra, nafaqat Temir odamning, balki Betmenning ham prototipi hisoblanadi. Komikslarga ko'ra, Betmen niqobi ostida yashiringan Bryus Ueyn ham boy va xayriyachi bo'lib, u ham Govarddek "uchish"ni yaxshi koʻradi. db.chgk.info

"Alfa" nomli roman bosh qahramonining sevimli mashg'ulotiga uning savatda tug'ilgani ham katta ta'sir qilgan. Bir versiyaga ko'ra, "Alfa" nomli film bag'ishlangan bu odam Betmenning ham prototipiga aylangan. Diqqat savol: qaysi so'zni "Alfa" bilan almashtirdik? db.chgk.info

Javob: avtomobil narxi db.chgk.info
Javob: avtomobil narxi db.chgk.info

Tarqatma material: Rasmda SSSR davridagi ijtimoiy reklama. Afishada 90 km/soatdan yuqori tezlikda mashinangiz bilan nima sodi
Tarqatma material: Rasmda SSSR davridagi ijtimoiy reklama. Afishada 90 km/soatdan yuqori tezlikda mashinangiz bilan nima sodir bo‘lishi ko‘rsatilgan. E'tibor bilan qarasangiz avtomobil raqami yashirilgan. Diqqat savol: avtomobil raqami yoziladigan joyda nima yozilgan? db.chgk.info

Javob: Chandiqli yuz Izoh: Samolyot halokatlaridan qolgan chandiqlarni yashirish uchun Xyuz mo'ylovini o'stirgan. 1932-yilda u rejissyorlik qilgan mashhur gangster film nomi ham "Chandiqli yuz" (Scarface). db.chgk.info

Govard Xyuz shaxsan jangovar filmlarga prodyuserlik qilgan va eksperimental samolyotlarni sinovdan o'tkazish chogʻida bir nechta baxtsiz hodisalardan omon qolgan. Xyuz haqidagi biografik maqolada U ikki marta tilga olinadi va bir holatda U bilan birga Govard o'stirgan mo'ylov ham esga olinadi. Diqqat savol: Uni 2 soʻzda yozib bering. db.chgk.info

Javob: NBA va NFL Qabul: Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi va Milliy Futbol Ligasi db.chgk.info

Amerikalik jurnalist Jon Branchning yozishicha, ALFHA alohida shaxsni birinchi o'ringa qo'ysa, BETTA uchun esa jamoa va vatanparvarlik muhimroq. Branchning ta'kidlashicha, bu farq ALFA va BETTAlarning emblemalarida ham koʻrish mumkin. ALFHA va BETTAni bir xil harfdan boshlanishini bilgan holda ALFHA va BETTAni yozib bering. db.chgk.info

Javob: Tito. Izoh: Podgoritsa shahri oldin Yugoslaviya rahbari Iosip Broz Tito sharafiga Titograd deb nomlangan.‌‌ db.chgk.info

Tarqatma material: TGD Tarqatmada Podgoritsa shahri aeroportining kodi berilgan. Oxirgi ikki harf "grad" - shahar soʻzining qisqartmasi hisoblanadi. Diqqat savol: T harfi nimani anglatadi? db.chgk.info

Javob: Sirakuza Izoh: Arximed oʻz bilimlarini harbiy sohaga tadbiq etgan. db.chgk.info

Ikkinchi Puni urushi qadimgi Rim folklorida sezilarli iz qoldirgan. O'shandan beri rimliklar o'lim xavfi haqida: "Gannibal eshik oldida" iborasini ishlatishadi. Rimlik onalar esa bolalarini qoʻrqitish uchun: "U kelib sizni olib ketadi!" deyishgan. Bu odam harbiy qoʻmondon boʻlmasada rimliklar uni juda daxshatli odam deb oʻylashgan. Diqqat savol: ushbu shaxs tug'ilgan va vafot etgan shaharni yozib bering. db.chgk.info

Javob: Limb Izoh: Dantening ilohiy komediyasida limb - bu do'zaxning birinchi doirasi bo'lib, u erda nasroniy bo'lmagan fazilatli odamlar – faylasuflar, ateistlar, antik davr shoirlari va shifokorlari, shuningdek, butparast dunyo qahramonlari choʻqintirilmagan chaqaloqlar bilan birga yashaydilar. db.chgk.info

Donato Karrisюzining romanida binoning birinchi qavatida joylashgan bedarak yo'qolganlarni qidirish bo'limi "Alfa" deb ataladi. "Alfa" oʻrnidagi bir boʻgʻinli bir soʻzni yozib bering. db.chgk.info

Javob: X-Men Izoh: Twitter nomini X ga o‘zgartirgandan so‘ng, kompaniya xodimlarini super kuchga ega bo‘lgan ba’zi Marvel komikslari qahramonlari bilan bir xil atalsa ham boʻladi mazmunidagi hazillar paydo bo‘ldi. db.chgk.info

2023-yil iyul oyida, endi bu kompaniya xodimlari oltmish yildan beri mashhur bo‘lgan nomdan foydalanishlari mumkin mazmunidagi hazil postlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻldi. Diqqat savol bu nomni defis bilan yozib bering. db.chgk.info

Javob: Sintezatorni taqiqlash Izoh: Sintezatorda deyarli barcha musiqa asboblarining ovozini chiqarish mumkin. db.chgk.info

1982-yilda qo'shiqchi Barri Manilou orkestrsiz gastrol safariga chiqadi. Shundan so'ng, Buyuk Britaniya musiqachilar uyushmasi koʻpchilik musiqachilarning ishsiz qolib ketishdan qoʻrqib bu ishni qilishadi. Diqqat savol: bu ishni alifboda ketma-ket keluvchi 2 soʻzda yozib bering. db.chgk.info

Javob: Google Izoh: Dennis Xvang "Google"ning bir qancha "doodle"lari muallifi hisoblanadi. db.chgk.info

Dennis Xvang haqidagi onlayn maqola "Asarlari eng mashhur va noma'lum rassom" deb nomlanadi. Diqqat savol: Xvang qaysi kompaniyada ishlaydi? db.chgk.info