cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

MA'NAVIY HAYOT

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Gurlan tumani bo'linmasi rasmiy sahifasi Murojaatlar uchun__+998942397878

Show more
Advertising posts
342Subscribers
-224 hours
-157 days
-6330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

"Ikki daqiqalik fikr" mashqi. “Ikki daqiqalik fikr” diqqatni jamlash uchun foydali mashq hisoblanadi. Qo’lingizdagi soatning daqiqani ko’rsatuvchi belgisiga ikki daqiqa qarab turasiz va hech narsani o’ylamaysiz. Avvaliga hayolingiz boshqa narsalarga chalg’iydi, lekin taxminan 21 kunlik mashqlardan so’ng diqqatingizni osonlik bilan jamlay olasiz. Muvaffaqiyat yo’lida zarur bo’lgan muhim sifatlardan biri, uzoq muddat davomida diqqatni jamlay olish qobiliyatidir. Diqqatni jamlash mushaklarini rivojlantirsangiz, hech qanday vazifa siz uchun mushkullik tug’dirmaydi.
Show all...
#Kinokarvon #Xorazm "Quyosh ta'mi" filmi O‘zbekistonga safari chog‘ida g‘aroyib sarguzashtlar ishtirokchisiga aylangan moskvalik oddiy oila haqida hikoya qiladi. Ark xazinasi, Buxoroning so‘nggi amiri Olimxonning oltinlariga ega bo‘lish uchun film qahramonlari Temur, uning do‘sti Gulya va bobosi og‘ir sinovlardan o‘tadi. Filmda o‘zbek va rus kinosi yulduzlari: Andrey Merzlikin, Aleksandr Ilin, Muhammadiso Abdulxairov va boshqalar suratga tushgan. Bosh qahramon, moskvalik bolakay rolini tomoshabinlarga bir qancha filmlardan tanilgan Leonid Basov ijro etgan. Aktrisa Kamilla Yoqubova uchun topqir va bilimdon o‘zbek qizi Guli roli uning debyuti bo‘ldi. "Bir bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" loyihasi doirasida Xorazm viloyati bo‘ylab namoyish etilishi rejalashtirilayotgan bu filmni albatta tomosha qiling! Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube  | Veb-sayt
Show all...
Энергетиклар ўрнини босувчи табиий ичимлик ✅ Кўк чой + 1 бўлак лимон + 1 чой қошиқ асал. Бу ичимлик сизни жонлантиради. Шу билан бирга, у асабий тарангликни енгиллаштиради. ✅ Имтиҳонлар, муҳим суҳбатлар ва ҳоказолар олдидан жуда яхши ёрдам беради.
Show all...
📹 Онам Ҳақида...😔 Саййид Абдулазиз Юсупов
Show all...
Repost from XORAZMIYLAR
❗️❗️❗️ 📌📌 🇺🇿 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida “Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan hududiy bo‘limi” tanlovini e’lon qiladi. ✅Tanlovida Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining 13 ta hududiy bo‘limlari ishtirok etadi. ⏰Eng namunali bo‘limlar ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Ovoz berish jarayoni 6-may kuni soat 18:00 da to‘xtatiladi. 🎁Eng ko‘p ovoz yig‘gan bo‘limlar: 1-o‘ringa 3 mln. so‘mlik, 2-o‘ringa 2 mln. so‘mlik, 3-o‘ringa 1 mln. so‘mlik kitoblar 📚 jamlanmasi bilan taqdirlanadilar. 📌Eng namunali bo‘limni aniqlashda sizning ovozingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega!
Show all...
14 Bog‘ot tuman
46 Gurlan tuman
27 Urganch tuman
38 Qo‘shko‘pir tuman
25 Xonqa tuman
19 Tuproqqal’a tuman
5 Hazorasp tuman
23 Xiva tuman
26 Shovot tuman
7 Yangiariq tuman
57 Yangibozor tuman
9 Xiva shahar
13 Urganch shahar
Repost from OYINA.UZ
Instagram'dagi sotuvchi ayol firibgar boʻlib chiqdi Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi 51 yoshli (ayol) U.D. Kiberxavfsizlik markaziga oʻzining bank kartasidagi 420.000 soʻm pullari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilgani yuzasidan ariza bilan murojaat qiladi. Xabarga koʻra, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida yashovchi 21 yoshli (ayol) X.F. sodir etgan. Aniqlanishicha, X.F. U.D. ga oʻzini Instagram'dagi “Firana,store” nomli profilning administratori sifatida tanishtirib, xarid qilingan kiyim-kechaklar uchun boshlangʻich toʻlov sifatida oldindan 420 ming soʻmni oʻzining bank kartasiga oʻtkazib oladi va vaʼdasini bajarmay, yozishmalarni oʻchirib yuboradi. Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Shuningdek, X.F.ning boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube |X
Show all...
Repost from OYINA.UZ
Britaniyaning “Telpasc” tashkiloti tanlovdan oʻtgan oʻzbekistonliklarga rad javobini berdi Maʼlum boʻlishicha, “Telpasc” tashkiloti shu yilning 1-martida 2,5 mingdan ortiq oʻzbekistonlik ishchilar ichidan 1 822 nafarini tanlab olgan. Shundan 1 687 nafar yurtdoshimiz tanlovlar oʻtkazish, ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish, tarqatma materiallar tayyorlash, moslashtiruv kurslarini tashkil qilish kabi xizmatlar uchun shartnomaga asosan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisob-raqamiga 1 mln 700 ming soʻmdan toʻlagan. Ularning 229 nafariga viza rasmiylashtirilib, 46 nafari mart-aprel oylarida Buyuk Britaniyaga joʻnatilgan. 183 nafari esa may-iyun oylarida borishi kerak boʻlgan. Biroq aprel oyida tanlovdan oʻtganlarning elektron pochtasiga ularni ishga qabul qilish rad etilgani toʻgʻrisida xabarlar kelgan. Ushbu holat yuzasidan izoh soʻralganida ish beruvchi tomon kuchli jala oqibatida qishloq xoʻjaligi ekinlarini suv bosgani, natijada Oʻzbekistondan tanlab olingan fuqarolarning asosiy qismini joriy yilgi mavsumda ishga joylashtirish imkoniyati pasayganini maʼlum qilingan. Bandlik vazirligi mazkur holatda xizmatlar uchun toʻlov qilgan fuqarolarning talabiga koʻra ish koʻrilishini taʼkidlaydi. Yaʼni, agar pulini qaytarib olish niyatidagilar boʻlsa, pullarni qaytarib beriladi. Kutuvchilar uchun esa yangi ish oʻrinlari taklif etiladi.
“Vazirlik masʼullari faqatgina “Telpasc” rekruting kompaniyasi bilan cheklanib qolmasdan, zudlik bilan ishchi guruh shakllantirib mutaxassislarni Britaniyaga xizmat safariga yuboradi”, deyiladi xabarda.
Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube |X
Show all...
Repost from OYINA.UZ
Keniyadagi toshqinlarda 90 kishi vafot etdi. Minglab odam oʻz uyini tark etishga majbur boʻlgan Keniyada kuchli yomgʻirlar ortidan sodir boʻlgan suv toshqinlarida vafot etganlar soni ortib bormoqda. Yogʻingarchilik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan tumanlarda toshqin uy, maktab va korxona kabi mulklarni vayron qilgan. Mamlakatda shaharlararo transport harakati cheklanib, bir qancha magistrallar yopilgan. Tabiiy ofat oqibatida vafot etgan va uyini tark etganlardan tashqari, bedarak yoʻqolganlar ham koʻpchilikni tashkil etadi. Hukumat avvalroq kuchli yogʻingarchilik va uning vayronkor oqibatlari haqida aholini ogohlantirgan. Toshqinlardan shuningdek, Tanziya, Burundi va Kongo demokratik respublikasi kabi mamlakatlar ham jabr koʻrdi. Hozirda fojia oqibatlarini kamaytirish choralari olib bormoqda. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube |X
Show all...
Repost from OYINA.UZ
Haj ziyoratiga boruvchilar ogohlantirilmoqda Haj-Umra markazi xabariga koʻra, Saudiya Arabistoni ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻz xizmatlarini reklama qiluvchi soxta Haj kampaniyalarining qurboni boʻlib qolmaslikdan ogohlantirgan. Aniqlanishicha, ziyorat faqat Haj vizasini olish orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir davlat uchun ajratilgan kvota asosida Haj ishlari tashkil etiladi.
“Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Haj tadbiri Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Haj faoliyati bilan boshqa tashkilotlarning, xususan, sayyohlik tashkilotlari va boshqalarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanadi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, noqonuniy yoʻllar bilan borganlar 6 oylik qamoq bilan jazolanadi. Shuningdek, ular Saudiya Arabistonidan deport qilinadi va davlatga, viza turidan qatʼiy nazar, 10 yil davomida kiritilmaydi. Bundan tashqari, ularga 100 000 saudiya riali (26.000 AQSH dollari) miqdorida jarima solinadi. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube |X
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
#Kinokarvon 🎞"O‘zbek qizi" filmi Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda qator hamkor tashkilotlar hamkorligida "Bir bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostidagi "Kinokarvon" loyihasi doirasida joriy yilning 30-apel kuni soat 10:00da Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi "Mevazor" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Madaniyat markazida "O‘zbek qizi" deb nomlangan film namoyish etiladi. Mazkur film o‘tgan asrning 1941-1945-yillarida bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushi yillarida ishtirok etgan o‘zbek xotin-qizlarining jang maydonlarida ko‘rsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi. Ayol matonati, jasorati, nozik jussasiga yashiringan qudrati, sabri, Vatan mehri, yurtga sadoqat kabi yuksak tuyg‘ular haqida so‘zlovchi bu filmni albatta ko‘ring. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube  | Veb-sayt
Show all...