en
Feedback
La tahzan TV 🍃

La tahzan TV 🍃

Closed channel

🍃Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi? 🖤🔐 [13:28] "Baxtli boʻlganlar Jannatdadirlar" [11: 108]

Show more
189
Subscribers
No data24 hours
+57 days
-130 days
Posts Archive
Imom Ahmad ibn Hanbal hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Doʻzax ahlining jismlari doʻzaxda kattalashtiriladi. Hatto quloq uchlaridan boʻyinlarigacha boʻlgan masofa yetti yuz yillik yoʻlchalik boʻladi. Terilarining qalinligi yetti chigʻanoqchalik boʻladi. Tishlari esa Uhud togʻicha boʻladi ", deganlar.

Eshiting! 🥰😇❤️ Ma shaa Alloh 😍 @Jannat_gulim_san

❤️🥰😇

Repost from La tahzan TV 🍃
Yomgʻirni juda yaxshi koʻrardingiz Habibim 🥺🥺🥺Siz sevgan yomgʻir yogʻyabdi. 🥰🥰🥰 Yomgʻir yoqqanida sevinar, yengingizni shimarib qoʻlingizni ochardingiz. ”Yomgʻir Robbisini oldidan hozirgina tushdi” derdingiz.. “Allohumma soyyiban nafi’an” deb duo qilardingiz.. ☺️🤲

🍃 Qalblarni larzaga soluvchi oyatlar 🍃 [ 69:25-31 ]

𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐢𝐧𝐠, 𝐳𝐞𝐫𝐨 𝐞𝐬𝐥𝐚𝐭𝐦𝐚 𝐦𝐨’𝐦𝐢𝐧𝐥𝐚𝐫𝐠𝐚 𝐦𝐚𝐧𝐟𝐚𝐚𝐭 𝐲𝐞𝐭𝐤𝐚𝐳𝐮𝐫. [ 51:55 ]

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sallalohu alayhi vasallam shunday dedilar: "Albatta, Alloh taolo qiyomat kuni mening ummatimdan bir kishini xaloyiqning oldida turgizib qoʻyadi-da, uning ustidan toʻqson toʻqqizta daftarni ochadi. Soʻngra Alloh: "Mana shundan biror narsani inkor qilasanmi? Yozuvchi farishtalarim senga zulm qilmadilarmi?"deydi. "Yoʻq, ey Robbim!" deydi. "Uzring bormi?!" deydi. "Yoʻq, ey Robbim!" deydi. "Xuddi shunday. Albatta, Bizning xuzurimizda sening bir dona yaxshiliging bor. Bugun senga zulm qilish yoʻq", deydi. Keyin bir varaqa chiqariladi. Unda "ASHHADU ALLAA ILAAHA ILLALLOHU VA ASHHADU ANNA MUHAMMADAN ABDUHU VA RASULUHU", deb yozilgan boʻladi. Bas, U Zot: "Tortishingga hozir boʻl!" deydi. "Ey Robbim! Manavi varaqa va manavi daftarlar nima?" deydi. "Albatta, senga zulm qilinmas ", deydi. Bas, daftarlar bir pallaga va varaqa bir pallaga qoʻyiladi. Daftarlar yengil keladi. Varaqa ogʻir keladi. Allohning ismidan hech narsa ogʻir kelmas". Termiziy rivoyat qilgan.

Ibn Qoyyim aytadilar: "Tana kasalligi yengil, osondir, nari borsa o'lim bilan tugaydi. Qalb kasalligi og'irdir, Alloh asrasin, jahannam bilan tugaydi".

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sallalohu alayhi vasallam shunday dedilar: "...Qiyomat (shu qadar tez) qoim boʻladiki, oldiga matosini yoyib olgan ikki kishi savdolashishga ham, uni oʻrashga ham ulgurmaydi. Qiyomat (shu qadar tez) qoim boʻladiki, tuyasini sogʻib qaytgan odam uni ichishga ulgurmaydi. Qiyomat (shu qadar tez) qoim boʻladiki, hovuzini suvayotgan odam (molini) undan ichirishga ulgurmaydi. Qiyomat (shu qadar tez) qoim boʻladiki, ogʻziga luqmasini solgan odam (molini) undan sugʻorishga ulgurmaydi" Imom Buxoriy rivoyat qilgan.

Shunaqa gaplar...

Тарк этиш мумкин бўлмаган гуноҳ йўқ. Агар тарк этиб бўлмайдиган гуноҳ бор десанг, демак ўзинг бу гуноҳни тарк этишни истамайсан...

@shunchakii_HST Manfaatli.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam har kecha yotayotganlarida: "Robbim, Sening isming ila yonboshimni qoʻydim, Sen bilan uni koʻtarurman. Agar jonimni tutib qolsang, uni magʻfirat qilgin. Agar uni qoʻyib yuboradigan boʻlsang, uni solihlarni muhofaza etadigan narsa ila muhofaza qilgin", degan duoni oʻqib, uyquga ketar edilar".

Tushkunlikka tushmang, mahzun bo'lmang! Allohni zikr qiling, zero, zikr qiluvchi uchun dunyoda nur bo'lgay, Qalblar Alloh zikri bilan yorishganday boshqa hech narsa bilan yorishmaydi! الَّذِينَ آمَنُواْ وَتَطْمَئِنُّ قُلُوبُهُم بِذِكْرِ اللّهِ أَلاَ بِذِكْرِ اللّهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ "Iymon keltirganlar va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?!" [ 13:28 ]

«Мақтанманг! Ўзи тупроқдан яратилиб, яна тупроққа кириб, қуртларга ем бўладиган инсоннинг мақтанишига нима бор?». Абу Бакр Сиддиқ розияллоҳу анҳу.

Бахтлиман чунки қалбимда бир оят бор: «Тезда Роббинг сенга(шундай неъматлар) ато қилур ва сен, албатта, рози бўлурсан»

🥰😇

Ayyom muborak! 😇

БУГУННИНГ ГАПИ Кучли бўл. Эҳтиёжингни бировга айтма. Беҳожат бўл. Заифни эҳтиром қилишмайди. Эҳтиёжини айтаверадиганларни хорлашади. Афсус, инсонларнинг қонунида ҳолат шундай! ©Abdulqodir Polvonov

Sizchi yaxshimisiz? 🙂