en
Feedback
Qarshi shahar 8-maktab |Rasmiy kanali

Qarshi shahar 8-maktab |Rasmiy kanali

Open in Telegram

Qarshi shahar 8-maktab rasmiy telegram sahifasi Telegram: https://t.me/qarshishahar8maktab YouTube:https://www.youtube.com/@Qarshishahar8_maktab Facebook: Qarshi shahar 8-maktab 📬 e-mail: qarshi8maktab@gmail.com

Show more
234
Subscribers
+124 hours
-17 days
-130 days
Posts Archive
07.09.2026 📙Qarshi shahar 8- umumiy oʻrta ta’lim maktabining 9-10-11- sinf oʻgʻil bolalari oʻrtasida “Tigʻ va dabomat” tadbi
+2
07.09.2026 📙Qarshi shahar 8- umumiy oʻrta ta’lim maktabining 9-10-11- sinf oʻgʻil bolalari oʻrtasida “Tigʻ va dabomat” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbir jarayonida maktab ma’muriyatidan vakillar, inspektor - psixolog D. Roʻziyeva, Milliy gvardiya xodimi J. Saidovlar oʻquvchilar bilan tartib - intizom masalalarida suhbatlashdi. 👉 http://t.me/qarshishahar8maktab

#Ustozdan_ibrat 📘Qarshi shahar 8- umumiy oʻrta ta’lim maktabida "Ustozdan ibrat" shiori ostida ma’naviy- ma’rifiy darslar bo
+3
#Ustozdan_ibrat 📘Qarshi shahar 8- umumiy oʻrta ta’lim maktabida "Ustozdan ibrat" shiori ostida ma’naviy- ma’rifiy darslar bo'lib oʻtdi. Faxriy ustozlarimiz Xontosh Xalyarova va Lola Xaqberdiyeva o'quvchilarga oʻz hayot yo'llari va ta'lim tizimidagi bugungi yangiliklar, Yangi O’zbekiston ravnaqi yoʻlida yoshlarga yaratilayotgan koʻplab imkoniyatlar haqida so'zlab, ulardan oqilona foydalanish xususida nasihatlar berishdi. 👉 http://t.me/qarshishahar8maktab

🔔 Ziyo maskanimizda birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi! Qarshi shahar 8-sonli umumta’lim maktabida yangi — 2026-2027 o‘quv yili
+6
🔔 Ziyo maskanimizda birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi! Qarshi shahar 8-sonli umumta’lim maktabida yangi — 2026-2027 o‘quv yili munosabati bilan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirkorlik va bilimga chanqoq o‘quvchilarimiz, hurmatli ota-onalar hamda jonkuyar ustozlarimiz ishtirokida o‘tgan ushbu bayram kunida maktabimiz ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari alohida e’zozlandi. Ularga bayram sovg‘alari va samimiy tilaklar ulashildi. ✨ Aziz o‘quvchilar va qadrli ustozlar! Barchangizni yangi o‘quv yili bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Ziyo kashfiyotlari, yuqori cho‘qqilar va yangi g‘alabalar yili bo‘lishini tilaymiz.
Bilim olishdan aslo to‘xtamang, maktabimiz faxriga aylaning!
📍 8-sonli umumta’lim maktabi ma’muriyati http://t.me/qarshishahar8maktab

#Ustozlar_forumi Qarshi shahar 8-umumiy o‘rta taʼlim maktabida «Sifatli taʼlim-yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam po
+5
#Ustozlar_forumi Qarshi shahar 8-umumiy o‘rta taʼlim maktabida  «Sifatli taʼlim-yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori»  shiori ostida  beshinchi «Ustozlar forumi» o‘tkazildi.
📗Forumda maktabning sinf rahbarlari va barcha pedagog xodimlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda 2025-2026 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, kamchiliklar va yutuqlar aytib o‘tildi  hamda 2026-2027 o‘quv yilida  amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi. 2026-2027  o‘quv yilida taʼlim sifatini oshirish, o‘quvchilarning turli fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda munosib ishtirok etishlarini taʼminlash bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab olindi. 
👉 http://t.me/qarshishahar8maktab

#Ustozlar_forumi Qarshi shahar 8-umumiy o‘rta taʼlim maktabida «Sifatli taʼlim-yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam po
+5
#Ustozlar_forumi Qarshi shahar 8-umumiy o‘rta taʼlim maktabida  «Sifatli taʼlim-yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori»  shiori ostida  beshinchi «Ustozlar forumi» o‘tkazildi.
📗Forumda maktabning sinf rahbarlari va barcha pedagog xodimlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda 2025-2026 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, kamchiliklar va yutuqlar aytib o‘tildi  hamda 2026-2027 o‘quv yilida  amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi. 2026-2027  o‘quv yilida taʼlim sifatini oshirish, o‘quvchilarning turli fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda munosib ishtirok etishlarini taʼminlash bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab olindi. 
👉 http://t.me/qarshishahar8maktab

“ISHONCH-2030” loyihasi doirasida oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi! 📚✨ Qarshi shahar 8-sonli maktabida “Uzbekistan Vision
+3
“ISHONCH-2030” loyihasi doirasida oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi! 📚✨ Qarshi shahar 8-sonli maktabida “Uzbekistan Vision 2030 Fund” koʻmagida Maktab inklyuziv ta’lim guruhi (MITG) ishini faollashtirish va inklyuziv ta’lim muhitini takomillashtirishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi. 📌 Seminarning asosiy yoʻnalishlari: 🎯 MITG faoliyati: Guruhning tarkibi, vazifalari va ish tartibi. 🏫 Toʻsiqlarni bartaraf etish: Ta'limda jismoniy, tashkiliy va ijtimoiy toʻsiqlarni aniqlash hamda yechim topish. 🤝 Oʻzaro hamkorlik: Oʻqituvchi, psixolog, ota-ona va mahalla vakillarining birgalikdagi harakati. ♿ Qulay muhit va infratuzilma: Sinfxonalarni moslashtirish, pandus va taktil yoʻnaltirgichlardan foydalanish. 🧩 Amaliy mashgʻulotlar: Rolli oʻyinlar, keys tahlili va ish rejasini tuzish. 💡 “Inklyuziv ta’lim — har bir bola uchun, har bir darsda!” http://t.me/qarshishahar8maktab

#Yagona_Vatan_yagona_xalq_boʻlib__yangi_hayot_va_kelajak_yaratamiz! 14.08.2026 🎉Qarshi shahar 8- umumiy oʻrta ta’lim maktabi
+8
#Yagona_Vatan_yagona_xalq_boʻlib__yangi_hayot_va_kelajak_yaratamiz! 14.08.2026 🎉Qarshi shahar 8- umumiy oʻrta ta’lim maktabi va Qarshi shahar Ma’naviyat va ma’rifat Markazi , Qarshi shahar Roguzar MFY faollari hamkorligida
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! ” bosh gʻoyasi asosida oʻtkazilayotgan Mustaqillik festivali tadbiri tashkil etildi.🎉Tadbir koʻtarinki ruh va taassurotlarga boy boʻlib, oʻquvchi- yoshlar qalbida qadriyatlarga muhabbat va ma’naviy meroslarimizga hurmat tuygʻusini yanada oshirdi.
http://t.me/qarshishahar8maktab

# Dolzarb _90_kun Qarshi shahar 8 -umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Dolzarb 90 kun" sog'lamlashtirish oromgohi faoliyat yuritmo
+4
# Dolzarb _90_kun Qarshi shahar 8 -umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Dolzarb 90 kun" sog'lamlashtirish oromgohi faoliyat yuritmoqda. Maktabimiz o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini qiziqarli va mazmunli o'tkazish maqsadida oromgohimizda texnalogiya fan to'garaklar, ijodiy to'garaklar,AKT to'garaklari yo'lga qo'yildi. Bundan tashqari xorijiy tilni mukammal darajada o'rgatish maqsadida İngliz tili to'garaklari bo'lib oʻtmoqda 👉https:t.me/qarshishahar8maktab

#Dolzarb_90_kun 📌 Qarshi shahar 8- umumiy o’rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” yozgi sog’lomlashtirish oromgohiga START b
+5
#Dolzarb_90_kun 📌 Qarshi shahar 8- umumiy o’rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” yozgi sog’lomlashtirish oromgohiga START berildi. 👉 https://t.me/qarshishahar8maktab

🔔 Xushxabar: „Yilning eng faol maxsus pedagogi“ koʻrik-tanlovi yakunlandi Qarshi shahar 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabida maxs
+8
🔔 Xushxabar: „Yilning eng faol maxsus pedagogi“ koʻrik-tanlovi yakunlandi Qarshi shahar 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabida maxsus pedagoglar oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan „Yilning eng faol maxsus pedagogi“ koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. 📌 Tanlov shartlariga koʻra, pedagoglar quyidagi yoʻnalishlarda oʻz mahoratlarini koʻrsatishdi: 🔹 Maxsus pedagogikada eng soʻnggi innovatsion va interfaol metodlar; 🔹 Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar bilan ishlash strategiyalari; 🔹 Pedagogik mahorat va psixologik yondashuv. Tadbir yakunida oʻz mahorati va tajribasi bilan ajralib turgan eng kuchli pedagoglar hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholandi. Barcha gʻolib va sovrindorlarni chin qalbimizdan qutlaymiz! 🏆 https://t.me/qarshishahar8maktab

"Enhancing classroom instruction through innovative strategies“ mavzusida vidio lavha

📸 Darsda innovatsiya va xalqaro tajriba uygʻunligi! Qarshi shahar 8-maktabida faoliyat yuritayotgan xorijlik mutaxassis Sher
+6
📸 Darsda innovatsiya va xalqaro tajriba uygʻunligi! Qarshi shahar 8-maktabida faoliyat yuritayotgan xorijlik mutaxassis Sheryl Villasis Palua hamda ingliz tili fani ustozlari Moʻminova Iroda va Ochilova Oʻgʻloy tomonidan tashkil etilgan seminar jarayonidan fotolavhalar! „Enhancing classroom instruction through innovative strategies“ mavzusidagi ushbu tadbirda oʻqituvchilar va oʻquvchilar interfaol metodlardan foydalangan holda oʻzaro tajriba almashishdi. Ishtirokchilarning faolligi va yangi bilimlarga boʻlgan intilishi darslarimiz sifati yanada yuksalishidan dalolatdir! 💡🇬🇧 https://t.me/qarshishahar8maktab

Bizning gʻoliblar, bizning gʻururlarimiz! Qarshi shahar 8-maktab tadbirdan yorqin fotolavhalar — yil boʻyi qilgan mehnatlari
+2
Bizning gʻoliblar, bizning gʻururlarimiz! Qarshi shahar 8-maktab tadbirdan yorqin fotolavhalar — yil boʻyi qilgan mehnatlari evaziga munosib taqdirlangan koʻplab iqtidorli oʻquvchilarimiz chehrasidagi baxtiyorlik aks etgan lahzalar. 🎉 Ular qatorida „Jismoniy tayyorgarlik darajasi“ sport sinovlarining ixtiyoriy talablari boʻyicha 7-12 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida 1-darajali diplomga loyiq koʻrilgan Ibragimova Gulinur Farruxovnani hamda barcha taqdirlangan maktabimiz faxrlarini yuksak gʻalaba bilan qutlaymiz! https://t.me/qarshishahar8maktab

Maktabimiz faxrlari va kelajagimiz egalari! Yil davomida bilim choʻqqilarini zabt etib, maktabimiz nomini yuqori marralarga o
+4
Maktabimiz faxrlari va kelajagimiz egalari! Yil davomida bilim choʻqqilarini zabt etib, maktabimiz nomini yuqori marralarga olib chiqqan iqtidorli oʻquvchilarimizning taqdirlanish jarayonidan lavhalar. Marralar bundanda baland boʻlsin, bilimdonlar! 🏆⚡️

📸 Katta hayot ostonasida... Oq yoʻl, aziz bitiruvchilar! Bugun maktabimizning 11-sinf bitiruvchilari uchun soʻnggi qoʻngʻiro
+7
📸 Katta hayot ostonasida... Oq yoʻl, aziz bitiruvchilar! Bugun maktabimizning 11-sinf bitiruvchilari uchun soʻnggi qoʻngʻiroq chalingan oʻsha hayajonli lahzalar. 11 yil davomida qadrdon boʻlib qolgan maktab partasi, sinfdoshlar va mehribon ustozlar bilan xayrlashish oson emas. Sizlar endi maktab oʻquvchisi emas, balki mustaqil hayot yoʻlovchilarisiz. Qalbingizdagi ezgu orzularingiz ijobat boʻlsin, oliy taʼlim muassasalariga kirishda barchangizga omad yor boʻlsin! Biz sizlar bilan faxrlanamiz! 🎓✨ https://t.me/qarshishahar8maktab

#SoʻnggiQoʻngʻiroq #Taqdirlash #MaktabHayoti #Muvaffaqiyat 🔔 Qarshi shahar 8-maktabda „Soʻnggi qoʻngʻiroq“ tadbiri yuqori ka
+6
#SoʻnggiQoʻngʻiroq #Taqdirlash #MaktabHayoti #Muvaffaqiyat 🔔 Qarshi shahar 8-maktabda „Soʻnggi qoʻngʻiroq“ tadbiri yuqori kayfiyatda oʻtkazildi! Bugun maktabimiz hovlisi har qachongidan ham gavjum va fayzli boʻldi. 2025-2026-oʻquv yilining yakunlanishi munosabati bilan tashkil etilgan „Soʻnggi qoʻngʻiroq“ tadbiri barchaga unutilmas lahzalarni taqdim etdi. ✨ Tadbir davomida yil davomida yuqori natijalarga erishgan, fan olimpiadalari, sport musobaqalari va turli koʻrik-tanlovlarda maktabimiz sharafini munosib himoya qilgan bilimdon oʻquvchilarimiz hamda ularga taʼlim-tarbiya bergan, oʻz kasbining fidoiylari boʻlgan ustozlarimiz maktab rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan tantanali ravishda taqdirlandilar! 🎓 Aziz bitiruvchilar, qadrdon ustozlar va hurmatli ota-onalar! Kirib kelayotgan yozgi taʼtil barchangizga maroqli oʻtsin. Bitiruvchilarimizga esa kelgusi hayot yoʻllarida va imtihonlarda ulkan zafarlar tilaymiz! Yutuqlarimiz bardavom boʻlsin! 🚀 https://t.me/qarshishahar8maktab

🔔Qarshi shahar 8- umumiy o’rta ta’lim maktabida 25- may- “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlari kunida o’quvchilar o’rtasida noxush
+3
🔔Qarshi shahar 8- umumiy o’rta ta’lim maktabida 25- may- “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlari kunida o’quvchilar o’rtasida noxush holatlarning oldini olish masalalari bo’yicha bitiruvchi o’quvchilar o’rtasida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda o’quvchi yigitlarga moshinalarda sayr uyushtirishmaslik, ko’ngilochar joylarda, kafe- restoranlarda o’tirish tashkil etmaslik va har xil pul yig’imlariga yo’l qo’ymaslik xususida ogohlantirishlar berib o’tildi. 👉 https://t.me/qarshishahar8maktab

🔔Qarshi shahar 8- umumiy o’rta ta’lim maktabida 25- may- “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlari kunida o’quvchilar o’rtasida noxush
+3
🔔Qarshi shahar 8- umumiy o’rta ta’lim maktabida 25- may- “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlari kunida o’quvchilar o’rtasida noxush holatlarning oldini olish masalalari bo’yicha bitiruvchi o’quvchilar o’rtasida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda o’quvchi yigitlarga moshinalarda sayr uyushtirishmaslik, ko’ngilochar joylarda, kafe- restoranlarda o’tirish tashkil etmaslik va har xil pul yig’imlariga yo’l qo’ymaslik xususida ogohlantirishlar berib o’tildi. 👉 https://t.me/qarshishahar8maktab

Vatanparvarlik va mahorat darsi Qarshi shahar 8-sonli maktab oʻquvchilari va “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari ishtirokida na
+6
Vatanparvarlik va mahorat darsi Qarshi shahar 8-sonli maktab oʻquvchilari va “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari ishtirokida navbatdagi amaliy mashgʻulot oʻtkazildi. “Vatanparvar” tashkilotida boʻlib oʻtgan mashgʻulotda yoshlar merganlik sirlarini oʻrganib, oʻz mahoratlarini amalda sinab koʻrdilar. CHQBT rahbari: R. Sanayev

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o‘qituvchilar uchun seminar tashkil etilib, ishtirok
+5
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o‘qituvchilar uchun seminar  tashkil etilib, ishtirokchilar raqamli pedagogika, interaktiv platformalar va sun’iy intellekt vositalari yordamida dars materiallarini yaratish va darslarda texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlar va ko'nikmalarga ega bo‘ldi. Seminar davomida o'qituvchilar: - Power Point yordamida darsni tushuntirish uchun video yaratish; - Menti.com, Canva.com, Kahoot.com; - Google Gemini, Claude.ai dan foydalanish; - Gamma app ta taqdimot yaratish; - ZOOM; - NetSupport Schoolda sinfxonani boshqarishni  va yuqorida aytib o'tilgan platformalarda ishlashni o'rganishti.