en
Feedback
Info 𝟛.𝟙𝟜

Info 𝟛.𝟙𝟜

Open in Telegram

Новости учёбы, аттестации, экзаменов АГМИ. Материалы учёбы и интересные контенты. По вопросам и предложениям. @info3_14_contact_bot

Show more
Buy Ad
2 155
Subscribers
-124 hours
-57 days
+15230 days
Posts Archive
Кутилганидек👍 Яшаш жойига борасилар, кесанглар кўксинггиздан итармаймиз. Лекин ўйлаб кўринглар https://t.me/medical_xpress
Кутилганидек👍 Яшаш жойига борасилар, кесанглар кўксинггиздан итармаймиз. Лекин ўйлаб кўринглар https://t.me/medical_xpress

❗️Bitiruvchi kurs talabalarini ishlashiga ruxsat berilmaydi! Sog'liqni saqlash vazirligi: bitiruvchi kurs talabalarini mehnat qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, shartnoma asosida ishga qabul qilishga yo’l qo’yilmasligi qat'iy nazoratga olinsin. Asos: 2026-yil «18» sentabrdagi 05-28/26703-son xati https://t.me/medical_xpress

❗️Bitiruvchi kurs talabalarini ishlashiga ruxsat berilmaydi! Sog'liqni saqlash vazirligi: bitiruvchi kurs talabalarini mehnat qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, shartnoma asosida ishga qabul qilishga yo’l qo’yilmasligi qat'iy nazoratga olinsin. Asos: 2026-yil «18» sentabrdagi 05-28/26703-son xati https://t.me/medical_xpress

#Qonunchilik_yangiliklar ❗️ Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 17-sentyabrdagi 500-son qarori bilan Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida magistraturada kadrlar tayyorlash tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha nazariy bilimlar, fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot (ilmiy-ijodiy) ishlar, shuningdek, mutaxassislikka mos korxona va tashkilotlarda tadqiqot ishlari hamda amaliyot (stajirovka)larni amalga oshirishni nazarda tutadi. ➡️ Nizomga ko‘ra: ▪️ magistratura bosqichida kadrlar ishlab chiqarish dasturiga yo‘naltirilgan — kamida 1 yil, ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan — kamida 2 yil muddatda tayyorlanadi; ▪️ ta’lim jarayoni magistratura mutaxassisligi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllarida tashkil etiladi; ▪️ magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy rahbar xulosasi, plagiatga yo‘l qo‘yilmaganini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (sertifikat) taqdim etiladi hamda dissertatsiya “Yashirin ekspert taqrizi”dan o‘tkaziladi; ▪️ amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, loyiha ishi, konstruktorlik loyihasi, startap loyihasi, ratsionalizatorlik g‘oyasi, amaliy-ijodiy asar yoki boshqa turdagi ishni tayyorlab, himoya qiladi; ▪️ ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari magistrlik dissertatsiyasini tayyorlaydi va himoya qiladi; ▪️ magistrlik dissertatsiyasining mavzusi, qisqacha annotatsiyasi va himoya kuni oliy ta’lim tashkiloti veb-saytida e’lon qilinadi. 📌 Shuningdek: ➖ magistraturada ta’lim jarayoni bakalavriat negizida, kadrlar buyurtmachilari ishtirokida va kasbiy standartlar asosida ishlab chiqilgan aniq magistratura mutaxassisligi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv reja va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi; ➖ ish beruvchi tashkilotlar talablari asosida magistrlarni maqsadli tayyorlash amalga oshiriladi; ➖ magistrlik dissertatsiyalarining himoyasi ilmiy tadqiqot ishining xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim tashkiloti, Fanlar akademiyasi yoki tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot yoxud ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida tashkil etilishi mumkin; ➖ oliy ta’lim tashkilotlarining o‘zaro kelishuviga muvofiq magistrlik dissertatsiyalarini ikki nafar talaba hamkorligida, fanlararo bog‘liqlik asosida tayyorlashga ruxsat etiladi. @magistrlarofficial @magistratura_qabul2025

Ixtisoslik Residentura Akusherlik va ginekologiya - 5 yil Umumiy jarrohlik - 5 yil Neurosurgery - 5 yil Plastik jarrohlik - 5 yil Yurak-qon tomir jarrohligi - 5 yil Bolalar jarrohligi - 5 yil Traumatologiya va ortopediya - 5 yil Urologiya - 5 yil Onkologiya - 5 yil Yuz va jag' jarrohligi - 5 yil Ichki kasalliklar / terapiya - 4 yil Kardiologiya - 4 yil Endokrinologiya - 4 yil Gastroenterologiya - 4 yil Nefrologiya - 4 yil Gemmatologiya - 4 yil Dermatovenerologiya - 4 yil Nevrologiya - 4 yil LOR (O'pka, burun, tomoq kasalliklari) - 4 yil Pediatriya - 4 yil Infeksion kasalliklar - 4 yil Anesteziologiya-reanimatologiya - 3 yil Oftalmologiya - 3 yil Allergiologiya va immünologiya - 3 yil Psixiatriya - 2 yil Oilaviy tibbiyot - 2 yil

#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴✨✨✨✨ ❗️Rezidentura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlashning yagona tizimiga aylanadi 2027/20
#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴✨✨✨✨ ❗️Rezidentura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlashning yagona tizimiga aylanadi
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab shifokor-mutaxassislar tayyorlash to‘liq rezidentura dasturlari orqali amalga oshiriladi. Klinik ordinaturaga qabul to‘xtatiladi. Shu bilan birga, qisqa muddatli qayta tayyorlash dasturlari orqali yangi tor ixtisoslikka ega bo‘lish amaliyoti bekor qilinadi.
Magistratura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlash bosqichi sifatidagi maqomini yo‘qotib, faqat ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga yo‘naltiriladi. Bunda magistraturada tahsil olishga turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari ham qabul qilinishi mumkin. Rezidenturada ta’lim davlat granti asosida amalga oshiriladi. Qabul kvotalari hududlar, tibbiyot tashkilotlari ehtiyoji hamda alohida yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar yetishmovchiligini inobatga olgan holda tasdiqlanadi. Rezidentlar uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2,15 baravari miqdorida stipendiya joriy etiladi. Rezidenturani muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Milliy malakalar ramkasining 7-darajasiga muvofiq diplom beriladi. Ushbu diplom doktoranturada ta’limni davom ettirish huquqini beradi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. ——————— 🔴 🔰🔰🔰🔰 ❗️Резидентура станет единственным путем подготовки врачей узкого профиля
С 2027/2028 учебного года подготовка врачей-специалистов будет полностью осуществляться через программы резидентуры. Прием в клиническую ординатуру прекращается.
Также отменяется получение новой узкой специальности посредством краткосрочных программ переподготовки. Магистратура перестает быть этапом подготовки узкопрофильных врачей и будет ориентирована исключительно на подготовку научных и научно-педагогических кадров. При этом к обучению в магистратуре смогут допускаться также выпускники смежных направлений подготовки. Подготовка в резидентуре будет осуществляться на основе государственного гранта. Квоты приема будут утверждаться с учетом текущей потребности регионов, медицинских организаций и дефицита специалистов по отдельным направлениям. Для резидентов вводится повышенная стипендия в размере 2,15 минимального размера оплаты труда. По завершении обучения выпускники резидентуры будут получать диплом, соответствующий 7 уровню Национальной рамки квалификаций, который предоставит право на продолжение обучения в докторантуре. 🚑  Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Мақтаниш учун пост 👇👇👇 @info3_14

#mandat #magistratura #qabul2026 ⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim
#mandat #magistratura #qabul2026 ⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🔴 🟦🟦🟦 ❗️SSV: Klinik ordinaturaga kirish imtihonlarining natijalari ma’lum bo‘ldi 🧑🏻‍💻 Kuni kecha yurtimiz bo‘ylab klin
🔴 🟦🟦🟦 ❗️SSV: Klinik ordinaturaga kirish imtihonlarining natijalari ma’lum bo‘ldi
🧑🏻‍💻 Kuni kecha yurtimiz bo‘ylab klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.
  ⏺ Ta’kidlash joiz, talabgorlarning hujjatlari elektron shaklda onlayn qabul qilindi hamda imtihonlar nafaqat poytaxtdagi Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ham tashkil etildi.   🤩 Bugun Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi rasmiy veb-saytida ushbu imtihon natijalari e’lon qilindi.  
⬇️ Natijalar bilan tanishish uchun havola:
https://tmbm.ssv.uz/post/category/clinic_results   ‼️ Agar imtihon jarayonlari va natijalari yuzasidan savollar bo‘lsa, talabgorlar hujjatlarini topshirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishi mumkin.   🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🔹 doktoranturaga — 540 ta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Ассалому алайкум яхшимисизлар яна қайтариб айтаман, хамма ординатурага тайёрлов курслари фуфло, ишонманглар

Klinik Ordinatura kvota 2026 ...✓.pdf2.99 MB

#Kvota #Magistratura #Kunduzgi #Qabul2026 Magistratura kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti. ✅ Jami: 22 050 ta. Davlat granti – 10 340 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 009 ta; ➖rus tili – 1 331 ta. Kontrakt – 11 710 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 649 ta; ➖rus tili – 2 061 ta.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🇩🇪Nemis tilini 0 dan boshlamoqchimisiz? 📢 Yangi A1 guruhi uchun qabul boshlandi! 📅 Dars kunlari: Dushanba • Chorshanba • Juma ⏰ Vaqti: 21:00dan-23:00gacha(O‘zbekiston vaqti)telegram yopiq guruxda 📚 Daraja: A1 (0 dan boshlovchilar uchun) ⏳ Kurs davomiyligi: 1,5 oy 💸 Narxi: 300 ming (1,5oy uchun) ) ⭐ Muhim: Ushbu guruh A1 dan boshlab, B1 yoki B2 darajasigacha multilevel, telc va Goethe sertifikatlari uchun tayyorlantiriladi. Germaniyada hamshira yoki MFA bo'lib ishlash uchun ham yo'l yo'riq ko'rsatiladi. Ish topishga yordam beriladi. Kurs davomida ustoz almashmaydi va sizni oxirigacha kuzatib boradi. Dars davomida sizga quyidagilar o'rgatiladi: ✅ Grammatika ✅ So‘z boyligini oshirish ✅ Gapirish ko‘nikmasi ✅ Tinglab tushunish ✅ Yozish ko‘nikmasi Shoshiling darslar 10-iyuldan boshlanadi, 1-dars bepul Ro‘yxatdan o‘tish uchun :@Seerose1873

Презентация учун Kimi сунъий интеллектни ишлатиб кўринглар. Анча яхши экан. Алоҳида, слайдлар деган функцияси, бир нечта дизайнлар мавжуд экан. @info3_14