AZIZA ABDUSAMATOVA
Open in Telegram
O'zingni yo'qotib qo'ygandekmisan?🔎 Kel, birga topamiz! Ichki og'riq va havotir bilan ishlayman. Terapiya - xavfsiz va ilmiy! 👇Offline | Online qabul @FeniksPsixologiyaMarkazi @ZiyodaAbdufattohovna
Show more645
Subscribers
+224 hours
-27 days
-1230 days
Posts Archive
Bugungi suhbatdan ayollarni bilmadimu, bolalarim o'ziga kerakli xulosalarni olishdi😁
Kurslarimda o'qiy boshlagan, biror joyga bora boshlaganlar ko'pincha buni yashirib qilishadi...
Tushunmaydigan, ruhsat bermaydigan, keyin muammo qiladigan eri sabab shunday qilishadi...
Onamnikiga deydi, doktorga deydi, ishqilib amallaydi. (Ta'qiq minusga ishlashiga isbot bu)
Va biz qadamma-qadam erlarga to'g'ri tushuntirish, to'g'ri kommunikatsiyani yo'lga qo'yish orqali shunday o'zgarishlarga birga boramiz😍
-Erlarga aytib, ularning xabari bo'lgan holda kurslarga qatnash
-Biror tadbirga borsa, yashirmay aldamay ochiq-oydin bora olish
-Ruhsat so'rasa, "ustozing bilan bo'lsa mayli" deb ruhsat olinadigan holatga boramiz.
Qanday yaxshi🤗 Shunday emasmi?
Bugungi tadbirimizga yosh ayollardan ham ko'pchilik kelgani fonida xursand bo'lib ketganimdan, gap qopim ochilib, shuncha doston yozvoribman))
Alhamdulillah... Niyatimga yarasha, ayollar ko'ngil yozishi uchun chiqa olishiga sababchi qilyapti Alloh...
"Bolalarni vaqti yo'q", "bir o'zim borolmayman hech qayerga", "qanday yaxshi shunday guruhlar qilganingiz, qizim" deyishadi onaxonlar...
"Bolamga aytgandim, o'zlari olib yurishsa yaxshi deb jo'natvorishdi" deb xursand bo'lib kelishadi...
Asta-sekin meni umuman tanimaydigan o'quvchilarimning erlari "Aziza opang bo'lsa boraver" deb jo'natishyapti qayerga bo'lsayam...
Aziza opasini tanimaydi ular, lekin Aziza opasining ishini ayolida ko'rishmoqda.
Ulg'aygan ayol, rivojlanishni xohlayotgan ayol, o'z hayotini o'zi yashagisi kelayotgan ayol XAVFLI EMASLIGINI ko'rishyapti ular...
Bunday ayol bilan yashash qiziqarliroq...
Ayollar turmush qurgach, shundog'am hayotini kamida 10 yilini uyda, 4 devor orasida, huddi yashamagandek avtopilot rejimida o'tkazadi...
Eng aktivi, eng бунтарь i, eng qaysari, ichidagi olovini so'ndirishlariga qo'ymaydigan kuchlisi - kamida 10 yil😢
Unday emasi esa butun umr😢
Bilasiz, men ayollar guruhlari uchun sayohatlar tashkil qilaman. Yarim yildan oshdi buni yo'lga qo'yganimga. Yarim yil ichida bir necha yuzlab ayollarni yig'ib, ko'nglini olib, ko'ziga olov, qalbiga zavq, hayotiga quvonch ulashdik🥹
Har sayohatdan keyin "Shunaqa maza qilyapman, tasavvur qilolmaysiz, Azizaxon" deb ko'zida yosh bilan o'ynagan ayollar, ko'zida yosh bilan duo qilgan ayollar ko'z oldimda bir necha kunlab qoladi meni...
"60 ga chiqib endi birinchi marta shunday narsaga chiqdim"
"65 ga kirib Toshkentdan chetga chiqmaganman, voh buncha go'zal ekan Samarqand a"
"Mana oila, bola-chaqadan ortib o'zimiz uchun yashashga vaqt yetib keldi... 70 da..."
"Ximiyaterapiya olyapman... Operatsiyadan keyin... Bu ayollar bilan yurish maza-da, to'yib olgim keladi. Lecheniyadan keyin holim yo'q bo'lsayam, kuch topib atay kelaman, yozilaman deb"
Bu og'riqli😢 Nega endi?! Nega ayollarimiz 60 ga chiqqanda Samarqandni birinchi marta ko'rishi kerak?! Nega ayollar 70 ga chiqqandagina o'zi uchun yashashga, uyoq buyoqqa yayrab borishga imkon qilishi kerak?! Nega o'zi xohlagan joylarga bora olguncha umri deyarli tugab qolishi kerak!
Nega sayohatdagi guruhlarimda faqat pensionerlar?! Nega jamiyatimizda bu norma?! Nega ungacha mumkin emas? Nega ayollar eri o'lgandan keyin xohlaganini qilishi kerak?!
Men bu davrni suraman!
Men 4 devor ichida yashayotgan ayollarni sayohatga, ayollar davralariga, mazza qilib miyadagi neyronlarni qimirlatishi mumkin bo'lgan joylarga borish yoshini yoshartiraman!
Qilayotgan ishlarim, faoliyatimdan maqsad pul topishgina emas. Yoki rizq tegirmoni zanjirida bir halqa bo'lib ishtirok etishgina emas (birgina o'ylab, realizatsiya qila olgan g'oyam ortida qancha rizq tegirmonlari harakatlanadi: transport haydovchilari, gidlar, mehmonxonalar, o'rtada turuvchi menejerlar, qurt-pista sotuvchi xolalar, kafe-restoranlar, u yerdagi xodimlar, sovg'a-salom sotuvchilar va hokazolar)
Bundan ko'ra kattaroq, masshtabliroq missiyam ham bor jamiyatimiz ayollari oldida...
Ichimdan o'tadigan fikrlar, og'riqlar, g'ayratim va ichimdagi olovdan buni his qilaman...
Bekorga bermagandur Robbim bu olovni... Bekorgamasdur...
Zamonaviy hayotimiz fonida chegaralar toraygani (ko'p qavatli uylarda yashaymiz, uydan chiqmaymiz, kuchli urbanizatsiya, qurilishlar, uy-ish orasida avtopilotda qatnab yuramiz, harakatsizlik, virtual qaramlik, arzon dofaminga o'tirib qolish, hayotimizda yangilik yetishmasligi, yangi hislar yetishmasligi, oqibatda vaqt torayib siqayotgandek hissiyot) haqida gaplashdik bugun.
Bir xil hayot tarzi miyamizni asta-sekin yemirib boradi. Emotsional holatimizni yomonlashtiradi. Hayotdan, atrofdan, odamlardan, hammadan qoniqmaslik hissi, nolish, boshqalarni ayblash, tushkunlik holatlarini kuchaytiradi.
Hayotda real xilma-xillik, yangilik, real hissiyotlar orqali olinadigan toza dofamin yetmagani oqibatida arzon dofamin-virtual qaramlik oshib boradi. Telefon va komputer o'yinlari, qisqa videolar, internetni soatlab maqsadsiz varaqlash - insonning hayot sifatini yomonlashtiraveradi.
(Yaqiningiz bilan 5 minut qo'lingizda telefonsiz gaplasholmaslik, uyqudan uyg'ona solib, darrov telni ushlash, hatto ovqat yeyotganda qo'lingiz qoshiqdayu ko'zingiz telefonda ekani, hayotingiz shunchalar qotib qoldiki, shunchalar avtopilotda yashayapsizki, miyangiz dofaminga bo'lgan katta ehtiyojini gadjetdan uzilmay qaramlik orqali qondirishga harakat qilyapti degani)
Real "o'yinlar", real insonlar, real o'zgarishlar va yangi qadamlar esa hayotingizga "tuz" qo'shadi.
Qo'rqmang... Xohlab ko'rishdan, qadam qo'yishdan, sinab ko'rishdan, hayotingizga rang kiritishdan qo'rqmang.
Hayot juda qisqa... Черновой hayotimiz yo'q bizni, tugab qolsa беловойи ni yashayman deb "yashash"ni ortga surish kerak emas...
Yomonam bobovlarim kelgan bugun😁
Nazarimda:
Uy sasiyapti
Hammayoq musor
Hamma narsa kir
Natijada uy ko'tarildi, bolalarim ham нормалный ballar ishlab olishdi))
*Qanday ball haqida gap ketayotganini uborkani tugatib, aytib beraman.
Repost from FENIKS TRAVEL
💐"Ўзим учун 1 кун" лойиҳаси
📆 7-апрель
💵 350.000
🛖Ўтовда қозоқ биродарларимиз тайёрлаган ҳақиқий бешбармоқ еймиз
Файзли аёллар даврасида
✔️фойдали
✔️қизиқарли
✔️кўнгилочар
дастур тайёрланган.
🥘Дастурҳонда бўлади:
Бешбармоқ
Сўқоқ кўк сомсаси
Тандир кўк патир
Чироқчи салати
Чой
Нон
Жойингизни банд қилиш учун:
📞+998909190096 Азиза
📞+998971780979 Феруза
Repost from FENIKS TRAVEL
Тоғлар бағрига пикникка йўл оламиз!
⏳7-апрель
Аёллар жамоаси
Мазали тушлик
Самоварда чой
Қизиқарли ўйинлар
Нархи:
Катталар учун - 350.000
Болалар учун - 200.000
Нарх ичига киритилган:
-транспорт хизмати
-тушлик
-йўлбошчи
Жойингизни банд қилиш учун қўнғироқ қилинг:
📞+998971780979 Феруза
📞+998909190096 Азиза
Qizlarga - "baxt erga tegishdagina" emasligini o'rgatish, erkak faqat pul topib beruvchi robot yoki bankomat emasligini o'rgatish
Yigitlarga - ayol "o'zini tan oldirish" uchun obyekt emasligini, dunyoga ovqat qilib, pol artib, bola tug'ishga kelmagani o'rgatish
kerakdur balki. Butun umr sarpa yig'ish bilan band bo'lgandan ko'ra...
Tepadagi e'lonni yozib bo'ldim-da, qalbimga og'riq kirdi...
Bir punkti sabab... Birinchi punkti sabab...
Oila - ko'p hollarda jamiyatimizda ayolning o'sishiga, mayli o'smasa-rivojlanmasa ham maza qilib o'zi yoqtirgan, qilgisi kelgan ish bilan shug'ullanishiga, hayotini o'zi xohlagandek yashashiga to'siq ekanligi meni hafa qiladi... doim hafa qiladi... qattiq hafa qiladi...
Bunday bo'lishi kerak emasligi og'riq beradi...
Oila to'siq, ta'qiq, yuk bo'lishi kerak emas! Oilada yaxshi bo'lishi kerak!
Oilada maza bo'lishi kerak! Oilada tushunish bo'lishi kerak! Oilada hurmat bo'lishi kerak! Oilada hissiy yaqinlik bo'lishi kerak! Bular bo'lmasa oila nega kerak?...
Jamiyatimizda ajrimlarni kamaytirish uchun har balo qilib yotishibti. Lekin foydasi yo'q! Qachonki oila qurishga munosabat o'zgarmas ekan, oila nima ekanini yoshlar tushunmas ekan, juft kim ekanligi haqidagi fikr miyalarda to'g'irlanmas ekan FOYDASI YO'Q!
Insonning jufti haqidagi menga eng yoqadigan nom - TURMUSH O'RTOQ. Insonning turmushdagi o'rtog'i...
O'rtoq bilan qanaqa? Haqiqiy o'rtog'ingiz sizga qiziq, siz u uchun xursand bo'lasiz, u biror narsa xohlasa qo'llaysiz, eplasa xursand bo'lasiz, faxrlanasiz, yiqilsa turg'azasiz, yaxshi ko'rasiz, u siz uchun muhim. O'rtog'ingiz bilan munosabatlarda o'rtangizda bosim bo'lmaydi! U bilan mazza. U bilan erkinsiz. U bilan yoqimli. Undan qo'rqmaysiz. U sizga dushman emas.
Turmush o'rtog'ingiz bilan ham shunday bo'lishi kerak. Ayoldur, erkakdur farqi yo'q... Ho'jayin, er, xotin yoki yana boshqa narsalar emas. Turmush o'rtoq bo'lishi kerak.
Turmush o'rtoq bo'lmasa nega kerak?
Turmushga chiqmagan, bola-chaqasi yo'q, kirishimli, shustriy, momentlarni уловить qilishni yaxshi ko'radigan, komandamiz a'zosi bo'lishni xohlovchi, va imkon qadar Qorasaroyga yaqin joyda yashaydigan shogird qiz qidiryapmiz.-Psixologiya fakultetida o'qiyotgan yoki -Turizm sohasida o'qiyotgan talabalar variantini ham ko'rib chiqishimiz mumkin. Murojaatingiz "Necha pul berasiz?"dan boshlansa, yozmay qo'yavering. Bu eng жесткий filtrim. Pul qizg'onmayman, birovning vaqtini, mehnatini qadrlashga doim harakat qilaman, insonlarning haqqini ado qilishga urinaman qo'ldan kelgancha. O'zim he mirisiz oyni yakunlab, qarz olib maosh to'lagan oylarim bo'ladi. Lekin maoshlar vaqtida beriladi, bonuslar saxiylik bilan ajratiladi, men beradigan KPI foizi boshqa hech qayerda yo'q! LEKIN! Pul uchun ishlaydigan (ishlamoqchi bo'lgan) odamni yonimga olmayman. Men bilan ishlash uchun qadriyatlari boshqacharoq bo'lishi kerak. Bu qadriyatlarni suhbatda gaplashvolaman o'zim. Rezyumelarni @AbdusamatovaA ga yuborsangiz, ko'rib chiqaman😘
E'lonni o'qib, bormaymanku deb o'tkazib yubormang...
Shu safar menga yordamingiz kerak.
Katta avtobus olingan, 10 kishi chiqsayam 50 kishi uchun pul to'layman. O'zi guruh to'lmagandi. Uning ustiga bugun 7 ta otkaz bo'ldi.
Bu - men uje minusdaman degani. Otkazlar o'rniga nechta bo'lsayam odam yozilgani harna... Minusimni kamaytiradi.
Shuning uchun, iltimos, maksimal repost qilib bering.
Balki aynan hozir rosayam Samarqandga borgisi kelayotgan kimdurlar biz bilan ketishiga sababchi bo'lib qolarsiz🥹
🔊🔊🔊30-31 Samarqand guruhimizda 5 ta joy bor!
Kim biz bilan bormoqchi yoki yaqinlarini yubormoqchi bo'lsa, ayni payti😍
@AbdusamatovaA ga yozib, guruhga qo'shilib olishingiz mumkin.
"Bizani videoga ovottimi?" deydilar))
Syurpriz kutilmagan bo'lishi, shu bilan birga avval hafa qilib, keyin hursand qilish effektini bermasligi kerak edi planimiz bo'yicha.
Shuning uchun 1 kun oldinni tanladik))
"Ertaga bolalar keladi, yur bugun bir ikkalamiz ujin qilamiz" deb adam uydan olib chiqib ketishlari, uydagilar orqalaridan tez chiqib ketib tayyorgarlikni ular kelishguncha qilib tugatishimiz kerak edi.
Super sekin kelishni adam четкий uddaladilar😁 Eng ochered ko'p joyda zapravka, to'satdan sigaretlari tugab qolishi, uni magazindan uzoq vaqt sotib olish vahokazolar))
Syurpriz qilib uylar, mashinalar, orollar (ana bo'lmasam) sovg'a qilishimiz nasib qilsin iloyim. Har qancha qilsak kam sizga, onajonim💋❤️
