AZIZA ABDUSAMATOVA
Open in Telegram
O'zingni yo'qotib qo'ygandekmisan?🔎 Kel, birga topamiz! Ichki og'riq va havotir bilan ishlayman. Terapiya - xavfsiz va ilmiy! 👇Offline | Online qabul @FeniksPsixologiyaMarkazi @ZiyodaAbdufattohovna
Show more642
Subscribers
-124 hours
-107 days
-1330 days
Posts Archive
📍JONLI KOUCHING UCHRASHUV
14-sentabr Soat: 11:00-14:00 Sizlarni yangi manzilimizda kutamiz☺️Ishtirok etish narxi - 300.000 so'm -Chiroyli davrada foydali suhbat quramiz -Savollaringizga javob olasiz -Tayyorlab qo'ygan texnikamni bajaramiz -Tanaffusda sladkiy stol bo'ladi Eng muhimi DIYDORLASHAMIZ🥰 📍Faqat 10 tagina joy bor Yozilish uchun qizlarga yozing: @FeniksPsixologiyaMarkazi @ZiyodaAbdufattohovna
Endiiii, siz bilan uchrashuvimiz vaqtini kelishvolaylik😍
Pastda opros qoldiraman, kela oladigan kuningizni belgilab keting🙏
Qanday uchrashuvligi esingizdan chiqib qolmadimi?😁
Jonli kouching suhbat uchrashuvi qilyapmiz🔥🔥🔥
Turizm zo'r soha-da😍🔥
-partnyotlar bilan shunday uchrashuvlar
-sayohatlar
-xizmat safarlariga borib mehmonxonalarni o'rganish
-mijozlarning xursandchiligiga sherik bo'lish
-insonlarning dunyo ko'rishlariga sababchi bo'lish
Psixologiyadan, insonlarning dardi va og'rig'idan charchaganimda turizm ayni muddao-da!
Shuning uchun o'ylab qoldim. Shu yozuv-chizuvni ichida fikr keldiyu, darhol yozishga kirishdim.
Jonli biror narsa qilay🤗 1 kunlik uchrashuvSizni ham qadamingiz yetsin kamtarona ofisimizga. Energiyangiz qo'shilsin, joyimiz yanada fayz olishiga hissangiz qo'shilsin, nima dedingiz?🤗 Sog'inganman sizlarni🥰 Faqat nima qilsamikin, nima qilsam sizga yoqadi deeeeb o'ylayapman. Variantlaringizni kommentda yozib keting
Hozir yozib-chizib tugayotgan oyni tahlil qilyapman.
Iyul oxiri shoshilinchda ko'chganmiz bilasiz, narsalarni joylab ulgurmagandim xatto. Keyin Gruziyaga ketdim. Qaytib kelib 2 kun dam olib, keyingina chiqdim yangi joyimga. Avgustning 10 kuni ketdi shu tarzda...
To'g'risini aytaman, boshida juda yoqtirmadim. Turmush o'rtog'imga mo'ltillab devorlar rangidan shikoyat qildim, hojatxonaga qarab bo'lmasligidan, bitta lampochka kamlik qilayotganidan va hokazolardan gap topaverdim xullas (qanchalik miyang'iligimga o'zim hayron qoldim😁)
Turmush o'rtog'im devorlarni oqqa bo'yatib berdilar, oppoqqina bo'ldi. Hojatxona masalasini hal qildik (o'zimniki bo'ldi endi, pul to'lab tozalataman, kalitni almashtirdik va tozalashga pul qo'shishni istamagan, lekin shiptir qilayotganlarni obshiy tualetga haydadik😉).
Ortiqcha harakatim, reklamalarsiz shu 20 kunda bitta potok malaka oshirish kursini tugatdik. Lomonosov nomidagi MGU talabalariga praktika o'tkazib berdik. Konsultatsiyalar o'tkazdim. Nafaqat men, yana 4 ta psixolog konsultatsiyalar o'tkazishga ulgurishdi (Kabinetni ijaraga ham beraman, bilasizku). Shogirdlarim birin ketin kelib, ko'rib ketishdi.
Odam kirib-chiqib yurganiga, joyimiz xizmat qilayotganiga fayz ham kirib, ko'zimga oydek ko'rina boshladi.
Bu joyga o'rgangunimcha qancha vaqt ketarkin endi deb o'ylagandim. Birinchi oy yakunidayoq juda optimistik kayfiyatdaman, alhamdulillah.
Lekin siz hali kelmadingiz, shu desangiz😉
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
🫰ZO‘RAVONLIK — TAQDIR EMAS!
🤝 YORDAM SO‘RASH — ZAIFLIK EMAS!
😮 Har bir inson tinch, xavfsiz va munosib hayot kechirish huquqiga ega. Qiyin vaziyatga tushib qolganingizda sukut saqlash yoki barchasiga ko‘nikish yechim emas. O‘z vaqtida berilgan yordam qo‘li yangi hayot boshlashga asos bo‘la oladi.
Bugungi tizimli ijtimoiy himoya xizmatlari sizga har tomonlama ko‘mak berishga tayyor:
Huquqiy yordam — qonuniy huquqlarni himoya qilish, maslahat va amaliy ko‘mak.
Psixologik ko‘mak — ruhiy tushkunlikni yengish, ichki kuch va ishonchni tiklash.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — murakkab hayotiy vaziyatlardan chiqish rejasini ishlab chiqish.
Reabilitatsiya va moslashuv — xavfsiz muhit, vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy hayotga qaytish.
❗️ Unutmang: Siz yolg‘iz emassiz. O‘zingiz yoki yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang — yordam so‘rash zaiflik emas, balki kelajakni saqlab qolish sari eng jasur qadamdir.✅ Qisqa raqamli ishonch telefoni: 1146 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Ziyoda - sinfdoshim bo'ladi. Bolalarni va o'z ishini qanchalik yaxshi ko'rishini, borini berib ishlashini bilganim uchun tavsiya qilyapman sizga ham.
Agar farzandingizga logoped-defektolog yordami kerak bo'lsa, bemalol mirojaat qilavering❤️
Repost from N/a
🌟 ASSALOMU ALAYKUM! LOGO SENTRGA XUSH KELIBSIZ! 💛
Bu kanal — farzandining rivojlanishiga befarq bo‘lmagan ota-onalar uchun ochildi. 🧩
Bu yerda siz:
🧠 bolaning nutqini rivojlantirish
🎲 uy sharoitida bajariladigan foydali o‘yinlar
👄 artikulyatsion mashqlar
✋ mayda motorikani rivojlantirish
👶 bolaning rivojlanishidagi muhim belgilar
💡 ota-onalar uchun oddiy va foydali tavsiyalar
haqida muntazam ma’lumotlar olasiz.
🧕🏻 Men — Ziyoda Abdumalikovna, Deffektolog-logopedman
Logo Sentrni ochishdan maqsad — bolalarga individual yondashuv asosida yordam berish va ota-onalarga farzandining rivojlanishini yaxshiroq tushunishga ko‘maklashish.
🌱 Chunki bola rivojlanishida o‘z vaqtida berilgan kichik yordam ham katta natijaga sabab bo‘lishi mumkin.
💛 Farzandingiz — biz uchun shunchaki navbatdagi bola emas. Har bir bola o‘ziga xos.
📌 Kanalimizda qoling. Siz uchun juda ko‘p foydali materiallar tayyorlaymiz.
Logo Sentr — birga rivojlanamiz! 🌟
https://t.me/LogoSentr_480KTIMTT
🔊DIQQAT, E'LON❗️
Dushanbadan jumagacha offline ishlaydigan xodimlarga bir nechta vakansiya ochdim.
Ish qidirayotganlar bo'lsa, rezyumeingizni @AbdusamatovaA yuboring
Dushanbadan jumagacha har kuni, 9 ta dars
Narxi - 1.500.000 so'm
Xohlasangiz ofline, xohlasangiz online o'qishingiz mumkin
5 yillik psixolog bo'lib ishlash ruhsatnomasini olish uchun imtihon topshirish kerak, xabaringiz bor.
Shu imtihonga tayyorlovchi dastur bilan intensiv malaka oshirish kursi ochilyapti!
Kim qo'shilishni xohlasa, murojaat qiling
