cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Everything🧑🧕🧓👵

•CREATOR : @dr_akhmadqulov Пусть каждый получит то, что хочет от это •CHAT : https://t.me/joinchat/gUpZ7XjDh4diZTgy https://t.me/+30szEeISYRUzYTMy Let everyone get what they want from this channel‌‌

Show more
Uzbekistan81 601The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
148
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Hikoya_vaqti #Qarz_daftar – Uka, “qarz daftari” bormi? – Bor, aka. – Shu daftaringizdagi muhtoj oilalarni qarzlarini hisoblab aytsangiz,  Ramazon oyida ularni qarzlaridan ozod qilib qoʻysak degandik. Qassob yigitning yuzida achchiq tabassum paydo boʻldi. – Aka, keling, mana qoʻlimdagi roʻyxat, manavi akani koʻpchilik taniydi,  taglarida “Malibu”,  oʻgʻillari falon joyda ishlaydi, qarzlarini bir yildan beri berolmaydilar. Manavi boyvachchaning uyini koʻrsangiz naq saroy deysiz, bir yarim yil boʻldi, bez boʻlib yuraveradilar. Qisqasi, roʻyxatimdagilarning bari shunaqalar. – Menga bular kerakmas, yetim bolalari bor va kambagʻal oilalarning roʻyxatini bering, uka. – Aka, siz aytgan oilalar zaruratdan 200-300 gramm goʻsht olishsa, bir haftaga qolmay pulini toʻlab chiqib ketishadi. Ularda amal va boylik boʻlmasayam or-nomus bor. Qisqasi, mening daftarimdan siz izlagan odamingizni topa olmaysiz, salomat boʻling. Indamadim. ©Muhammad IKROM
Show all...
#Hikoya_vaqti #Uyat Vokzalga ketaverishga yaqin joyda oshxona joylashgan. Odimlar ekanman, kimdir “halol shashliklar bor” deb hayqirsa, kimdir issiq somsa, issiq choy borligini ovoza qiladi, yana kimdir esa plastik kartaga ham savdo qilaverishini jar soladi. Ular asosan oʻrta yoshli kishilar, yigitlar boʻlgani uchun ovozlari jarangdor yangraydi… Burchakda 60-65 yoshni qoralagan, koʻrinishidan qarovsiz ekanligi yaqqol namoyon boʻlgan bir onaxon roʻmol ochib eski kiyimlar, ishlatilgan roʻzgʻor buyumlari, oʻqilgan kitoblarni yoyib oʻtiribdi. Juda tanish chehra… esladim: ishga shoshayotgan paytim bu onaxondan pirashka olib yeb ketardim. Uning hech kimi yoʻqligi, oʻz qornining gʻamini shu yoʻl bilan yeyishi haqida eshitganlarim ham bor edi.  Kitoblarni koʻrish uchun yoniga yaqinlashdim. – Xola, endi pirashka sotmaysizmi? – deb soʻradim. Onaxonning javobidan qattiq taʼsirlandim, atrofdagi sotuvchi-jarchilarga qaradim-u koʻzimni yerga oldim: – Hozir Ramazon oyi-ku, uyat boʻladi, bolam, uyat… Odinaxon ABDUVAHOBOVA
Show all...
00:30
Video unavailableShow in Telegram
#сахарлик Абу Саид Худрий разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: "Саҳарлик – ейиш муборак бўлган таомдир. Шундай экан, бир қултум сув ичиш билан бўлса ҳам уни тарк этманглар. Зеро, Аллоҳ ва Унинг фаришталари саҳарлик қилувчиларга саловот айтурлар." © Имом Аҳмад ривояти Рўза тутишни нийятида эрта туриб, сахарлик қилаётганларга ёқимли иштаха! Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!
Show all...
08:36
Video unavailableShow in Telegram
✅ #Premyera #Klip #Uzb 🎬 Yulduz UsmonovaMuxabbat (Official HD Video)
Show all...
00:13
Video unavailableShow in Telegram
#хайрли_тонг Аллоҳни фарзини адо этаман деб ширин уйқусидан кечиб сахарлик қилиш учун уйғонганларни Аллоҳ Жаннати ила мукофотласин. Амин 🤲
Show all...
01:00
Video unavailableShow in Telegram
🌙Рамазон ойларида бизларга беминнат хизмат қилаётган оналаримиз, опа-сингилларимиз, аёлларимиздан Аллоҳ рози бўлсин🤲 Улар қилаётган мехнатига ширин сўзларингиз билан рахмат айта олмас экансиз сукут сақланг, қўпол гапириб уларни дилини оғритман.
Show all...
#Hikoya "Men kun-u tun faqat sen haqingda o'ylayman duolarimda ham faqat Allohdan seni so'rayman,sen uchun har kuni kundalik yozaman,glavniyingdagi biroz xafa statuslarni ko'rib senga nima bo'lganligi haqida o'ylab siqilaman,yig'layman,meni sevarmikansan deb o'ylab aqldan ozgudek bo'laman Allohdan yolg'iz seni visolingni,sog'ligingni so'rayman"-u shu gaplarni kundaligi har kuni yozardi bir kun ota-onasi bilan jamoa bo'lib namoz o'qishdi va u yana faqat u haqida o'ylab,o'sha gaplarini niyat qilib ovoz chiqarmay so'ray boshladi va ko'zlarini yumgan holda onasining pichirlashalarini eshitdi"Yo Alloh farzandlarimnining ilmini ziyoda qilgin ularni qalbini o'zinga bo'lgan muhabbat bilan to'ldirgin,doim baxtimga omon bo'lishsin orzulariga yetishsin...farzandlarimning..." u qo'llari duo ochilgancha ko'zlarini yumib dou qilayotgan onasiga termilib qoldi shu payt u doularida onasini unitib qo'yganini uning qalbiga ozor berib qo'yganda qanchalik xafa bo'lganligini hatto onasining telegram rasmlariga biror marta ham qaramaganligini o'yladi va butun vujudi ko'z yoshga aylanib to'kilayotgandek jim qoldi P.S qanchalik xudbinmiza😔
Show all...
00:32
Video unavailableShow in Telegram
#хайрли_тонг Мўмин киши бомдод намозини ўқиб, фарзни адо қиларкан, қалби ёришиб тонг оттиради. Илм ва амалга илдам ҳаракат қилади, Аллоҳнинг ҳимоясида бўлади. Аллоҳим! Рамазонда қалбларимизга ором, дардларимизга шифо, ишларимизга енгиллик ва амалларимизга қабулият ато айла! Ассалому алайкум, кунингиз ҳушмазмун бўлсиг азизлар!
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Rasm
Show all...