Moon 🌙
Open in Telegram
#𝐁𝐢𝐬𝐦𝐢𝐥𝐥𝐚𝐡 Kanalni kuzatishga sarflagan vaqtingiz uchun rozi bo'ling.. Audio, Videolar: @Muhibbb_TV
Show more213
Subscribers
-124 hours
-37 days
-830 days
Posts Archive
213
#bilmaysiz
Oʻz hislari haqida gapirmaydigan har bir insonning ortida—tunda Yaratgan bilan qilingan uzoq suhbatlar turadi.
213
Ikki og'iz shirin so'zga gullab yashnaydigan gulingizni,
Zaharxanda so'zlaringiz bilan nobud qilmang!
213
Faqat o'zi bilan o'zini taqqoslagan, bundan ham yaxshi bo'lishga g'ayrat qilgan kishi baxtiyor bo'ladigan dunyo bu yer.. Qachonki, o'zingni boshqalar bilan solishtirishni boshlasang:
Sendagi holatdan ko'ngling to'lmay boshlaydi;
Baxtsizlikni his qilasan;
Alamling keladi;
Hasad qilasan;
Unda yo'q, senda bor bo'lishini istaysan;
O'zing emas o'sha odamni nusxasi bo'lishga intilasan;
Nima xohlashingni bilmay ham qolasan...
Qachonki, o'zingni kechagi sen bilan solishtirganingda:
Xatolaringdan dars olasan; Kamchiliklaringni to'g'irlaysan;
O'zgarish bo'layotganini ko'rasan;
Maqsading tomon yana qanday qadamlar qo'yish kerakligini belgilaysan;
Birov bilan ishing bo'lmaydi;
Energiyang bekorchi o'ylovlarga ketmaydi,
Rivojlanasan...
O'zingni faqat kechagi o'zing bilan solishtira olishing uchun esa:
- Kimligingni bilish
- Masqadingni bilish
- Nima uchun yashayotganingni bilish kifoya.
213
“Banda Alloh taoloni qaysi o’ringa qo’ysa, Alloh taolo ham uni O’z huzurida shu o’ringa qo’yadi”.
213
Repost from Bintu Sodiq
Эй муҳтарама оналар! Бизнинг, ҳар биримизнинг бошимиздан кечадиган ҳолатлар Қуръони каримда зикр қилингани аслида биз учун олий бахтдир!
Аллоҳ таоло шундай марҳамат қилади:
“Инсонга ота-онаси ҳақида тавсия қилдик: онаси уни заифлик устига заифлик билан кўтарди; уни сутдан ажратиш икки йилдадир. Менга ва ота-онангга шукр қилгин...” (Луқмон сураси, 14-оят)
«…онаси уни заифлик устига заифлик билан кўтарди».
Яъни ҳомиладорлик пайтида она фарзандини қорнида заифҳол бўлиб кўтаради. Борган сари заифлик устига заифлик ортиб боради. Бу ҳол бола туғилгунича давом этади. Кейин она боласини кейин яна икки йил давомида эмизади.
Хуллас, она ҳам ҳомиладорлик даврида, ҳам эмизиш даврида бола туфайли катта қийинчиликларни бошидан ўтказади.
Шунинг учун ҳам фарзандда онанинг ҳаққи отаникидан кўп бўлади.
Шунинг учун ҳам Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Жаннат онанинг пойидадир», деганлар.
@BintuSodiq
213
Repost from Muhibbulloh | Blog
#Sir
Ko’ngil ko’zi ayb ko’rmas,
Ayb ko’rsa, u ko’ngil emas..
@Muhibbullokh
213
Repost from Muhibbulloh | Blog
#Sir
Ko’ngil ko’zi ayb ko’rmas,
Ayb ko’rsa, u ko’ngil emas..
@Muhibbim
213
Erkaklar koʻpincha ayolda eng asosiy narsani koʻrmaydilar.
Ular ayollarning chiroyini, nazokatini, joziba va ulardagi xavfni koʻradi.
Lekin, qalbining tubiga, chuqurroq nazar solsa, hali ulgʻayishga ulgurmagan kichkina qizaloqni koʻrish mumkin.
Tashqi goʻzallik—bu muqova.
Ichi esa, nozik, zaif. U yerda kichkina qizaloq yashaydi.
Hayotdagi ba’zi vaziyatlar sabab, xulqida oʻzgarishlar sodir boʻladi.
Qahri qattiq, mustaqil boʻlishi mumkin, lekin buning hammasi—himoya.
Ichi esa, oʻzgarmaydi.
Buni anglagan erkak ayolni oson boshqara oladi.
Ayolni yosh bolani zabt etgandek zabt etish kerak.
Hech qanday sir yoʻq.
E’tibor va mexr. Doimiy e’tibor.
Mayda narsalarda ayniqsa.
Kuni qanday oʻtgani, oʻzini qanday his qilayotgani, qorni ochmi toʻqmi, uni nima bezovta qilyapti, nimaga ehtiyoji borligi bilan qiziqib, gapirganda uni eshitib, shunchaki bagʻriga bosish.
Uning muammolarini hal qilish.
Yelkasi ortiga berkitish.
Himoya va ishonch hissini berish.
Aynan shu “mayda narsalarga” koʻp narsa bogʻliq.
Aynan shu narsalardan ishonch hosil boʻladi.
Ayollar uchun bular juda qadrli.
Farohun
213
#Eng
— Ba’zan ehtiyojing bo‘lgan yagona terapiya eng yaqin insoning bilan choyxo‘rlik qilmoqdir!
213
Repost from Moon 🌙
#Hubb
Go‘yo sen: "Uning hayolidan bir zum ham ketmay", deb duo qilgansanu, butun olam "Omin" degandek...
@AllArabics 🦢...
213
Repost from Moon 🌙
#Hubb
Go‘yo sen: "Uning hayolidan bir zum ham ketmay", deb duo qilgansanu, butun olam "Omin" degandek...
@Muhibbulloh 🦢...
213
Bu dunyoga kelganimizda sochlarimiz qora, daftarimiz oppoq bo'ladi.
Ketar chog'imizda esa sochlarimiz oq, daftarimiz qop qora...
213
#Fotimamga
Qizalog'im, oyparcham, jannat iforligim!
Avvalo, seni bizga ne'mat qilib bergan Allohga hamd bo'lsin.
subhanAlloh, shunchalar ham shirin ne'mat beradimi...
Ko'zimning nuri, qizim, bu dunyo sening nigohingda juda go'zal ranglarga boy, qiziqarli tuyuladi, ammo uchma.
Aldanma.
Robbingni sev, Payg'ambaringni, Qur'onni sev.
Diningga sodiq qol. Iffatingni asra.
Hayo ostonasidan bir qadam ham xatlab o'tma!
Ota-onang haqqiga doim duoda bo'l, zero biz ham ekkanimizni o'radigan, bizga berilgan ne'matlar uchun so'raladigan ojiz bandalarmiz.
Otang va ukangni sha'nini himoya qil, kuchli bo'l.
Zabt etilmas cho'qqi, yetib borilmas manzil kabi bo'l.
Ibodatlaringda chaqqon bo'l, Allohning chaqirig'iga «labbay» deb, shay tur.
Qilgan xatolaring uchun doim uzur so'rashni, va ularni zudlik bilan joyida isloh qilishni o'rgan.
Insonlarni dilini og'ritib qo'yishdan ehtiyot bo'l.
Chunki, har bir qalb Allohning nazari tushadigan joy.
Robbing senga tushirgan mukammal dinga o'zingga qulay bo'lgan vaqtda emas, har qachon, har qanday vaziyatda to'g'ri amal qil.
Sen bizning faxrimiz, yuzimizsan.
Ilm o'rganishga haris bo'l, adolatli bo'l.
O'zingni rashk qil, hijobingni muhofaza qil.
Birovning molidan va haqqidan qo'rq.
Alloh taqdir qilib, peshonangga achchiq sinovlar yozsa, sinma, egilma.
Mag'rur tur va «inna lillahi va inna ilayhi rojiun» de.
Har bir ishda Allohning ilmi va hikmatiga suyan.
Ishon, qachon Robbingni rozi qilsang, ikki dunyo saodatini topasan.
Gulyuzligim, qalbingni asra qizim, u doim tirik bo'lsin.
Seni judayam yaxshi ko'raman!
Shukrona kuning bilan mitti farishtam.

Otang va akang sha'nini himoya qil, kuchli bo'l.

#Reja
— O’tgan konkursimizni to’liq yakunlab, kitoblarni o’z egalariga tarqatib olganimizdan so’ng bundan ham kattaroq konkursni reja qilyapmiz, in shaa Alloh
Yutuq uchun “Tafsiri hilol”, “Ruhiy tarbiya”, “Saodat asri qissalari” va yana shular kabi kitoblar qo’yilishi kutilmoqda.
Shartlarini keyinroq batafsil tushuntiramiz.
— Kanalini rivojlantirib olmoqchi bo’lgan homiylar aloqaga chiqishlari mumkin.Kitobxo’r kuzatuvchilar, sizlar ham shu yerda bo’lib turinglar. Yaqinlaringizni taklif qilib turing. Shayx hazratning kitoblari javoningiz bezagi bo’lishini istamaysizmi? @Muhibbullokh