en
Feedback
Moon 🌙

Moon 🌙

Open in Telegram

#𝐁𝐢𝐬𝐦𝐢𝐥𝐥𝐚𝐡 Kanalni kuzatishga sarflagan vaqtingiz uchun rozi bo'ling.. Audio, Videolar: @Muhibbb_TV

Show more
213
Subscribers
-124 hours
-37 days
-830 days
Posts Archive
Repost from Muhibbulloh | Blog
#Hubb — U muhabbat bilan qaridi, lekin muhabbati qarimadi.. “U” bor bo’lsin.. @Muhibbullokh
#Hubb — U muhabbat bilan qaridi, lekin muhabbati qarimadi..
“U” bor bo’lsin..
@Muhibbullokh

Ayollarning bir qismi baxtli! Yana bir qismi baxtsiz... Qolganlari esa baxtlidek ko‘rinadigan baxtsizlar.
Ayollarning bir qismi baxtli! Yana bir qismi baxtsiz... Qolganlari esa baxtlidek ko‘rinadigan baxtsizlar.

Sevgi..bu “seniki”, “meniki”, “aralashma”, “tegma” larga boʻlinmaydi. Sevgi—ikki inson uchun bitta hayot degani. Birining tobi qochsa, qanday ishi boʻlmasin, ikkinchisi albatta yonida qoladi degani. Ishda lavozimi koʻtarilsa, ikkisi ham bu gʻalabani nishonlaydi, chunki ikkisi ham bunga intiladi degani. Birining dardi boʻlsa, ikkisining ham qalbi ogʻriydi degani. Agar shunday boʻlmasa, demak birida shunchaki sevgi yoʻq, boshqasi esa ikkisi uchun ham sevishga xarakat qilayotgan boʻladi..

Repost from .
Қалбни гуноҳдан тийиш кўзни тийишдан оғирроқдир. @MubashshirAhmad

Ko‘ngilga yuk etmang koshkilarni... Koshkilar yo og‘ritadi, yo og‘irlik etadi.
Ko‘ngilga yuk etmang koshkilarni... Koshkilar yo og‘ritadi, yo og‘irlik etadi.

Repost from Moon 🌙
#Vada — Kitob oberaman deb, kitob do’konga olib borishni paysalga solib yurgan tanishingizni ko’rgandek bo’ldingizmi? @Allarabics

Eng og'ir narsa - kech qolish Yaqinlariga mehr berishga kech qolish. Ularni quchishga kech qolish. Hadyalar berib, ko'nglini olishga kech qolish. Birga vaqt o'tkazishga kech qolish. "Men sizni yaxshi ko'raman", deyishga kech qolish. "Sizni ranjitmadimmi?" deyishga kech qolish. Roziliklarini olishga kech qolish. Issiq, go'zal yuzlariga boqib, suhbat qilib o'tirishga kech qolish. Telefon qilib, hollaridan xabar olib, ko'ngil so'rab turishga kech qolish. Shunchaki bola bo'lib, onangni gaplarini tinglashga kech qolish. Otangdan maslahat so'rashga kech qolish. Ularga kulib qarab, shirin taomlar tayyorlab berishga kech qolish. Bu narsalar afsuslanishning eng og'iridir. Keyin boshing og'rib qolsa ham, havotir olib ahvolingni so'raguvching bo'lmaydi. "Puling bormi?" deb so'ramasingdan, kerak emas desang ham, "Otang berganida olib qo'y", deydiganing bo'lmaydi. "Nima yeging kelyapti?" pishirib beraman deydiganing bo'lmaydi. Uxlab qolsang, ustingni yopib qo'yuvchi mehridaryoying bo'lmaydi. Seni hammadan ehtiyot qilib, himoya qiladiganing bo'lmaydi. Oldingda sho'xlik qilib o'ynab yurgan farzanding bo'lmaydi. Biz, yaqinlarimizga ayamay, qizg'onmay, to'yib-to'yib mehr berishga kech qolmasak edi. Onamizni shunchaki tinglashga, ularni mehmonga taklif qilishga yoki biror yerga olib borishga kech qolmasak edi. Farzandimizni bag'rimizga har kuni bosib turishga, uni yaxshi ko'rishimizni aytishga. Otamizni qo'llarini o'pishga, roziliklarini so'rashga kech qolmasak edi. Turmush o'rtog'imiz ham vaqtincha ekanini, uning hizmatlarisiz qolmasdan avval "Borligingiz uchun rahmat!" "Mendan rozimisiz?" deyishga... Ularsiz uy kimsasizga, hayot mazmunsiz, yurak esa, bo'm-bo'shga aylanadi.

Ayol bir kuni turmush o‘rtog‘idan so‘radi: - Vafot etganimdan keyin oila qurasizmi? - Ha, tuprog‘ing qurigach uylanaman, - javob berdi erkak. Ayol bunday javob kutmagan edi, biroz ranjidi. Oradan yillar o‘tib ayol vafot etdi. Uni tuproqqa qo‘ydilar. Ne ajabki, marhumaning qabr tuprog‘i hech qurib qolmadi. Erkak har kun ayolining qabriga suv separ ekan, shunday takrorlar edi: - To tirik ekanman, na bu tuproqlar quriydi, na bu qalb...

Hamma seni notoʻgʻri tushunganda, «mayli, men seni qalbingni bilaman» deydigan insonimizdan mahrum etmasin Robbim.
Hamma seni notoʻgʻri tushunganda, «mayli, men seni qalbingni bilaman» deydigan insonimizdan mahrum etmasin Robbim.

#Ofat U: — Bu qanaqa kofe bo’ldi? Malako qo’shdiz, shakar qo’shdiz, quruq sut qo’shdiz? Me: — Saxiri bor odamni bittada o’ldiradigan kofe bo’ldi.. @Muhibbuna

Munosabatlar sevgidan boshlanmaydi. Sevgi—nikohda har ikki taraf intiladigan tuygʻu. Haqiqiy sevgi va ruhiy yaqinlik paydo bo
Munosabatlar sevgidan boshlanmaydi. Sevgi—nikohda har ikki taraf intiladigan tuygʻu. Haqiqiy sevgi va ruhiy yaqinlik paydo boʻlishi uchun juftlar gʻayrat koʻrsatishi kerak. Bu shunday davr-ki, er va xotin oʻrtasida hurmat, ehtirom, qadr va doʻstlik rishtalari hosil boʻladi. Bu davrga yetgach, juftliklar uchun eng muhimi—emotsional va psixologik yaqinlik boʻlib qoladi. Bir-birini soʻzsiz tushunish, ayblamaslik, kamchiliklarga koʻz yumish, boricha qabul qilish, tinglay olish, qoʻllab-quvvatlash, yorqin hislar hadiya qilish kabi buyukroq sifatlarni oʻzida kashf qiladi. Bunday hislarga ega boʻlish uchun inson—ruhan, ma’nan ulgʻayishi kerak. Nikoh—Allohning rahmati.

_ Kimning so‘zlari go‘zal? _ Samimiy va dardli insonlarning..
 _ Kimning so‘zlari go‘zal? _ Samimiy va dardli insonlarning..

Har ayol bir she'r bo‘lsinki, uni shoiridan o‘zgasi o‘qiy olmasin!
Har ayol bir she'r bo‘lsinki, uni shoiridan o‘zgasi o‘qiy olmasin!

Farosat ko'rinmaydi lekin yo'qligi bilinadi.
Farosat ko'rinmaydi lekin yo'qligi bilinadi.

Repost from Muhibbulloh | Blog
#Hubb — Har birimizda qanday yoki necha yillik kiyimda ekanimiz e’tiborsiz bo’lgan “u” bor. Asosiysi, unda “siz” bor. U uchun
#Hubb — Har birimizda qanday yoki necha yillik kiyimda ekanimiz e’tiborsiz bo’lgan “u” bor. Asosiysi, unda “siz” bor. U uchun shu muhim!
“U” bor bo’lsin..
@Muhibbullokh

#Fard U: — Meni hech tushizda yo’qotib qo’yganmisiz? Me: — Tushimda ham seni yo’qotolmayapman.. @Muhibbuna

Dunyo sizga qolsin, men bir ko‘ngilga sig‘aman!
Dunyo sizga qolsin, men bir ko‘ngilga sig‘aman!

Hech bir tasodif sen kabi muhtasham emasdi...
Hech bir tasodif sen kabi muhtasham emasdi...

Инсоннинг дардини айтишни хоҳламаслиги, ичидагиларни тўкиб солмоқдан воз кечмоғи, ҳаммасини жимгига ичига ютмоғи ҳам ғарибликнинг аълосидир аслида… Барибир тўғри тушинмайди дейсан, барибир ҳис қилмайди дейсан, барибир тасалли бермайди дейсан, барибир маломатга қоламан дейсанда жимгина, ўз дардинг билан ўзинг овора яшаб ўтасан. Сен билан ҳамхона бўлиши мумкин, ҳамдин бўлиши мумкин, ҳамфикр бўлиши мумкин, лекин асло ҳамдард бўла олмайди. Мана шу ғариблик, энг оғир ғарибликдир. Сен, ана шу ғариблик, ана шу синиқлик ила Аллоҳга таслим бўл қалбим. Чунки сени Роббингдан бошқаси тўғри тушинмайди, қалбингдагиларни ўқимайди. Фақат Роббингагина аён кечинмаларингни инсонларга айтиб кирлатма! Улар барибир тўғри қабул қилмайди… Осиё Абдулазим қизи

- Аёл киши ҳазилкаш эркакларга мойил бўлади. Гўзал ва соқолли эркакларга ошиқ бўлади. Кўп гапирадиган эркакни яхши кўради. Ил
- Аёл киши ҳазилкаш эркакларга мойил бўлади. Гўзал ва соқолли эркакларга ошиқ бўлади. Кўп гапирадиган эркакни яхши кўради. Илмли эркак уни ниҳоятда ҳайратлантиради. Охирида бошида сочи қолмаган, кал, бир қанча ширкатлар эгаси бўлган эркак келиб барчасини чиппакка чиқаради.😐🙄 © Абдулқодир Полвонов @AllArabics