cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Oylik Qancha?

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir. Savol, taklif va reklamalar uchun: @kanalhamkorlik

Show more
Advertising posts
6 381
Subscribers
No data24 hours
-267 days
-17330 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
❗️1-iyundan bog‘cha opalarining oylik maoshi oshadi Davlat bog‘chalarida ishlovchi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarning maoshi maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi. Davlat rahbarining 2023-yil may oyida imzolagan qaroriga asosan 2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlarinikiga tenglashtirilishi lozim. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat bog‘chalarining oliy ma’lumotli tarbiyachi-metodist, tarbiyachilari 1 mln 203 ming 660 so‘m olishi belgilangan. Maktablarning oliy ma’lumotli boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari esa 2 mln 90 ming 399 so‘m oladi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
95319Loading...
02
Islom Karimovga tegishli mashina 300 ming dollarga sotuvga qo‘yilibdi “Instagram”da O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga tegishli ekanligi aytilayotgan zirxlangan “Mercedes Benz 221” sotuvga qo‘yildi. Narxi 300 ming dollar etib belgilangan. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 1206Loading...
03
«Haj» ziyorati faqat Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi Mamlakatimiz fuqarolari uchun “Haj” tadbiri Oʻzbekiston Respublikasining Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj va umra vazirligi oʻrtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi hamda bunday faoliyat bilan boshqa tashkilotlarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, chet el fuqarolari uchun “Haj” ziyoratini ado etishning asosiy sharti – “haj” vizasiga ega boʻlish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar – “umra”, “turizm”, “biznes” va boshqalar bilan “Haj” ziyoratiga borish taqiqlanadi. Tartibni buzgan xorijlik Saudiya Arabistonidan deport qilinib, ushbu mamlakatga 10 yil muddatga kirishi taqiqlanadi hamda 50 ming saudiya riyoli miqdorida jarimaga tortiladi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 1595Loading...
04
❗️Krishtianu Ronaldu to‘rtinchi marta eng ko‘p maosh oluvchi sportchiga aylandi Saudiya Arabistonida u yiliga 260 million dollar oladi. Forbes 2023-yilda eng ko‘p daromad qilgan sportchilarni e’lon qildi: 1. Krishtianu Ronaldu (futbol, 39 yosh), 260 million dollar; 2. Jon Ram (golf, 29 yosh), 218 million dollar; 3. Lionel Messi (futbol, 36 yosh), 135 million dollar; 4. Lebron Jeyms (basketbol, 39 yosh), 128,2 million dollar; 5. Yannis Adetokunbo (basketbol, 29 yosh), 111 million dollar; 6. Kilian Mbappe (futbol, 25 yosh), 110 million dollar; 7. Neymar (futbol, 32 yosh), 108 million dollar; 8. Karim Benzema (futbol, 36 yosh), 106 million dollar; 9. Stefen Karri (basketbol, 36 yosh), 102 million dollar; 10. Lamar Jekson (amerikacha futbol, 27 yosh), 100,5 million dollar. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
2 31411Loading...
05
Ipoteka krediti qanday olinadi? Yo'riqnoma ❗️Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun arizalar joriy yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinadi. 📝 Arizalarni shaxsiy kompyuter yoki uyali aloqa vositasidan foydalanib YIDXP (my.gov.uz) orqali yuborish mumkin. ✅ Arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish bepul. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
2 04335Loading...
06
Toshkentda bitiruv kechasini nishonlash qancha turishi mumkin? "Kursiv" tahririyati Toshkentda bitiruv kechasini tashkil qilishga qancha mablag' sarflanish kerak ekanligini aniqladi. Restorandagi ziyofat ichiga kiradigan xizmatlarga qarab narxlar katta farq qilishi mumkin. Fabis va Bourbon kabi ba'zi restoranlar oziq-ovqat, ichimliklar, musiqa va fotosessiyani o'z ichiga olgan asosiy paketlarni har bir kishi uchun taxminan 300 ming so'mga taklif qiladi. Qimmatroq varintlar ham bor, masalan, Level, bu yerda har bir kishiga 750 ming so'mga fotosurat va video suratga olish, boshlovchi va DJning xizmatlari bilan tematik bitiruv kechasini o'tkazish taklif etiladi. Shuningdek, alohida tadbir uchun $300 ga boshlovchi va $200 ga fotografni yollash mumkin. Undan tashqari, vinyetkalar narxi 2 sahifa uchun 100 ming so'mdan 20 sahifa uchun 1 million so'mgacha o'zgarib turadi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
2 4777Loading...
07
Eng qimmat tug'ilgan kun Bruney sultoni o‘zining 50 yilligi sharafiga eng qimmat ziyofat uyushtirgan. Bayram 1996-yil 13-iyulda bo'lib o'tdi. Buning uchun qariyb 30 million dollar sarflandi. Bu pulning yarmini Sulton va mehmonlar uchun bayramda chiqish qilgan Maykl Jekson olgan. Aniq summa: 27 million 200 ming dollar. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
2 1347Loading...
08
Eng uzun va eng qimmat ko'prik Gonkong-Chjuxay-Makao ko'prigi mintaqadagi eng yirik shaharlarni bog'laydigan bir qator ko'priklar va suv osti tunnellaridan iborat ulkan loyihadir. Ko‘prikning uzunligi 55 km. Uning umumiy qurilish qiymati 20 milliard dollarni tashkil etdi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 7624Loading...
09
Dunyodagi eng hashamatli qamoqxonada yashash narxi qancha? Xolden qamoqxonasi Norvegiyadagi eng xavfsiz qamoqxona hisoblanadi. Mahbuslar bu yerda og‘ir jinoyatlar uchun qamalgan. Bu yerda ovoz yozish studiyasi, sport majmuasi, qarindosh-urug‘larni ziyorat qilish uchun yozgi uy bor. Bir kishini saqlash yiliga 185 ming dollar turadi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 7034Loading...
10
⚡️"Toshkent city"dagi Hilton mexmonxonasida to'y o'tkazishning narxi qancha? Poytaxtimizdagi "Toshkent city" parkida joylashgan beshyulduzli Hilton mexmonxonasida joylashgan banket zalida o'rtacha 200 kishiga mo'ljalangan to'y o'tkazish mumkin. Bu joyda yaxshi to'y o'tkazish narxi menyuga qarab odam boshiga $100 dan boshlanib $400 gacha boradi. Demak eng qimmat menyuda 200 kishiga dasturxon tuzalsa $80 ming bo'ladi va qolgan xarajatlari bilan $100 mingdan oshiq bo'ladi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
2 37112Loading...
11
Monako ko'chmas mulk sotib olish uchun dunyodagi eng qimmat shahar Monakodagi yuqori ko’chmas mulk narxlari asosan bu yerda uy-joy sotib olish yoki ijaraga olish bu davlatda yashash uchun ruxsat olish shartlaridan biri ekanligi bilan bog’liq. Hatto dunyodagi eng yuqori o'rtacha ish haqi ham bunday uy-joy uchun yetarli emas. Narxi 1 kv. m - 48.800$ @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
2 0733Loading...
12
Nega ishlab chiqarishdan to'xtatilgan Gentra ikkilamchi bozorda qimmatlamoqda? UzAuto Motors Gentra modelini ishlab chiqarishni to'xtatgan bo'lsa-da, ikkilamchi bozorda unga talab ortib bormoqda. Sergeli avtomobil bozorida yangi Gentra avtomobillari $13 mingdan $17 mingacha sotilmoqda, deya ta'kidladi Repost.uz tahririyati. Ishlab chiqarishni to'xtatgandan so'ng Gentra narxining oshishi bir necha omillarga bog'liq: 1️⃣Modelning ommabopligi: Gentra ko'plab xaydovchilar uchun ishonchli tanlov sifatida tan olingan. 2️⃣Bozor taqchilligi: ishlab chiqarishning to'xtalishi bozordagi taqchiligga sabab bo'lib, narxlarning oshishiga olib keladi. 3️⃣Sotuvchilar ham katta rol o'ynaydi, chunki ular sotish uchun oz miqdordagi Gentrani taqdim etadilar Ikkilamchi bozorda yuzaga kelgan holatga asoslanib, Chevrolet Gentra narxlarning oshishiga qaramay, u jozibali avtomobil varianti bo'lib qolmoqda. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 9397Loading...
13
👊 Haqiqiy ko'cha jangini maza qilib tomosha qilaman desangiz, sizga yangi ochilgan NOKAUT yopiq kanalIni tavsiya qilaman. 🫵 Siz bu kanalda Tv va YouTube da berilmaydigan ko'cha janglarini ko'rishingiz mumkin. ‼️🔞Diqqat!!! Faqat 18 yoshdan kattalar bu kanalga obuna bo'lishini tavsiya qilaman. 🔖Kanal manzili: https://t.me/+mR0h8-rLyeZiODVi @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 7061Loading...
14
❗️Kirish imtihonlariga qilinadigan to‘lov miqdori oshdi Bakalavriatga kirish imtihon to‘lovi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizini tashkil qiladi. Bugungi kunda 170 ming so‘mga to‘g‘ri keladi. O‘qishni ko‘chirishda ham huddi shuncha to‘lov bor. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 9515Loading...
15
⚡Davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi Bunda: ➖ ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; ➖ ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi; ➖ ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi; @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️
2 0395Loading...
16
“UzAuto Motors” “Lacetti” uchun kontraktatsiyani o‘n besh daqiqada yakunladi “Chevrolet Lacetti” avtomobili uchun shartnoma berish 8-may kuni soat 10:00da boshlangandi. Hozirda “Damas” va “Labo” avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzish mumkin: @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
2 1718Loading...
17
Eshitdik-da! Olamsportning xabar berishicha, O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Temur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz futbolchilariga mukofot tariqasida 30 000 AQSH dollaridan pul berilibdi... 👏Agar eshitganlarimiz rost bo‘lsa, bu juda yaxshi rag‘bat!!! @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
2 0539Loading...
18
Subsidiya olish uchun daromadingiz qancha bo‘lishi kerak? Ko‘pchilik uy sotib olish uchun subsidiyaga ariza topshiradi, ammo bunda daromad bo‘yicha talabga e’tibor bermaydi va komissiyadan rad javobini oladi. 💸Subsidiya olish uchun oila yoki ariza beruvchining daromadi quyidagicha bo‘lishi lozim: 📍Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 3 barobaridan 8 barobarigacha, ya’ni 3 150 000 so‘mdan 8 400 000 so‘mgacha bo‘lishi kerak. 📍Toshkent shahrida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 3 barobaridan 9,2 barobarigacha bo‘lishi kerak. Ya’ni 3 150 000 so‘mdan 9 660 000 so‘mgacha. Daromad chegarasi subsidiya to‘g‘ri odamga berilishi uchun kerak. Ipoteka krediti olmoqchi bo‘lgan aholi uyga muhtoj bo‘lgan taqdirda ham kreditni to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari daromadi yuqori aholiga ham subsidiya berilmaydi. Ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun havola — https://my.gov.uz/oz/service/325 ❌Komissiya quyidagi hollarda arizani rad etishi mumkin: — ilgari uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olgan oila a’zolarining takroriy arizasi; — taqdim etilgan ma’lumotlarning talab qilinadigan ijtimoiy mezonlarga mos kelmasligi; — joriy yilda hududga ajratilgan subsidiyalar soni tugab qolganida; — o‘rtacha oylik daromad miqdorining komissiya talablariga mos kelmasligi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️
3 45167Loading...
19
Ertaga, 8-may kuni soat 10:00 da 4 500 dona Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktatsiya ochiladi. UzAuto Motors barcha avtomobillar shu zahoti olib ketish imkoniyati bilan shartnoma tuzish uchun mavjudligini bildirdi. Shuningdek, Damas va Labo avtomobillari uchun ham shartnoma tuzish mumkin bo'ladi. Mazkur avtomobillar uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qoladi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 91324Loading...
20
Aloqa operatorlari sizdan qo'shimcha pul yechib olmayotgan ekanligini qanday tekshirsa bo'ladi? Uyali aloqa operatorlari abonentlarga pullik xizmatlarga obuna bo'lishga majbur etmoqdalar. Bu haqda "Potrebite.uz" Telegram-kanali xabar berdi. Shu bilan birga, barcha operatorlar abonentlarni obuna bo'lishga majburlamayotganligini aytishdi. Ularning aytishicha, abonentlarning o'zlari bilmasdan ba'zi qalqib chiquvchi tugmalarni bosib shu bilan u kontent uchun to'lashga roziligini bildiradi. Barcha faollashtirilgan xizmatlarni o'chirish uchun quyidagi qisqa raqamlarni terish kerak: ● Uzmobile — *199# ● Beeline — *115# ● Ucell — *350# Qaysi xizmatlar faollashtirilganligini tekshirish uchun esa: ● Mobiuz — *199# ● Beeline — *110*09# ● Ucell — *401# @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
3 71460Loading...
21
“Inomarka”larni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi o‘zgartirildi Xorijiy avtomobillarni vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuniga 340 ming so‘m miqdorida yig‘im undiriladi. Amaldagi tartibda buning uchun avtomobilning har bir ot kuchidan 2380 so‘m undirilardi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
2 1074Loading...
22
O‘zbekistonda ayollar kreditni erkaklarga qaraganda yaxshiroq to‘laydi Bu haqda TBC Bank Uzbekistan Boshqaruv raisi Spartak Tetrashvili Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qildi. Tetrashviliga ko‘ra, bugungi kunda TBC Bank'dan kredit olganlarning 31 foizini ayollar tashkil etadi. Qolganlari esa erkaklar. Ammo kreditlarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha vaziyat butunlay teskari. Kredit olgan erkaklarning atigi 30 foizi qarzlarni o‘z vaqtida to‘lab boradi. Yaxshi to‘lovchilarning 70 foizini esa ayollar tashkil qiladi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
2 6597Loading...
23
13 yoshli qizimning o'z biznesi bor - Ekspert bolalarning pulga dars qilib berishini oqlamoqda "Bu halol biznes! U bilimini sotmoqda. Har qanday yo'l bilan pul topish mumkin", deydi Shohida Ibragimova. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 43216Loading...
24
❗️Endi bola puli va moddiy yordam tayinlash onlayn ariza orqali amalga oshiriladi Ushbu qulaylikdan oilasida 18 yoshga to‘lmagan farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin. My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam ta’minlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin. Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lganga qadar), moddiy yordam 6 oy muddatga to‘lanadi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
3 00617Loading...
25
⚡️Eng kam pensiya miqdori oshdi Prezident Farmoni bilan 1-mayidan quyidagi pensiyalarning miqdori oshirildi: ▫️ish staji toʻliqsiz chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻm; ▫️boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻm etib belgilandi. Bu minimal isteʼmol xarajatlari 648 ming soʻm miqdorida belgilanganligi bilan bogʻliq. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 8995Loading...
26
Bandlik vazirligi eng ko‘p ish beruvchi kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i 10-o‘rinda. Kompaniya eng ko‘p soliq to‘lash bo‘yicha ham 10 ta xususiy kompaniyadan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning eng katta soliq to‘lovchilari NKMK va OKMK kutilganidek yetakchi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
2 1047Loading...
27
Qaysi viloyatda eng kam ish haqi to'lanadi? 2024-yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,8 foizga o‘sib, 4 mln 920 ming so‘mni tashkil etdi. 🔺Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari quyidagicha: ➖Toshkent shahri — 8 mln 117 ming so‘m; ➖Navoiy viloyati — 6 mln 500 ming so‘m; ➖Toshkent viloyati — 4 mln 764 ming so‘m; ➖Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 4 mln 65 ming so‘m; ➖Andijon viloyati — 4 mln 391 ming so‘m; 🔻O‘rtacha oylik ish haqining eng past ko‘rsatkichlari: ➖Surxondaryo viloyati — 3 million 543 ming so'm; ➖Qashqadaryo viloyati — 3 million 594 ming so'm; ➖Namangan viloyati — 3 million 642 ming so'm. O‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda jami 3 mln 91 ming 950 nafar xodim ma’lumotlaridan foydalanilgan. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
2 27112Loading...
28
⚡️Grin-karta javoblari 4 may kuni chiqadi Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi grin karta javoblari 4-may kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da e’lon qilinishini ma’lum qildi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 99311Loading...
29
Bir kunga 22 ming so‘m yetar ekan 2024-yil may oyidan hisoblangan O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 648 ming so‘mni tashkil etdi. (2024-yil yanvarda e’lon qilingan qiymat 621 ming so‘mni tashkil etgan). @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
2 1239Loading...
30
Keshbeklar 2 foizga oshirilishi mumkin Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash doirasida savdo, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish sohasida mobil ilovalar va plastik kartochkalar orqali to‘lov amalga oshirilganda 1 foizli keshbek qaytarilishi davom ettiriladi. Hujjatni loyihasini ishlab chiqqanlar naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha keshbeklarni 2 foizgacha oshirish variantini ham muhokama qilmoqda, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 65111Loading...
31
Bu postni ulashmasam bo'lmas edi. Chunki bu tarixiy natija ⚡️🔥O‘zbekiston PARIJ OLIMPIADASIDA! O‘zbekiston olimpia terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi. Muborak bo‘lsin!!!! @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 8564Loading...
32
⚡️Haj-2024 mavsumi uchun bir ziyoratchiga to‘lov miqdori – 73 mln 970 ming so‘m etib belgilandi Ma’lumot uchun o‘tkan yili ya’ni 2023-yil bu miqdor – 68 mln 760 ming so‘m etib belgilangan edi. Xaj 2024 safariga mamlakatimizdan ketish 20-maydan boshlanadi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 6666Loading...
33
📈O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni ma’lum qilindi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda jami ishlayotgan talabalar soni 113 724 nafarni tashkil etmoqda. Davlat tashkilotlarida – 62 707 nafar yani 55,1 foizni, xususiy subyektlarda – 47 235 nafar ya’ni 41,6 foizni tashkil etadi. Ikkala sektorda – 3 782 nafar, jins bo‘yicha erkak - 66 524 nafar, ayol - 47 200 nafarni tashkil etadi. Bu borada Toshkentda o‘qiyotgan talabalar peshqadam bo‘lib, 35 864 nafarni tashkil etadi. Ulardan erkak –25 226 nafar, ayol – 10 638 nafardan iborat. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 6733Loading...
34
🇺🇿🇸🇰 Volkswagen va Volvo kompaniyalari o‘zbekistonliklarni ishga taklif qildi Slovakiyaning Volkswagen va Volvo kompaniyalari haydovchilik, avtomobil ishlab chiqarish, kabel agregatlarini yig‘ish, montaj, avtomobillarni sinovdan o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda O‘zbekistondan ishchilarni taklif etmoqda. Ish haqi 1200−1700 yevrodan boshlanadi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 54218Loading...
35
Pedagoglar ustama olish uchun necha ball to‘plashlari kerak? Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi. Bunda pedagoglar quyidagi ballarni to‘plashi kerak. 65 — 70 ball to‘plasa — 10 foiz; 71 — 75-ball to‘plasa — 15 foiz; 76 — 80 ball to‘plasa — 20 foiz; 81 — 85 ball to‘plasa — 25 foiz; 86 — 90 ball to‘plasa — 30 foiz; 91 — 95 ball to‘plasa — 35 foiz; 96 — 100 ball to‘plasa — 40 foiz. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 58321Loading...
36
Saudiya Arabistonida quriladigan ulkan turistik loyihalar haqida bilasizmi? — Saudiyada kelasi 10 yillikda qurib bitkazilishi kutilayotgan qiymati $8 mlrd miqdordagi Toshbaqa shaklidagi suvda suzuvchi layner turistlar uchun eng ulkan suvda suzuvchi inshoot boʻlishi, unda bir vaqtda 60 000 odam yashashi kutilmoqda. — Toʻliq ishga tushganda 460 000 ishchi ishlaydigan, boshlangʻich $48 mlrd qiymatdagi dunyodagi eng uzun shahar ham Saudiyada qurilmoqda va bu 2030-yil yakunlanadi. Loyiha umumiy $500 mlrd pul ajratiladi va bu bilan shaharda 9 mln odam yashashi mumkin. — Saudiya Arabistoni yana bir ajoyib boʻlgan, 400 metr balandlikdagi kub shaklidagi osmono'par bino qurmoqda. Inshoot 19 million kv/m ortiq maydonni oʻz ichiga oladi va 104 000 xonadonlarni oʻz ichiga oladi. Loyihaning taxminiy qiymati $4 – $18 mlrd atrofida boʻladi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 5965Loading...
37
Opel O‘zbekistonda o‘z avtomobillari narxlarini ma'lum qildi Bugungi kunda brendning qatori uchta avtomobildan iborat - Mokka, Astra va Corsa. Opel Mokka o'rta o'lchamli krossover bo'lib, 130 ot kuchiga ega 1,2 litrli turbo dvigatelga ega. Astra va Corsa ixcham xetchbeklar bo'lib, o'xshash quvvat va platformaga ega. O'zbekistonda Opel narxlari: Korsa – 379 million so‘m; Astra – 359 mln so‘m; Mokka – 399 million so‘m. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 8989Loading...
38
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi Yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlar xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 2023-yilning mos davriga nisbatan qariyb 20%ga o‘sgan. Hududlar bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha maosh 8,1 mln so‘m bilan Toshkentga, eng kami esa 3,5 mln so‘m bilan Surxondaryoga to‘g‘ri keladi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
1 7908Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️1-iyundan bog‘cha opalarining oylik maoshi oshadi Davlat bog‘chalarida ishlovchi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarning maoshi maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi. Davlat rahbarining 2023-yil may oyida imzolagan qaroriga asosan 2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlarinikiga tenglashtirilishi lozim. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat bog‘chalarining oliy ma’lumotli tarbiyachi-metodist, tarbiyachilari 1 mln 203 ming 660 so‘m olishi belgilangan. Maktablarning oliy ma’lumotli boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari esa 2 mln 90 ming 399 so‘m oladi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Show all...
3👍 1🔥 1🥰 1😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Islom Karimovga tegishli mashina 300 ming dollarga sotuvga qo‘yilibdi “Instagram”da O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga tegishli ekanligi aytilayotgan zirxlangan “Mercedes Benz 221” sotuvga qo‘yildi. Narxi 300 ming dollar etib belgilangan. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Show all...
🥴 9 3👍 2😢 2👎 1🥰 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
«Haj» ziyorati faqat Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi Mamlakatimiz fuqarolari uchun “Haj” tadbiri Oʻzbekiston Respublikasining Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj va umra vazirligi oʻrtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi hamda bunday faoliyat bilan boshqa tashkilotlarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, chet el fuqarolari uchun “Haj” ziyoratini ado etishning asosiy sharti – “haj” vizasiga ega boʻlish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar – “umra”, “turizm”, “biznes” va boshqalar bilan “Haj” ziyoratiga borish taqiqlanadi. Tartibni buzgan xorijlik Saudiya Arabistonidan deport qilinib, ushbu mamlakatga 10 yil muddatga kirishi taqiqlanadi hamda 50 ming saudiya riyoli miqdorida jarimaga tortiladi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Show all...
👍 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Krishtianu Ronaldu to‘rtinchi marta eng ko‘p maosh oluvchi sportchiga aylandi Saudiya Arabistonida u yiliga 260 million dollar oladi. Forbes 2023-yilda eng ko‘p daromad qilgan sportchilarni e’lon qildi: 1. Krishtianu Ronaldu (futbol, 39 yosh), 260 million dollar; 2. Jon Ram (golf, 29 yosh), 218 million dollar; 3. Lionel Messi (futbol, 36 yosh), 135 million dollar; 4. Lebron Jeyms (basketbol, 39 yosh), 128,2 million dollar; 5. Yannis Adetokunbo (basketbol, 29 yosh), 111 million dollar; 6. Kilian Mbappe (futbol, 25 yosh), 110 million dollar; 7. Neymar (futbol, 32 yosh), 108 million dollar; 8. Karim Benzema (futbol, 36 yosh), 106 million dollar; 9. Stefen Karri (basketbol, 36 yosh), 102 million dollar; 10. Lamar Jekson (amerikacha futbol, 27 yosh), 100,5 million dollar. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Show all...
👍 12 1
01:58
Video unavailableShow in Telegram
Ipoteka krediti qanday olinadi? Yo'riqnoma ❗️Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun arizalar joriy yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinadi. 📝 Arizalarni shaxsiy kompyuter yoki uyali aloqa vositasidan foydalanib YIDXP (my.gov.uz) orqali yuborish mumkin. ✅ Arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish bepul. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Show all...
1
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda bitiruv kechasini nishonlash qancha turishi mumkin? "Kursiv" tahririyati Toshkentda bitiruv kechasini tashkil qilishga qancha mablag' sarflanish kerak ekanligini aniqladi. Restorandagi ziyofat ichiga kiradigan xizmatlarga qarab narxlar katta farq qilishi mumkin. Fabis va Bourbon kabi ba'zi restoranlar oziq-ovqat, ichimliklar, musiqa va fotosessiyani o'z ichiga olgan asosiy paketlarni har bir kishi uchun taxminan 300 ming so'mga taklif qiladi. Qimmatroq varintlar ham bor, masalan, Level, bu yerda har bir kishiga 750 ming so'mga fotosurat va video suratga olish, boshlovchi va DJning xizmatlari bilan tematik bitiruv kechasini o'tkazish taklif etiladi. Shuningdek, alohida tadbir uchun $300 ga boshlovchi va $200 ga fotografni yollash mumkin. Undan tashqari, vinyetkalar narxi 2 sahifa uchun 100 ming so'mdan 20 sahifa uchun 1 million so'mgacha o'zgarib turadi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Show all...
👎 7👍 2🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Eng qimmat tug'ilgan kun Bruney sultoni o‘zining 50 yilligi sharafiga eng qimmat ziyofat uyushtirgan. Bayram 1996-yil 13-iyulda bo'lib o'tdi. Buning uchun qariyb 30 million dollar sarflandi. Bu pulning yarmini Sulton va mehmonlar uchun bayramda chiqish qilgan Maykl Jekson olgan. Aniq summa: 27 million 200 ming dollar. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Show all...
👎 9👍 2 2🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
Eng uzun va eng qimmat ko'prik Gonkong-Chjuxay-Makao ko'prigi mintaqadagi eng yirik shaharlarni bog'laydigan bir qator ko'priklar va suv osti tunnellaridan iborat ulkan loyihadir. Ko‘prikning uzunligi 55 km. Uning umumiy qurilish qiymati 20 milliard dollarni tashkil etdi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Show all...
👍 6 1
00:08
Video unavailableShow in Telegram
Dunyodagi eng hashamatli qamoqxonada yashash narxi qancha? Xolden qamoqxonasi Norvegiyadagi eng xavfsiz qamoqxona hisoblanadi. Mahbuslar bu yerda og‘ir jinoyatlar uchun qamalgan. Bu yerda ovoz yozish studiyasi, sport majmuasi, qarindosh-urug‘larni ziyorat qilish uchun yozgi uy bor. Bir kishini saqlash yiliga 185 ming dollar turadi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Show all...
😁 13👍 1👎 1🔥 1🥰 1😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️"Toshkent city"dagi Hilton mexmonxonasida to'y o'tkazishning narxi qancha? Poytaxtimizdagi "Toshkent city" parkida joylashgan beshyulduzli Hilton mexmonxonasida joylashgan banket zalida o'rtacha 200 kishiga mo'ljalangan to'y o'tkazish mumkin. Bu joyda yaxshi to'y o'tkazish narxi menyuga qarab odam boshiga $100 dan boshlanib $400 gacha boradi. Demak eng qimmat menyuda 200 kishiga dasturxon tuzalsa $80 ming bo'ladi va qolgan xarajatlari bilan $100 mingdan oshiq bo'ladi. @Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️ 🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Show all...
👎 17😁 5👍 1 1🔥 1