en
Feedback
SPACE ACADEMY | UZB

SPACE ACADEMY | UZB

Open in Telegram

🚀 Zamonaviy kasblar akademiyasi 🗂 Marketing | SMM | Targeting | Mobilografiya 📍Onlayn va oflayn kurslar 🎓Amaliyot va natijaga yo’naltirilgan tizim Murojaat uchun: @spaceacademy_manager Tel: +998 55 518 5535

Show more
4 099
Subscribers
-524 hours
-187 days
-11030 days
Posts Archive
Veb-qidiruv 20 yil ichida odamlarning miya odatlarini qayta yozdi — biz tobora ko'proq qidiruv qatoriga shunchaki iboralar to'plamini tashlaymiz va natijalarning birinchi sahifasidan nariga o'tmaymiz: foydalanuvchilarning 90% i tanlovni algoritmlarga ishonib topshiradi. Hatto xotira ham moslashdi: faktlarning o'zi o'rniga ularni qayerdan topish mumkinligini yaxshiroq eslab qolamiz. Kalla endi bilimlarni emas, balki ularga bo'lgan havolalarni saqlayapti 😄

Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarimizni diplom va sertifikatlar bilan taqdirladik 🏆 Ular bir necha oy davomida bilim oldi, mashq qildi, real loyihalar ustida ishladi — va bugun natijasini ko'rsatdi ✨ Bu — faqat boshlanishi. Endi ular bilganlarini amaliyotga tatbiq qilish, birinchi mijozlarini topish va o'z yo'lini boshlash vaqti 🚀 Space Academy — bilim beramiz, natija bilan kuzatamiz. Keyingi bitiruvchi — sizmi? 👇 Batafsil ma'lumot uchun profilimizga o'ting yoki komment qoldiring.

5 yildan keyin qanday kasblar yo'qoladi? AI bugun matn yozyapti. Rasm chizyapti. Video montaj qilyapti. Savol: bu ishlarni qilib yurgan odamlar keyin nima qiladi? Javob oddiy: AI strategiya qura olmaydi. Odamning nimadan qo'rqishini, nimani xohlashini tushunmaydi. Brendga jon kirita olmaydi — buni faqat odam qila oladi. 5 yildan keyin ishsiz qolmaydiganlar — eng ko'p biladiganlar emas. Eng tez o'rganib, o'zgarishga tayyor turganlar. Texnikani o'rganish oson. Qiyini — o'zingizni o'zgartirish. Lekin aynan shu sizni ishda ushlab qoladi 🚀 Ulashing — bu post ertaga kimgadir kerak bo'lishi mumkin.

📌 Claude'da ishlaydiganlar uchun 50 ta maxsus buyruq. Ishlatib ko'ring, rahmatni keyin aytasiz 😁 Do'stingizga yuborib qo'yi
+6
📌 Claude'da ishlaydiganlar uchun 50 ta maxsus buyruq. Ishlatib ko'ring, rahmatni keyin aytasiz 😁 Do'stingizga yuborib qo'ying ✈️

🎬 Dam olish kuningizni foyda bilan o'tkazing: Marketologlar va biznes egalari uchun top-5 film! 🍿👇 Hordiq chiqarish bilan birga kasbiy bilimlarni oshirishni xohlaysizmi? Unda ushbu kinolar to'plami aynan siz uchun! 1️⃣ Air (2023) Marketolog Sonni Vakkaro Nike kompaniyasini endigina tanilib kelayotgan Maykl Jordan bilan shartnoma tuzishga qanday ishontirgani haqida. 💡 Nimalarga o'rgatadi: Ambassadorlar bilan ishlash, katta g'oyalar uchun tavakkal qilish va oddiy mahsulotni madaniyat elementiga aylantirish. 🔗 https://rutube.ru/video/58a75f1c935897ce58243d31a4a10ab1/ 2️⃣ The Founder (2016) Rey Krok va aka-uka Makdonaldlarning kamtarona yemakxonasi qanday qilib global fastfud imperiyasiga aylangani tarixi. 💡 Nimalarga o'rgatadi: Franchayzing, biznesni masshtablashtirish va jarayonlarni qat'iy optimallashtirish. 🔗 https://rutube.ru/video/58a75f1c935897ce58243d31a4a10ab1/ 3️⃣ Wag the Dog (1997) Siyosiy texnolog va kinoprodyuser prezident atrofidagi janjaldan e'tiborni chalg'itish uchun mavjud bo'lmagan urushni o'ylab topishadi. 💡 Nimalarga o'rgatadi: PR, e'tiborni boshqarish va jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish. 🔗 https://rutube.ru/video/58a75f1c935897ce58243d31a4a10ab1/ 4️⃣ 99 francs (2007) Frederik Begbeder romanining reklama agentliklari ichki hayoti va parda ortidagi sirlari haqidagi kult filmi. 💡 Nimalarga o'rgatadi: Sun'iy ehtiyojlar qanday yaratilishi va reklama sanoati qanday ishlashi. 🔗 https://rutube.ru/video/58a75f1c935897ce58243d31a4a10ab1/ 5️⃣ Art & Copy (2009) «Just Do It» va «Think Different» kabi afsonaviy shiorlarni yaratgan ijodkorlar haqida ilhomlantiruvchi hujjatli film. 💡 Nimalarga o'rgatadi: Chuqur kreativistlik va tijorat muvaffaqiyati o'rtasidagi bog'liqlik. 🔗 https://rutube.ru/video/58a75f1c935897ce58243d31a4a10ab1/ O'zingizga saqlab oling va marketingga qiziquvchi do'stlaringizga yuboring!

photo content
+5

Claude odam kabi koʻrinishga va GitHub’ga zararli kod joylashtirishga urindi — Buyuk Britaniyaning SI (AI) xavfsizligi instit
Claude odam kabi koʻrinishga va GitHub’ga zararli kod joylashtirishga urindi — Buyuk Britaniyaning SI (AI) xavfsizligi instituti butun boshli surishtiruv oʻtkazdi. Bot bir nechta soxta akkauntlar yaratib, aytishniklar kodni maʻqullashlari uchun ular bilan muloqot qilgan. Jami shunga oʻxshash 19 ta holat qayd etilgan: 17 tasi Claude va 2 tasi ChatGPT bilan. Mashinalar isyoni GitHub orqali boshlandimi?

Sud hujjatlari tasodifan MrBeast reklamalarining aniq narxlarini oshkor qildi: 📺 YouTube videosidagi 30–45 soniyalik reklama
Sud hujjatlari tasodifan MrBeast reklamalarining aniq narxlarini oshkor qildi: 📺 YouTube videosidagi 30–45 soniyalik reklama integratsiyasi — 2,5 million dollar (taxminan 31,5 mlrd so‘m). 📱 Bunga qo‘shimcha ravishda YouTube Shorts yoki TikTok uchun qisqa reklama joylashtirish narxi yana 500 ming dollar (taxminan 6,3 mlrd so‘m). Bitta muhim jihat bor: bu narxlar 2024-yil boshidagi tariflar. O‘sha paytda MrBeast’ning obunachilari hozirgiga nisbatan qariyb 2 baravar kam edi. Demak, bugungi kunda uning reklama narxlari bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Nima deb o’ylaysiz uning hozirgi kundagi reklama narxi qancha?👇🏻

🎬 Kristofer Nolanning “Odysseya” filmi AQSh prokatida atigi 13 kun ichida 330 million dollar yig‘ib, “Oppengeymer” filmining 595 kunlik umumiy prokat daromadidan ham oshib ketdi, deb yozmoqda Forbes. 🎟 IMAX kinoteatrlaridagi seanslar allaqachon sentyabrgacha to‘liq sotib bo‘lingan. Eng qizig‘i, film hali raqamli platformalarda ham chiqmagan. Agar Nolanning 3 soatlik filmini oxirigacha sabr bilan ko‘rgan bo‘lsangiz, izohda fikringizni yozib qoldiring 👇🏻

🚨 Challenge yakunlanishiga atigi 2 kun qoldi! Hali ham qatnashishga ulgurishingiz mumkin! 🔥 🎥 Eng kreativ va dinamik videongizni suratga oling. Uni Instagram Story’ingizga joylang va @Space.Academy sahifasini belgilang. 🏆 Eng yaxshi video muallifiga shtativ sovg’a qilinadi. ⏳ Imkoniyatni qo’ldan boy bermang. Challenge yakunlanishidan oldin videongizni joylashga ulguring!

🛠 Reklama uchun gʻoyalar va vizual ilhom tugab qoldimi? Mana sizga 3 ta eng zoʻr manba! 1️⃣ Meta Ad Library (Facebook Reklam
🛠 Reklama uchun gʻoyalar va vizual ilhom tugab qoldimi? Mana sizga 3 ta eng zoʻr manba! 1️⃣ Meta Ad Library (Facebook Reklama Kutubxonasi): Raqobatchilaringiz hozirda Instagram va Facebook’da qanday reklamalarni yoʻlga qoʻyganini mutlaqo bepul koʻrishingiz mumkin. Qanday ishlatiladi? Qidiruvga raqobatchining sahifa nomini yoki kalit soʻzni yozasiz. Ular eng koʻp qaysi formatdan foydalanayotganini tahlil qiling! 2️⃣ Pinterest: Estetik va zamonaviy vizual gʻoyalar koni! Posterlar, mahsulot suratlarining burchaklari (angllari) va ranglar kombinatsiyasini topish uchun eng zoʻr tarmoq. 3️⃣ Behance / Dribbble: Dunyoning eng top dizaynerlari va brending agentliklarining portfoliolari joylangan platformalar. Agar brendingiz, logotip yoki reklamangiz qimmat va professional koʻrinishini xohlasangiz, bu yerdagi Keys-stadi (Case Study) lardan ilhom oling. 📌 Yoʻqotib qoʻymaslik va keyingi reklama kampaniyangizda ishlatish uchun postni Saqlab qoʻying (Save)! 📥

MIT olimlari ogohlantirdi: Z avlodini (Zoomerlarni) sun’iy intellekt bilan almashtirish yoki ularni ishga olmaslik kompaniyal
MIT olimlari ogohlantirdi: Z avlodini (Zoomerlarni) sun’iy intellekt bilan almashtirish yoki ularni ishga olmaslik kompaniyalar uchun milliardlab dollar zarar keltiradigan xato bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilarga ko‘ra, yosh xodimlar yangi g‘oyalar, zamonaviy yondashuvlar va kreativ fikrlarning asosiy manbai hisoblanadi. Agar ularning o‘rnini to‘liq sun’iy intellekt egallasa, bir necha yil ichida kompaniyalar: - yangi korporativ madaniyatni shakllantirish, - trendlarni ushlash, - kreativ g‘oyalarni yaratish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, sun’iy intellektning o‘zi ham yangi inson ma’lumotlari bo‘lmasa, vaqt o‘tishi bilan sifati pasayib, rivojlanishi sekinlashadi. 😄 Zoomerlar, siz zo‘rsiz. Sun’iy intellektdan emas, balki Alfa avlodidan qo‘rqing.

📚 Har bir biznes egasi va marketer bilishi shart boʻlgan 5 ta asosiy atama 1️⃣ ROI (Return on Investment) — Kiritilgan investitsiyaning qaytishi: Marketingga tikilgan har bir soʻm sizga qancha foyda keltirganini koʻrsatadi. Oddiy formula: (Tushgan foyda – Reklama xarajati) / Reklama xarajati × 100%. 2️⃣ CTR (Click-Through Rate) — Bosilish koʻrsatkichi: Reklamangizni koʻrgan odamlardan qanchasi unga borganini (kliklanganini) foizda koʻrsatadi. CTR qancha yuqori boʻlsa, reklamangiz shuncha qiziqarli! 3️⃣ CPA (Cost Per Action) — Aniq harakat narxi: Birorta aniq harakat (masalan: saytda roʻyxatdan oʻtish, ariqcha qoldirish yoki ilovani yuklab olish) sizga qanchaga tushayotgani. 4️⃣ LTV (Lifetime Value) — Mijozning umumiy qiymati: Bitta mijoz sizning biznesingiz bilan hamkorlik qilgan butun davri davomida sizga qancha jami daromad keltirishi. 5️⃣ Conversion Rate — Konversiya darajasi: Reklamangizni koʻrib, real xarid qilgan (yoki lead qoldirgan) foydalanuvchilar foizi. 📌 Kanalda yoʻqotib qoʻymaslik uchun postni Saqlab qoʻying va jamoangiz bilan ulashing! 📥

Nima kontent qilishni bilmayapsizmi ?🤔 Siz uchun 30 kunlik kontent g’oya 📲
+3
Nima kontent qilishni bilmayapsizmi ?🤔 Siz uchun 30 kunlik kontent g’oya 📲

Keyingi 2 yilda marketingni qaysi trendlar egallaydi? Dunyoda va Oʻzbekiston bozorida marketing shiddat bilan oʻzgarmoqda. Hozirdan tayyorgarlik koʻrmagan bizneslar va SMM-chilar ertaga raqobatda yutqazishi aniq. Keyingi 2 yilda ustunlik qiladigan 3 ta asosiy trend:
1️⃣ Shaxsiy brend (Personal Brand):
Odamlar brendlarga emas, odamlarga ishonishadi. Biznes egasi yoki ekspert sifatida sahnaga chiqish, jarayonlarni koʻrsatish va samimiy muloqot qilish xaridorlarda eng yuqori ishonchni beradi.
2️⃣ Mikro-influenserlar bilan ishlash:
Millionlab kuzatuvchisi bor blogerlardan koʻra, 5,000 – 30,000 auditoriyaga ega tor sohaviy (nisha) blogerlar bilan ishlash koʻproq natija bermoqda. Ularning auditoriyasi sodiq va reklama narxi ham ancha arzon.
3️⃣ Short-form video (Reels, Shorts, TikTok):
Odamlarning diqqatni ushlash vaqti 3-5 soniyagacha qisqardi. Uzun matnlardan koʻra, maʼnoni tez va dinamik yetkazib beradigan qisqa videolar organik auditoriya yigʻishning eng kuchli quroli boʻlib qoladi.
📌 Postni saqlab qoʻying (Save) va keyingi marketing strategiyangizni tuzishda albatta hisobga oling! 📥

Claude endi foydalanuvchilarga vaqti-vaqti bilan real hayotga qaytishni eslatadi — uxlashni, suv ichishni va biroz dam olishn
+2
Claude endi foydalanuvchilarga vaqti-vaqti bilan real hayotga qaytishni eslatadi — uxlashni, suv ichishni va biroz dam olishni tavsiya qiladi. Yangi bo‘limda har 15, 30 yoki 45 daqiqada eslatmalarni yoqish mumkin. Yana bir qulay funksiya — “tinch soatlar”. U orqali tunda o‘zingizni Claude’dan foydalanishni cheklashingiz mumkin. Bu funksiya faqat Memory yoqilgan foydalanuvchilarda ishlaydi — chat siz uzoq vaqt davomida undan foydalanayotganingizni o‘zi aniqlaydi. Claude: “Tashqariga chiq, hech bo‘lmasa toza havo olib kel.” 😬

Xotirjam bo‘lishingiz mumkin: telefonlar miya saratonini keltirib chiqarmaydi. JSST (WHO) buyurtmasi asosida olimlar 28 yillik tadqiqotlarni tahlil qilishdi. 1994–2022-yillar oralig‘ida o‘tkazilgan 63 ta ilmiy tadqiqot o‘rganildi va mobil telefonlardan foydalanish bilan miya, bosh yoki bo‘yin saratoni o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik topilmadi. Hatto 10 yil va undan ko‘proq vaqt telefon ishlatgan odamlarda ham xavf oshmagan. Agar smartfonlar haqiqatan ham saratonni keltirib chiqarganida, ularning ommalashishi bilan kasallanish holatlari ham keskin ko‘payishi kerak edi. Ammo bunday holat kuzatilmagan. Endi buvingizning telefon “saraton qiladi” degan gaplarga ilmiy asoslangan javobingiz bor. 😄

JCH-2026 finaliga bitta chipta narxi naq 4 520 ta KFC basketi yoki 11 414 dona pechenye narxiga teng ekan — buni hatto KFC’ni
+1
JCH-2026 finaliga bitta chipta narxi naq 4 520 ta KFC basketi yoki 11 414 dona pechenye narxiga teng ekan — buni hatto KFC’ning o‘zi hisoblab chiqdi. Boylar uchun so‘rovnoma: 🍗, 🍪 yoki ⚽️?

Nike Angliya terma jamoasi bilan birga final yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi. Endi Jahon chempionati kubogi uchun Argentina va I
+1
Nike Angliya terma jamoasi bilan birga final yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi. Endi Jahon chempionati kubogi uchun Argentina va Ispaniya bahs olib boradi. Har ikkala jamoa ham Adidas formasida maydonga tushadi. Qizig‘i shundaki, turnirda eng ko‘p terma jamoalarni aynan Nike kiyintirgan, reklama uchun millionlab mablag‘ sarflagan va hal qiluvchi finalda ham o‘z brendi markazda bo‘lishiga umid qilgan edi. Ammo finalda Adidasning ikki asosiy yulduzi — Lionel Messi va Lamin Yamal maydonga tushadi. Natijada asosiy e’tibor va yutuq Adidas tomoniga og‘moqda. Bu holat Adidas uchun deyarli ideal ssenariy hisoblanadi. Kompaniya FIFAning rasmiy hamkori bo‘lib, tahlilchilar fikricha, final uchrashuvi uning Nike bilan raqobatdagi pozitsiyasini yanada mustahkamlashiga yordam beradi. Kim kubokni boshi uzra ko‘tarmasin, yangi jahon chempioni baribir uch chiziqli formaAdidas libosida bo‘ladi.

🎬 Challenge boshlandi 10-iyuldan 30-iyulgacha eng kreativ va dinamik videongizni suratga oling. Storisga joylang, Space.Academy ni belgilang 🏆 Eng yaxshi video muallifi - shtativ sovg'asi bilan taqdirlanadi. ⏳Vaqt cheklangan, hoziroq boshlang!