Solihlar safida
Open in Telegram
﷽ Ahli sunna. Ilmsizlik – jaholatdir. Muta'allimaning qaydlari. Murojaat uchun: @Solihlarsafida_bot
Show more332
Subscribers
+124 hours
+47 days
+530 days
Posts Archive
Qoʻllarimiz hech narsani unutmaydi, yonimizda bo‘lganlarni ham yodimizda bo‘lganlarni ham.
O‘lim nafas qadardir...
Nima yozay ekan deb ko‘p o‘yladim...
O‘lim isbot talab qilmas haqiqat bo‘lgani kabi sharh talab qilmas bir hikmat ham ekan.
Repost from N/a
Bismillahir Rohmanir Rohiym
- Hamisha salom beruvchilardan bo‘l.
Assalamu alaykum va rohmatulloh!
@qabul_qil
Imom Abu Homid Gʻazzoliy rohimahulloh aytadilar:
"Ichdan ahamiyatsiz boʻlgani holda "Qandaysiz?", "Ahli ayol tinchmi?" deb mehribonchilik koʻrsatish ayni munofiqlikdir".
“Yaxshimisan, ahvollaring yaxshimi?”, deysiz-u, uning holi bilan zarracha ishingiz bo‘lmaydi. Sizga aslida uning qizig‘i ham yo‘q, lekin juda quyuq salomlashasiz.
Duch kelgan kishidan xol-ahvol so‘rash, unga o‘zini yaqin qilib ko‘rsatish munofiqlikdir.
Allohim! Bilib-bilmay nifoqga tushib qolishdan panoh ber.
ALLOH ROZI BO‘LSIN
"Alloh rozi bo‘lsin" deb duo qilish ichiga duo qilingan odamning jannatga kirib, yuqori maqomlar olishi ham kirib ketadi. Chunki Alloh taolo mo‘minlarga ostidan anhorlar oqib turadigan jannat bog‘larida bo‘lishlarini va’da qilib bo‘lgach: Allohdan bo‘lgan rozilik bundan ham ulug‘, katta, deydi.
Shunga ko‘ra, bunday duo qilish eng qisqa bo‘lishi bilan birga, eng ulug‘ duo hamdir.
©Sayfulloh Nosir hafizahulloh
Eng faqir uy – Qur’ondan xoli uy.
Bugun juma – Kahf surasini o‘qing, o’qishni bilmasangiz eshiting. Salovatni, istig’forni va duoni ko‘paytiring.
Allohumma solli a’la sayyidina Muhammad
Astag’firulloha va atubu ilayhi
Allohim, bizlarga dajjol fitnasidan va shaytonning vassasidan panoh ber.
Oхirаtgа bo‘lgаn iymоn tоаtlаrni аdо etishga, hаrоmlаrdаn sаqlаnishgа hаmdа nаfsni sаrhisоb qilishgа eng kuchli turtkidir.
@Solihlar_safida
#duo
"Ey Robbim, meni O'zingga qalbiy samimiyat bilan yuzlanadigon bandangga yo'liqtir".
https://youtu.be/rDU7YloaMEk?si=KUsyddLNTdCtTJjl
Umringizga “Odamlar nima deydi” iborasi ostida yashash bilan zulm qilmang!
@Solihlar_safida
#tarqating
Fahsh kontentlar bu - iblisning bozoridir. Kim iblisning bozorini obod etsa, bas u, oxiratdagi nasibasidan mahrum bo‘lgay.
https://youtu.be/hRQWc_47kgE?si=PrS8zcTbpQQjpsHz
#tarqating
Fahsh kontentlar bu - iblisning bozoridir. Kim iblisning bozorini obod etsa, bas u, oxiratdagi nasibasidan mahrum bolgay.
https://youtu.be/hRQWc_47kgE?si=PrS8zcTbpQQjpsHz
Xotinni mehringizga muhtojmand etishingiz – ma’nan unga zulmdir.
Bir ayolga hurmat-ehtirom va muhabbat bilan muomila qilishingiz undagi barcha yaxshi hislatlarni yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bas! Shunday ekan ayollaringizga muruvvatli bo‘ling. Albatta ayollaringiz ustidan rahbardirsiz va albatta ular borasida so‘ralguvchidirsiz.
وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ فَإِنْ كَرِهْتُمُوهُنَّ فَعَسَى أَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَيَجْعَلَ اللَّهُ فِيهِ خَيْرًا كَثِيرًا
Ular bilan totuv turmush kechiringiz. Agar ularni yomon ko‘rsalaringiz, (bilib qo‘yingki,) balkim sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko‘pgina yaxshilik paydo qilishi mumkin” (Niso surasi, 19-oyat).
Dinimiz o‘z ayollariga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lgan erkaklarni insonlarning eng yaxshilari qatoriga qo‘shadi. Bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday deydilar:
“Mo‘minlarni iymon jihatidan komilrog‘i xulqi yaxshirog‘idir. Sizlarning eng yaxshilaringiz – ahli ayoliga yaxshilik qiladiganingizdir”. (Imom Termiziy rivoyati).
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ayollariga go‘zal munosabat va samimiy muomalada bo‘lganlar. Demak, har bir er ayoli bilan bo‘ladigan munosabatlarda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni o‘ziga namuna qilib olmog‘i dunyosi va oxirati uchun najotining kalitidir.
Xotinni mehringizga muhtojmand etishingiz – ma’nan unga zulmdir.
Bir ayolga hurmat-ehtirom va muhabbat bilan muomila qilishingiz undagi barcha yaxshi hislatlarni yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bas! Shunday ekan ayollaringizga muruvvatli bo‘ling. Albatta ayollaringiz ustidan rahbardirsiz va albatta ular borasida so‘ralguvchidirsiz.
وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ فَإِنْ كَرِهْتُمُوهُنَّ فَعَسَى أَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَيَجْعَلَ اللَّهُ فِيهِ خَيْرًا كَثِيرًا
Ular bilan totuv turmush kechiringiz. Agar ularni yomon ko‘rsalaringiz, (bilib qo‘yingki,) balkim sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko‘pgina yaxshilik paydo qilishi mumkin” (Niso surasi, 19-oyat).
Dinimiz o‘z ayollariga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lgan erkaklarni insonlarning eng yaxshilari qatoriga qo‘shadi. Bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday deydilar:
“Mo‘minlarni iymon jihatidan komilrog‘i xulqi yaxshirog‘idir. Sizlarning eng yaxshilaringiz – ahli ayoliga yaxshilik qiladiganingizdir” (Imom Termiziy rivoyati).
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ayollariga go‘zal munosabat va samimiy muomalada bo‘lganlar. Demak, har bir er ayoli bilan bo‘ladigan munosabatlarda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni o‘ziga namuna qilib olmog‘i dunyosi va oxirati uchun najotining kalitidir.
Tilidan munkar so‘zlar chiqayotgan kishining Allohdan hayosi yo‘qligida shak-shubha yo‘q.
@Solihlar_safida
Kimki Allohning yo‘lida bo‘lsa, u, shaytonning yo‘lida bo‘lgan biror zotdan qo‘rqmaydi.
@Solihlar_safida
