en
Feedback
Kechikkan Bahorim 🍃

Kechikkan Bahorim 🍃

Open in Telegram

Bismillah🕊️ Endi senu menga qullik kifoya, Xudodek hamroh yo'q ikkimizga ham. Gulnoza Alimjonova. Tijoriy taklif:👉 @audio_buyurtmalar 28.02.2021.

Show more
248
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Eslaysanmi bilmadim, ammo men ko'p eslayman....

Qo'shilib olarsiz, bu kanalga hamma she'rlarimni yozma varianti joyladim! Ko'p Muhlislarim meni qachondan beri izlashayapdi ekan. Shu sabab, endi bu @Gulnoza_Alimjonova_Ijodi kanali ish faoliyatini davom ettiradi. Endi asosiy kanal shu bo'ladi. Bu kanal yaqinda o'z ish faoliyatini to'xtatadi! Rahmat hammaga!

#Bismillah

Agar sen.. Kim bilandir hayotingni bog'lamoqchi bo'lsang: Uni har qaysi yo'l bilan sinovingdan o'tkaz. Nikoh bu- Bir umrlik hodisadir. Shoshilma..! © Gulnoza Alimjonova

Sevgan inson kechib ketmaydi! Har qanday besababdan qilingan ishga 1. Qiziqadi 2. Sababini so'raydi 3. Va eng asosiysi kechib ketish o'rniga kurashadi. Gulnoza Alimjonova

#Bismillah 🕊

#Premyera o'tkazib yubormang Islomxon Xayrullayev Yutub kanallarida

Keling unutamiz... 🎤 Mahliyo Isaqulova © Gulnoza Alimjonova she'ri @Gulnoza_Alimjonova_Ijodi 🕊

Keling unutamiz... Keling unutamiz barini endi, Biz begonalarmiz bir-birimizga. Bundan ancha oylar, kunlar ilgari, Uchrashib qolmadik yerning yuzida. Siz meni koʻrganda soʻz topolmasdan, Men sizga boqqanda titroq bosmagan. Shunchaki tush edi ilk hayajondan, Yuraklar dukurlab urgan lahzalar. Keling unutamiz hammasini ha! Sizga yozganlarim hammasi yolgʻon. Shunchaki ertakda boʻlarkan sevgi, Hammasi oʻtkinchi, hammasi sarob. Sizga alamimdan xayr demadim.. Xudoning gʻazabin keltirib qancha. Kechdim, demadingiz talvasalarda, Oʻlsam yaxshi deb senga kuyguncha! Vaqt oʻtdi, oʻtmagan hislari yolgʻon, Dard oʻtib, oʻtmagan dillari yolgʻon. Hammasi joyida, Hammasi yaxshi, Oʻldi deyishdimi? Ishonmang igʻvo! Men ham kutmay qoʻydim kelishingizni, Siz ham men sababli bormay qoʻydingiz. Faqat, toʻqnashyapmiz ilojsiz bazoʻr Faqat, oʻzimizcha holatimiz zoʻr! Nima naf ? Qanday kor, sizga qaytishdan, Ming bor qasam ichib, izhor aytishdan. Keling unutamiz bir-birimizni, Koʻzim yetmayapti sizga yetishga. Sizda oʻt shijoat borligi bilan, Peshona degandan qocholmagan men. Sizga chin muhabbat yorligi bilan, Yaratganga qarshi chiqolmagan men. Keling unutamiz bir-birimizni! Sizga yozgan sheʼru, kuylarim yolgʻon. Haqqimiz yoʻq endi baxtli boʻlishga, Sizni Alloh uchun suygandim xolos. 2020.y ©Gulnoza Alimjonova Ko'p qalblardan joy egallagan o'sha she'r, bugun yana sizlar bilan... @Gulnoza_Alimjonova_Ijodi 🕊

Fotimamga Ali bo'lgim kelyabdi.. ❤️

Muallif: Gulnoza Alimjonova Ijroda: Gulnoza Alimjonova Xudo! seni benihoya sevgan bandalaringdan marhamatingni darig' tutma. Farg'onada #Ijodkorlar yig'inida yozib olingan ijro.

Ne deyin? Boqsang, yomg'ir kabi yog'dim yeringga, Ishqingla bir go'zal ilidi qalbim. Yodimga, yodingni mahkam tutqazgan, Rahmingni ne deyin, ne deyin Robbim! Nafsim poylariga men sochilgan kez, Sotilsa dunyoning dardiga qadrim. Yo'q joydan bir zumda rizqim kelsa tez, Rahmingni ne deyin, ne deyin Robbim! Kirsa tovonimga hirsiy nayzalar, Qulasa qalbimda ezgu saltanat. Undirsang vayrona joydan maysalar... Fazlingga ne deyin, ne deyin Robbim! Kichik ko'lmaklardan, dengiz qidirsam.. Toshdek tuproqlardan ildiz qidirsam.. Sen yo'q yo'laklardan yonimga kelsang, G'aybingni ne deyin, ne deyin Robbim! Ojiz ruhim uzra toqat qilmayin, Kamonda, menga o'q qaratsa lain! Bersang qo'llarimga Qur'onu Karim, Hifzingni ne deyin, ne deyin Robbim! Orol dengizingda qurisa suvlar! Butun olamingda bo'lsa shov-shuvlar! Ibodatsiz izing yurganda quvlab! Izningni ne deyin, ne deyin Robbim... Jami kulfatimga befarq o'tsa do'st! Yig'lasam, holimga kulib o'tsa do'st! G'aribman! Ko'ksini kerib ketsa do'st! Sidqingni ne deyin, ne deyin Robbim! Sevsam, odamingni sendan qattiqroq.. U qilsa qalbimni qop-qora zindon! O'lsa necha yillik tuyg'ular shundoq.. Rashkingni ne deyin, ne deyin Robbim! Sen deb, "Navoiyning" qalamin quchsam, "Mashrab" ilhomidan ishqingni ichsam. "Bashriydek" baridan o'ylamay kechsam, Sevgingni ne deyin, ne deyin Robbim! © Gulnoza Alimjonova

Siz ketgach... Jasur_Uz & Gulnoza Alimjonova Siz egilmang baland tog'lar egilsin!! Parilar egilsin, Xurlar egilsin!! Alanga deysizmi cho'g' yo'q-ku zarra, Sizni qaytarmoqdan qaytgan tuyg'ular! ©Alimjonova

Agar sen meni rasmga olsang, har qanday holatimda ham kulib turishga va'da beraman... 🫶 ©Gulnoza Alimjonova
Agar sen meni rasmga olsang, har qanday holatimda ham kulib turishga va'da beraman... 🫶 ©Gulnoza Alimjonova

#Bismillah 🕊

*** Hech kimni qo'lida o'yinchoq bo'lma! Kerakli insoni bo'lsang, ikki o't orasida bo'lsin yoningda qolishga imkon topadi! © Gulnoza Alimjonova

Nahotki unutdim, sening yodingni arzimas olamda kimlarni kutdim Armon qulatmadi, bardoshimni lek yiqtsa, meni shu nafsim yiqitdi! Kurashib tolmayin qancha janglarda o'tga suv bo'ldima to'zon changlarda Chora edim, choru-nochor damlarga yiqitsa, meni shu nafsim yiqitdi! Sindirisholmadi yillab qalbimni Fitnalar toliqdi, yovlar toliqdi Takrorlamay qo'ygan edim nomingni Yiqitdi, meni shu nafsim yiqitdi!