en
Feedback
Andijon IIB Qo‘riqlash xizmati / rasmiy kanal

Andijon IIB Qo‘riqlash xizmati / rasmiy kanal

Open in Telegram

Аndijon viloyati Qo‘riqlash xizmati yangiliklari Qo’riqlash departamenti rasmiy veb sayti www.qbb.uz Call center: 1131

Show more
1 554
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-61330 days
Posts Archive
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqara shahriga keldi. Oliy
+9
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqara shahriga keldi. Oliy martabali mehmonlarni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi kutib oldi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл с официальным визитом в город Анкару. Высоких гостей встретили Президент Турецкой Республики Реджеп Тайип Эрдоган с супругой. #Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #uchrashuv Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Andijonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi tezkor tadbir ©️O‘zbekiston 1” telekanali “Jarayon” informatsion dasturi Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube

Ахборот 24 |Президентимиз Тошкент шаҳар Қўриқлаш хизмати фаолияти билан танишди —————— 🌐WebsiteFacebook🌐InstagramTelegram📹YouTube

Patrul-post, yo'l-patrul, qo'riqlash va profilaktika xizmatlari tun-u kun 3 smenali xizmat rejimiga o'tadi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Qo‘riqlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi. — Главе нашего государства представлена проводимая работа в сфере охраны и обеспечения общественного порядка. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi qoʻriqlash xizmati faoliyati bilan tani
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi qoʻriqlash xizmati faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью службы охраны при главном управлении внутренних дел города Ташкента. #Mirziyoyev #tanishuv #ichkiishlar #quriqlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Davlatimiz rahbari huquq-tartibot tizimida ham yangi tarixni boshlab beradigan qarorlar qabul qilish vaqti kelganini ta’kidla
Davlatimiz rahbari huquq-tartibot tizimida ham yangi tarixni boshlab beradigan qarorlar qabul qilish vaqti kelganini ta’kidladi. Hozirda ichki ishlar tizimidagi patrul-post, yo‘l-patrul, profilaktika, tezkor-qidiruv va qo‘riqlash xizmatlari alohida-alohida ishlamoqda. Shuning uchun ham chorrahada turgan yo‘l-patrul xodimi janjallashayotgan ikki odamni ajratishni o‘z xizmat vazifasi deb hisoblamaydi. Qo‘riqlash xizmati xodimining esa binodan tashqarida taqiqlash belgisi ostida qoldirib ketilgan mashina bilan ishi yo‘q. Patrul-post mashinasida xizmat o‘tayotgan xodim svetofor ishlamayotgan chorrahadan oddiy haydovchilar qatorida befarq o‘tib ketadi.
Ilg‘or tajribada bu tuzilmalar yagona organizm sifatida ishlaydi, politsiya “Bu mening vazifamga kiradi, bunisi kirmaydi” degan gapni aytmaydi. Har bir holatga “labbay” deb javob bergani uchun ham aholi ularni himoyachisi deb biladi,
– dedi Prezidentimiz. Mutasaddilarga ichki ishlar organlarining aholi bilan bevosita ishlovchi, jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmalarini yangi tizimga o‘tkazish bo‘yicha farmon loyihasini kiritish topshirildi. Ushbu bo‘linmalar uchun xizmatni o‘tash, muomala madaniyati, tezkor harakatlanish, kuch va qurol ishlatish bo‘yicha yagona standartlar joriy etilib, ular servis tuzilmaga aylanishi belgilandi. Facebook|Instagram|X

Kadrlar qo‘nimsizligiga barham berish, malakali va fidoyi kadrlarni rag‘batlantirish doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi. I
Kadrlar qo‘nimsizligiga barham berish, malakali va fidoyi kadrlarni rag‘batlantirish doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi. Ichki ishlar vazirligi milliardlab pullarni faqat qurilish va texnika uchun so‘rayotgani, lekin pastdagi xodimlarni dardini ko‘tarib chiqmayotgani qayd etildi. Yuzdan ortiq profilaktika inspektorlari bilan suhbatlar o‘tkazilganda ularning moddiy va ijtimoiy muammolari to‘planib qolgani ma’lum bo‘ldi. Shu bois, profilaktika inspektorlarini yanada qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi obro‘sini oshirish bo‘yicha qator yangiliklar e’lon qilindi. Jumladan, joriy yil 1-iyuldan poytaxtdagi profilaktika xodimlariga aynan shu sohada ko‘p yillik staji uchun 5 million so‘mgacha oylik ustama beriladi. Shu yil 1-fevraldan yuridik oliygohni bitirib, ichki ishlar tizimiga ishga kirganlarga oliygohda o‘qigan davri ham stajga qo‘shiladi. Viloyatdan kelib, poytaxt ichki ishlar idoralarida ishlayotgan xodimlarning uy ijarasiga oylik to‘lov 1,8 million so‘mdan 3,1 million so‘mga oshiriladi. Shuningdek, 1-fevraldan ichki ishlar xodimlari uchun qurilayotgan uylarning 30 foizi faqat profilaktika inspektorlariga beriladi. Facebook|Instagram|X

Kiberjinoyatlar kundan-kunga ko‘payib, uning turlari 18 tadan 62 taga chiqdi. Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, sun’
Kiberjinoyatlar kundan-kunga ko‘payib, uning turlari 18 tadan 62 taga chiqdi. Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, sun’iy intellekt orqali ovoz va yuz qiyofasini o‘xshatish, zararli fayllarni tarqatish avj olyapti. O‘zlashtirilgan mablag‘lar kriptovalyuta shaklida chetga chiqarilmoqda. Bularni tezkor fosh etish va to‘xtatish uchun huquq-tartibot xodimlari kibertexnologiyalar va sun’iy intellektni mukammal egallashi lozimligi qayd etildi. Shu bois, Ichki ishlar vazirligida kiberjinoyatchilik bo‘yicha alohida departament tashkil qilinadi va unga vazirning o‘zi mas’ul bo‘ladi. Adliya vazirligida kiberjinoyatchilik va raqamli huquq bo‘yicha alohida boshqarma ochiladi. Facebook|Instagram|X

Yurtimizda e’tiqod erkinligi Konstitutsiya bilan mustahkamlangan va diniy bag‘rikenglik siyosatini davom ettirilishi ta’kidla
Yurtimizda e’tiqod erkinligi Konstitutsiya bilan mustahkamlangan va diniy bag‘rikenglik siyosatini davom ettirilishi takidlandi. Lekin bugun turli radikal va ekstremistik g‘oyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlarimiz ongini zaharlashga urinyapti. Faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib bo‘lmasligi ta’kidlandi. Maqsad – adashganni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish. Bundan buyon poytaxtning har bir tumanida “Qaytaruv guruhlari” faoliyati doimiy asosda tashkil qilinadi. Ushbu guruhlarga O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti, O‘zbekiston Milliy universitetining yetuk mutaxassislari jalb qilinadi. Guruh a’zolari moddiy rag‘batlantiriladi. Facebook|Instagram|X

Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmatining har soatiga bazaviy hisoblashning 5 foizi miqdorida kompensatsi
Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmatining har soatiga bazaviy hisoblashning 5 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanishi belgilandi. Aholining huquqlarini ta’minlash va qulay sharoit yaratish maqsadida sudlar, advokatura, sud-tibbiy ekspertizaning ham markazlashgan tungi navbatchiligini tashkil etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish topshirildi. Ilg‘or tajriba asosida aholi gavjum joylarda dron yordamida patrullik kuzatuvi yo‘lga qo‘yiladi. Chilonzor tumani ichki ishlar xodimlari sohasi va hududidan qat’i nazar, fuqaro murojaatini qabul qiladi, ko‘chada formali xodimga qilingan murojaat “102”ga xabar bergan bilan teng bo‘ladi. Tumandagi barcha 55 ta mahalladagi profilaktika inspektorining xizmat xonasi eshigi u bilan tezkor bog‘lanish uchun aloqa tugmasi bilan jihozlanadi. Ya’ni profilaktika inspektori qayerda bo‘lmasin, aholi uni qo‘l telefoni va planshetiga tun-u kun bog‘lanishi mumkin bo‘ladi. Profilaktika inspektori uchun zamonaviy, xalqqa yoqadigan ko‘rinishda formani tayyorlash topshirildi. Inspektorlarning ishi raqamlashtiriladi, “ovozli tushuntirish xati” olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, tuman ichki ishlar tergov bo‘limida materiallarni ko‘rib chiqadigan tergovga qadar tekshiruv guruhlari tuziladi. Bundan buyon profilaktika inspektoriga KPI qo‘yishda protokol tuzish mezon bo‘lmaydi. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun ham juda deklarativ yozilgani, haqiqiy holat asosida amalda ishlaydigan yangi qonun loyihasini ishlab chiqish, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni ham profilaktikaga yo‘naltirgan va ta’sirchanligini oshirgan holda yangilash muhimligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz yangi tizimni Chilonzor tumani misolida tushuntirib berdi. O‘tgan yili tumanda oldini olish mumkin bo‘lgan 1 mi
Prezidentimiz yangi tizimni Chilonzor tumani misolida tushuntirib berdi. O‘tgan yili tumanda oldini olish mumkin bo‘lgan 1 ming 407 ta jinoyat sodir etilgan. Ularning 40 foizi mahalla hududida bo‘lgan. Yoki o‘g‘rilik, talonchilik, tan jarohati, bezorilik kabi jinoyatlar asosan tungi vaqtda sodir etilmoqda. Shu bois, jamoat xavfsizligi kuch-vositalarini boshqarish yangicha tashkil qilinadi. Patrul-post, yo‘l-patrul, qo‘riqlash va profilaktika xizmatlari tun-u kun 3 smenali xizmat rejimiga o‘tadi hamda 70 foizi soat 17 dan tungi 3 gacha patrullik qiladi. Patrul guruhlari huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar kelib tushganda, voqea joyiga 5 daqiqa ichida yetib keladigan tizim bo‘ladi. Tumandagi 5 ta ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari tungi xizmatni bevosita mahallalarda tashkil qiladi. Ular tungi vaqtda o‘z boshliqlariga berilgan barcha vakolatga ega bo‘ladi, mustaqil qaror qabul qiladi va mas’uliyatni ham to‘liq zimmasiga oladi. Bundan buyon tuman ichki ishlar jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari va 5 ta ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari boshqa ishlarga umuman jalb qilinmaydi. Ularning faoliyati faqat vazirning buyrug‘i bilan tartibga solinadi. Facebook|Instagram|X

Yirik bozorlar va gavjum joylarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha gvardiya, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar id
Yirik bozorlar va gavjum joylarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha gvardiya, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar idoralarining hamkorligi yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi. O‘tgan yili bozorlar va parklarda 87 ta jinoyat sodir etilgan, shaharda jami 774 ta yong‘in yuz bergan. Bozorlarni raqamlashtirish juda sustligi, hozircha faqat “Chorsu” va “Farhod” bozorlarida situatsion markaz tashkil qilingani qayd etildi. Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalariga mas’ul o‘rinbosari Z.Qurbonov tayinlaganiga ikki yildan oshgani, lekin tizimni raqamlashtirish bo‘yicha hali sezilarli natija ko‘rinmayotgani tanqid qilindi. Shu va boshqa tizimli muammo hamda kamchiliklar birinchi navbatda rahbarlarning aybi ekani ta’kidlandi. Shu bois, bunga mas’ul vazir o‘rinbosari B.Abdullayev va respublika profilaktika boshlig‘i X.Qodirov ishdan olingan edi. Facebook|Instagram|X

Toshkent shahar ichki ishlar tizimidagi tergovchi va surishtiruvchilar faoliyatida sifat yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan,
Toshkent shahar ichki ishlar tizimidagi tergovchi va surishtiruvchilar faoliyatida sifat yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, xodimlarda malaka yetishmagani uchun o‘tgan yili 833 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmay, hisobdan yashirilgan. “Shaharda jinoyatchilik 2 mingtaga kamaytirildi” deb hisobot berilgani bilan poytaxtdagi 26 ta mahalla “qizil”, 465 tasi “sariq” toifada qolgan. Respublikadagi 208 ta tuman ichida Chilonzor oilaviy zo‘ravonlik, talonchilik, bezorilik bo‘yicha, Yunusobod bosqinchilik bo‘yicha birinchi o‘rinda. Yoki o‘tgan yili Yashnobod va Mirobodda qotillik, Olmazorda tan jarohati, Shayxontohurda talonchilik holatlari eng ko‘p bo‘lgan. Shu bois, yaqinda ushbu tumanlar ichki ishlar boshliqlarining barchasi yangi qo‘yildi. Ular tashabbus qilib, hududida jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha keskin o‘zgarish qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Jinoyatlarni fosh qilish va oldini olish o‘rniga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i R.Sultonxo‘jayev, Toshkent shahar prokurori v.b. A.O‘rmonov faqat mikroavtobusda shahar aylanish bilan bandligi tanqid qilindi. Qayd etilganidek, ular 12 ta tuman hokimi, ichki ishlar boshlig‘i, prokurori, “mahalla yettiligi” va jamoatchilik bilan hamjihat ishlasa, 7,5 mingta jinoyatning oldini olsa bo‘lar edi. R.Sultonxo‘jayev va A.O‘rmonovga “hayfsan” berilib, olti oylik sinov muddati tayinlanishi belgilandi. Facebook|Instagram|X

“Lekin huquq-tartibot tizimi poytaxtdagi yangiliklarga mos ishlayaptimi? Afsuski, yo‘q”, – dedi davlatimiz rahbari. Poytaxtni
“Lekin huquq-tartibot tizimi poytaxtdagi yangiliklarga mos ishlayaptimi? Afsuski, yo‘q,
– dedi davlatimiz rahbari. Poytaxtning huquq-tartibot idoralari rahbarlari – prokuror vazifasini bajaruvchi A.O‘rmonov, ichki ishlar (Sultonxo‘jayev), departament (birinchi o‘rinbosar Kenjayev), xavfsizlik (Berliboyev), gvardiya (Ortiqov), sud (Ismoilov), adliya (birinchi o‘rinbosar Nazarov), bojxona (Saidov), soliq rahbari (Nasimjonov) respublikaga namuna bo‘lmayapti. Buning uchun poytaxtda resurs ham, kuch-vositalar ham, ilmiy salohiyat ham yetarli bo‘lishiga qaramasdan, haligacha eski “qolip”dan chiqib keta olmayotgani tanqid qilindi. Bu yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb nomlandi. Har qanday huquqbuzarlikning oldini olishda asosiy bo‘g‘in – mahalla profilaktikasi. Lekin Toshkent shahridagi profilaktika xizmatlarining ishi to‘g‘ri tashkil etilmagani uchun muammolar to‘planib qolgani qayd etildi. Ichki ishlar boshliqlari profilaktika inspektorlarini ertalab soat yettida va kechqurun o‘nda yig‘ib, soatlab yig‘in o‘tkazadi. Ular huquqbuzarlik bilan ishlash o‘rniga kommunal qarzdorlik va aliment undirish, armiyaga yuborish va boshqa jamoat ishlariga ham jalb qilinyapti.
“Oqibatda ularni mahalladan topib bo‘lmaydi. Bir nechta mahallaga o‘zim odam yubordim. Ko‘pi ish joyida yo‘q yoki boshqa ishni qilib yuribdi”,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilayotgan uyushgan jinoyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha ta’sirchan choralarni belgilash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi tanqidiy ruhda boshlandi.
Bu muammolarning har biri alohida-alohida xavfli. Lekin ular bir bo‘lib harakat qilayotgani yanada jiddiy tahdidni yuzaga keltiradi”,
– dedi Prezidentimiz. Yig‘ilish Toshkent shahrida o‘tayotgani bejiz emas. So‘nggi to‘qqiz yilda poytaxtning doimiy aholisi 1 millionga ko‘paydi, transport vositalari 2 karra ortib, 800 mingga yetdi. Kuniga yana 1 million odam keladi, 350 ming transport kirib-chiqadi. 42 ta maktab, 426 ta bog‘cha, qariyb 36 million kvadrat metr savdo obyekti va 145 ming xonadonli uy-joy qurildi. Poytaxt iqtisodiyoti 367 trillion so‘mdan, uning jon boshiga yillik hajmi esa 116 million so‘mdan oshdi. Ya’ni Toshkent shahri nafaqat vazirliklar joylashgan ma’muriy hudud, balki respublikaning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy markazi sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamladi. Bir so‘z bilan aytganda, poytaxtda iqtisodiy rivojlanish darajasi sezilarli oshdi. Qayerda hayot sifati yaxshilansa, daromad ko‘paysa, o‘sha yerda “yengil pul topish” harakatida bo‘lgan jinoiy tuzilmalar ham faollashadi. Jinoyatning yangi usul va vositalari ham, eng avvalo, shu yerda paydo bo‘ladi. Facebook|Instagram|X

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasiga tashrif
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasiga tashrif buyuradi va sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi, Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Управление охраны при Главном управлении внутренних дел города Ташкента и ознакомится с проводимой в сфере работой, а также проведет видеоселекторное совещание по мерам создания безопасной среды в столице и формированию образцовой практики эффективного обеспечения общественной безопасности. Facebook|Instagram|X

Qonun ustuvorligini taʼminlash — amaliy misolda Ichki ishlar organlari tizimida vatanparvarlik, kasbiga sadoqat hamda xizmat
+5
Qonun ustuvorligini taʼminlash — amaliy misolda Ichki ishlar organlari tizimida vatanparvarlik, kasbiga sadoqat hamda xizmat burchini halol va vijdonan ado etish ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Bugungi kunda tizimda ana shunday yuksak ma’naviy fazilatlarga ega, qonun ustuvorligini ta’minlashda shaxsiy namuna ko‘rsatayotgan xodimlar safi kengayib bormoqda. Shunday xodimlardan biri — Xo‘jaobod tumani Qo‘riqlash xizmati xodimi, katta leytenant G‘aniyev Hayotbekdir. U xizmat vazifasini bajarish jarayonida tuzilgan ma’muriy ish materiallarini sud organlariga yubormaslik evaziga fuqaro tomonidan pora sifatida taklif qilingan pulni olmasdan, mazkur holat to‘g‘risida belgilangan tartibda rahbariyatga zudlik bilan xabar bergan. Mazkur holat yuzasidan SHXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida pora berishga urinib kelgan fuqaro ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.  Qo‘riqlash xizmati xodimining qonun ustuvorligiga bo‘lgan qat’iy munosabati hamda xizmat burchiga sadoqati inobatga olinib, u 2 million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, uning otasiga Qo‘riqlash xizmati boshlig‘i tomonidan tashakkurnoma topshirildi. Bunday xizmat namunasi ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida halollik, ochiqlik va korrupsiyaga murosasiz munosabatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube

“Қўриқлаш фаолияти такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш тўғрисида”ги Қонун лойиҳаси депутатлар томонидан қабул қилинди ва Сенатга юборилди —————— 🌐WebsiteFacebook🌐InstagramTelegram📹YouTube

#ўтган_ҳафта_давомида "ОБЪЕКТЛАР ХАВФСИЗЛИГИ" КЎРСАТУВИНИНГ НАВБАТДАГИ СОНИ —————— 🌐WebsiteFacebook🌐InstagramTelegram📹YouTube